MUNDARIJA: Jismoniy madaniyat tushunchalari, maqsadi va vazifalari………………….........2 Jismoniy tarbiya vositalari………………………………………………………….5 Jismoniy madaniyatning didaktik tamoyillari……………………………………16 Jismoniy madaniyatning jamiyatdagi funksiyasi va shakllari…………....……..23 Jismoniy madaniyat tizimining vujudga kelishi, uning tarkib topishi….........…28 Jismoniy tarbiya vositalari texnikasiga tavsif…………………………………….34 Jismoniy madaniyatning ilmiy-tadqiqot metodlari………………………………36 Jismoniy madaniyatning umumiy tamoyillari……………………………………38 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………....………51
JISMONIY MADANIYAT TUSHUNCHALARI, MAQSADI VA VAZIFALARI Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish maxsus o’quv hamda ilmiy fan sifatida ijtimoiy-pedagogika fanlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. U aholi o’rtasida tashkil qilinadigan ommaviy sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining yo’llarini o’rganadi, shu sohadagi mutaxassislarni tarbiyalashga bevosita xizmat qiladi. Shu sababdan bu fan O’zDJTU va Respublika oliy o’quv yurtlarining jismoniy tarbiya fakultetlari, Olimpiya o’rinbosarlari kollejlari hamda pedagogika bilim yurtlari tarkibidagi jismoniy tarbiya bo’limlarining o’quv rejasida o’z o’rni va mavqeyiga ega bo’lmog’i lozim.Fanning asosiy maqsadi bo’lajak mutaxassislarni jismoniy tarbiya va sport harakatining barcha faoliyatlarini tashkil etish va ularga rahbarlik qilish yo’llari bilan qurollantirishdan iboratdir.Shu maqsadda u o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:
fan asoslari va mazmuni bilan tanishtirish;
davlat va jamoat tashkilotlari, ularning jismoniy tarbiya va sport soxasidagi faoliyatlarini o’rganish;
yuqori va quyi sport tashkilotlarining ish mazmunlari hamda ularning usullarini o’zlashtirishni ta’minlash;
egallangan nazariy bilim, amaliy ko’nikma hamda malakalarni o’quv amaliyoti jarayonida tajribadan o’tkazish;
ilmiy-nazariy tadkikotlar o’tkazishga da’vat etish;
reyting tizimi talablari asosida talabalarning bilimlarini baholash;
Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fani o’quv rejasidagi "Jismoniy tarbiya va sport tarixi", "Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati", pedagogika, psixologiya, iqtisod nazariyasi hamda barcha mutaxassislik fanlari bilan chambarchas bog’liqdir. Chunki boshqarishda doimiy ravishda ta’kidlanib turiladigan sport taraqqiyoti, aholini jismoniy tarbiya vositalari yordamida tarbiyalash usullari, sportchilarning ruhiy holatlari hamda barcha sport tadbirlarini uyushtirishda moddiy-texnik ta’minot sohasidagi bilimlar amaliy tajribalar bilan uzviy bog’liqdir. Shu sababdan ham fanlar erishgan yutuqlardan foydalanish zaruriyati tugiladi.Fanning asosiy mazmunini quyidagi yunalishlar tashkil etadi:
jismoniy tarbiya va sportni tashkil qalishning nazariy asoslari;
boshqarishning davlat va jamoat tizimlari;
boshqarishdagi asosiy vazifalar, usullar;
jismoniy tarbiya va sport harakatidagi asosiy tarmoqlar;
horijiy mamalakatlarda jismoniy tarbiya va sportni tashkil qishish, xalkaro sport va Olimpiya harakatlari.Bularning negizida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bo’lajak mutaxassislarni tayyorlab yetishtirishdagi barcha yo’l-yuriqlar o’z ifodasini topadi. Eng muhimi, O’zbekistanda olib borilayotgan turli islohotlar, ularning ijobiy natijalari sifatida o’tkazilayotgan turli xil sport tadbirlari, sport inshootlarini qurish va boshqalarning o’z aksini topishi ifodalab beriladi."Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish" fani o’zining tarixiga ega. Bu xaqda quyidagi ma’lumotlarni keltirish mumkin.
Bu fan avvallari jismoniy tarbiya va sport tarixi fanining tarkibida bo’lib, 1948 yildan boshlab mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi va taraqqiy qila boshladi.Keyingi yillardagi ijtimoiy-madaniy o’zgarishlar, davlatni idora qilish, sport va jamoat tashkilotlarining tashkiliy tuzilishi hamda tarakkiyot jarayonlari bu darslikning yangilanishini.va takomillashishini taqazo qildi. Jismoniy tarbiya institutlari hamda oliy o’quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya fakultetlarining talabalari uchun eng qulay, tushunish oson bo’lgan o’quv qo’llanmalari 1965 yilda nashrdan chiqgan O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti tomonidan "O’zbekistanda jismoniy tarbiya va sportni boshkarishni tashkil etish yo’llari" (Yunusov T.T., Abdumalikov R.) o’quv qo’llanmasi chiqarildi. Bular orasida dotsent R.Abdumalikovning "Jismoniy madaniyat va sport ixtisosligidagi talabalarni boshqaruvchilik faoliyatlariga tayyorlashning nazariy va amaliy asoslari" monografiyasi (1994), "Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning nazariy asoslari" o’quv qo’llanmasi (1995) muxim ahamiyat kasb etdi. Bular talabalarning boshqaruvchiliqaagi nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini oshirishda katta xiz-mat qilmoqda. E’tirof etish kerakki, boshqarish jarayonlarida avvalgi ish tajribalari, erishilgan yutuqlar hamda ilmiy-nazariy tadqiqotlar natijalari muxim ahamiyat kasb etish bilan fanning asosiy omili sifatida xizmat qiladi. Bularni o’rganish va tanqadiy yondoshish zarur bo’ladi. Amerikalik olimlar sport va sportni boshqarish haqida Chris Gratton va Piter Teylor shunday deydi sport va dam olish ularning ijtimoiy iqtisodiy ta’siri o’qishda emas sport boshqarish uchun ishni himoya qilish har bir inson uchun zarur. Bundan tashqari sport bilan shug’ullanish orqali insonlar psixologik va fiziologik foyda olishi mumkun deydi.