Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


Qarorlar ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq



Download 1,17 Mb.
bet53/91
Sana11.05.2022
Hajmi1,17 Mb.
#601996
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   91
Bog'liq
fayl 1688 20210827

9.2. Qarorlar ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq
etish yo’llari

Barcha idoralardagi kabi sport tashkilotlari va jami­yatlari hamda ularning quyi tarmoqlarida turli xil qarorlarni ishlab chiqish, ularni qabul qilish va amalga oshirish faoliyatlari yagona tartibda olib boriladi. Ish faoliyatlari va davr taqozosi bilan turli-tuman anjumanlar, yig’inlar, rasmiy suhbatlar o’tkazishni talab etadi. Ular­ni maqsadga muvofiq o’tkazish va ko’rilgan masalalarni hal qilishning isboti sifatida qarorlar ishlab chiqiladi.


Bunda quyidagi faoliyatlardan foydalanishga to’g’ri keladi, ya’ni:

  1. Rejalar asosida yig’ilish /majlis/ kun tartibini belgilash.

  2. Asosiy masalalar bo’yicha materiallar /ma’lumotlar, dalillar/ yig’ish.

  3. Ma’ruza /hisobot, nutq, mulohaza va hokazo/ tayyorlash.

  4. Yig’ilishgacha qaror loyihasini tayyorlash.

  5. Yig’ilish /majlis/ jarayonida barcha ma’ruza, muzokaralar, nutqlar, chiqishlar bayonini yozib olish.

  6. Yig’ilish oxirida qaror loyihasini muhokama qilish va o’zgartirishlar kiritish.

  7. Qarordagi asosiy vazifa, topshiriqlardan ko’chirmalar olib, tegishli rahbar va tashkilotlarga jo’natish.

Majlis kun tartibi va muhokama qilinadigan masa­lalar qatoriga asosan quyidagilar kiritilishi zarur:

  1. YUqori tashkilotlarning qarorlari, ko’rsatmalari asosida vazifalarni belgilash va ularning bajarilish yo’llarini ishlab chiqish.

  2. Qilingan ishlar yuzasidan hisobot va ma’lumotlar berish.

  3. Musobakalarning kalendar rejalari, Nizomlar, sport unvonlari /darajalar/ va hokazolarni tasdiqlash.

  4. Sport tashkilotlari, sport maktablari, murabbiylar va boshqa mansabdor shaxslarni ish lavozimiga tasdiqlash yoki ishdan ozod etish va hokazolar.

Respublika va viloyat sport qo’mitalari, sport jamiyatlari o’zlari qabul qilgan qarorlarni hayotga singdirishda o’zlarining tarmoqlari orqali ish tutadi. Shuningdek, jismoniy tarbiya va sportni boshqarishda bevosita ishtirok etuvchi davlat idoralari hamda jamoat tashkilotlari, ayniqsa, qarorda ko’rsatilgan mutasaddi tashkilotlar, rahbar xodimlar orqali amalga oshiradi.
Qarorlarda ko’rsatilgan topshiriq va vazifalarning amalga oshirilayotgani, ularning bajarilayotganligi haqidagi ma’lumotlar hisobot, bildirish /telefon orqali/ yo’li bilan yuqori tashkilotlarga ma’lum qilinadi.
Eng zarur faoliyatlarni demokratik tamoyillar nuli bilan hal etishda yig’ilish /majlis/ qarorlarining mohiyati kattadir va ular doimiy ravishda qo’llanilishi lozim bo’lgan tashkiliy jarayonlardan hisoblanadi. SHu tufayli yig’ilish /majlis/ kun tartiblari, ulardagi ma’ruza, hisobot, axborot, ma’lumot, muzokara, mulohaza va tanqidiy chiqishlar haqqoniy, beg’araz bo’lishi kerak. SHuningdek, qabul qilingan qarorlar, topshiriqlarni bajarish mumkin bo’lgan holda qabul qilish, ularni joylarga jo’natish lozim bo’ladi.
Tuman-shahar miqyosidagi sport tashkilotlari, sport jamiyatlari va ularning tarkibidagi sport klublar, sport maktablari, boshlang’ich jismoniy tarbiya jamoalari va hokazolar ham yuqorida qayd etilgan tartib, tamoyil va usullar asosida o’z yig’ilishi yoki majlislarini tashkil etishlari lozim bo’ladi. Yig’ilishlar kun tartibiga u yoki bu masala tuman-shahar hokimiyati, aloqador idoralar, jamoalarning raqbarlari bilan kelishilgan holda qo’yilishi lozim.
Quyi tashkilotlarda qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishda tegishli qonunlar, qarorlar, nizomlar va yo’l-yo’riq /instruksiya/ ko’rsatuvchi xujjatlarga asoslanish maqsadga muvofiq bo’ladi.


9.3. Qarorlarning bajarilishini nazorat qilish va tekshirish. «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»ga qonun va boshqa qarorlarning bajarilishini nazorat qilishdagi asosiy vazifalar



Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish