Liberal rahbar -
bu rahbarning kayfiyatini, ishga munosabatini, ishdan mamnun
yoki mamnun emasligini bilish qiyin. Unda ta’qiqlash, po`pisa bo`lmaydi, uning o`rniga
ko`pincha, ishning oxirgi oqibati bilan tanishish bilangina cheklanadi, holos. Jamoada
hamkorlik yo`q. Boshliq jamoaning muammolarini ishning baland-pasti bilan
qiziqmaydiganday, go`yoki boshqa «koinotda» yurganga o`xshaydi. Aniq ko`rsatmalar
bermaydi. Uning o`rniga norasmiy liderlar yoki o`ziga yaqin kishilar orqali qilinishi
lozim bo`lgan to’shiriqlar bajaruvchilarga yetkaziladi. Uning asosiy vazifasi, uning
nazarida, xodimlar uchun ish sharoitini yaxshilash, ishdagi kamchiliklarni bartaraf etish,
kerakli mahsulotlar, xomashyo kabilarni topib kelish, majlislarda qatnashish va
xokazolardan iborat.
Xodimlar bilan muloqotda bo`lishga to`g`ri kelganda, u doimo xushmuomala
bo`lib, odob-axloq normalarini buzmaslikka harakat qiladi, lekin hech qachon ular bilan
tortishmaydi. Olimlarning fikricha, bunday rahbar ishi olib borgan jamoada barcha
ko`rsatkichlar doimo orqada bo`ladi. Liberal rahbar bir ishda ko`p faoliyat ko`rsatmay,
boshqa yerdan ish qidirishga harakat qiladi.
Ushbu usullarning har biri o`z natijasiga ega bo`lib, jamoada turli xil ijtimoiy-
psixologik kayfiyatni vujudga keltirishi mumkin.
Tadqiqotlar natijasi shuni ko`rsatadiki, aslida hayotda sof demokratik yoki sof
avtoritar rahbarni uchratish qiyin. Lekin uchragan paytda ham ular bir jamoani uzoq
muddat boshqara olmasliklari ma’lum bo`ldi. Shuning uchun ham ular vaziyatga
bog`liq, vaziyat konkret jamoa unda qabul qilingan xatti-harakat normalari, shaxslararo
munosabatlar tipi liderning ham, rahbarning ham ish taktikasi va uslubini belgilaydi
degan g`oya qabul qilinmoqda. Lekin bu rahbarlik uslublarini psixologik mazmun va
mohiyatini, bilishning amaliy ahamiyati shundaki, har bir uslubda o`ziga xos ijobiy
tomoni bor. Mohir rahbar o`zini-o`zi tarbiyalar ekan, o`zi rahbarlik qilayotgan jamoaga
mos xususiyatlarni tarbiyalashi maqsadga muvofiqdir.
Masalan, rahbarning mustaqil fikrlilik, tashabbuskorlik sifatlari. Chunki ayrim
hollarda xato qilsa ham rahbar original fikrlar aytib, yo`l-yo`riqlar ko`rsata olishi, har
bir ko`rsatilgan fikr, qilingan ishga mustaqil baho bera olishi zarur. Har qanday rahbar
uchun kerak bo`lgan hislatdan yana biri tom ma’noda «ziyoli» bo`lish yoki boshqacha
qilib aytganda, madaniyatli bo`lishdir. Rahbar o`zidagi madaniyatni, avvalo,
muomalada, odamlar bilan bo`ladigan muloqotlarda namoyish qilmog`i kerak.
50
Muomala madaniyati – bu o`rinli, aniq, qisqa, samimiy gapirish madaniyati va ikkinchi
tomondan, suxbatdoshni tinglash qobiliyatidir.
Rahbarlik va boshqarish ikki tarzdagi ijtimoiy hodisalardir(3.3-chizma).
Rahbarlik mavqe sifatida shaxsda egalik xususiyatini shakllantiradi. Bunda egalik
o`z xulqi, xatti-harakatlari va muomala munosabatlariga nisbatan egalik hissini vujudga
keltiradi. Boshqarish esa bevosita jamoaga qaratilgan bo`lib, uning psixologik natijasi
o`zlikka nisbatan hurmat, o`zligini qadrlash, anglash kabilarni vujudga keltiradi. Rahbar
doim o`z xodimlari bilan mulokotda bo`ladi. Bu esa uni muloqot qilish ko`nikmalarini
shakllangan bo`lishini talab qiladi. Muloqot asosida ishni turli xil tarzda
tashkillashtiradi. Jumladan, ishni byurokratik, demokratik tarzda tashkillashtirishi
mumkin. Xuddi mana shu muloqot shakliga ko`ra jamoada ijtimoiy fikr vujudga keladi.
Rahbar o`zini-o`zi tarbiyalash, o`zini-o`zi kamol to’tirish mustaqil bilim olish
ma’naviy dunyosini uzluksiz ravishda takomillashtirish ustida harakat qilsa, demak
uning istiqboli porloq. Lekin uning faoliyatini nazorat qilmaslik, baholamaslik,
rag`batlantirmaslik kabi omillar o`z ustida ishlashni pasaytiradi, lavozimiga nisbatan
sovuqqonlik namoyon bo`ladi. Shu sohada tizimda faoliyat ko`rsatayotgan
hamkasblarining maslahatlari ishga munosabatlari uni susaytiradi, asta-sekin faollik
yo`qola boradi. Ishlab chiqarishda har xil xususiyatli muammolar tinimsiz ravishda
namoyon bo`lib turadi. Notanish yangi nostandart yondashishni taqozo etuvchi,
yangicha yechimni talab qiluvchi, ijodiylikka asoslanuvchi vositalar bilan qurollanish
rahbarning bosh vazifasi hisoblanadi.
Rahbarning professional muhim sifatlari masalasi oxirgi yillarda mutaxasislar va
amaliyotchilarni ko`proq qiziqtirmoqda. Bir guruh olimlar amerikalik hamda
yaponiyalik rahbarlar faoliyatini o`rganib, ularga xos bo`lgan eng muhim sifatlarning
bloklarini ajratib, rahbarlarning sifatlarini quyidagicha tabaqalaganlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |