Jismoniy madaniyat tushunchalari, maqsadi va vazifalari


Pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot uslubiyatlari



Download 0,81 Mb.
bet17/19
Sana26.05.2022
Hajmi0,81 Mb.
#610383
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Jismoniy madaniyat

Pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot uslubiyatlari.
Bu guruhlarga xos metodalarning ijobiy tomoni shundaki, izlanuvchining o’zi tadqiqotda aynan ishtrok etmaydi. Bunda pedagogik izlanish kiradi. Hayotdagi kuzatishdan farqli o’laroq, bu uslub kuzatish predmetini aniq ifodalaydi, kuzatilayotgan va undan aniqlangan dalillarni tezlik bilan hisobga oladigan sistema ishlab chiqadi va uni izlanishda qo’llaydi. Maxsus protokollar, yozuvdagi ifodalagichlar va xokazolar. Barcha ilmiy kuzatishlar natijasi kuzatuvchining shaxsiy qobiliyatigagina bog’liq bo’lmasligi lozim, chunki o’rganilgan dalillar natijalari ko’pchilikda turlicha fikr hosil bo’lishiga olib keladi.(Bu metodda bir necha kuzatuvchi bir paytning o’zida kuzatish olib boradi va ular solishtiriladi. Bunda ayrim aparatlar o’sha harakatning bajarilishini takrorlaydi yoki shunda o’lchovga qarab aniq kuzatib hulosa qiladi: foto, kinosyomka, videomagnit tasmasi yozuvi va boshqalar).
Hozirgi zamon nazariyasi harakatlarini bajarishdagi ayrim ifodalangan (ijro etilgan, bajarilgan) dalillarni, bilimlarni aniq ifodalashdan chiqqan hulosalar obyektivligida munozara-bahsga sabab bo’lmoqda. Masalan, badiiy gimnastika, akrobatika, suvga sakrash, figurali uchiv va hokazolarda harakatni ifodalshni bayon qilishda duch keladi. Albatta, bunda pedagogic kuzatish metodi qo’l keladi. Qator o’tirgan hakamlarning har qaysisi o’z fikrini bayon qiladi, umumiy hulosa shunga qarab chiqariladi.
Keng tarqalgan aniq hisobga olish metodlaridan biri xronometrlashdir. “Xrono”- vaqt, “metr”- o’lchov demakdir. Bunda harakatni najarish uchun sarflangan vaqtga qarab natija tahlil qilinadi. Masalan, 800 metrga yugurishda har bir 100 metr uchun sarf bo’lgan vaqt yoki darsni, trenirovka mashg’ulotining boshidan ohirgacha xronometrlash mashg’ulotining asosiy samarasiga baho berish uchun foydalaniladi.
Eksperiment ilmiy tadqiqot metodi.
Ilmiy tekshirishning bu metodi tekshiruvchining o’zi tomonidan uyishtirilgan bo’lib, uning o’zini aktiv aralashuvi orqali olib beriladi. Bu metodda tekshirilayogan jarayon maxsus sharoitda yoki yana qaytadan tayyorlash uchun imkoniyat yaratiladi,tadqiqot uslubining qulay yoki qimmatli tamoni ham ana shundadir.
Jismoniy madaniyat jarayonida olib borilayotgan tajribani maxsus sharoitni hisobga olmay yoki sun’iy qaytadan o’sha sharoitni yaratishda tekshirilishi kerak bo’lgan masalaga oid bo’lmagan ochiq muammolar ham yuzaga kelishi mumkin. Bu uslubning salbiy tamonidir. Tajribani obyektiv o’tkazish amaliyotda tabiiy, modelli va labaratoriya eksperimentlari deb nomlangan hillaridan foydalaniladi.
Tabiiy eksperiment hayotiy sharoitda olib boriladi. Undan tajriba ishtirokchilari butunlay behabar (samaraligi shunda ham) bo’lish mumkin. Masalan,bir maktabning ikki sinfda jismoniy madaniyat dars uslublar bilan olib borilib, natijani taqqoslash orqali qaysi samardorligini aniqlashga erishiladi.
Modeli eksperiment metodidan kuzatuvchi hayotda uchratadigan oddiy sharoitdan biroz o’zgargan muhit tajriba o’tkazadi. Masalan muskul kuchini o’stirishda sportga yangi kelganlarda ish olib boriladi, deylik. Ular xaftada uch marta, guruh - guruhlarga bo’linib, birinchi guruhi yotib shtankada mashq qilish, ikkinchi guruhi o’z tanasi og’irligidan foydalanish, uchinchi guruhi faqat gantel ko’tarish bilam ma’lum muddat mashq qiladi. Har qanday guruhning modeli alohida (shtanka gavdasi og’irligi, gantel) mashqlar faqat yelka kamar muskullarining kuchini orttirishga yo’naltirilgan. Belgilangan muddatdan so’ng natijalar taqqoslanib samara bergan model va uning mashqlari va uning uslubi e’lon qilinadi.
Labaratoriya eksperementida shug’ullanuvchilar amaliyotda kam uchraydigan sharoitda tajriba otkaziladi. Masalan ,jismoniy tayyorgarligi teng ikki guruh olinib , ulardan birining mashg’loti labaratoriyada, ikkinchisiniki esa oddiy tabiiy sharoitda olib boriladi .Bu tajiribaning qulayligi tajiribaning labaratoriya sharoitida yangidan takrorlay olish mumkin ekanligidadir. Tajriba o’tkazuvchining tajribada ishtiroki ob’ektiv bolmagan xulosalarga olib kelishi mumkin.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish