Jismoniy shaxslarni soliqqa tortishni takomillashtirish Reja. Kirish


Jismoniy shaxslarning jami daromadlari tarkibi va davlat byudjeti shakllanishdiagi o’rni



Download 429,58 Kb.
bet3/8
Sana20.05.2023
Hajmi429,58 Kb.
#941765
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi Jismoniy shaxslarni soliqa tortishni takomillashtirish

2. Jismoniy shaxslarning jami daromadlari tarkibi va davlat byudjeti shakllanishdiagi o’rni.
Jismoniy shaxslar daromadlari deganda, keng ma‘noda mamlakat fuqarolari ixtiyoriga kelgan pul tushumi tushuniladi. Mohiyati jihatidan aholi daromadlari
jismoniy shaxslarning yalpi milliy mahsulotlardagi hissasi bo‘lib, pul shaklida
ifoda etiladi. Jismoniy shaxslar daromadlarining o‘zini ikki guruhga bo‘lish mumkin: birinchisi - mehnat bilan olingan daromad, unga ish haqi, biznesda bevosita qatnashgan tadbirkor daromadi kiradi; ikkinchisi - mulkdan kelgan daromad, unga foyda, renta, foiz va dividendlar kiradi.
Ish haqi ko‘pchilik aholining asosiy daromadi sanaladi. Rivojlangan mamlakatlarda jami daromadlarning 70-80 foizini ish haqi tashkil etadi. Aholining
ish haqi shaklidagi mehnat daromadlari bir qator institutsional va noinstitutsional
xarakterdagi omillarga bog‘liq. Buni quyidagi chizmada ko‘rish mumkin:
1-jadval.
Davlat byudjeti daromadlarida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining ulushi (foizda).

Ko’rsatkichlar

2014 yil

2015 yil

2016 yil

2017 yil

2018 yil

2019 yil

2020 yil

2021 yil

Davlat maqsadli jamg’armalarsiz daromadlar, jami

100

100

100

100

100

100

100

100

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i

11,0

10,1

10,0

10,1

8,4

11,1

4,2

4,4

Fuqarolar umumiy ish haqidan daromad solig‘i, nobudjet fondlarga ajratmalar to‘langandan keyin sof ish haqiga ega bo‘ladilar. Sof ish haqidan fuqarolar o‘z zimmasidagi asosiy er va mol-mulk soliqlarini to‘laydilar. Lekin jismoniy shaxslar nafaqat ushbu soliqlarni balki elektroenergiya, suv, gaz, telefon aloqasi, ya‘ni kommunal xizmatlar uchun ham to‘lovlarni to‘lashlari kerak. Ushbu to‘lovlarni soliqlar singari majburiylik xususiyatidan kelib chiqib, fuqarolar zimmasidagi soliq yukiga kiritiladi. Jismoniy shaxslarning soliq yuki aholining turmush darajasiga bevosita ta‘sir etadi. Turmush darajasi deganda, insonning hayotiy ehtiyojlarini qondirilishi me‘yori tushuniladi. Soliq yuki fuqarolarga og‘ir tushmasligi uchun avvalo daromadlar yuqori bo‘lishi kerak.


Aholining ijtimoiy tabaqalanishini e‘tiborga olgan holda soliq stavkasi miqdorini tabaqalashtirilganligi soliqqa tortish tamoyillariga mos keladi. Agar
rivojlangan xorijiy davlatlarda qo‘llanilayotgan soliq stavkasi miqdori bilan tanishadigan bo‘lsak, ularda ham soliq stavkasi tabaqalashtirilganligiga guvoh
bo‘lamiz.
Avvalgi «daromadlarni tenglashtirish va cheklash» davrida mehnatkashlarning daromadlari turli ma‘muriy va moliyaviy yo‘llar bilan chegaralanib turilardi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, olib borilayotgan
iqtisodiyotni isloh qilish va uni erkinlashtirish siyosati doirasida kishilarga erkin
tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlariga keng yo‘llar ochilib, daromadlarga cheklanishlar bekor qilingach, yuqori daromadlarga ega fuqarolar soni oshib bormoqda. Bunday hollarda daromad solig‘ining roli keskin oshib ketadi, chunki
daromad solig‘i yordamida katta va kichik daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarning daromadlari tabaqalashgan soliq stavkalari yordamida daromad miqdoriga qarab progressiv ravishda soliqqa tortiladilar. Aynan daromad solig‘ining amaldagi progressiv shkalasi yordamida vertikal adolat tamoyillari amalga oshadi, ya‘ni, ko‘p daromadga ega jismoniy shaxslar katta stavkada, kichik
daromadga ega jismoniy shaxslar esa kichik stavkalarda daromad solig‘iga tortiladilar.

Download 429,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish