Kasb kar’erasibosqichlari:
1.Dastlabki bosqich – inson maktabda o’qiydi, o’rta maxsus, oliy ma’lumotli bo’ladi. Bu odatda 25 yoshgacha davom etadi. Bu davrgacha o’zining ehtiyojlari va imkoniyatlariga javob beradigan faoliyat turini topish uchun bir necha xil ish bilan shug’ullanishi mumkun. Agar u shunday faoliyat turini topa olsa, uning shaxs sifatida ijtimoiy shakllanishi boshlanadi.
2.Tiklanish bosqichi taxminan besh yil –25 yoshdan 30 yoshgacha davom etadi. Bu davrda xodim kasbi egallaydi, zarur ko’nikmalar hosil qiladi, uning malakasi shakllanadi, mustaqillikka erishishga ehtiyoj sezadi. Odatda inson shu davrda oila quradi. Shuning uchun ham uning mehnatga to’lanadigan haq miqdoriga qiziqish kuchayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |