2.Rahbarning ish sharoitini bayon etish metodi.
Rahbarning ish sharoitini bayon etish metodiuning faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi ham deb yuritiladi. Bu metod psixologiyada inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida keng qo‘llaniladi. Odam chizgan rasmlar, yasagan o’yinchoqlar, modellar, tayyorlangan narsalar, tikkan qo’g’irchoqlar, to‘qib, so‘zlab berilgan hikoyalar, texnik konstruksiyalar chizmasini tushunish kabilarni tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli, texnik ijodi yuzasidan materiallar to‘plash mumkin. Mazkur metodida ijod mahsulini yaratgan jismoniy shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Tekshiriluvchi bilan tekshiruvchi o‘rtasida muloqot o’rnatish uchun shaxsning psixikasi to‘g‘risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Tekshiruvchi (rahbar, o‘qituvchi, murabbiy, psixolog) ekspert tariqasida shaxslar ijodiyotiga baho beradi, bunda mehnat mahsulining shakli, mazmuni, sifati, originalligi, hajmi, xususiyati bilan keskin tafovut qilishi nazarda to`tiladi.
Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali har xil yoshdagi va kasbdagi odamlarning psixik xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash mumkin. Faoliyat mahsulotlarini o‘rganish inson ruhiyatini o‘rganish metodlari ichida o‘ziga xos o‘rinni tashkil etadi. Shuni ta’kidlab o’tish joizki, inson ruhiyatini o‘rganish yuqorida bayon qilingan metodlardan tashqari yana ayrim qo’shimcha metodlardan ham foydalaniladi. E’tirof etish joizki, qo‘llanilayotgan har bir metodning o‘ziga xos ijobiy, afzal tomonlari bilan birgalikda qiyin va salbiy tomonlari ham mavjud. Shu bois konkret shaxs ruhiyatini o‘rganish vaqtida yakka metodlar natijalari bilan kifoyalanib qolish mumkin emas.
Ruhiyatni tekshirishda atroflilik, dinamiklik, ob’ektivlik, tekshiriluvchining yosh xususiyatlarini inobatga olish va boshqa tamoillarga suyanish darkor.
Faoliyat mahsulotlari va jarayonlarini tahlil etish yo`llari bo‘lib, unga B.G.Ananev xronometriya, profesiografiya, bajarilgan ishlar va buyumlar bahosini izohlashlarni kiritadi. Boshqaruv psixologiyasining bu guruhidan quyidagi usullar muhim ahamiyatga ega. Topshriqlar tahlili - bu kuzatilayotgan inson va uning yashirin kasbiy xulqining yo‘nalganligini psixologik jihatlarini tadqiq qilish metoddir. Topshiriqlarni tahlil etish metodi F.Teylor tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, tasvirlash va tahlil etish maqsadida qo‘llanilgan. Topshiriqlarni tahlil etish hamda bajarilgan ishlarni tahlil etish metodi ham muxandislik psixologiyasida keng qo‘llaniladi.
E.Mak-Kormik va uning kasbdoshlari metallurgiya sanoatiga xos bo‘lgan 250 ta kasb turlarini tahlil etish uchun faoliyatlar ro‘yxatini ishlab chiqishdi. Olingan ma’lumotlarni faktorli tahlil qilish yo`li bilan qayta ishlash orqali 14 ta omil ajratildi va bu omillar "pozitsion tahlil so‘rovnomasi"ni loyihalashtirishga asos bo’ldi (RAQ). RAQ 187 elementdan iborat bo‘lib, ular mehnat xulqining asosiy shakllari hamda turli jihatlarini o‘z ichiga oladi. Ayrim jihatlarga tegishli misollarni keltiramiz: yozma topshiriqni ko‘rsatmasiga asoslangan holda bajarish, klaviaturadan foydalanish, konsultasiyalarda qo‘l ostidagi ishchilar miqdori va boshqalar. RAQ metodi asosida to‘plangan ma’lumotlarni tahlil etishda tadqiqotchi har bir bo’limlar bo‘yicha javoblarni oladi. Ta’kidlash kerakki, RAQ - topshiriqlar emas, balki bajarilgan ishlar tahlili metodi bo‘lib, ishchilarni tanlash muammosini hal etishda qo‘llaniladi. RAQ ishchilarni o‘qitish, malaka oshirish va ma’muriy jihatdan o‘zgarishlarida qo‘llaniladi. Kasbiy tahlilning yana bir muammosi kritik voqealar metoddir. Uning mohiyati shundaki, tadqiqotchi ishchining qoniqarsiz xulqini tasvirlaydi.
Ushbumavzudabilimberishmetodlarihaqidaemas, balkifanuchun, uningrivojlanishiuchunzarurbo‘lganma’lumotlarnito‘plashdagiqo‘llaniladigantadqiqotmetodlarihaqidaso‘zboradi.
Tadqiqiy metodlarning 2 ta turi mavjud:
1.Longityud
2.Kesimli
Do'stlaringiz bilan baham: |