Motivlar quyidagi turkumlarga ajratiladi:
shaxsning ijtimoiy ehtiyojlariga mos motivlar;
umumiylikka ega bo‘lgan motivlar;
faoliyatga mos motivlar;
-paydo bo‘lish xususiyati, muddatiga ko‘ra motivlar;
- aks etish darajasi nuqtai-nazaridan ierarxik vujudga kelgan motivlar.
Amerikalik olim G.Ollport ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli tizimini ishlab chiqqan:
A.Kognitiv komponent - ustanovka ob’ektiga aloqador bilimlar, g‘oyalar, tushuncha va tasavvurlar majmui;
B.Affektiv komponent - ustnovka ob’ektiga nisbatan sub’ekt his qiladigan real hissiyotlar;
V.Harakat komponenti - sub’ektning ob’ektga nisbatan real sharoitlarda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan harakatlari majmui (xulqda namoyon bo‘lish).
Xodimlarni motivatsiyalash boshqaruv psixologiyasida katta o’rin egallagan mavzulardan biridir. Afsuski, motivatsiya so’zining o’zbek tilida to’g’ridan to’g’ri tarjimasi mavjud emas va bu so’z kundalik muloqotda kam ishlatiladi. Shu munosabat bilan motivatsiya so’zining psixologik mazmuni va boshqaruv amaliyotida qo’llanish imkoniyati haqida gaplashamiz. Faoliyat asosi sifatida avval odamda u yoki bu ehtiyoj paydo bo’ladi, shundan so’ng ehtiyoj qondirilishi uchun harakat amalga oshiriladi. Aynan shu harakatga turtki bo’luvchi ichki kuch motiv va ehtiyojni qondirish davomida ishga tushuvchi qator motivlar majmuasi motivatsiya deb, ataladi. Boshqaruv sohasiga oid motivatsiya - xodim yoki mehnat jamoasini tashkilot maqsadlari sari faoliyatga undash ma’nosini anglatadi.
Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi hulqi va o‘zini tutish sabablarini o‘rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, masalani yoritishning ikki jixati farqlanadi.
1.Ichki sabablar, ya’ni xatti - harakat egasining sub’ektiv psixologik xususiyatlari nazarda to`tiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, muljallar, istaklar, qiziqishlar va x.k.).
2.Tashqi sabablar - faoliyatning tashqi shart - sharoitlari va holatlar. Ya’ni, bular ayni konkret holatlarning kelib chikishiga sabab bo‘ladigan tashqi stimullardir.
Motivlarning turlari. Turli kasb egalari faoliyati motivlarini o‘rganishda motivlar xarakterini bilish va ularni o‘zgartirish muammosi ahamiyatga ega. Shunday motivlardan biri turli xil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish motivi bo‘lib, bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D.Makklelland, D.Atkinson va nemis olimi X.Xekxa va O‘zenlar hisoblanadi.
Ularning fikricha, odamda turli ishlarni bajarishini ta’minlovchi asosan ikki turdagi motiv bor: muvaffaqiyatga erishish motivi hamda muvaffaqiyatsizliklardan kochish motivi. Odamlar ham u yoki bu turli faoliyatlarni kirishishda qaysi motivga muljal kslishlariga qarab farq qiladilar. Masalan, fatsat muvaffakiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo‘lsa ham yutuqka erishish ular uchun oliy maqsad bo‘ladi. Ular xali ishni boshlamay turib, yutuqni ko‘tadilar va shunday ishni amalga oshirishsa, odamlar ularning barcha harakatlarini ma’qo‘llashlarini biladilar. Bu yulda ularnafaqat o‘z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha tashqi imkoniyatlar - tanish - bilishlar, mablag‘ kabi omillardan ham foydalanadilar.14
Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga, odamlarga va o‘z - o‘ziga munosabatlaridan kelib chiqadi va undagi xarakter xususiyatlarini ham belgilaydi. Ularning har birimizda real shart- sharoitlarda namoyon bo‘lishini biror mas’uliyatli ish oldidan o‘zimizni tutishimiz va muvaffakiyatlarga erishishimiz bilan bakolasak bo‘ladi. Masalan, mas’uliyatli imtixon topshirish jarayonini olaylik. Ba’zi talabalar imtixon oldidan juda qayg‘uradilar, hattoki, qo‘rqadilar ham. Ular uchun imtixon topshirish juda katta tashvishday. Boshqalar esa bu jarayonni bosikdik bilan boshdan kechirib, ichidan xayajonlanayotgan bo‘lsalar ham, buni boshqalarga bildirmaydilar. Yana uchinchi toifa kishilari umuman begam bo‘lib, sira koyimaydilar. Tabiiy, shunga muvofiq tarzda, har bir toifa vakillari ishining muvaffaqiyati va faoliyatning samarasi turlicha bo‘ladi. Bunga har bir shaxsdagi da’vogarlik darajasi ham ta’sir qiladi. Da’vogarlik darajasi yuqrriroq bo‘lganlar bilgan - bilmaganini isbot qilishga urinsalar, ana shunday darajasi pastlar bor bilganini ham yaxshi aytib berolmay, yana o‘qituvchi bilan tortishmaydilar ham.
Shuning uchun ham har birimiz ijtimoiy faoliyat motivlaridan tashqari, shaxsiy hislatlarimizni ham bilishimiz va ongli tarzda hulqimizni boshqara olishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |