Jismoniy madaniyat


Boshqaruv psixologiyasi fani



Download 5,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet283/602
Sana13.01.2022
Hajmi5,42 Mb.
#357990
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   602
Bog'liq
2 5312198470054975767

 

Boshqaruv psixologiyasi fani: 

Birinchidan,  boshqaruvlik  mahorati  va  etakchilik  yuksak  kasbiy  kamolot, 

murabbiylik va pedagogik talant, innovatorlik, notiqlik qobiliyati, san’ati va muomala 

ko‘nikmalari hamda maromini  o‘zlashtirish orqali uzluksiz jarayondagi munosabatlar 

majmuasini egallaydi. 

Ikkinchidan,  hozirgi  zamon  boshqaruv  asosini  tashkil  etuvchi  “inson 

munosabatlarining  doktrinasi”  iqtisodiy  rivojlanish  jarayonidagi  qiyinchiliklarni, 

ijtimoiy  psixologik  muammolarni  echish,  bartaraf  etishni  ishbilarmonlik  ruhidagi 

yondashuv yordamida amalga oshiradi yoki ularning oldini oladi. 

Uchinchidan,  u  sub’ektning  faoliyati,  jamoaviy  munosabatidan  kelib  chiqqan 

holda  boshqaruvning  asosiy  jarayonlarining  tabaqalarini  tadqiq  etish  usullari, 

qonuniyatlari va mexanizmlarini tadqiq etadi, o‘rganadi. 

To‘rtinchidan,  u  har  qanday,  ya’ni  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy,  ma’naviy 

munosabatlar sharoitida oqilona, odilona, omilkorlik bilan maqbul qarorni qabul qilish 

va  uni  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  haqidagi  nazariy  va  amaliy  bilimlar 

majmuasidaniboratdir. 

Boshqacha so‘z bilan qisqa va sodda qilib aytganda, Boshqaruv psixologiyasi fani 

-  ob’ekt-sub’ekt  munosabatlarining  barcha  jihatlarini  boshqarishni  egallash, 

shuningdek,  samarali  faoliyat  negizidagi  nazariy  va  amaliy  bilimlarni  majmuasini 

o‘rganishdan iboratdir. 

Ushbu muammoni yoritishni har qanday ishlab chiqarishning xizmat ko‘rsatish 

negizini ob’ekt-sub’ekt munosabatlari tizimini tashkil etishga, ular esa uzluksiz ravishda 




186 

 

o‘zaro ta’sirga ega bo‘lishi ko‘lami muhitini qaror toptirishga, ishlab chiqish (xizmat 



ko‘rsatish) darajasida vujudga keluvchi menejer va mejenmentga oid tizimlar o‘rtasidagi 

aloqa  doimiy  ravishda  muvofiqlashtirib  turishni  talab  qilishga  to‘xtalish  maqsadga 

muovofiq. 

Aynan mana shu muvofiqlashtirib turish boshqaruv funksiyasining asosiy tashkil 

etadi va unda u yoki bu ob’ekti idora qilishga oid aniq. vazifalarni boshqaruvlik bo‘yicha 

chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Boshqaruv - bu jarayon 

sifatida o‘zining funksiyalarida namoyon bo‘ladi. Shu o‘rinda “funksiya” - lotincha (ijro 

qilmoq, bajarmoq) so‘zidan olingan bo‘lib, biron kimsaga yoki narsaning ish faoliyat 

doirasi va vazifasi degan ma’nolarni bildiradi. 

Boshqaruv faoliyat doirasida boshqaruv sub’ektining vazifasi psixologik, ijtimoiy 

psixologik nuqtai nazaridan muayyan ob’ektga nisbatan aniq ta’sir etish yo‘nalishlarini 

aks ettirishdan iboratdir. 

Boshqaruv funksiyalari - ko‘p qirrali va murakkab tushuncha bo‘lib, ularni muhim 

belgilarga  ko‘ra  turkumlarga  ajratib  o‘rganish  mazkur  fanning  vazifasi  ekanligini 

alohida ta’kidlab o‘tiladi. 

Butun bir boshqaruv jarayonining samaradorligini oshirish uchun boshqaruvning 

psixologik funksiyalarining mohiyati, turkumlanishi va tizimini izchil ravishda tadqiq 

etish maqsadga muvofiqdir. 




Download 5,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   602




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish