Ijtimoiy ehtiyojlar - bu - mehnat qilish, bilish, estetik va axloqiy-ma’naviy ehtiyojlar.
2.Motivlarning turlari.
Xulqning ijtimoiy motivlari masalaning yana bir echimi G‘arbda asos solingan eksperimental yondashuv bilan bog‘liq. O‘tgan asrning 70-chi yillarida CH. Makklintok13 o‘z hamkasblari bilan ijtimoiy xulq motivlarining 6 xilini ajratib, eksperiment sharoitida qatnashchilarning o‘zaro munosabatlarini sinovdan o‘tkazdilar:
umumiy manfaatning maksimallashuvi - kooperatsiya, hamkorlik;
shaxsiy manfaatning maksimallashuvi -individuallik;
vaqtinchalik yutuqlarga nisbatan munosabatning oshirilishi - raqobat;
o‘zgalar yutug‘i yoki manfaatining yuqori qo‘yilishi -altruizm;
o‘zgalar yutug‘ining minimallashtirilishi -agressiya;
yutuqlardagi tafovutlarning kamaytirilishi -tenglik.
Ko‘rib turganimizdek, har bir motivning mohiyati o‘ziga xos mazmunga ega. Ular har bir sharoitda o‘ziga tarzda namoyon bo‘lsa-da, ularning amaliyotda mavjudligi aniq va har birimizning ijtimoiy xulqimiz qanday namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi.
Har bir motivning ishlab chiqarish sharoitlarida xodimlar xulqida qanday aks etishini o‘rganish fan uchun ham, amaliyot uchun ham katta ahamiyatga ega.
Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Ya’ni, maqsadli hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo’ladi va aynan ularning tabiati va zaruratiga bog’liq tarzda xulq motivlari namoyon bo’ladi(4.1-chizmaga qarang).
Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga, odamlarga va o’z-o’ziga munosabatlaridan kelib chiqadi va undagi xarakter xususiyatlarini ham belgilaydi. Ularning har birimizda real shart-sharoitlarda namoyon bo’lishini biror mas’uliyatli ish oldidan o’zimizni tutishimiz va muvaffaqiyatlarga erishishimiz bilan baholasak bo’ladi.
Jahonpsixologiyafanningnazariy mushohadalarigava o‘zimizning shaxsiy ma’lumotlarimizga asoslanib, motivlarni quyidagiturkumlarga ajratishni lozim topdik.
I.Shaxsning ijtimoiy ehtiyojlari biya uyg‘unlashgan, ularning mohiyati mezoni orqali o‘lchanuvchi motivlar:
dunyoqarashga taalluqli, aloqador bo‘lgan g‘oyai motivlar;
ichki va tashqi siyosatga nisbatan munosabatni aksettiruvchi, shaxsiy pozitsiyani ifodalovchi siyosiy motivlar;
jamiyatning ahloqiy me’yorlari, prinsiplari, turmush tarzi, etnopsixologik xususiyatlariga asoslanuvchi ahloqiy motivlar;
borliq go‘zalligiga nisbatak ehtiyojlarda in’ikos etuvchi nafosat (estetik) motivlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |