Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


Rejalarni tuzish, qabul qilish va ularning ijrosini



Download 1,17 Mb.
bet57/91
Sana11.05.2022
Hajmi1,17 Mb.
#601996
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   91
Bog'liq
fayl 1688 20210827

9.5. Rejalarni tuzish, qabul qilish va ularning ijrosini
nazorat qilish tartiblari

O’zbekiston Prezidenta davlatni boshqarish, barcha faoliyatlarni sharoitlardan kelib chiqqan holda bajarish mumkin bo’lgan ishlarnigana aniq, puxta rejalashtirish, ularning bajarilishini doimiy ravishda nazorat qilib borishni vazifa qilib qo’ymoqda. Bu, o’z navbatida, O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va davlatni idora qilish bilan bog’liq bo’lgan qonunlar, qarorlar, nizomlarning tarkibiy tuzilishlarida ham bayon etilgan.


Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi, sport jamiyatlari va ularning quyi tarmoqlarida rejalarni tuzish jarayonida quyidagi tartib va qoidalarga amal qilinadi, ya’ni:
1. O’tgan yidda erishilgan muvaffaqiyatlar va salbiy tomonlarni hisobga olish.

  1. Yuqori davlat idoralari tomonidan qo’ylgan yangi vazifalarga tayanish.

  2. Respublika va xalqaro sport harakatidagi ilg’or tajribalarni qo’llash.

  3. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilar sonini oshirish, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus test Nizomlarini ko’paytirish, yuqori malakali va razryadli sportchilarni tayyorlash, mutaxassis xodimlar, jamoatchi faollar tayyorlashni yaxshilash, sport inshootlarini kengaytirish va boshqa muhim ko’rsatkichlarni rejalashtirish­da aniq imkoniyatlarni hisobga olish kerak bo’ladi. SHuningdek, sport tadbirlarining kalendar rejalarini tuzishda Xalqaro sport musobaqalarining turlari, unda ishtirok etish zarur bo’lgan sport turlari, o’tkazilish vaqti, joylari va hokazolarni ham chuqur o’rgangan holda inobatga olishni taqozo etadi.

Tuzilgan rejalar yuqori idoralarning kollegiyalari /hay’at/ va quyi tashkilotlarning faollar yig’ilishida muhokama qilinib, zarur bo’lsa tuzatishlar kiritiladi va ovoz berish yo’li bilan qabul qilinadi. Uni raislar va rahbarlar rasman tasdiqlashi lozim bo’ladi.
Rejalarning bajarilishini nazorat qilish sport tashkilotlaridagi tashkiliy va rejalashtirish bo’limlari, rahbar xodimlar uyushtirgan maxsus komissiyalar tomo­nidan belgilangan vaqtda hamda zaruriyat paydo bo’lganda amalga oshirilishi mumkin. Nazorat qilish, tekshirish jarayonlarida quyi jamoalarga amaliy yordam berish, yo’l-yo’riqlar ko’rsatish zarurdir. Barcha tadbirlarni avvaldan ko’ra bilish /prognoz-bashorat qilish/ muhim ahamiyatga egadir. Buning uchun esa tadqiqot o’tkazish va me’yorlarni /nomativlar/ belgilash taqozo etiladi. Bu vazifalarni ado etish uchun rahbar sport tashkilotlari, jismoniy tar­biya bilan bog’langan turli vazirliklar, idoralar o’z tadbirlarini belgilaydilar. Bunda sharoitlar, ilg’or tajribalar, fan yutuqlari inobatga olinadi.
Jismoniy tarbiya va sport ishlarini bashorat qilishda quyidagilarni asos qilib olish zarur:

  1. Jismoniy tarbiya harakatining barcha sohalarini mo’ljallash.

  2. Fanni rivojlantirish.

  3. Turli sport buyumlari va jihozlarini ishlab chiqarish va ularni iste’molga yo’naltirish.

  4. Mutaxassis xodimlarga bo’lgan talab va ehtiyojlarni o’rganish.

  5. Aholining jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish.

  6. Eng yuqori natijalarni /rekordlar/ mo’ljallash.

  7. Jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirish.

Aholining jismoniy madaniyatini takomillashtirish maqsadida turli dasturlar tayyorlash /modellar/, jismo­niy tarbiya, sport va sayohatlarning mohiyatlarini ochib beruvchi aniq namunaviy tadbirlarni tashkil etish hamda ularni nazariy hamda amaliy jihatdan asoslab berish.
Yana muhim tomonlardan biri shuki, aholi o’rtasida, ayniqsa, o’quvchi-yoshlarda jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan munosabatlar, qiziqish va ehtiyojlarini o’rganish, ilmiy jihatdan aniqlashda xalq milliy o’yinlari, ma’naviy va ma’rifiy madaniyat tadbirlarini tahlil qilish zarur.
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi sharoitida milliy qadriyatlarni tnklash, ma’naviy qiyofalarni yangilash va umummadaniyatni rivojlantirishda ulkan tadbirlar amachga oshirilmoqda. Bularga «Navro’z», «Mustaqillik kuni», «Hosil bayrami», turli xil ommaviy sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sport tadbirlari, Forish tumanida o’tkazib kelingan xalq milliy o’yinlari olimpiadasini (1994-1996), Alpomish o’yinlari festivallarini (1998-2000), ko’rsatish mumkin. Barcha sport tashkilotlari va ularnnng quyi tarmoqlari jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi vazifalari deb, yuqorida qayd etilgan tadbirlarni ko’proq asos qilib olishlari zarur. Talabalar barcha vazifalarni qunt bilan mutolaa qilishlari va amaliyotlar jarayonida bunday tadbirlarda faol ishtirok etishlari zarur.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish