Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'i.
Reja
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'i tartib qoyda va tamoillari
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'ining iqtisodiy mohiyati.
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'ining stavkasi
Jismoniy shaxslaming mol-mulkiga solinadigan soliq - bu bevosita soliq bo'lib, u o'zining ushbu sifati bilan moddiy boyliklarni olish va jamg'arish jarayonida undiriladi. Bu real soliqdir, («real» atamasi (inglizcha real - mulk) ayni ushbu soliq birinchi galda fuqaro egalik qilinadigan mol - mulk solinishi bilan bog'liq). Bu muntazam soliqhisoblanadi, ya'ni u yarim yilda bir marta muntazam ravishda undiriladi. Nihoyat bu hududiy soliq bo'lib, u O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lgan va unda ro'yxatga olingan ko'chmas mulk va transport vositalari (2002 yil 1 yanvardan transport vositalari dvigatel quwatidan olinadigan soliq bekor qilingan) uchun to'lanadi. Mol-mulk solig'i mutanosib (proportsional) va shedulyardir.
Jismoniy shaxslaming mol-mulkiga solinadigan soliqni huquqiy tartibga solishning asosiy manbalariga O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (27-29 boblar). O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 29 dekabrdagi 478-sonli «Jismoniy shaxslarga mulk huquqida tegishli bo'lgan bino va inshootlarni baholash va qayta baholash to'g'risidagi nizomni tasdiqlash to'g'risida»gi qarori (O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 9 dekabrdagi 591-sonli «Jismoniyshaxslaming mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalarini tasdiqlash to'g'risida»gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan), O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlatsoliq qo'mitasi tomonidan «Jismoniy shaxslaming mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqish va byudjetga to'lash tartibi to'g'risida» yo'riqnoma ishlab chiqildi. Ilgari ushbu soliqnining undirib olinishi 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan «Jismoniy shaxslaming mol-mulkiga solinadigan soliqlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni bilan tartibga solinar edi.
Respublika fuqarosi, boshqa davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs, O'zbekiston rezidenti yoki norezidenti bo'lishidan qat'iy nazar soliq solinadigan mol-mulkka ega bo'lgan jismoniy shaxslar mol-mulk solig'i to'lovchilari bo'lib hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 90-moddasiga muvofiq soliqqa tortiladigan ob'ektga: 1) uy-joylar, 2) kvartiralar, 3) bog'dorchilik va uzumchilik shirkatlari a'zolarining chorbog' va bog' uylari 4) garajlar va boshqa imoratlar, bino va inshootlar kiradi hamda yuqoridagilar bo'yicha jismoniy shaxslar mol-mulk solig'i to'lovchilardir. Bundan tashqari, 2002 yil 1 yanvargacha jismoniy shaxslaming mulki bo'lgan avtomobillar, motorli qayiqlar, vertolyotlar, samolyotlar va boshqa transport vositalari dvigatellarining quvvati soliq solish ob'ekti bo'lib hisoblangan. Lekin, 2002 yil 1 yanvaridan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2001 yil 31 dekabrdagi «Asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar prognozi va 2002 yilgi O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining parametrlari to'g'risida»gi 490-son qaroriga muvofiq dizel yoqilg'isi va suyultirilgan gaz iste'moliga solig'i joriy etildi.
Umuman olganda, «soliq solish ob'ekti» va «soliq solish predmeti» tushunchalarini farqlash zarur. Bu farq ayni jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliqqa nisbatan yanada yaqqol namoyon bo'ladi, u soliqning sub'ektini aniqlaydi va u bilan ma'lum huquqiy aloqada jumladan mulk huquqiy munosabatlarda bo'ladi. Shunga e'tiborni qaratamizki, 1998 yil 13 yanvardagi 392-sonli Yo'riqnoma (2-bandi)da O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksidan (89-modda) farqli o'laroq, shunday belgilanadi,soliq «o'z ixtiyorida ega bo'lgan jismoniy shaxslar tomonidan to'lanadi». Mazkur yo'riqnomaning 5.3-bandi shuni belgilaydiki, soliq bo'yicha imtiyozlar faqat tovar mulk imtiyoz oluvchining o'z mulki bo'lgan hollardagina beriladi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 29 dekabrdagi 478-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Jismoniy shaxslarga mulk huquqida tegishli bo'lgan bino va inshootlarni baholash va qayta baholash to'g'risida» nizomning 4-bandida shunday deyiladi: «Foydalanish uchun qabul qilingan va mahalliy texnik ro'yxatdan o'tkazish idorasida ro'yxatga olingan, jismoniy shaxslarga mulk huquqida tegishli bo'lgan uy-joylar, kvartiralar, bog'dorchilik va uzumchilik shirkatlari a'zolarining chorbog' va bog' uylari, garajlar va boshqa imoratlar, binolar va inshootlar soliq solish uchun baholash ob'ekti hisoblanadi».
Soliq solish ob'ekti - bu sub'ektning soliq to'lash majburiyatini shart qilib yuridik dalillardir (mazkur holatda mulkchilik huquqida mol-mulkka egalik qilish bunday yuridik dalil hisoblanadi).
Soliq solish predmeti (atama mazmuniga ko'ra soliq solish ob'ektiga yaqin) - bu tegishli soliqning undirilishini asoslab beruvchi daliliy xususiyatdagi belgilardir. Masalan, uy, kvartira kabi mol-mulk uchun mulkchilik huquqi ob'ekti bo'ladi, uy yoki kvartiraning o'zi esa soliq solish predmeti hisoblanadi va h.k.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 29 dekabrdagi 478-sonli qaroriga muvofiq jismoniy shaxslarga mulk huquqida tegishli bo'lgan uy-joylar, kvartiralar (shu jumladan xususiylashtirilgan kvartiralar), garajlar, boshqa imoratlarni bahaolash va qayta baholash uchun yagona funktsional ko'rsatkich-imorat, bino umumiy maydonning kvadratmetri belgilanadi. Bu esa soliq solish birligidir.
O'zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 93-moddasi soliq bo'yicha imtiyozlarga ega bo'lgan shaxslar doirasini tartibga soladi. Uning tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, qonun chiqaruvchi har qanday mol-mulk solig'idan ozod etiladigan jismoniy shaxslarning qator toifalarini ajratadi, jismoniy shaxslarning boshqa guruhlariga esa, faqat imoratlar, binolar va inshootlar uchun soliq to'lash bo'yicha imtiyozlar berdi.
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Davlat Soliq Qo'mitasining «Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqish va byudjetga to'lash tartibi to'g'risida» yo'riqnomaga muvofiq jismoniy shaxslarning mol-mulk solig'ini hisoblash soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mol-mulk solig'idan imtiyoz olish huquqiga ega bo'lgan kishilar soliq xizmati organlariga kerakli hujjatlarni taqdim etadilar.
Imoratlar, binolar va inshoatlar bo'yicha mol-mulk solig'i har yili 1 yanvardagi holati yuzasidan kommunal xizmat ko'rsatish imoratlari beradigan inventarizatsiya qiymatiga doir ma'lumotlar asosida, ma'lumotlar bo'lmagan taqdirda esa mazkur ob'ektlarning qiymati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo'ygan summa atrofida soliqqa tortiladi.
Imoratlar, binolar va inshootlar bir qancha mulkdorlarga tegishli umumiy hissali mulk egalari bo'lganda soliq har bir mulkdorning imoratlari, binolar va inshoatlardagi hissasiga qarab hisoblanadi.
Yangi qurilgan yoki sotib olingan mulklar bo'yicha soliq kelgusi yil boshidan boshlab hisoblanadi.
Meros bo'yicha mol-mulkdan soliq merosxo'rlardan meros ochilgan paytdan boshlab undiriladi. Mol-mulk yo'q qilingan, butunlay vayron bo'lgan oydan e'tiboran to'xtatiladi.
Mol-mulkka mulk huquqi kalendar yil davomida bir mulkdordan boshqasiga o'tganda soliqni birinchi mulkdor o'sha yilning 1 yanvaridan bu mol-mulkka mulk huquqini yo'qotgan oyning boshigacha to'laydi, ya'ni mulkdor esa mulk huquqini qo'lga kiritgan oydan e'tiboran to'laydi.
Kalendar yil davomida imtiyozga ega bo'lish huquqi pay do bo'lgan taqdirda mol-mulk solig'i ana shunday huquq vujudga kelgan oydan e'tiboran qayta hisoblab chiqiladi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to'lash usuli - kadastrli usul hisoblanadi. Soliqni bunday usul bilan to'lashning o'ziga xos hususiyati shundan iboratki, mol-mulkka uning tashqi belgilari, mo'ljallanayotgan daromad asosida soliq solinishi bois, soliqni to'lash vaqti daromadni olish vaqti bilan hech qanaqa bog'liq emas va shu munosabat bilan mol-mulk solig'ini to'lash uchun qatiy muddat belgilanadi. Jumladan, mol-mulk solig'i teng ulushlarda ikki muddatda - 15 iyun va 15 dekabrdan kechiktirmay to'lanadi (O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 95-moddasi).
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solish predmeti joylashgan joydagi soliq organi tomonidan hisoblab chiqiladi., bunda soliq organi tomonidan yozib beriladigan to'lov xabarnomasi to'lovchilarga har yili joriy yilning 1 mayidan kechiktirilmay topshiriladi (O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 95-moddasi 8-qismi). Soliqlar bo'yicha to'lovlar faqatgina soliq solish predmeti joylashgan joydagi mahalliy byudjetga o'tkaziladi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq uning har yili 1 yanvar holatiga ko'ra ro'yxatga olish (invetarizatsiya) qiymatiga nisbatan foiz hisobida hisoblab chiqariladi. Agar imoratlar, binolar va inshootlarning ro'yxatga olish qiymati haqidagi ma'lumotlar bo'lmasa, u holda soliq ushbu mulkning davlat majburiy sug'urtasi bo'yicha summalarni hisoblash uchun belgilangan qiymatidan, shuningdek, har yilning 1 yanvar holatiga ko'ra baholanishidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi.
2002 yil 1 yanvardan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 31 dekabrdagi «Asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar prognozi va 2002 yilgi O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining parametrlari to'g'risida»gi 490-son qaroriga muvofiq joriy etilgan jismoniy shaxslardan olinadigan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg'isi va suyultirilgan gaz iste'moliga solig'ini hisoblab chiqarish va to'lash tartibi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliqqo'mitasining yo'riqnomasida belgilab berilgan.
Yo'riqnomaga muvofiq ushbu soliq turi bo'yicha soliq summasi jismoniy shaxslarga sotiladigan benzin, dizel yoqilg'isi va suyultirilgan gaz uchun mablag' to'lanishi bilan bir vaqtda undiriladi va soliq summasi quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:
N=V*St,
Bu erda:
N - hisoblab yozilgan soliq;
V - jismoniy shaxslarga sotilayotgan benzin, dizel yoqilg'isi va suyultirilgan gazning natural ifodadagi hajmi;
St - soliq stavkasi.
Soliq summasi chakana narxga qo'shimcha ravishda belgilanadi va jismoniy shaxs-xaridorga berilgan chekda alohida satr bilan ko'rsatiladi.
Hisoblab chiqarilgan va ushlangan soliq summasi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar uchun tushum deb hisoblanmaydi hamda boshqa to'lanadigan soliqlar, yig'imlar va majburiy to'lovlar bo'yicha soliq soliq ob'ekti bo'lmaydi.
Byudjetga soliq to'lovchilar sotilgan benzin, dizel yoqilg'isi va suyultirilgan gaz hisobi hamda hisoblangan soliq summalari hisobini alohida yuritadilar.
Soliq mahalliy byudjetga O'zbekiston Respublikasi byudjetlari daromad va xarajatlarining tegishli tasnifiga ko'ra bo'lim va paragrafga to'lanadi.
Soliq bank muassasalari orqali har o'n kunda, benzin, dizel yoqilg'isi va suyultirilgan gaz jismoniy shaxslarga sotilgan oy qn kunligi tugaganidan so'ng uchinchi kundan kechiktirmay to'lanadi.
Joriy o'n kunlik to'lovlar hisobiga olingan soliq bo'yicha hisob-kitob avtomobilga yonilg'i quyish shoxobchalari joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'ini to'lovchilari, ob'ekti
va soliq stavkalari.
Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig'ini to'lovchilari bo'lib soliq solinadigan mol-mulkga ega bo'lgan fiiqarolar hisoblanadi.
Demak, bu erda mol - mulk soliq ob'ekti hisoblanadi Ammo jismoniy shaxslarning hamma mulki emas, faqat quyidagi mulklari mol-mulk solig'i ob'ekti hisoblanadi:
uy-joylari,
kvartiralari.
O‘zbekistonda jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari oshirildi
O‘zbekistonda jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari oshirildi. Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, maydoni 500 kv. m gacha bo‘lgan turar joylar uchun soliq 12−12,1 foizga, 500 kv. m dan yuqori bo‘lsa, 11,3 foizga yuqori bo‘ladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 dekabr kuni Soliq kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Unda, jumladan, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalarini oshirish nazarda tutilgan.
«Gazeta.uz» avvalroq 2023 yil uchun soliqqa oid o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot (rus tilida) bergan edi. Xususan, jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha 2022 yilda amaldagi soliq stavkalari Soliq kodeksining 422-moddasi 1-qismi 1−3-bandlarida nazarda tutilgan obyektlar bo‘yicha o‘rtacha 12 foizga oshiriladi. Moliya va iqtisodiyot vazirligi buni jismoniy shaxslar uchun 2018 yilda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar tomonidan belgilangan soliq solish obyektlarining kadastr qiymati (soliq solinadigan baza) miqdori saqlanib qolinishi bilan izohladi.
500 kv. m gacha bo‘lgan uy va kvartiralarning egalari uchun soliq o‘sishi 12−12,1 foizni, 500 kv. m dan ortiq uy-joy mulkdorlari uchun esa 11,3 foizni tashkil etadi.
№
|
Soliq solish obyektlari
|
2022 yildagi stavka, %da
|
2023 yildagi stavka, %da
|
1.
|
Uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari (umumiy maydoni 200 kv.m gacha bo‘lganlarini qo‘shib hisoblaganda), ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar
|
0,25
|
0,28 (+12%)
|
2.
|
Shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar, umumiy maydoni:
|
|
|
|
200 kv.m dan ortiq va 500 kv.m gacha bo‘lgan
|
0,33
|
0,37 (+12,1%)
|
|
500 kv.m dan ortiq bo‘lgan
|
0,44
|
0,49 (+11,3%)
|
3.
|
Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq bo‘lgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari
|
0,33
|
0,37 (+12,1%)
|
4.
|
Tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromadlar olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari
|
1,5
|
1,5
|
Bundan tashqari, Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, 2023 yilda uy-joy fondiga (shu jumladan, ko‘p kvartirali uy bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan mashina o‘rni) ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun soliq summasining o‘sish sur’ati bo‘yicha avvalgisiga nisbatan cheklov qo‘llash amaliyoti saqlanib qolmoqda. Xususan, 2018 yilda belgilangan kadastr qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblangan soliq summasi joriy yilda 2022 yil uchun hisoblangan soliq summasidan 1,3 baravardan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Ma’lumot uchun: mazkur cheklov 2018 yildan boshlab mol-mulk solig‘i inventar qiymatidan (2018 yilgacha) kadastr qiymatidan kelib chiqqan holda mol-mulk solig‘iga o‘tkazilgandan so‘ng soliq yukining keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli barcha ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan qo‘llaniladi.
Shu bilan birga, 2023 yildan boshlab noturarjoy ko‘chmas mulk obyektlari uchun o‘tgan yilga nisbatan jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasiga cheklov qo‘llash amaliyoti bekor qilinadi. Ushbu qoida jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli bo‘lishidan qat’i nazar, ko‘chmas mulk obyektlarini funksional maqsadiga ko‘ra (turar joy bo‘lmagan binolar) soliqqa tortish uchun teng shart-sharoitlar yaratish maqsadida joriy etilgan. Yer solig‘i bo‘yicha cheklov 2022 yildan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyatida foydalanilayotgan yer uchastkalariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Xulosa
Mulkida soliq solish obyekti deb tan olinadigan mol-mulki bo'lgan jismoniy shaxslar mol-mulk solig'ining soliq to'lovchilari hisoblanadi.
Agar ko'chmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni bo'lmasa, shuningdek ko'chmas mulk mulkdori vafot etgan taqdirda, bu mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo'lsa, o'sha shaxs soliq to'lovchi deb hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo'ljallangan yashash uchun mo'ljallanmagan ko'chmas mulk obyektlari, qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo'ljallanmagan obyektlar, boshqa imoratlar, binolar va inshootlar soliq solish obyekti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |