Jismoniy madaniyat kafedrasi



Download 0,52 Mb.
bet6/11
Sana26.02.2022
Hajmi0,52 Mb.
#467793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Adilov Umid Kurs ishi 26.02

Muskul tarangligi
Muskul tarangligi turli sabablar orqali vujudga kelib kuyidagi qayd qilingan uch shaklda namoyon bo`ladi; a) muskul tonusini ortishi (gipermoiotoniya) orqali muskul taranglashishi; b) uta tez bajarish okibatida muskulni taranglikdan tushishga, bushashishga ulgurmasligidan sodir bo`ladigan taranglik fiziologiyasi va jismoniy madaniyat nazariyasi fanlari orqali urganiladi.
Chakkonlikni rivojlantiruvchi mashqlar tez charchatadi. Bunday mashqlarni bajarishda muskullar nixoyatda aniq va yuqori darajadagi sezgi talabiga muxtoj bo`lib, charchash sodir bo`lganda, mashqni bajarish kam samara beradi. Shunga ko`ra organizm sarflangan energiyani nisbatan tulik tiklanishi uchun yetarli bo`lganda dam olish oralik laridan (inter valdan) foydalaniladi. Yuqori dara jada energiya sarflash bilan baja rilgan mashqlardan so`ng chaqqonlikni madaniyatlaydigan mashqlarni baja rish biz kutmagan natijani beradi.
Tezkorlik sifati va uni rivojlantirish usuliyati
Tezkorlik deganda, individharakatlarining tezlik xaraktyeristikasi, asosanharakat reaksiyasining vaqtini bel-gilovchi funksional xususiyatlarning kompleksi tushuni-ladi. Tezlikni namoyon bo‘lishining uchta asosiy shakli bor:
1. Yakkaharakat tezligi (kichik tashqi qarshilikni yengish bilan);
2.harakatlar chastotasi;
3.harakatlar reaksiyasi tezligi (yashirin latent davri).
Tezkorlikning eng sodda shakllarining namoyon bo‘lishi bir-biriga aloqador emas. Ayniqsa bu reaksiya vaqtiga bog‘liq bo‘lib, ko‘phollardaharakat tezligi ko‘rsatkichlari bilan korelyasiya qilinmaydi. Tezlikning namoyon qilinishini qayd etilgan uchta shaklining umumlashmasidan (qo‘shilmasidan) aniqlash mumkin.
Masalan, 100 m ga yugurish natijasi startdan chiqish reaksiyasi vaqtiga, alohidaharakatlarning bajarilishi tezligi (depsinish, sonni tez tiklab olish qadamlar suroati) va boshqalarga bog‘liq. Amalda yaxlitharakatlar (yugurish, suzish) ning tezligi to‘laharakat aktining tezligiga bog‘liq. Biroq murakkab koordinasionharakatlardagi tezlik faqat tezkorlik darajasiga emas, balki boshqa sabablarga, masalan, yugurishda qadam uzunliligiga, u o‘z navbatida, oyoqning uzunliligiga va depsinish kuchigaham bog‘liqdir. Shuning uchun yaxlitharakat tezligi individning tezkorligini qisman ifodalaydi xolos. Aslida tezkorlikning eng sodda shakllarining namoyon bo‘layot-ganligini tahlil qila olamiz xolos.
Ko‘pincha maksimal tezlik bilan bajarilayotganharakat-larda ikki xil fazasi farqlanmoqda:
a) tezlikni oshirib borish (tezlanish, olish) fazasi;
b) tezlikning nisbatan stabillashuvi fazasi (startdagi tezlanish).
Tezlikni oshirib borish qobiliyati bilan masofani katta tezlikda o‘tish qobiliyati tezkorlik namoyon qilishda biri ikkinchisiga bog‘liq emas. Juda yuqori darajada startdan chiqish tezligiga ega bo‘lib masofada tez yuguraolmasligi yoki uning aksichaham bo‘lishi mumkin. Signallarga reaksiya yaxshi bo‘lganiholda, harakat chastotasi oz bo‘lishi ham kuzatiladi.
Psixo-fizikaviy mexanizmlar tezlik reaksiyasining xarakterini turlicha namoyon bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Tezlik namoyon bo‘lishining bunday xarakterini qisqa masofaga yugurishda aniq ko‘rishimiz mumkin. Startni (vaqt xarakteris-tikasiga ko‘ra) tez olish mumkin, lekin tezlikni masofada uzoq ushlab tura olmasligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.
Yugurish tezligiharakatni ko‘rsatilgan xaraktyeristikasi bilan nisbiy bog‘liq xolos. Tezlikning namoyon bo‘lishida yuguruvchi qadamining uzunligi, uning oyog‘i uzunligiga, o‘z navbatida, yuguruvchi oyoq muskullarining yerga tiranish kuchiga bog‘liqdir. Shuning uchunharakat reaksiyasining vaqt davomida namoyon bo‘lishiga qarab o‘quvchining sprintda o‘zini qanday namoyon qilishini bashorat qilishimiz g‘oyatda mushkul.
Tezkorlik sifatini bir mashqdan ikkinchi mashqka “ko‘chirish” qoidada kuzatilmagan. Uning ko‘chishi mashqlarni bir-biriga koordinasiya nuqtai nazaridan yaqin o‘xshashaligi bo‘lsagina namoyon bo‘lgan, qolaversa individning mashqlangan-ligi (shug‘ullanganligi) qancha yuqori bo‘lsa, bu ko‘chish shunchalik past darajada bo‘ladi (N.G. Ozolin, 1949; V.M. Zasiorskiy, 1961). Shunga ko‘ra, tezkorlik sifati xaqida gapirganda, bu sifatni, tarbiyalash xaqida gapirmay, insonharakatidagi aniq tezkorlik xususiyatlarini rivojlantirish xaqida gapirish lozim.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish