Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan mablag’larni yechib olish orqali kredit bo’yicha qarzdorlikni avtomatlashtirilgan tarzda yig’ish Qoidalari Mundarija



Download 407,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana18.07.2022
Hajmi407,06 Kb.
#821231
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
other 1631249215 6559

Tranzaksion xizmatlar 
a) muddati o’tgan qarzdorligi mavjud bo’lgan kreditlar bo’yicha anketalarga biriktirilgan 
kartalardan qarzdorlikni har kuni avtomatik tarzda yechib olish bo’yicha “IS Smart bank” ABT 
xizmati; 
b) Bank kreditlarini so’ndirish bo’yicha “Ipak Yo’li Mobile” xizmati; 
d) qarzdorlikni yig’ish bo’yicha xizmat. 
4. Qarzdorlikni yig’ish bo’yicha xizmat funksionalligi bo’yicha uch qismga bo’linadi: 
- xizmat funksiyasi; 
- xodim funksiyasi; 
- mijoz funksiyasi. 
4.1. Xizmat funksiyasi

Xizmat funksiyasi joriy sanaga grafik bo’yicha to’lov kuni yetib kelgan va kredit bo’yicha 
muddati o’tgan qarzdorligi mavjud bo’lgan barcha mijozlarga xabarnomalar yuborish yo’li bilan 
avtomatik tarzda har kuni ishlaydi. 
Xizmat mijozning kartalari ro’yxatidan ustuvorligi bo’yicha “yashil kartani”, agar “yashil 
karta” bo’lmasa, “sarig’ini”, agar “yashil karta” yoki “sariq karta” bo’lmasa, “qizil kartani” 
tanlaydi. Xizmat ushbu karta bo’yicha sms-xabarnoma xizmatiga ulangan telefon raqamiga hosil 
qilingan tasdiqlash kodini yuborish yo’li bilan hisobni qo’yadi. SMS-xabarnoma kredit bo’yicha 
vujudga kelgan muddati o’tgan qarzdorlik to’g’risidagi axborotni va qisqa raqamga tasdiqlash 
kodini yuborish yo’li bilan ushbu kartadan uni so’ndirish to’g’risidagi so’rovni o’z ichiga oladi. 
Mijoz tomonidan 6900 qisqa raqamiga tasdiqlash kodi yuborilganidan so’ng, kredit 
bo’yicha muddati o’tgan qarzdorlik summasi avtomatik tarzda kartadagi qoldiq doirasida 
kartadan yechib olinadi. 
Bunda kartadagi qoldiq summasi 11 000 so’mdan ortiq bo’lishi lozim. 
SMS-xabarnomada, shuningdek giperhavola ham mavjud bo’lib, unga o’tish orqali mijoz 
virtual infokiosk interfeysini ko’rishi mumkin. 
4.2. Xodim funksiyasi

Xodim funksiyasi ABT foydalanuvchisi tomonidan autentifikatsiyalangan, “Tasdiqlangan” 
holatidagi jismoniy shaxslarning barcha ssuda anketalari ro’yxatini o’zida aks ettiruvchi 
(
https://gate.ipakyulibank.uz:1443/mont/
) veb-interfeysi kabi joriy qilingan. 


Interfeysda mijozning kodi, uning F.I.Sh, shartnoma raqami va summasi, kredit bo’yicha 
qarzdorlikning joriy qoldig’i, shu jumladan muddati o’tgan asossiy qarz va hisoblangan foizlar, 
muddati o’tgan asossiy qarz, muddati o’tgan foizlarning joriy qoldig’i, kreditni so’ndirish uchun 
jamg’arma hisobvaraqlardagi joriy qoldiq aks ettirilgan. 
Interfeysda muddati o’tgan qarzdorlik va biriktirilgan kartalarning mavjudligi bo’yicha 
ko’riladigan anketalarni filtr qilish imkoniyati mavjud. 
Interfeysda mijozning F.I.Sh., unikal kodi va anketa raqami bo’yicha qidiruv yo’lga 
qo’yilgan. 
“Karta” tugmasiga bosilganda mijozning Bankda ochilgan va xizmat orqali ushbu anketa 
bo’yicha qarzdorlik so’ndirilgan boshqa kartalarining ro’yxati ochiladi. Kartalar ro’yxatida 
mijozga tegishli bo’lmagan, biroq mijoz tomonidan taqdim etilgan va validatsiyalangan kartalar 
ham bo’lishi mumkin. 
Xodim funksiyasi grafik bo’yicha yoki bir martalik tarzda mablag’larni yechib olish uchun 
anketaga kartalarni biriktirish imkoniyatini beradi. 
Kartani biriktirish funksionali anketa tasdiqlangan paytdan e’tiboran mavjud bo’ladi, ya’ni 
agar bu kreditlarni sotish bo’yicha biznes-jarayonning bir qismi hisoblansa, kartani biriktirish 
bevosita kredit berishdan oldin amalga oshiriladi. 
Har oyda mablag’larni yechib olish maqsadida kartani biriktirish uchun xodim ro’yxatdan 
kerakli kartani tanlaydi yoki tegishli maydonga karta raqamini kiritadi (boshqa bankning 
kartalari uchun kartaning amal qilish muddati majburiy tarzda kiritiladi), mablag’larni yechib 
olish turini “Grafik bo’yicha yechib olish” qilib ko’rsatadi va yuborish tugmasini bosadi. 
Mijozga xabarnoma yuborilganda interfeys oynasida karta raqami, uning egasiva kartani 
biriktirish to’g’risidagi so’rov berilgan paytdan boshlab o’tgan kunlar soni ko’rsatilgan holda 
“validatsiyani kutmoqda” holatidagi karta paydo bo’ladi. Anketaga biriktirish validatsiyasidan 
so’ng “validatsiyalangan” holatidagi karta paydo bo’ladi. 
Anketaga biriktirilgan kartani boshqasi bilan “to’g’rilash” yoki “o’chirish” (kartalarni 
o’chirish bo’yicha vakolat faqatgina Kredit portfeli monitoring boshqarmasi boshlig’iga 
berilgan) tugmasini bosish yo’li bilan almashtirish mumkin. 
Muddati o’tgan qarzdorlikni bir martalik tarzda yechib olishni mijozdan so’rash uchun 
xodim anketaga biriktirilmagan kerakli kartani ro’yxatdan tanlaydi yoki tegishli maydonga karta 
raqamini kiritadi (boshqa bankning kartalari uchun kartaning amal qilish muddati majburiy 
tarzda kiritiladi), mablag’larni yechib olish turini “Bir martalik tarzda yechib olish” qilib 
ko’rsatadi va yuborish tugmasini bosadi. 
Xodimlar uchun interfeysda shuningdek quyidagi konsolidatsiyalangan hisobotlar ham 
ishlab chiqilgan: 
- biriktirilgan kartalar bo’yicha; 
- qarzdorliklarni yig’ish bo’yicha. 


Xizmat bilan ishlashda Bank xodimining harakatlari quyidagilardan iborat: 
- qarzlarni yig’uvchining oynasini ochish; 
- mijozni va uning anketasini topish; 
- kartalar ro’yxatidan tanlash yoki mijoz bilan kelishgan holda “karta” maydoniga boshqa 
kartani kiritish. 
Agar boshqa bankning kartasi kiritilsa, karta raqamidan so’ng probel bilan uning amal 
qilish muddati ko’rsatilishi kerak. 
Agar karta biriktirilgan bo’lishi lozim bo’lsa, xodim “grafik bo’yicha yechib olish” ni 
tanlaydi va “send” belgisini bosadi. 
Agar bir martalik tarzda yechib olish amalga oshirilishi kerak bo’lsa, xodim F5 bilan 
oynani yangilashi yoki qidiruv tugmasini bosishi lozim. 
Agar kartadan qarzdorlikni bir marta yechib olish lozim bo’lsa, xodim “bir martalik tarzda 
yechib olish” ni tanlaydi va “send” belgisini bosadi. 
Agar mijozda muddati o’tgan qarzdorlik mavjud bo’lmasa, “Bir martalik tarzda yechib 
olish” tugmasi mavjud bo’lmaydi. 

Download 407,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish