-mnemik faoliyat
, narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador
materialning eslab kolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bog‘liq
murakkab faoliyat turi;
-fikrlash faoliyati
- aql, faxm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar
va jumboqlarni echishga qaratilgan faoliyat;
-imajitiv -
(«image» -obraz so‘zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy
jarayonlarda xayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning
xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashni taqozo etadi.
Tashqi, real harakatdan ichki, timsoliy harakatga o’tish jarayonini interiorizatsiya
deb ataladi.
Kishi faoliyatining tashqi (jismoniy) va ichki (psixik) jihatlari chambarchas
bog’liqdir.
Ichki, psixik faoliyatni tashqi jismoniy harakatga o’tish jarayoniga psixik
faoliyatning eksteriorizatsiyalashuvi deb ataladi.
Kishida faoliyatning har xil turini paydo bo’lishi va rivojlanishi murakkab va
uzoq davom etgan jarayondir. Odamda 3 ta asosiy faoliyat turini ajratish mumkin: o’yin,
ta’lim va mehnat. Ular oxirgi natijasi bilan, tashkil etilishi bilan, motivatsiyaning
xususiyatlari bilan farqlanadilar. Bolaning faolligi faqat asta – sekinlik bilan, rivojlanish
60
jarayonida, tarbiya va ta’lim ostidagina ongli ravishda maqsadga yo’naltirilgan faoliyat
shaklini kasb etadi.
O’yin
– shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar
yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma –
xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan
o’zlashtiriladi. Bola toki o’ynamaguncha kattalar, xatti – harakatlarining ma’no
mohiyatini anglab etolmaydilar.
O’qish
faoliyat ham shaxs kamolotida muhim rol o’ynaydi va ma’no kasb etadi.
Bu shunday faolliki, uning jarayonida bilimlar, malaka va ko’nikmalar o’zlashtiriladi.
Mehnat
eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo’lib, uning maqsadi, albatta,
biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga hissa
qo’shishdir.
Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi boshqaruv jarayonida muhim
ahamiyat kasb etadi.
Faoliyat termini faqatgina insonlarga nisbatan qo’llaniladi. Chunki faoliyat
kishining anglanilgan maqsad bilan boshqarib turiladigan ichki (psixik) va tashqi
(jismoniy) faolligidir.
«Motivatsiya» tushunchasi “motiv” tushunchasidan kengroq ma’noga va
mazmunga ega.
«
Do'stlaringiz bilan baham: |