Iqtisodiy tafakkur – xo’jalik munosabatlariga kirishgan sub’yektlarning iqtisodiy munosabatlarga oid tasavvurlari, bilimlari, g’oyalari hamda qarashlarini ongdagi aksi bo’lib, u amalga oshirilayotgan faoliyatning mohiyatini tahlil qilish, umumlashtirish, taqqoslash va xulosalar chiqarish imkonini beradi.
Iqtisodiy xulq – iqtisodiy ta’sirotga javob beruvchi xulqdir.
Iqtisodiy xulq – ishlab chiqarish shart-sharoitlari, vositalari va turtkilari ta’sirida namoyon bo’ladigan xatti-harakat va xulq-atvordir.
Iqtisodiyot – odamlarning xo’jalik yuritish munosabatlarini o’rganadigan fan bo’lib, u bularni qanchalik darajada rejalashtirilgan, o’ylangan, o’rganilganini raqam va predmetlar tilida bayon etilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |