Jismoniy mashqlarning ta’sirini belgilovchi omillar Mundarija


Kichik sinflarda jismoniy tarbiya darslarin o'tkazish uslubiyatlari



Download 44,15 Kb.
bet5/12
Sana22.04.2022
Hajmi44,15 Kb.
#571694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Jismoniy mashqlarning ta’sirini belgilovchi omillar

Kichik sinflarda jismoniy tarbiya darslarin o'tkazish uslubiyatlari
Mamlakatimizda «Sog'lom avlod uchun» keng ko'lamli chuqur o'ylab chiqilgan dastur xalq tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinib amalga oshirilmoqda.
CHunki o'sib kelayodgan yosh avlod tarbiyalash, eng avvalo va asosan o'quv-tarbiya jarayonini mukammalligiga bog'liq.
Jismoniy tarbiyaning maqsadi-o'quvchilar tanasidagi barcha a'zolarini sog'lom o'sishini ta'minlash, ularni aqliy va jismoniy mehnatga shuningdek, Vatan mudofaasiga tayyorlashdir.
Abdulla Avloniy ta'kidlaganidek, «Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najod, yo xolokat, yo ibodat, yo folokatdir». Abdulla Avloniyning fikricha, sog'lom fikr, yaxshi axloq va ilm-ma'rifatga ega bo'lmoq uchun badanni tarbiya qilish zarurdir.
Vazifalari- sog'lomlashtirish, ta'lim berish, tarbiyalash vazifalarini hal
qilish.
Jismoniy tarbiya sog'likga katta ta'sir ko'rsatib kishi salomatligini mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr qurishga yordam beradi.
Vositalari- jismoniy tarbiyaninng asosiy vositalari jismoniy mashqlar, tabiatning sog'lomlashtirish kuchlari ( suv, havo, quyosh), gigienik omillar (shaxsiy va jamoa gigienasi ), kompleks dasturdagi har bir sinfda o'tiladigan mashq turlari (sport turlari ) vosita bo'lib hisoblanadi.
Harakatchanlik sifatlarini rivojlantirish hamda harakat-malaka va ko'nikmalarni o'rgatish uchun o'qituvchi o'tkaziladigan sharoitni hisobga olgan xolda tanlab oladi.
Dasturda ko'rsatilgan bilimlarni o'quvchilar tomonidan to'liq egallash, jismoniy mashqlarni foydali ekani, shaxsiy va jamoa gigienasi va gigienik qoidalariga rioya qilish. Bu vazifalarni hal qilish uchun o'qituvchi suhbat tariqasida, bilim berish orqali amalga oshirish kerak.
Jismoniy mashqlar gigienasi haqida tushuncha berish o'quvchilarda jismoniy tarbiya darsiga bo'lgan qiziqshni orttiradi va ongini o'stiradi. Bu vazifa o'quvchilardan ko'p kuch sariflashni va imkoniyatlardan to'g'ri foydalanishni talab qiladi.

O'qituvchi ishni shunday tashkil qilish kerakki, o'quvchi maktabda va uyda bir xil jismoniy tarbiyaga odatlansin.


O'qituvchilarga doimo jismoniy mashqni organizmga ta'siri to'g'risida, sog'likni mustahkamlash ish qobiliyatini oshirishi to'g'risida tushuncha berib borish kerak.
Bizlarga ma'lumki, 6-9 yoshdagi o'quvchilar organizimi bir tekis va tez rivojlanish xususiyatiga ega. Bolaning har yili o'sishi 2-4 sm. ga og'irligi esa 2­4 kg,ga ko'krak qafasining rivojlanishi 2-4 sm bo'ladi
Organizmning suyak qismi juda tez o'sadi. O'gil bolalarda asosan, oyoq qismi uzunlik hisobiga tez o'sadi, kiz bolalarda esa gavda qismi tez o'sadi, tos, qo'l, tirsak, bilak suyaklari yaxshi o'sa boshlaydi. Umurtqalar orasidagi togaylar hali yaxshi o'smaganligi uchun organizm eguluvchan bo'ladi
Organizmning tez o'sishi bilan (ya'ni suyak qismi ) undagi suyak hujayralarida hali organik moddalar ko'p, mineral tuzlar esa kam. Shuning uchun suyak egiluchan bo'ladi. Shu sababli jismoniy tarbiya darsida nagruzkani xaddan tashkari berish maqsadga muvofiq emas. ( balandlikdan kattik joyga sakrash, juft bo'lib mashq bajartirish va boshqalarni berish mumkin emas). Bularda muskullar bir xil rivojlanmaydi. Katta muskullar tez shakillanadi, kichik muskullar sekin rivojlanadi. Shu sababli bularga eng kichik harakatni qiyinrok bajaradi. Bolalarning muskul hujayrasida suv ko'p, oqsil moddalar kam bo'ladi. Bu davrda muskul kam ish qobiliyati bilan xarakterlanadi. Bu o'qituvchidan darsda uzoq dovom etadigan statik holatdan mashqni bir xil va bir tamonlama harakatni bermaslikni talab etadi. Darsda muskul gruppalarini to'g'ri proportsional rivojlanishga erishish kerak. Masalan: nishonga aniq mo'ljallash mashqni berish kerak ( kichik muskul gruppasiga ). Tortilish va tayanish mashqlarini juda kam berish kerak,shuning uchun, ko'krak qafasidagi suyaklar yaxshi qotmagan. Bu esa ko'krak qafasi qiyshiq o'sishiga olib kelishi mumkin.
Yurak -qon tomir sistemas bolaning yuragi o'zini hajmi bo'yicha, hali kichik, kattalarga nisbatan yurak-qon tomirlari ingichka, tomir devorlari elastik holatlga ega. Yurak muskullari hali yaxshi (kuchli) qisqarish qobiliyatiga ega emas.
6-9 yoshdagi bolalarni (7-10) maktabda o'qitish va o'rgatishdan avval so'z boyligi yaxshi rivojlangan bo'ladi. Bu yoshdagi o'quvchilarda muskul-harakat sezgilari rivojlana boshlaydi, o'z harakatini qurish va kinestetik nazorat qilishlari rivojlana boshlaydi. Kichik yoshdagi bolalarda harakatni qabul qilish to'lig'icha bo'ladi. shuning uchun o'qituvchi o'rgatish paytida tushuntirish bilan mashqni ko'rsatib borishi kerak va harakatni asosiy zvenolarini bir necha marta qaytarib borishi kerak. O'quvchilar-qisqa vaqt ichida harakatlarni yaxshi mo'ljalga ololmaydi. «Ung va chapga» burilishlarni chalkashtirib yuboradi. Shuni sezgan o'qituvchi shu sezgilarni ko'proq mashq qildirishi kerak.
Jismoniy tarbiya vositalariga xarakteristika-vosita qo'llaniladigan harakat vazifalarini bajarish uchun kerakli harakatlar.
Jismoniy tarbiyaning kompleks vositalarini jismoniy mashqlar, tabiatining sog'lomlashtirish kuchlari va gigienik omillar tashkil etadi.
Insonning jismoniy tarbiyasi o'ziga xos asosiy vositasini jismoniy mashqlar tashkil etadi. Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiya qonuniyatlariga muvofiq mashqlar tarixiy davrlarda to'planib va metodik tomondan gimnastik, o'yin, sport va turizm turida rasmiylashdi. Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiya vosita sifatida shugullanuvchilar faol harakat faoliyatini nazarda tutadi. U onglilik xarakteri qator psixik jarayonlarni yigindisida aks etadi. Kamolotga intilish. maqsadi haqida va harakat maqsadga yetishishi uchun vositalarni tasavvur etish, shu mashqni bajarish niyati iroda kuchli bo'lishi lozim. Mashqlarni bajarish bilan atrofdagi sharoitni idrok qilish, harakatni tasavvur qilib bilish kerak.
Amaliy mashgulotlar o'tkazishh uchun o'quvchilar o'quv bo'limlariga taqsimlanadilar. Bunda o'quvchilar, asosan, jinsi, jismoniy tayyorgarligi, sogligi va qiziqshiga qarab maxsus bo'limlarga taqsimlanadi. O'quv bo'limlaridagi o'quvchilar soni o'rta maktabda ishni tashkil qilish va mohiyati (miqdori) haqidagi yo'riqnomaga (instruktsiya) ko'ra 15 tadan oshmasligi kerak.
Maxsus o'quv bo'limlarining o'quvchilari mashgulotlar jarayonida (sog'lomligi) salomatligi, jismoniy tayyorgarligi va jismonan rivojlanganligi tibbiy xodim bo'limga o'tkazilishi mumkin.
Asosiy bo'limdagi o'quvchilar kasal bo'lib qolsalar yoki boshka biror sabab bo'lsa, o'quv yilining xohlagan paytida maxsus bo'limga o'tkazilishi mumkin.
O'quv ishlari jarayonida o'rgatish va tarbiyalash olib boriladi. Maktab o'quv tarbiya ishlarini tashkil qilishda dars ish shakli hisoblanadi.
Har qanday dars o'ziga xos xususiyatga ega. Umuman dars 3 qismli va 4 qismli bo'ladi. 4 qismli dars, asosan, 1 sinfda qo'llaniladi (kirish, tayyorgarlik, asosiy va xulosa qismi), 2-3 sinflarda 3 qismli dars o'tiladi.
Dars vazifasi-o'quvchilarni tashkil qilish, dars qismiga tayyorlash va emotsional holatlini oshirish. Bu vazifalar aniq saflanish, qisqa vazifa bilan tanishtirish, URM (umum rivojlantiruvchi mashq)ni yaxshi bajartirish bilan yechiladi.
1-4 sinflarda dars tuzilishi o'ziga xos xususiyatga ega. Dars o'quvchilarning yoshlariga, jinsiga va jismoniy tayyorgarligiga qarab tuziladi va jismoniy mashqlar tanlanadi. Dars haftasiga ikki marta o'tkazilishi kerak va iloji bo'lsa, 2 kun oraligida qo'yish zarur. Darsni jadvalning birinchi va oxirgi soatlariga qo'ymaslikka harakat qilish kerak, chunki ertalab birinchi soatga qo'yilsa, organizmga birdaniga nagruzka berilishi mumkin, oxiriga qo'yilsa dars qiziqarsiz o'tadi, o'quvchilar charchaydi. Jismoniy tarbiya o'qituvchisi darsda rahbarlik rolini bajarishi kerak, dars oldiga vazifalar qo'yadi va shu vazifani bajarishi qonuniydir.
Dars oldiga qo'yiladigan talablar.
- jismoniy tarbiya darsi aniq vazifalarga ega bo'lishi kerak.
- metodik tuzilishi bo'yicha to'g'ri bo'lishi kerak.
- O'quv materiallari oldingi darsdagisiga keyingi darsning bog'liq bo'lishi
- dars mazmuni bo'yicha o'quvchining yoshiga,jinsiga,jismoniy tayyorgarligiga va salomatlik guruhiga mos bo'lishi kerak.
- Darslar qiziq va o'quvchilarning aktivlik faoliyatini oshirishga qaratilgan bo'lishi kerak.
- Darsning mazmuni o'quvchining qaddi-qomatini to'g'ri va jismoniy har tomonlama rivojlanishiga yo'naltirilgan bo'lishi kerak
O'quvchilar faoliyatini darsda 4 ta metod bo'yicha tashkil qilinadi.
1 .Frontal
2.guruhli
3 .Individual (shaxsiy) 4.Aylanma
Darsning tayyorgarlik qismi (5-10 minut). Tez va aniq tashkil qilingan dars sifatli va umumiy o'tadi. Shuning uchun o'qituvchi tayyorgarlikni tanaffus vaqtidan boshlashi kerak. O'qituvchi o'quvchilarga qaysi joyda saflanish. qanday yurishni ko'rsatishi kerak. Bu o'quvchilarni intizomiga va o'z o'quv mehnatini tashkil etishga jalb qiladi. Darsning boshlanishi uyushtirilgan tarzda o'tkazilsa, butun darsning muvaqqiyatli o'tkazilishini ta'minlaydi.
Tayyorlov qismi (5-10 min) vazifasi, o'quvchilarni tashkil qilish, dars vazifasini tushuntirish, organizmni darsning asosiy qismiga tayyorlash. Mazmuni safga turish elementlari, gimnastik saflanish, yurish, qo'shimcha qo'l harakatlari bilan yurish, umumrivojlantiruvchi va tayyorlov mashqlari, saflash elementlari bo'yicha o'yinlar.
Asosiy qism (25-30 min) vazifasi, o'quvchilar tomonidan harakat. Malaka va ko'nikmalarni egallash, oldin utilgan materiallarni mustahkamlash, jismoniy sifatlarni tarbyalash (chaqqonlik, tezkorlik) qa'tiylik, botirlik. Mazmuni URMni buyumli va buyumsiz o'tilgan materiallar bo'yicha, yurish. Yugurish, sakrash, emaklash, oshib tushish, osilish, muvozanat saklash, akrobatik mashqlar serg'ayratlikni talab qiladigan o'yinlar.
Asosiy qismiga dastur mazmunidagi materiallar kiritilishi kerak.
Darsda o'rgatish, takarorlash, qaytarish, mustahkamlash, takomillashtirish vazifalari qo'yilishi kerak.
Darsning maqsadi. Fizkul'tura zali, sport maydonchasidagi tartib-qoidalari bilan tanishtirish.
O'rgatish-o'quv materialining mazmunli, ilmiy tarzda tushuntirish, darsning struturasidagi muhim qismdir. Darsning ana shu qismida o'qituvchi o'zining bilimini, chuqurroq mashqlarni o'rgatish chog'ida o'zini jiddiy tutishi kerak. Uning diqqati, e'tibori, ayniqsa u tushuntirish chog'ida bolalarga diqqat bilan razm solib borsa, bu ularda o'z aksini topadi.
Mustahkamlash mashqlari maxsus topshiriklar sistemasi tariqasida o'qituvchi tomonidan yangi materialni tushuntirib berilganidan keyin darsning bir qismi mustaqil dars sifatida o'tkazilishi mumkin.
Mustahkamlash tariqasida materialning asosiy tayanch joylariga, nazariy qoidalarning amaliy o'quv faoliyati aloqasiga, ko'nikma va malakalarning shakllanish jarayoniga e'tibor beriladi. Bunday vazifa o'quv materialrini egallashga, mashqlar va mustaqil bajarilgan mashqlarning turlarini tanlashga yordam beradi.
Takrorlash vazifasi. O'quv materialini mavzular, bo'limlar, sinflar bo'yicha sistemalashtirishdir. Maktab o'quvchilari ko'pincha takrorlash chog'idagina ba'zi ko'nikma va malakalarni mashq qiladilar va umumlashtiradilar.
Darsning yakunlash qismi (3-5 min) vazifasi asta-sekin ish hajmini o'quvchilar faoliyatini keyingi darsga tayyorlash, uyga vazifa berish, darsni yakunlash, yangi harakatlarga tashkiliy ravishda o'tish (safga turgan holda tartibli ravishda, sinfga yoki uyga chiqib ketish).Mazmuni, saflanish, ashula bilan yurish, ritmik mashqlar, sokin o'yinlar, nafasni rostlaydigan mashqlar, darsni o'tkazishdagi o'qituvchining oxirgi so'zi, uyga vazifa.

Download 44,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish