Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


Qarorlarning bajarilishini nazorat qilish



Download 1,17 Mb.
bet54/91
Sana11.05.2022
Hajmi1,17 Mb.
#601996
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   91
Bog'liq
fayl 1688 20210827

9.3.1. Qarorlarning bajarilishini nazorat qilish

Qarorlarning bajarilishi. asosan, yo’nalishni belgilashdan iborat bo’lib, ular:



  1. O’zbekiston Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari.

  2. Davlat jismoniy trabiya va sport qo’mitasining chiqargan qarorlaridan iborat.

Bular asosan sport jamiyatlari, jismoniy tarbiya va sportni boshqarish bilan bog’liq bo’lgan Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimlariga tegishlidir.
Davlat jismoniy trabiya va sport qo’mitasi uchun Pre­zident farmonlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlarining amalga oshirilishi hamda qumitaning o’zi qabul qilgan qarorlarning ijrosini nazorat qilish asosiy tashkilotchilik va boshqaruvchilik faoliyatidir.
O’zbekiston mustaqilligi sharoitida olib borilayotgan turli islohotlar, qonunlar va qarorlarning ijro­sini nazorat qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tarkibida hamda O’zbekiston Respub­likasi Vazirlar Mahkamasi qoshida maxsus nazorat komissiyalari tashkil etilgan. Ularning faoliyati barcha davlat idoralari va jamoat tashkilottarining tashkilii tuzilishida aks ettirilgan. SHu asosda har bir idora va tashkilot tarkibida, shuningdek, O’zbekiston Respubli­kasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasida ham qarorlarning ijrosini nazorat qiluvchi, tekshiruvchi xodimlar faoliyat ko’rsatadi. Eng muhimi shundaki, har bir idora, tashkilot va ularning boshqarmalari, bo’limlari o’z sohalari bo’yicha qarorlarning ijrosini kuzatish, nazorat qilish, tekshirish huquqlariga egadir. SHu sababdan Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi o’zining maxsus bo’limlari, xodimlariga tayangan holda nazo­rat qiluvchi va tekshiruvchi komissiyalar tuzadi. Ularga asosiy yo’l-yo’riklar ko’rsatadi va komissiya xulosalarini odilona tahlil qilib, tegishli xulosa chiqaradi. Bu jihatlar sport jamiyatlari kengashlari,sport turlari bo’yicha uyushmalar, sport klublari tomonidan ham olib boriladi.
9.3.2. «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida» gi qonun va qarorlarning bajarilishnni nazorat qilishdaga asosiy vazifalar

O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risda»gi qonun 27 moddadan iborat bo’lib, unda turli masalalar mazmun topgan. Ularning tarkibida O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi bilan muvofiq ravishda faoliyat ko’rsatishi zarur bo’lgan sport jamiyatlari, uyushmalari ko’rsatilgan hamda Sog’liqni saqlash, Xalq ta’limi, Oliy va o’rta max­sus ta’lim va boshqa vazirliklar, turli jamoat tashkilotlariga ushbu qonunni bajarish yuklatilganligi qayd etilgan. Shu asosda O’zbekiston Respublikasi Davlat jis­moniy tarbiya va sport qo’mitasi eng avvalo o’ziga yuklatilgan vazifa, burch va huquqlarning bajarilishini ta’minlaydi, keyingi navbatda esa yuqorida qayd etilgan mutasaddi idoralar, turli tashkilotlarning qonunni amalga oshirishdagi faoliyatlarini nazorat qilib boradi. Nazoratlar asosan quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:



  1. Respublika sport tashkilotlari, turli idoralari va o’quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining yig’ilishi /faollar yig’ilishi/.

  2. Respublika viloyat va tuman sport jamiyatlarining anjumanlari /konferensiya, faollar nig’ilishi/.

  1. Respublika, viloyat sport qo’mitalari hamda sport jamiyatlari kengashlarining kollegiya, hay’at /prezidi­um/ majlislarida qonun ijrosi haqidagi hisobotlar.

  2. Maxsus tuzilgan komissiyalarni joylarga safarbar etish va qonun hamda qarorlarning hayotga singdirilishini o’rganish, ma’lumotlar /spravka/ tayyorlash.

  3. Telefonlar orqali aloqa bog’lab turish, qonun va qarorlar ijrosi haqida ma’lumotlar olish.

Yuqorida ta’kidlanganidek, qonunda juda ko’p sohalar va masalalar qayd etilgan. Ularning sohalar bo’yicha bajarilishini nazorat qilib borish juda murakkab fao­liyat hisoblanadi. Shu sababdan quyi tashkilotlardan yozma hisobotlar yig’ishi, komissiyalar xulosasiga tayanish, ular amalga oshirayotgan tadbirlarni kuzatish va boshqa ko’p yo’llar bilan nazorat ishlarini olib borish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining futbol kurash va boshqa sport turlarini rivojlantirish, «O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi va boshqa qarorlarning bajarilishini nazorat qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi bir qator tadbirlar belgiladi va vazifalarni ishlab chiqdi.



Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish