2.2.1 Davlat idoralari
O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash hamda aholini ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan muhofaza qilishda davlat hokimiyatining afzalliklari qayd etildi. Bu faoliyatlarda bevosita ishtirok etuvchi hamda mas’uliyat yuklatilgan turli davlat idoralari haqida ham muayyan ma’lumotlar berildi. SHunga ko’ra, ularning izchillik bilan olib boradigan ish jarayonlari, jumladan, aholining barcha qatlamlari salomatligini yaxshilash bilan bog’liq ish tajribalarida jismoniy tarbiya, sport, sayohat va xalq milliy o’yinlarining ham katta ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etish zarur bo’ladi.
Yana shuni ham qayd etish kerakki, davlat idoralari hozirgi kun sharoiti va jahondagi ilg’or davlatlarning tajribalaridan kelib chiqqan holda sohalar, tarmoqlar, ishlab chiqarish jarayonlarining xususiyatlari hamda muassasalarning turlariga qarab vazirliklar, davlat qo’mitalari, konsernlar, kompaniyalar va shunga o’xshash rahbarlik organlaridan tarkib topgan. Bularga misol tariqasida quyidagilarni qayd etish kifoya, ya’ni:
– maktabgacha tarbiya muassasalari, umumta’lim maktablari, maxsus maktablar (nogironlar uchun), akademik lisey, o’rta maxsus, kasb-hunar kollejlari, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari, ilmiy-tekshirish institutlari, o’qituvchilar va tarbiyachilar malakasini oshirish institutlari hamda shunga o’xshash muassasalarga O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi rahbarlik qiladi;
o’rta va oliy tibbiyot o’quv yurtlari, shifoxonalar, poliklinikalar, dorixonalar va turli davolovchi muassasalar O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan boshqariladi;
qishloq mehnatkashlarining faoliyati, dehqon xo’jaligi va ular bilan bog’liq bo’lgan barcha faoliyatlar O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi zimmasidadir;
konsernlar va shunga o’xshash yirik korxonalarga ega bo’lgan davlat idoralari mazmunan tizim va tartibdagi sohalardir.
Mamlakatimizning geografik va demofafik tuzilishi jarayonidan kelib chiqqan holda sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish /paxta, yog’, don, meva va hokazolar/, savdo va boshqa sohalar bo’yicha davlat-kooperativ /shirkat/ xo’jalik, fermerlik idoralarining faoliyatlarini boshqarish tizimiga chuqur singib bormoqda. Ular o’z ixtisosliklaridagi barcha ish turlari bilan birgalikda aholining ijtimoiy-madaniy turmushida ham faol ishtirok etadi. Bunda jismoniy tarbiya va sport ishlariga ham alohida e’tibor berib kelinmoqda. Ayniqsa, sport maydonlarini qurish, kerakli jihozlar bilan ta’minlash ishlarida hamkorlik kuchaymoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |