Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish



Download 1,17 Mb.
bet6/91
Sana06.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#642250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bog'liq
fayl 1688 20210827

XVI. SPORT TASHKILOTLARIDA MARKETING ISHLARINI TASHKIL QILISH.................................................................................................................126
Marketing tizimi, uning asosiy tushunchalari.
Marketingning asosiy tamoyillari va vazifalari.
Jismoniy tarbiya va sport harakatiga marketing­ning kirib kelishi.
Sport marketinga. Sport reklamasi, rejalashtirish vositalari va ularni tashkil qilish yo’llari.
Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi, Milliy Olimpiya Qo’mitalari, Xalqaro sport tashkilotlarining faoliyatida marketing xususiyatlari.
XVII. SPORT TASHKILOTLARIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATLARI................................................................................................136
Tadbirkorlik haqida tushunchalar.
Jismoniy tarbiya va sportda tadbirkorlikning asoslari va ahamiyati.
Tadbirkorlik va innovasiya. Ularning manbalari va sport faoliyatidagi ta’siri.
Innovasion tashkilot, uning strategik tuzilishi.
Sport tashkilotlarida rahbarlik-jamoatchilik (ko­manda) va tadbirkorlik. Tashkilot-hokimiyat tizimi sifatida, uning manbalari.
XVIII. XORIJIY MAMLAKATLARDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT ISHLARINI BOSHQARISH.............................................................................143
Horijiy mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportni boshqarish tizimlari.
Taraqqiy etgan mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish.
Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (SNG) tarkibida­gi davlatlarda jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari.
Horijiy mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportni boshqarishdagi amaliy tajribalarni o’rganish.
XIX. XALQARO SPORT HARAKATINI TASHKIL QILISH....................151
Xalqaro sport harakati taraqqiyotining asosiy bosqichlari haqida tushunchalar. (G860-1894, 1896-2000).
Xalqaro Olimpiya qo’mitasi, uning tashkiliy tuzilishi, maqsadi, vazifalari. Bosh Assambleya, milliy olim-piya qo’mitalari assambleyasi, sessiya, kongress.
Xalqaro sport uyushmalari, sport federasiyalari, qitьalardagi sport tashkilotlari. Osiyo sport uyushmala­ri, ularning asosiy tadbirlari. Markaziy Osiyo sport uyushmalari.
Xalqaro sport va Olimpiya harakatining hozirgi muammolari.


KIRISH.
O’zbekistonda barcha sohalardagi yutuklarni ta’minlash mutaxassis kadrlarga bog’liq ekanligi e’tirof etildi. Shu sababdan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Jismoniy tarbiya hamda sportni tashkil qilish va boshqarishda uning ahamiyati beqiyosdir.
Muhim tomonlaridan yana biri shundaki, Respublika hukumati va mutasaddi vazirliklar, davlat hamda jamoat tashkilotlarining maxsus qarori bilan «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari ishlab chiqildi va uni amalda qo’llash joriy etildi. Buning mazmuni va tashkiliy jihatlari asosan sport tashkilotlari hamda jamiyatlari zimmasida bo’lganligi uchun o’zining muhim manbai sifa­tida tan oladi.
Barcha o’quv yurtlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llanilayotgan fanlar kabi jismoniy tarbiya va sport­ni boshqarish fani eng avvalo O’zbekiston Qonunlari, Prezident Farmonlari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga tayanadi. Shu bilan birga, sog’lom avlodni tarbiyalashda xizmat qiluvchi milliy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy qadriyatlar hamda xalq pedagogikasiga asoslanadi.
Bu fanning asosiy xuquqiy tayanchi O’zbekiston Respub­likasi Konstitusiyasi hisoblanadi. Unda fuqarolarning o’z sog’liqlarini yaxshilash, bilim va madaniy saviyalarini oshirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishlari kafolatlangan. O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi Qonuni jismo­niy tarbiya va sport harakatini yuritish, unga rahbarlik qiluvchi davlat hamda jamoat idoralarining vazifalari, burchlari va huquqlarini belgilab bergan. Bu jarayonlar fanni o’rganish va mutaxassislar tayyorlash faoliyatida muhim omil hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni barcha turdagi o’quv yurtlarida jismoniy tarbiya darslari, darsdan tashqari ommaviy-sog’lomlashtirish sport tadbirlarini tashkil qilishga yo’l ochib beradi. Bu jarayonlar ham tashkilotchilik va boshqaruv faoliyatlarining eng muhim tarmog’i sifatida o’z o’rniga egadir. O’zbekistonda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish bo’yicha jismoniy tarbiya va sport sohasida muhim ishlar amalga oshirilmoqda.
Bo’lajak mutaxassis kadrlarni nazariy bilim, ama­liy malaka hamda ko’nikmalar bilan qurollantirishda «Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish» fanining ahamiyati katta bo’lmoqda. Uning mazmuni va mohiyati, xususan, talabalarga ta’lim-tarbiya berish, kasb-hunarlarning turli usullari bilan tanishtirish, ayniqsa, res­publika, viloyat, shahar sport qo’mitalari, ularning quyi tarmoqlaridagi tashkiliy ishlar, ularga rahbarlik qilish yo’llarini o’rgatish yangi talablar darajasida amalga oshirilmoqda. Bu esa, o’z navbatida talabalarning ijodkorlik faoliyatlari hamda o’z vazifalarini puxta bilish mas’uliyatlarini oshirmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tarbiyalashda sohaga doir qonunlar, farmonlar va qarorlarni o’rganish, ularning ijrosini tahlil qilish, talabalar­ning o’quv amaliyotlarida ularga amal qilish yo’llarini singdirish o’quv jarayonining muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda.
Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanini o’zlashtirishda o’quv rejasidagi boshqa nazariy va amaliy mutaxassislik fanlari mazmunini bog’lash, ularni taqqoslash ishlari talabalarning mustaqil hamda ijodkorlik bi­lan o’z kasbiga yondoshishini taqozo etmoqda.
Eng muhimi shundaki, jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanining asosiy tayanchlaridan hisoblangan milliy qadriyatlar, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy mazmundagi xalq milliy o’yinlarining mohiyatini chuqur o’rganish, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari talablarini hayotga tatbiq etish usullarini bilish kabi faoliyatlar o’quv jarayonida boshqarish bilan bevosita bog’lanmoqda. Keyingi yillarda jismoniy tarbiya texnikumlari, pedagogika bilim yurtlari talabalari uchun «Istoriya i organizasiya fizicheskoy kulturi i sporta» (Stolbov V.V., Moskva, 1984) darsligi ommabop xususiyatga ega bo’lgan «Fizkultura harakatini kengaytirish yo’llari» Abdumalikov R., Yunusov T.T., Akramov A.K. (Toshkent, 1988), «Sportivnaya postup Sovetskogo O’zbekistona» (Ibragimov M.I., Balakin S.S., 1985) o’quv qo’llanmalari tayyorlandi. O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituta tomoni­dan «O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni boshqarishni tashkil etish yo’llari» (Yunusov T.T., Abdumalikov R.) o’quv qo’llanmasi chiqarildi. Bular orasida dosent R.Abdumalikovning « Jismoniy tarbiya institutlari hamda oliy o’quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya fakultetlarining talabala­ri uchun eng qulay, tushunish oson bo’lgan o’quv qo’llanmalari 1965 yilda nashrdan chiqqan «Organizasiya fiziches­koy kul’turi» va 1972 yilda Bunchuk M.B. (Ukraina) tomonidan tayyorlangan «Organizasiya fizicheskoy kul­turi» o’quv qo’llanmasi hisoblanadi. Keyingi yillarda jismoniy tarbiya texnikumlari, pedagogika bilim yurtlari talabalari uchun «Istoriya i organizasiya fizicheskoy kulturi i sporta» (Stolbov V.V., Moskva, 1984) darsligi ommabop xususiyatga ega bo’lgan «Fizkultura harakatini kengaytirish yo’llari» Abdumalikov R., Yunusov T.T., Akramov A.K. (Toshkent, 1988), «Sportivnaya postup Sovetskogo O’zbekistona» (Ibragimov M.I., Balakin S.S., 1985) o’quv qo’llanmalari tayyorlandi. O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti tomoni­dan «O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni boshqarishni tashkil etish yo’llari» (Yunusov T.T., Abdumalikov R.) o’quv qo’llanmasi chiqarildi. Bular orasida dosent R.Abdumalikovning «Jismoniy madaniyat va sport ixtisosligidagi talabalarni boshqaruvchilik faoliyatlariga tayyorlashning nazariy va amaliy asoslari» monografiyasi (1994), «Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning na­zariy asoslari» o’quv qo’llanmasi (1995) muhim ahamiyat kasb etdi. Bular talabalarning boshqaruvchilikdagi naza­riy bilim va amaliy ko’nikmalarini oshirishda katta xizmat qilmoqda. E’tirof etish kerakki, boshqarish jarayonlarida avvalgi ish tajribalari, erishilgan yutuqlar hamda ilmiy-nazariy tadqiqotlar natijalari muhim ahamiyat kasb etish bilan fanning asosiy omili sifati­da xizmat qiladi. Bularni o’rganish va tanqidiy yondoshish zarur bo’ladi. Biz ushbulardan kelib chiqib bu qo’llanmani yaratishni lozim topdik.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish