Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish


Yakka tartibdagi tadbirkorlarlarga berilgan imtiyozlar



Download 110,78 Kb.
bet7/9
Sana31.03.2022
Hajmi110,78 Kb.
#519867
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
курс иши Yakka tartibdagi tadbirkorlardan qat’iy soliq undirish

3. Yakka tartibdagi tadbirkorlarlarga berilgan imtiyozlar
Mamlakatimizda soliq siyosatini yanada erkinlashtirish, soliq yukini bosqichma-bosqich kamaytirish, soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlari huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularning moliya-xoʻjalik faoliyatiga asossiz aralashuvlarni cheklash borasida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Taʻkidlash joizki xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʻminlash, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi ortiqcha byurokratik toʻsiq va gʻovlarni bartaraf etish maqsadida, tadbirkorlarga keng imkoniyatlar berilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 29-martdagi “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy sanʻatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-3588-sonli Farmoniga muvofiq, Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy-bezak sanʻati buyumlari asosiy turlarining 25 turdagi yangilangan roʻyxati tasdiqlangan.

  1. Ganch oʻymakorligi;

  2. Yogʻoch oʻymakorligi;

  3. Suyak oʻymakorligi;

  4. Tosh oʻymakorligi;

  5. Yogʻochdanxalqhunarmandchiligibuyumlariyasash;

  6. Metall va tunukadan buyumlar yasash;

  7. Qilich, xanjar va pichoq yasash;

  8. Zarb, oʻyma tasvir (chekanka) usulda yasalgan buyumlar;

  9. Chinni (farfor), sopol va ganchdan buyumlar yasash;

  10. Qimmatbaho metallardan zargarlik buyumlari yasash;

  11. Qoʻlda gilam toʻqish;

  12. Qoʻlda gazlama va toʻqma buyumlar toʻqish;

  13. Shisha buyumlar tayyorlash;

  14. Zardoʻzlik buyumlari tikish;

  15. Kashtachilik, kashtadoʻzlik;

  16. Matoga gul bosish va chokli buyumlar tikish;

  17. Milliy xalat (chopon) va bosh kiyimlar tayyorlash;

  18. Musiqa asboblari yasash;

  19. Miniatyurali, rasmli (tasvirli), ornamentli (naqshli) va sirli bezaklar berish;

  20. Hajmli va figurali (shakldor) qolipli (andozali) quyma buyumlar yasash;

  21. Kichik haykalchalar yasash;

  22. Oʻyinchoqlar yasash;

  23. Novdalardan buyumlar toʻqish;

  24. Teridan buyumlar va oyoq kiyimlari tikish;

  25. Sovgʻa (suvenir) esdalik buyumlari tayyorlash.

Yuqoridagi faoliyat turlari boʻyicha yakka tartibda hunarmand- chilik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar “Hunarmand” uyushmasiga aʻzo boʻlgan holatda soliqdan imtiyoz qoʻllaniladi.
Ushbu farmon bilan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq, uy sharoitida xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʻati buyumlarini ishlab chiqarish boʻyicha yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan band boʻlgan shaxslar tomonidan qatʻiy belgilangan soliqni toʻlash yuzasidan soliq imtiyozining amal qilish muddati —Hunarmand” uyushmasi aʻzolari - yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-dekabrdagi PF-4589-sonli Farmoni bilan 2017-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilgan edi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 24-avgustdagi "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4354-sonli Farmonga koʻra, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 2011-yilning 1
oktabridan quyidagi huquqiy meʻyorlar, tartiblar va imtiyozlar belgilandi:

  • tadbirkorlik faoliyati subyektlarining barcha darajadagi davlat boshqaruvi idoralari, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, tijorat banklari bilan oʻzaro munosabatlarida tadbirkorlar huquqlari ustuvorligi prinsipiga amal qilinadi, yaʻni, unga muvofiq, meʻyoriy- huquqiy hujjatlardagi bartaraf etib boʻlmaydigan barcha ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlar foydasiga talqin etiladi;

  • 2011-yil 1 sentabrdan kichik biznes subyektlaridan tijorat

banklarida milliy valyutada hisobraqami ochganlik uchun toʻlov undirishni bekor qilindi;

  • xoʻjalik subyektlari tomonidan savdo va servis sohasida xarid qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar uchun korporativ plastik kartalaridan foydalangan holda toʻlovlarni amalga oshirishda toʻlov terminallari cheklarini birlamchi buxgalterlik hujjatlariga tenglashtirildi;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga bank muassa- salariga eng kam ish haqining yigirma barobari miqdorigacha boʻl- gan naqd pul tushumini mustaqil topshirish huquqi berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2012-2016-yillarda xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-1754-sonli qaroriga asosan 2012-yilning 2-choragidan boshlab, qishloq joylardagi mahallalar hududida maishiy xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar (sartaroshlar, tikuvchilar, poyafzal, mai- shiy texnika taʻmirlash boʻyicha ustalar va boshqalar) 3 yil muddatga hamda qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joy qurilishi asosida barpo etilayotgan massivlarda kirxona xizmatlarini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 yil muddatga qatʻiy belgilangan soliq toʻlashdan ozod etish kabi imtiyozlar taqdim etilgan edi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 390- moddasiga asosan konsert-tamosha faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun davlat boji toʻlovchi jismoniy shaxslar mazkur faoliyat turi boʻyicha qatʻiy belgilangan soliq toʻlashdan ozod etilgan.
Shuningdek, Soliq kodeksining 311-moddasiga muvofiq yuridik shaxs tashkil etmagan (yoki tashkil etgan) holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklarinmg aʻzolari sugʻurta badallarini ixtiyoriylik asosida yiliga eng kam ish haqining toʻrt yarim baravaridan kam boʻlmagan miqdorda toʻlaydi. Belgilangan miqdordagi sugʻurta badallarining toʻlanishi dehqon xoʻjaligi aʻzosining mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi.
Yoshga doir pensiya olish huquqiga ega boʻlgan, shuningdek I va II guruh nogironlari boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda yuridik shaxs tashkil etmagan (yoki tashkil etgan) holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklarining aʻzolari uchun sugʻurta badalining miqdori uning belgilangan miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak.
Soliq kodeksining 54-moddasiga oʻzgartirish kiritilib, 2015-yildan yuridik shaxslar singari yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham soliq tekshiruvlarda qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, shuningdek moliyaviy sanksiyalar summalarini 6 oy mobaynida teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlashga huquq berildi
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-379-sonli qonuniga asosan:

  • Soliq kodeksining 311-moddasiga oʻzgartirish kiritilib, yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila aʻzolari tomonidan sugʻurta badallarini toʻlash ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshirilishi;

  • Soliq kodeksining 375-moddasi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilib, yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik subyekti qatʻiy belgilangan soliqni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oydan keyingi oydan boshlab toʻlashlari belgilandi.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni tamomlagandan keyin oʻn ikki oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan eʻtiboran qatʻiy belgilangan soliqni to„lashdan olti oy muddatga ozod etiladi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtilgan paytdan boshlab oʻn ikki oy ichida faoliyat tugatilgan taqdirda, qatʻiy belgilangan soliq faoliyat amalga oshirilgan butun davr uchun toʻlanishi belgilab qoʻyildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4609-sonli Farmoniga asosan quyidagilar belgilandi:

  • davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarida chop etilmagan ularning tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro munosabatlar masalalarini tartibga soladigan meʻyoriy-huquqiy va boshqa hujjatlari talablarini buzish holatlari uchun tadbirkorlik subyektlariga javobgarlik choralari qoʻllash taqiqlanadi;

  • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik subyektlariga yangi yuridik majburiyatlar yuklatishni nazarda tutadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga yuridik javobgarlikning yangi choralarini belgilaydigan meʻyoriy-huquqiy hujjatlar ular rasman chop etilgan fursatdan boshlab, uch oydan oldin boʻlmagan muddatda kuchga kiritiladi.

  • soliqlarni va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlaydigan shuningdek ishlab chiqarishning barqaror oʻsish surʻatlarini va rentabelligini taʻminlovchi kichik tadbirkorlik subyektlarining moli- yaviy-xoʻjalik faoliyatini soliq tekshiruvidan oʻtkazishga qoʻllanilgan moratoriy 2017-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan muddatgacha uzaytirilgan edi (yuridik shaxslarni tugatishdagi, qoʻzgʻatilgan jinoiy ishlar doirasidagi, shuningdek byudjet va markazlashtirilgan mablagʻlar va resurslaridan foydalanish bilan bogʻliq rejadan tashqari tekshiruvlar bundan mustasno).

  • Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga ularning hisobvaraqlaridan soliqlarni va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashda banklar xizmatlari uchun toʻlovlar undirish amaliyoti bekor qilindi.

Shuningdek, Farmonga asosan investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni ragʻbatlantirish samaradorligini oshirish borasida elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddatini 12 oydan 24 oygacha uzaytirishni nazarda tutuvchi amaldagi qonunchilikka oʻzgartirish kiritilishi belgilab qoʻyildi.
Respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning oʻrni va rolini tubdan oshirish, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiq va cheklovlarni bartaraf etish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, yalpi ichki mahsulotda xususiy mulk, jumladan, chet el kapitali ishtirokidagi ulushini izchil oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi —Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʻminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4725-sonli Farmoni qabul qilindi.
Farmonning 2-bandi bilan 2015-yilning 1-iyulidan:

  • mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xoʻjaliklari faoliyatiga oid barcha tekshiruvlar rejali tartibda nazorat organlari tomonidan toʻrt yilda bir martadan, boshqa xoʻjalik subyektlarida esa koʻpi bilan uch yilda bir marta faqat Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga asosan amalga oshirilishi;

  • moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan rejali tekshiruvlar oʻtkazish muddati 10 kalendar kunidan oshmasligi;

  • tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar faqat soʻnggi tekshiruvdan keyingi davrni qamrab olishinishi belgilab qoʻyildi.

  • huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qoʻzgʻatilgan jinoiy ishlar boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish subyekt jalb etgan advokat ishtirokida (xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan ushbu huquqning rad etilishi holatlari bundan mustasno) amalga oshirilishi;

  • Jinoyat kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni (soliq yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash) birinchi marta sodir etgan, jinoyat aniqlangandan keyin 30 kun ichida davlatga yetkazilgan zararni toʻliq qoplagan, moliyaviy sanksiyalarni toʻlagan shaxsga nisbatan jinoiy ish қўзғатилмаслиги va u javobgarlikdan ozod qilinishi belgilab qoʻyildi.

Farmonning 5-bandiga asosan 2015-yilning 1-iyulidan yakka tartibdagi tadbirkorlarga faoliyatidan kelib chiqqan holda, har bir yollangan ishchi uchun Pensiya jamgʻarmasiga eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida sugʻurta badali va yakka tartibdagi ish beruvchi tadbirkor uchun belgilangan soliq stavkasining 30 foizi miqdorida soliq toʻlash sharti bilan bir nafardan uch nafargacha ishchini yollash huquqi berildi. Yakka tadbirkorlar kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ishga yollagan hollarda kollejni bitirgandan boshlab oʻn ikki oy mobaynida yollanma ishchilar uchun belgilangan soliqdan ozod etilishi belgilab qoʻyildi.
Shuningdek, Farmon bilan tasdiqlangan Dasturning 5-bandida —Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunga tadbirkorlik subyektlari uchun qonunchilikda koʻzda tutilgan imti- yozlar va preferensiyalar ularning har qanday yozma murojaatlarisiz qoʻllanilishi boʻyicha oʻzgartirish kiritish nazarda tutilyapti.
Dasturning 9-bandida agar shaxs Jinoyat kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni ilk marotaba sodir etib, jinoyat aniqlangan kundan 30 kun davomida, toʻlanmagan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻliq qoplagan, penya va boshqa moliyaviy jarimalarni toʻlagan taqdirda, unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilmasligi va ushbu shaxs javobgarlikdan ozod etilishini nazarda tutuvchi tartib joriy etish va bunda mazkur huquqbuzarlik va uni sodir qilgan shaxs toʻgʻrisida maʻlumotlar Ichki ishlar vazirligi Axborot markazida roʻyxatga olinishi belgilab qoʻyildi.
Dasturning 21-bandida tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini amalga oshirish tartibini soddalashtirish. Bunda, ularni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida hamda Davlat bojxona organlarida roʻyxatdan oʻtkazish tartibini bekor qilish, ortiqcha va zamon talablarga javob bermaydigan hujjatlarni chiqarib tashlash orqali bojxona rasmiylashtiruvida ular tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar sonini qisqartirishni nazarda tutish belgilandi.
Dasturning 27-bandida davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olishning Internet tarmogʻida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qilingan Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish avtomatlashtirilgan tizimi orqali kechayu-kunduz amalga oshirish tartibini oʻrnatish boʻyicha amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish belgilandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi —Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʻminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4848-sonli Farmoniga asosan quyidagilar belgilandi:
2017-yilning 1-yanvaridan boshlab:

  • tadbirkorlik subyektlarini rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi, yuridik shaxslarning tugatilayotganida, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilganligi holatlari boʻyicha bergan murojaatlari asosida faqatgina Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga muvofiq oʻtkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar bundan mustasno;

  • tadbirkorlik subyektlari faoliyatini, shu jumladan, jinoyat ishlari doirasidagi muqobil tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi;

  • moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishda birinchi marta huquqbuzarliklar sodir etgan tadbirkorlik subyektlari va ularning xodimlari yoʻl qoʻyilgan qonunbuzarliklarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va etkazilgan moddiy zararni qoplagan taqdirda, insonning sogʻligʻi va hayotiga zarar etkazilgan holatlar bundan mustasno, maʻmuriy va jinoiy javobgarlikdan, jarimalar va moliyaviy sanksiyalar (penyadan tashqari) qoʻllanilishidan ozod etiladilar;

  • noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni birinchi marta sodir etgan shaxslar huquqbuzarlik aniqlangan kundan eʻtiboran bir oy muddatda etkazilgan zararning oʻrnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyekti sifatida roʻyxatdan oʻtgan va ruxsat etuvchi zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan taqdirda maʻmuriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etiladilar;

  • tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jinoiy jazo qoʻllanilmaydi;

  • xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangidan tashkil etiladigan ishlab chiqarish korxonalariga ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtida amalda boʻlgan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar stavkalarini (resurs va bojxona toʻlovlari bundan mustasno) besh yil mobaynida qoʻllash huquqi beriladi;

  • tadbirkorlik subyektlari hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisida ariza bergan taqdirda davlat boji toʻlashdan ozod etiladilar;

  • tadbirkorlik subyektlarining eksport kontraktlarini davlat bojxona xizmati organlarida hisobga qoʻyish borasidagi talab, valyuta nazorati organlari tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali tashqi savdo kontraktlari nazorati va monitoringini saqlab qolish sharti bilan bekor qilinadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek eksport kontraktlarini roʻyxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi

  • “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar eksport qilinishini ragʻbatlantirish va raqobatdoshligini taʻminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5286-sonli Farmonlarining 1-ilovalarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3351-sonli Qarorida nazarda tutilgan tovarlarni eksport qilish boʻyicha kontraktlar bundan mustasno qilinadi

  • - eksport qilinayotgan tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat ilgari xuddi shunday tovar uchun aynan sertifikat olgan arizachiga bir ish kuni mobaynida beriladi.

  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-martdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun qoʻshimcha qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2843-sonli Qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida roʻyxatdan oʻtgan, farmatsevtika tovarlari va preparatlari, elektrotexnika mahsulotlari (kabel-oʻtkazgich mahsulotlaridan tashqari), shuningdek, pardozlash qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar 2017-yilning 1-aprelidan 2022-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan davrda mulk soligʻi, yer soligʻi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishsoligʻi,shuningdek, OʻzbekistonRespublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod etildi.


Xulosa.

Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos iqtisodiy faoliyatdir. Boshqacha aytganda, u muayyan ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish maqsadida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni tashkil etish boʻyicha mulkdorlarning yoki ular vakillarining ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir.


Tadbirkorlikning mohiyati quyidagilar orqali yanada oydinlashadi:

Download 110,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish