2. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga belgilangan faoliyat turlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi 2018-yil 22-oktyabrdagi 850-sonli qaroriga asosan xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatini keltirilgan.
Jismoniy shaxslar 2019-yil 1-martdan boshlab Qaror bilan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilmagan faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin emas. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatidan oʻtkazish inspeksiyalari va davlat soliq xizmati organlari faoliyat turlari boʻyicha xususiy tadbirkorlarga ruxsatnomalar rasmiylashtirish va ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda tasdiqlangan roʻyxatga qatʻiy amal qilinadi.
Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari
ROʻYXATI
T/R
|
Faoliyat turining nomi
|
I.
|
Chakana savdo:
|
1.
|
Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish (qurilish materiallari, tsement, shifer, yogʻochvayogʻochmahsulotlari,alkogolliva tamaki mahsulotlari, neft mahsulotlarining barcha turlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar yoxud bunday materiallar qoʻllanilgan buyumlar, audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar, yangi import avtomobillar, farmatsevtika tovarlarini sotish bundan mustasno)
|
2.
|
Koʻchma savdo obʻektlarida aralash chakana savdo qilish (vaqtincha joylashgan va mavsumiy yoki maqsadli xususiyatga ega boʻlgan, shuningdek, ish kuni tamom boʻlgandan keyin obʻektni demontaj qilinishi va koʻchirilishini talab etuvchi obʻektlarda)
|
3.
|
Dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan chakana savdo qilish
|
4.
|
Gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan chakana savdo qilish
|
5.
|
Tovarlarni import qilish va ular bilan chakana savdo qilish (qurilish materiallari, tsement, shifer, yogʻoch va yogʻoch mahsulotlari, oʻsimlik moyi, alkogolli va tamaki mahsulotlari, neft mahsulotlarining barcha turlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar yoxud bunday materiallar qoʻllanilgan buyumlar, audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar, yangi import avtomobillar va farmatsevtika tovarlarini sotish bundan mustasno), bunda olib kirilayotgan tovarlarning narxi bir oyda 5000 AQSh dollari ekvivalentidan oshmaslik sharti bilan
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |