458
Tadbirkor
– bu tavakkalchilik sharoitlarida harakatla-nuvchi va kapital taqdim
etish hamda tadbirkorlik vazifasida farqlanuvchi inson (1725 y., Richard Kantilon).
Tadbirkor
– bu tadbirkorlik daromadidan kapital daromadi farqlanuvchi kishi
(1803 y., Jan Batist Sey).
Tadbirkor
– bu yangi texnologiyalarni ishlab chiquvchi novator (1934 y., Yozef
Shumpeter).
Tadbirkor
– bu ko’zlangan tavakkalchilik sharoitlarida harakatlanuvchi
baquvvat odam (1961 y., Devid Makkleland).
Tadbirkor
– bu yuqori foyda yo’lida har qanday imkoniyatdan foydalanuvchi
shaxs (1964 y., Piter Druker).
Tadbirkor
– bu tashabbus ko’rsatilgan ishga javobgar, korxonalarni
rejalashtiruvchi, tashkil etuvchi va boshqaruvchi shaxs (1997 y., Bodo).
Tadbirkor odam
– bu biror ishni boshlamoqchi bo’lgan, ijodiyotga yangicha
yondashishga qodir, odamlarni birgalikda faoliyatga chorlashda samarali aloqa tashkil
etishni biladigan insondir.
Tadbirkorlik
– bu individ yoki guruhning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sharoit
(vaziyat)lardan foydalangan holda xom-ashyo, jamg’arma, axborot yoki mehnat
ko’rinishida bo’lgan daromad turlarini yaratish, saqlab qolish hamda ko’paytirishga
yo’naltirilgan maqsadli faoliyatidir.
Tadbirkorlik
– bu inson faoliyatida turli ko’rinishlarda namoyon bo’ladigan
xususiyatlardan biridir.
Tadbirkorlik
– bu jamiyat hayotidagi xo’jalik, ijtimoiy va boshqa sohalarda
o’zining tashabbuskorligi, topag’onligi, mustaqilligi, hozir javobligi, nostandart qarorga
kelishi, tavakkal qilishga va natijalar uchun ma’suliyatni o’z bo’yniga olishga tayyorligi
yordamida muayyan maqsadlarga erishishga qodir shaxsning xususiyatlaridan biridir.
Tadbirkorlik
– bu qiymatga ega bo’lgan qandaydir yangilik yaratish jarayoni.
Tadbirkorlik
– iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga eltuvchi ma’lum vazifalar
realizasiyasi bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatning bir ko’rinishidir.
Tadbirkorlik
–iqtisodiy faoliyatning alohida turi hisoblanib, sub’yektida o’ziga
xos psixologik sifatlarni mujassam etishi sifatida e’tirof etiladi.
Tadbirkorlik
– bu mulk huquqi sub’yektlarning mollar ishlab chiqarish,
xizmatlar ko’rsatish asosida foyda yoki daromad olishga qaratilgan amaldagi qonunlar
doirasida tashabbuskorlik bilan faoliyat ko’rsatishidir.
Tadbirkorlik
– bu kishining shaxsiy tashabbuslariga asoslangan, foyda olish va
mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida tavakkalchilik bilan faoliyat yuritishiga oid
harakatlari majmuidir.
Tadbirkorlik
– insonning dadil ravishda muhim va og’ir maqsadlarni ruyobga
chiqarishga qaratilgan shaxsiy sifatlari jamlanmasidir.
Tadbirkorlik
– shaxsning faoliyati hamda shaxsiy sifatlari majmui ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: