Xodimning jamoaga a’zo bo’lishi tashkilotning vazifa va maqsadidan kelib
chiquvchi rolni qabul qilish bilan ifodalanadi. Xodim undan nima ko’tishayotgani va bu
kutuvga taalluqli xatti-harakatlarni amalga oshirishi juda muhim. Masalan, biron kishini
rahbarlikka tayinlashar ekan, yangi rahbardan jamoa demokratik yoki avtokrat
boshqaruv uslubini ko’tishi mumkin. Bu kutuvlarga mos kelish yoki kelmaslik darajasi
ko’p jihatdan yangi rahbar va xodimlar o’rtasidagi munosabatlarni belgilab beradi. Hatto
xodimlar beixtiyor yangi kelgan rahbarni eskisi bilan taqqoslab unga tavsif berishga ham
161
moyil bo’lishadi. Shuning uchun xodim uchun adaptatsiya sharoitini yaratish mavjud
rolga bo’lgan talablarni aniq ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash maqsadidagi
tadbirlarni uyushtirish bilan belgilanadi. Bu fikr ayniqsa boshqaruv lavozimiga yangi
kelayotgan rahbarlar uchun juda o’rinlidir. Odatda yangi lavozimni taklif etishar ekan
“Bir o’ylab ko’ring” deb xayrlashishadi. Taklifni qabul qilgan kimsaning “o’ylash”
jarayonini esa yangi rolga o’zini chamalash deb atash mumkin. Agar kimsa rolni qabul
qila olishiga ko’zi yetsa taklifga rozi bo’ladi, agar ikkilanishga olib kelsa o’zi bilan
ushbu rol orasida katta farqni sezgan bo’ladi. Shuning uchun yangi lavozimga
moslashishning sifatli o’tishi qator tadbirlarni talab qiladi. Bu sohadagi birlamchi vazifa
– ushbu rolga qo’yiladigan talablarni aniqlab olishdir. Bu jarayon qanchalik puxta o’tsa
rolni qabul qilish shunchalik oson kechishi mumkin.
Keyingi bosqich rolni qabul qilish deb ataladi. Bunda inson yangi xatti-
harakatlarni o’zida shakllantira boshlaydi. Bu jarayon inson tomonidan nafaqat xizmat
yuzasidan, balki shaxsiy munosabatlar tizmimidagi talab va xususiyatlarni ham
o’zlashtirish davridir.
Navbatdagi bosqich esa qabul qilingan rolni ijro etish deb ataladi va bu holat
o’zining ikki tomoniga ega: rolni ijro etuvchi shaxs xulqining atrofdagilar tomonidan
baholanishi. Odatda bunday baholashda xodimni ham atrofdagilar, ham uning o’zi
baholashi tarzida amalga oshadi. Bu ikki baholash ko’rsatkichning o’zaro mos kelishi
juda muhimdir. Shunday moslikka uzoq davom etuvchi ichki mehnat asosida erishiladi.
Ushbu ko’rsatkichlar mosligini ta’minlovchi asosiy tadbirlardan biri xodimga uning
xatti-harakatlari haqida qayta aloqa berib turishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: