Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish



Download 1,17 Mb.
bet8/91
Sana06.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#642250
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   91
Bog'liq
fayl 1688 20210827

Boshqarish tizimlari /sistema/ o’z navbatida jismo­niy tarbiya va sport harakatining sertarmoqligini bildiradi. Masalan, o’quv yurtlari, ishlab chiqarish mehnat jamoalari, muassasalar, sport inshootlari va hokazo. Ular o’z navbatida, yana bir qator tizimlardan tarkib topgandir. YA’ni, o’quv yurtlari tizimiga: maktab, akademik lisey, o’rta maxsus, kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlari kiradi.
Ilmiy boshqarish tushunchasiga eng avvalo, ilmiy tadqiqotlar, ilg’or tajribalarning natijalarini qo’llash kiradi. Jamoalarni boshqarishda qo’llaniladigan sinov-tajriba jarayonlar monitoringa ishlarni ilmiy ravishda boshqarish asoslaridir.
Boshqarish usullari. Bu jismoniy tarbiya va sport harakatida ko’p qo’llaniladigan va mazmun hamda shakl jihatdan bir-biridan farq qiluvchi faoliyatlardir. CHunki barcha soha yoki jamoalarda birdek ish tutish mumkin emas. Masalan, sport inshootlari va murabbiylarga yaratilgan imkoniyatlar bir xil bo’lgan futbol jamoalarining ish faoliyatida o’xshashlik, talablar yagonadek tuyulsada, ular bir-biridan tubdan farq qiladi. SHuning uchun o’yinlardagi natijalar va jadvallardagi o’rinlar har xil bo’ladi. SHu sababdan sport tashkilotlari va jamoalarida eng ilg’or, samarali usullardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasining xalqaro aloqalari jahon sporti faoliyatida keng qo’llanib kelinayotgan ba’zi bir yangiliklarni vujudga keltirdi. Bu o’z navbatida menejment, marketing, tadbirkorlik kabi tushunchalarni keltirib chiqardi va ular amaliy faoliyatga tobora chuqur singib bormoqda. Ularning batafsil mazmunlari shu nomdagi mavzularda bayon etiladi.
Hulosa. O’zbekistonda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish bo’yicha jismoniy tarbiya va sport sohasida muhim ishlar amalga oshirilmoqda.
Bo’lajak mutaxassis kadrlarni nazariy bilim, ama­liy malaka hamda ko’nikmalar bilan qurollantirishda «Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish» fanining ahamiyati katta bo’lmoqda. Uning mazmuni va mohiyati, xususan, talabalarga ta’lim-tarbiya berish, kasb-hunarlarning turli usullari bilan tanishtirish, ayniqsa, res­publika, viloyat, shahar sport qo’mitalari, ularning quyi tarmoqlaridagi tashkiliy ishlar, ularga rahbarlik qilish yo’llarini o’rgatish yangi talablar darajasida amalga oshirilmoqda. Bu esa, o’z navbatida talabalarning ijodkorlik faoliyatlari hamda o’z vazifalarini puxta bilish mas’uliyatlarini oshirmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tarbiyalashda sohaga doir qonunlar, farmonlar va qarorlarni o’rganish, ularning ijrosini tahlil qilish, talabalar­ning o’quv amaliyotlarida ularga amal qilish yo’llarini singdirish o’quv jarayonining muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda.
Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanini o’zlashtirishda o’quv rejasidagi boshqa nazariy va amaliy mutaxassislik fanlari mazmunini bog’lash, ularni taqqoslash ishlari talabalarning mustaqil hamda ijodkorlik bi­lan o’z kasbiga yondoshishini taqozo etmoqda.
Eng muhimi shundaki, jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanining asosiy tayanchlaridan hisoblangan milliy qadriyatlar, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy mazmundagi xalq milliy o’yinlarining mohiyatini chuqur o’rganish, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari talablarini hayotga tatbiq etish usullarini bilish kabi faoliyatlar o’quv jarayonida boshqarish bilan bevosita bog’lanmoqda.



Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish