2.3. Sport tashkilotlari
O’zbekistonda sport tashkilotlari va sport jamiyatlari /kasaba uyushmalari jismoniy tarbiya – sport jamiyati «O’zbekiston», «Dinamo», «Mehnat o’rinbosarlari» va hokazo/ sobiq Ittifoq davridan buyon faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Ijtimoiy-madaniy va aholining ishlab chiqarishdagi faoliyatlariga asoslangan holda sport jamiyatlarining nomlari /«Spartak», «Burevestnik», «Mehnat», «Paxtakor», «Esh kuch» va boshqalar/ turli davrlarda /1936-1940, 1950-1957, 1987/ o’zgartirildi va ular birlashtirildi. Ular o’z taraqqiyoti tarixiga zgadir. Bu haqda to’la ma’lumotlarga ega bo’lish uchun esa R.Abdumalikov, T.T.Yunusov, A.K.Akramov va boshqalarning o’quv-uslubiy qo’llanmalariga murojaat qilish kerak.
O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi davlat organi sifatida respublikada jismoniy tarbiya, sport, xalq milliy o’yinlarini aholining kundalik turmushiga singdirish va ularga bevosita bog’liq bo’lgan qator tadbirlarni olib borish bilan shug’ullangan. Uning asosiy maqsadi va vazifalari alohida Nizomda qayd etilgan. Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo’yicha jamoatchilik asosida faoliyat ko’rsatuvchi sport jamiyatlari mavjuddir. Ular tarkibiga quyidagilar kiradi:
Respublika Kasaba uyushmalari federasiyasi qoshidagi «O’zbekiston» sport jamiyati. Bu jamiyat, asosan mehnat jamoalarida jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish bilan faoliyat ko’rsatadi. Shuningdek, uning tarkibida terma sport jamoalari, bolalar va o’smirlar sport maktablari mavjuddir.
«Dinamo» sport jamiyati. Bu jamiyat, asosan, ichki ishlar idoralari xodimlari va ular bilan bog’liq korxonalar, muassasalarda mehnat qiluvchilar bilan jismoniy tarbiya ishlari olib boradigan tashkilotdir.
«Yoshlik» /sobiq «Mehnat rezervlari» va «Yosh kuch» sport jamiyatlari uyushmasi/ sport jamiyati o’z faoliyatini maktab o’quvchilari, «Talaba» sport uyushmasi, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari talabalari bilan ommaviy sport tadbirlarini o’tkazishda namoyon etadi.
«Vatanparvar» tashkiloti O’zbekiston mudofaasiga ko’maklashuvchi tashkilot sifatida o’quvchi-yoshlar va ishchilar orasida sportning harbiy-texnika bilan bog’liq turlarini tashkil etadi /parashyut, avto-motoklub, radio-texnika va hokazo/.
Markaziy harbiy sport klubi – maxsus sport klub sifatida faoliyat ko’rsatib, u asosan harbiy tashkilotlarda sport ishlarini uyushtirish bilan faoliyat ko’rsatadi.
Keyingi yillarda o’z maqomiga ega bo’lgan futbol, karate, taekvondo, dzyu-do, kurash, turon kabi sport turlari bo’yicha maxsus sport uyushma (federasiya)lari tashkil etildi.
Yuqorida qayd etilgan sport tashkilotlari va klublarning maxsus nizomlari, ustavlari mavjud bo’lib, ularda xaq-huquqlari to’la aks ettirilgan. Bu haqda keyingi boblarda batafsil so’z yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |