Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish



Download 1,17 Mb.
bet9/91
Sana06.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#642250
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   91
Bog'liq
fayl 1688 20210827

II. BOSHQARISH TIZIMLARI


2.1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLATNI
IDORA QILISH

Jahondagi davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy turmush sharoitlarini aks ettirgan o’z milliy xususiyatlari mavjud. Qaerda va qanday davlat bo’lmasin, uning maqsadi va vazifasi aholini ijtimoiy jihatdan ta’minlash, uning milliy urf-odatlari va madaniyatini rivojlantirish, Vatanni tashqi hujumlardan himoya qilish kabilarga qaratiladi. Jamiyat taraqqiyotining o’ziga xos qonunlari bor. SHunga ko’ra u yoki bu davlat iqtisodiy, madaniy, texnik, fan va nihoyat, harbiy jihatdan o’z imkoniyatlarining boshqa davlatlardan ustun bo’lishiga harakat qiladi.


Jismoniy tarbiya va sport sohasida o’tkaziladigan jahon birinchiliklari, kuboklari, Olimpiya o’yinlarida har bir mamlakat xalqlari o’zining sportchilari g’olib chiqishlarini, ularning sha’niga o’z madhiyalariiing yangrashi va bayroqlari baland ko’tarilishini xohlaydilar. Har bir sohadagi kabi jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari ham davlat tashkilotlari, ularning ish faoliyatlari bilan yaxshi tanish bo’lishi lozim. CHunki ish jarayonida ular bilan bog’liq masalalarga duch kelinadi. Ta’kidlash joizki, O’zbekiston sobiq Ittifoq davrida davlat sifatida tarkib topgan bo’lsada, uni idora qilish, rahbarlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish faqat Markazning xohish va buyrug’i bilan amalga oshirib kelindi.
O’zbekiston mustaqil davlat sifatida xalqaro andoza-larga tayangan holda o’z Konstitusiyasini ishlab chiqdi va u 1992 yil 8_dekabrda tasdiqlandi. Konstitusiyada takid-lanishicha, O’zbekiston – suveren demokratik Respublika. Davlatning «O’zbekiston Respublikasi» va «O’zbekiston» degan nomlari bir ma’noni anglatadi /1-modda/. SHuning uchun davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi, deyiladi /2-modda/.
Davlatni idora qilish borasida Konstitusiyada qayd etilishicha, O’zbekiston Respublikasida Davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko’zlab va O’zbekiston Respubli­kasi Konstitusiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi /7-modda/.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasidagi «Davlat hokimiyatining tashkil etilishi» bo’limdagi XVIII bobi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga bag’ishlangan. Bu erda qayd etilishicha, O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi /76-modda/.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mutloq vakolatlariga Konstitusiyani qabul qilish, unga o’zgartirishlar kiritish, O’zbekiston Respublikasi qonunlarini qabul qilish, O’zbekiston Respublikasi ichki va tash­ki siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilash va dav­lat strategik dasturlarini qabul qilish va eng muhimi, O’zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari tizimini va vakolatlarini belgilash kabi muhim amatlar kiritilgan.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi va uning o’rinbosarlari deputatlar tomonidan yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadi. Oliy Majlisning tarmoqlari Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar, shahar-tuman hokimiyatlari hamda qishloq-mahalla oqsoqollari kengashlaridan iboratdir.
Oliy Majlis tarkibida turli qo’mitalar va komissiyalar faoliyat ko’rsatadi.
Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo’mitasi hamda uning komissiyalari tarkibida jismoniy tarbiya va sport o’z o’rni hamda xususiyatlariga egadir. YA’ni jis­moniy tarbiya va sportga doir davlat vakolatidagi barcha masalalar shu qo’mita tomonidan amalga oshiriladi. Bunday komissiyalar barcha davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining amaliy faoliyatlarini o’rganib boradi va zarur masalalarni to’la ishlab chiqib, ularni Oliy Majlisga olib chiqadi. Bu qo’mitaning tarmoqlari viloyatlar, shahar-tumanlarning hokimiyatida ham mavjuddir.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish