Jismoniy madaniyat



Download 5,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/602
Sana13.01.2022
Hajmi5,42 Mb.
#357990
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   602
Bog'liq
2 5312198470054975767

Sotsiometriya metodi

 bu tadqiqot metodiga AQShlik Djon Moreno asos qolgan 

bo‘lib,  kichik  (birlamchi)  guruh  a’zolari  o‘rtasida  emotsional,  hissiy  munosabatlarni 

bevosita o‘rganish va darajasini o‘lchashda qo‘llaniladi.  

Mazkur  metod  yordamida  muayyan  guruhdagi  har  bir  a’zoning  o‘zaro 

munosabatlarini  aniqlash  uchun  uning  faoliyatda  kim  bilan  ishtirok  etishi  so‘raladi. 

Olingan ma’lumotlar matritsa, grafik, chizma, jadval, diagramma shaklida ifodalanadi. 

Ulardagi  miqdor  ko‘rsatkichlari  guruhdagi  odamlarning  shaxslararo 

munosabatlari mazmuni yuzasidan ma’lum bir xulosa qiladi. Biroq ma’lumotlar guruhiy 

munosabatlarning tashqi ko‘rinishini aks ettiradi xolos. Uni takomillashtirish maqsadida 

hozirgi  vaqtda  psixolog  olimlar  Ya.L.Kolominskiy  va  I.P.Volkov  tomonidan 

sotsiometriyaning  kichik  guruhlar  psixologiyasiga  moslab  o‘zgartirilgan  variantlari, 

ko‘rinishlari ishlab  chiqilganki,  ular  orqali  shaxslarning  bir-birini tanlash  motivlarini 

aniqlash  mumkin.  Ayniqsa  sotsiometriyaning  Ya.L.Kolominskiy  ishlab  chiqqan 

o‘zgartirilgan  varianti  bolalar  jamoasidagi  shaxslararo  munosabatlar  to‘g‘risida  tula 

axborot berishga yordam beradi. 

Odatda o‘quvchilardan quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi: «Sen 

sayoxatga  kim  bilan  birga  borishni  xoxlaysan?»,  «Mashg‘ulotlarga  kim  bilan  birga 

tayyorlanishni istaysan?», «Kim bilan qushni bo‘lib yashashni yoqtirasan?» sinaluvchi 

har uchta javobdan bittasini «eng ma’qul» deb tanlashi lozim. Unga «avval, hammadan 

ko‘ra ko`proq kim bilan birga bo‘lishni xoxlasang, ushaning familiyasini yoz», «agar 

sen  istagan  shaxs  to‘g‘ri  kelmasa,  yana  kim  bilan  birga  bo‘lishni  istasang,  shuning 

familiyasini yoz», «aytilgan shartlarga binoan uchinchi shaxsning familiyasini yoz» deb 

uktirish maqsadga muvofiq. 




198 

 

Guruhiy  tabaqalanishni  ko‘rsatish  uchun  sotsiogramma  to‘rtta  «maydon»ga 



ajratiladi.  Qizlar  doiracha  bilan,  o‘g‘il  bolalar  esa  uchburchaklar  bilan  belgilanadi. 

Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soniga to‘g‘ri keladi.  

Guruh  a’zolarining  o‘zaro  munosabatlari  doiracha  va  uchburchaklar  strelkalar 

bilan bog’langanida o‘z ifodasini topadi. Eng ko‘p munosabatga ega bo‘lgan sinaluvchi 

doiraning markazidan o‘rin oladi. U guruh a’zolarining eng yoqimtoyi hisoblanadi.  

Shaxslar  bilan  aloqao’rnatmagan  sinaluvchi  doiraning  eng  chetidan  joy  oladi. 

Oraliqdagi  «maydon»larga  urtacha  va  undan  kamroq  tanlangan  tekshiriluvchilar 

joylashtiriladi.  Shu  yo`l  bilan  birinchidan  shaxslararo  munosabatning  darajasi  va 

ko`lami  aniqlanadi,  ikkinchidan  qizlar  bilan  o‘g‘il  bolalar  o‘rtasidagi  ko‘rsatkichlar 

taqqoslanadi.  Natijalariga  qarab  guruhdagi  munosabatlar  va  ularning  o‘ziga  xosligi, 

psixologik mexanizmlari,  barqarorligi, puxtaligi, o‘zaro bir-birini taqozo etuvchanligi 

haqida xulosalar chiqariladi. Shu bilan birga nazariy va metodologik ahamiyatga molik 

g‘oyalar,  qonuniyatlar  ilgari  suriladi,  amaliy  ko‘rsatmalar  beriladi,  aniq  tavsiyalar 

bildiriladi, mavzuning tadqiqot istiqboli to‘g‘risida muloxazalar yuritiladi.  




Download 5,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   602




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish