Jismoniy madaniyat tushunchalari, maqsadi va vazifalari


Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qonun, qarorlar boshqarishning asosiy manbalari



Download 0,81 Mb.
bet2/19
Sana26.05.2022
Hajmi0,81 Mb.
#610383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Jismoniy madaniyat

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qonun, qarorlar boshqarishning asosiy manbalari
Barcha o’quv yurtlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llanilayotgan fanlar kabi jismoniy tarbiya va sport­ni boshqarish fani eng avvalo O’zbekiston Qonunlari, Prezident Farmonlari va O’zbekiston Respublikasi Va­zirlar Maxkamasining qarorlariga tayanadi. SHu bilan birga, sog’lom avlodni tarbiyalashda xizmat qiluvchi milliy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy qadriyatlar hamda xalq pedagogikasiga asoslanadi.Bu fanning asosiy huquqiy tayanchi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xisoblanadi. Unda fuqarolarning o’z sog’liqaarini yaxshilash, bilim va madaniy saviyalarini oshirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishlari kafolatlangan. O’zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida"gi Qanuni jismo­niy tarbiya va sport xarakatini yuritish, unga raxbarlik qiluvchi davlat hamda jamoat idoralarining vazifalari, burchlari va xuquqlarini belgilab bergan. Bu jarayonlar fanni o’rganish va mutaxassislar tayyorlash faoliyatida muxim omil xisoblanadi.O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim tutrisida"gi Qanuni barcha turdagi o’quv yurtlarida jismoniy tarbiya darslari, darsdan tashqari ommaviy-soglomlashtirish sport tadbirlarini tashkil qilishga yul ochib beradi. Bu jarayonlar ham tashkilotchilik va boshqaruv faoliyatlarining eng muxim tarmog’i sifatida o’z o’rniga egadir.1993 yilning mart oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan “Sog’lom avlod uchun” or­deni ta’sis etildi. Uning Nizomiga ko’ra sog’lom avlodni tarbiyalab yetishtirish mas’uliyati maktab, tarbiya muassasalari kabi sport tashkilotlari zimmasiga ham yuklangan. Bu yo’lda qalinadigan ishlarning mazmuni va raxbarlik usullari jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fani tarkibining asoslaridan biriga aylandi.
O’zbekistonda barcha sohalardagi yutuqlarni ta’minlash mutaxassis kadrlarga bog’liq, ekanligi e’tirof etildi. SHu sababdan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilindi. Jismoniy tarbiya hamda sportni tashkil qilish va boshqarishda uning ahamiyati bekiyosdir.
Muxim tomonlaridan yana biri shundaki, Respublika Xukumati va mutasaddi vazirliklar, davlat hamda jamoat tashkilotlarining maxsus qarori bilan "Alpomish" va "Barchinoy" maxsus testlari ishlab chiqildi va uni amalda qo’llash joriy etildi. Buning mazmuni va tashkiliy jixatlari asosan sport tashkilotlari hamda jamiyatlari zimmasida bo’lganligi uchun o’zining muxim manbai sifa­tida tan oladi.O’zbekiston Davlat madaniyat va sport ishlari Vazirligi rasmiy ma’lu-motlariga karaganda, 1991 yidda 38 kishiga xalkaro toifadagi sport ustasi unvoni berilgan, 350 kishi esa sport ustasi unvoniga sazovor bo’lgan.Ma’lumki, 1992 yilning yozida Barselonada (Ispaniya) bo’lib utgan yozgi XXV Olimpiya uyinlarida O’zbekistonning 17 nafar sportchisi qatnashdilar. Ular orasida Galieva R., Chusovitina O. /gimnastika/, Shmonina M. /engil atletika/ oltin me-dal, Sirtsov S. /ogir atletika/, Asrabaev /uq otish/ ku-mush medal va Zaxarevich V. /kilichbozlik/ bronza medali sovrindorlari bulishdi. 1996 yil Atlanta (AQSH)da ugka-zilgan XXVI Olimpiya uyinlarida A.Bagdasarov (dzyu-do) kumush, QThlaganov (boks) bronza medaliga sazovor bulishdi. 2000 yil Sidneydagi (Avstraliya) XXVII Olimpiya uyinlarida MAbdullaev boks buyicha oltin; Artur Taymazov (kurash) kumush, Rustam Saidov, Sergey Mi­xaylov (boks) bronza medallarini kUlga kiritdilar. O’z­bek kurashi bubicha Xalqaro kurash assotsiatsiyasi to’zildi va 3 marta jahon chempionati utkaziddi. Umuman, Respub­lika sporti taraqiyotning yangi boskichga kutarildi. Mamlakat sportchilari Olimpiya o’yinlarida ilk marotaba mustaqil jamoa sifatida Amerikaning Atlanta shahrida 1996 yilda ishtirok etdilar. O’zbekiston hukumati sportchilarimizni xalqaro musobaqalar, Olimpiya, Osiyo o’yinlarida muvaffaqiyatli qatnashishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Mustabid tuzum davrida, O’zbekistondan yozgi Olimpiya o’yinlarida atigi 40 nafar sportchi ishtirok etgan bo’lsa, mustaqillikdan keyin birgina AQShning Atlanta shahrida bo’lib o’tgan Olimpiya o’yinlarida mamlakatimizning 76 nafar sportchisi qatnashib, dzyudochi Armen Bogdasarov kumush, bokschi Karim To’laganov esa, bronza medallarini qo’lga kiritdilar. 1994 yilda Lillixammerda o’tkazilgan qishki Olimpiya o’yinlarida Lena Cheryazova oltin medalga sazovor bo’ldi.
O’zbekistonda "Kadrlar tayyorlash milliy das-turi"ni amalga oshirish bo’yicha jismoniy tarbiya va sport sohasida muhim ishlar amalga oshirilmoqda.
Bo’lajak mutaxassis kadrlarni nazariy bilim, amaliy malaka hamda ko’nikmalar bilan qurollantirishda "Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish" fanining ahamiyati katta bo’lmoqtsa. Uning mazmuni va mohiyati, xususan, talabalarga ta’lim-tarbiya berish, kasb-hunarlarning turli usullari bilan tanishtirish, ayniqsa, respublika, viloyat, shahar sport qo’mitalari, ularning quyi tarmoqlaridagi tashkiliy ishlar, ularga rahbarlik kilish yo’llarini o’rgatish yangi talablar darajasida amalga oshirilmoqda. Bu esa, o’z navbatida talabalarning ijodkorlik faoliyatlari hamda o’z vazifalarini puxta bilish mas’uliyatlarini oshirmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tarbiya-lashda sohaga doir qonunlar, farmonlar va qarorlarni o’rganish, ularning ijrosini tahlil qilish, talabalar-ning o’quv amaliyotlarida ularga amal qilish yo’llarini singdirish o’quv jarayonining muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda.
Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanini o’zlashtirishda o’quv rejasidagi boshqa nazariy va amaliy mutaxassislik fanlari mazmunini bog’lash, ularni taqqoslash ishlari talabalarning mustaqil hamda ijodkorlik bilan o’z kasbiga yondoshishini taqozo etmokda.
Eng muhimi shundaki, jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanining asosiy tayanchlaridan hisoblangan milliy qadriyatlar, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy maz-mundagi xalq milliy o’yinlarining mohiyatini chuqur o’rganish, "Alpomish" va "Barchinoy" maxsus testlari talablarini hayotga tatbiq etish usullarini bilish kabi faoliyatlar o’quv jarayonida boshqarish bilan bevosita bog’lanmoqda.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish