O’zbekiston Respublikasi Davlat sport qo’mitasi apparatining tuzilishi
O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasiniig nizomi va uning asosiy mazmuni
3.2.1. O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport -qo’mitasning Nizomi haqida
O’zbekistonning mustaqillik sari dastlabki qadam tashlash paytlari Respublika sport qo’mitasining Nizomi qayta ko’rib chiqildi. «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi Qonun qabul qilinib, u kuchga kirgach, sport qo’mitasining Nizomi qayta ishlab chiqildi bunda avvalgi Nizomdan ham foydalanildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 maydagi 185-sonli qaroriga asosan, «O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi haqidagi Nizom» tasdiqlandi. Unda qayd etilishicha:
1. O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi /Davlat sport qo’mitasi/ jismoniy tarbiya va sport sohasidagi maxsus davlat idorasi sifatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo’ysunadi.
O’zbekiston Davlat sport qo’mitasi O’zbekiston Konstitusiyasi, respublika qonunlari va hukumat qarorlariga tayanadi. Qonunlar, qarorlar va O’zbekiston Prezidentining farmonlarini amalga oshirishda o’ziga berilgan vakolatlar doirasida o’z faoliyatini tashkil etadi.
O’zbekiston Davlat sport qo’mitasi jismoniy tarbiya va sport bilan bog’liq barcha masalalarni hal etadi va o’z xuquqlari doirasida boshqa idoralarga topshiriq berishi mumkin. Respublikada ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlariga rahbarlik qilishda Davlat sport qo’mitasi Kasaba uyushmalari federasiyasi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
O’zbekiston Davlat sport qo’mitasi o’zining moliyaviy munosabatlarini Qoraqalpog’iston respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va shahar-tuman sport qo’mitalari bilan hamkorlikda olib boradi.
Davlat sport qo’mitasi tasarrufidagi o’quv yurtlari, uyushmalar, muassasalar, tashkilotlarda davlat byudjeti asosida moliyaviy ishlarni boshqaradi. Nizomda ta’kidlanishicha, eng zarur masalalarni hal etish uchun o’zining taklif va mulohazalarini ishlab chiqadi, uni tasdiqlash uchun tegishli idoralarga taqdim etadi.
O’zbekiston Davlat sport qo’mitasi o’zining Respublika Gerbi aks ettirilgan muhri, blankalari va banklarda mustaqil hisob raqamiga ega. O’zbekiston Davlat sport qo’mitasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishni muvofiqlashtirish, har yilgi prognozlarni /bashorat/ shakllantirish, ilmiy asoslangan jismoniy tarbiya tizimini amalda yuritish va shu sohada ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi eng ilg’or yo’nalishlarni belgilash, moliyaviy, moddiy-texnik va boshqa boyliklarni /resurs/ konsentrasiyalash;
aholi o’rtasida sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va ommaviy sport tadbirlarini uyushtirish, fuqarolarni sog’lomlashtirish va jismoniy kamolotga etkazish, yoshlarni mehnatga va respublika qurolli kuchlari saflarida xizmat qilishga tayyorlash, sog’liqni saqlash va mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish, sog’lom turmush tarzini shakllantirish, dam olish, xordiq chiqarishni tashkil qilish;
aholi istiqomat joylari va mahallalarda sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini aniqlashda quyi sport qo’mitalari va jismoniy tarbiya hamda sport sohasidagi jamoat tashkilotlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish;
milliy sport turlari va xalq o’yinlari bo’yicha musobaqalar o’tkazishni tashkil qilish;
jismoniy tarbiya mutaxassislarini tayyorlash va ishga joylashtirish, ularni qayta tayyorlash, malakasini oshirish;
sport jamoalariga o’rinbosarlarni tayyorlash ishlarini tashkil qilish, xalqaro va respublika sport musobaqalarini o’tkazish, o’quv-mashg’ulotlar yig’inlarini tashkil qilish;
aholini sport inshootlari, asbob-uskunalari va buyumlari bilan ta’minlash. Nizom asosida O’zbekiston Davlat sport qo’mitasiga quyidagi faoliyatlar /funksiyalar/ yuklatilgan;
O’zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qoraqalpog’iston Jo’qorig’i Kengesi, viloyatlar hokimliklari, davlat idoralari bilan birgalikda uzoq mudlatli prognozlar ishlab chiqish, foydali ishlab chiqaruvchi muassasalar va firmalarning sport buyumlarini tashkil qilish, bu bilan ommaviy jismoniy tarbiyani rivojlantirishga erishish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarishni tashkil qilishda iqtisodiy usullardan foydalanishni joriy etish, bozor iqtisodiyoti va munosabatlari qoidalaridan maqsadli foydalanish;
ommaviy jismoniy tarbiya, milliy sport turlari, xalq o’yinlari, nogironlar sporti va oliy sport mahoratini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari loyihasini ishlab chiqish;
sport o’rinbosarlarini tayyorlash ishini olib borish, qaysi idoraga mansub bo’lishidan qat’iy nazar, sport maktablari, tarmoqlar va ixtisosliklar, olimpiadachilarni tayyorlash markazlarini rivojlantirishni muvofiqlashtirish, ulardagi o’quv-yig’in mashg’ulotlarini nazorat qilish;
jismoniy tarbiya va sport ishlarini tahlil qilish, hisobga olish, hisobot tuzish, nazorat qilish va boshqarish faoliyatlarida hisoblash texnikasi hamda ilmiy texnologiyalardan foydalanishni ta’minlash;
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo’yicha jahon sportida erishilgan ilmiy-texnika taraqqiyoti, chet mamlakatlarda qo’lga kiritilgan ilg’or tajribalarni ommalashtirish;
sport musobaqalarini o’tkazish qoidalari, yagona sport klassifikasiyasi, dasturiy-qo’llanmalar va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
O’zbekiston milliy terma jamoalarini tayyorlash, ularning Osiyo, Jahon, Olimpiya o’yinlari, chempionatlar, birinchiliklarda qatnashishini ta’minlash;
sport turlari bo’yicha respublika rekordlarini tasdiqlash, sport unvonlarini berish;
Oliy va o’rta maxsus ta’lim va Xalq ta’limi vazirliklari bilan birgalikda jismoniy tarbiya mutaxassislari va murabbiylarga bo’lgan talab hamda ehtiyojlarni o’rganish, ularni tayyorlash, o’quv dasturlari, darsliklar va qo’llanmalarni ishlab chiqish;
jismoniy tarbiya va sport hamda xalq milliy o’yinlarini ommaviy axborot vositalari, teleradio orqali targ’ib qilish.
Yuqorida qayd etilgan vazifalarni amalga oshirish uchun O’zbekiston Davlat sport qo’mitasiga bir qator huquq va vakolatlar berilgan, ya’ni:
Vazirliklar, idoralar, konsernlar, assosiasiyalar va jamoat tashkilotlaridan ko’zda tutilgan hisobotlarni olish;
barcha idoralar tashkilotlar, muassasalar, o’quv yurtlarining jismoniy tarbiya va sport bo’yicha axborotlarini eshitish, ular faoliyatini tekshirish;
eng muhim hujjatlar, loyihalarni ishlab chiqish va tekshiruv ishlariga turli idoralarning mutaxassislari, xodimlari, olimlarini jalb etish;
ilmiy tekshirish ishlari, Olimpiya o’yinlari va
boshqa xalqaro sport musobaqalarida qatnashish uchun mo-
liyaviy ta’minot masalasini hal etish.
O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport ko’mitasi faoliyatini uning raisi boshqarib boradi. U O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashida tasdiqlanadi.
Qo’mita raisining birinchi o’rinbosari, o’rinbosarlarini tayinlash va ishdan bo’shatish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |