Xulosa
Adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Mamlakatimizda istiqlolning ilk kunlaridan yosh avlodni xar tomonlama unib-o`sishlari uchun katta ishlar amalga oshirildi. Respublikamiz rahbariyati tomonidan yosh avlod tarbiyasiga ularni har tomonlama yetuk bo’lib ulg’ayishlari uchun alohida e’tibor qaratildi. Istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab, yurtimizda barcha soxalarga e`tibor berildi. Yosh avlodni xar tomonlama barkamol va sog’lom bo`lishlari uchun jismoniy tarbiya va sportga ham katta e`tibor qaratiladi. O`sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama etuk, komil inson qilib tarbiyalash doimo jamiyatimiz oldida turgan dolzarb va asosiy masalalardan biri bo`lib kelmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab xukumatimiz raxbariyati diqqat-e’tiborini muntazam ravishda yosh avlod tarbiyasiga qaratib kelmoqda. Shu boisdan ham “Jismoniy tarbiya va sport to`g’risida”gi, “Ta’lim to`g’risida”gi qonunlar va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni qabul qilinishi, “Sog’lom avlod uchun” ordenini ta’sis etilishi, “O`zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to`g’risida”gi farmoni “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish” to’g’risidagi qarorlar fikrimizning yorqin ifodasidir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov yosh avlodni har tomonlama barkamol, etuk inson bo`lib voyaga etishishida jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati katta ekanligini ko`rsatib bergan. “Yoshlarimizni har tomonlama etuk va sog’lom qilib etkazishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati kattadir”. Sport tinchlik elchisi, xalqlar o`rtasida do`stlik va hamjixatlikni mustahkamlashda noyob vosita bo`lib kelgan va shunday bo`ladi.
Bugungi kunda ham Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev va hukumatimiz raxbariyati tomonidan jismoniy tarbiya va sport bo`yicha katta ishlar qilinmoqda. Hukumatimiz rahbariyatini sportga bo’lgan etibori tufayli jismoniy tarbiya va sport 4 bo`yicha alohida vazirlik tuzilganligi, bu soxadagi kelgusida qilinadigan ishlarimizga zamin yaratadi. So’ngi behs yil ichida Respublikamizda jismoniy tarbiya sportni rivojlantirish uni moddiy texnika bazasini mustahkamlash uchun bir trilion ikki yuz o’ttiz milliart so’m mablag’ ajratildi bu hukamatimir rahbariyati tomonidan jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan etiborini yorqin ifiodasidir.
1.Jismoniy tarbiya darslarida chaqqonlik va uni tarbiyalash usuliyati
Harakatlarning koordinasiyaviy murakkabligi chaqqonlikning birinchi o‘lchovidir. Agarharakatning fazo, vaqt, kuch xarakteristikalari harakat vazifasiga mos bo‘lsa, harakat yetarli darajada aniq bo‘ladi,harakat vazifalari harakatning aniqligi tushunchasini keltirib chiqarad i.harakatning aniq-ligi chaqqonlikning ikkinchi o‘lchovidir.
Hayotda va sportda duch kelishi mumkin bo‘lgan barcha harakatlarni ikki guruhga ajratamiz.
1. Nisbatan stereotipharakatlar.
2. Nosteriotipharakatlar.
Yengil atletika yo‘lkasida, tekis joyda yugurishlar, uloq-tirish va sakrashlar, gimnastika mashqlari, birinchi guruhharakatlariga, sport o‘yinlari, yakkama-yakka olishuv, slalom, kross va shu kabilar ikkinchi guruhga kiritiladi. Stereotipharakatlardagi aniqlik, kishi buharakatlarni bajarishning qanchalik uzoq mashq qilganligiga, va uni texnikasini o‘zlash-tirganligiga bog‘liq. Agar inson to‘g‘ridan-to‘g‘ri, tayyorgarliksiz yangiharakatlarni birdaniga bajara boshlasa, harakatni o‘zlashtirib olishi uchun vaqtni turlicha sarflanishiga qarab chaqqonlikka baho beriladi. Shuning uchun yangiharakatni o‘zlashtirib olishga ketgan vaqt shug‘ullanuvchida chaqqonlik sifatining ko‘rsatkichlaridan biridir.
Yuqorida aytganlrnihisobga olib, birinchidan chaqqon-likni yangiharakatlarni tezda o‘zlashtirib olish qobiliyati (tez o‘rganish qobiliyati), ikkinchidan, harakat faoliyatini to‘satdan o‘zgarayotgan sharoit talablariga muvofiq tezda qayta moslash deb tushunish to‘g‘ri bo‘ladi. Bu ta’rifimizdan ko‘rinib turibdiki, chaqqonlik – bu baholash uchun yagona o‘lchovga (kriteriyga) ega bo‘lmagan murakkab kompleksli fazilatdir.har bir muayyanholda, sharoitga qarab u yoki bu kriteriyni tanlab oladilar. Chaqqonlik anchagina xususiy fazilatdir. Sport o‘yinlarida chaqqon bo‘lib, gimnastikada unchalik chaqqonlik ko‘rsata olmaslik mumkin. Chaqqonlikninghayotiy muhimharakat sifati tarzida namoyon bo‘lishi gavdaning nisbatan kamharakatda bo‘lganiholda, qo‘llar bilan mohironaharakat qilishda qo‘l chaqqonligini namoyon bo‘lishi (ajratuvchi, slesarlik, uymakorlik, duradgorlik, stanokda ishlash, kosiblik va boshqalarda) ko‘zga tashlanadi.har qandayharakat qanchalar yangi bo‘lib tuyulmasin, doimo koordinasiyaviy bog‘lanishlar asosida baja-riladi.
Sxema tarzidahar qanday individ yangidan-yangiharakat-larning barchasini oldindan o‘zlashtirgan tajribalari zahirasi asosida o‘zlashtiradi va mustahkamlangan, g‘oyat ko‘p elementar koordinasiyaviy bo‘lak chalarning yig‘inini tuzadi. Kishidaharakatlar koordinasiyalarining zahirasi, harakat ko‘nikmalari zamini qanchalik ko‘p bo‘lsa, u yangiharakatlarni shuncha tez o‘zlashtirib oladi. Unda chaqqonlik darajasi aytarli yuqori bo‘ladi. Chaqqonlikning namoyonlik darajasi analizatorlar faoliyatiga, jumladan, harakat analizatorlarining faoliyatiga bog‘liqdir. Individningharakatlarni aniq tahlil etish qobiliyati qanchalik rivojlangan bo‘lsa, yangiharakat-larni tez egallab, ularni qayta o‘zlashtirish, yangilash imko-niyatlari shunchalik yuqori bo‘ladi. Sport bilan endigina shug‘ullana boshlagan kishilardiharakat tuyg‘usi (kinesteziya) ko‘rsatkich-lari zahirasiga tayanib o‘rgatish (o‘qitish) jarayoni yo‘lga qo‘yiladi. Boshqacha qilib aytsak, shug‘ullanayotganlarda o‘zhara-katlarini aniq sezish va idrok qilish qobiliyatlari qanchalik yaxshi bo‘lsa, yangiharakatlarni ular shunchalik tez o‘zlashti-radilar. Chaqqonlik markaziy nerv sistemasining plastikli-gigaham bog‘liq va uning darajasi shu bilan aniqlanadi. Chaqqonlik, psixologiya nuqtai nazaridan, o‘zharakatlarini va tevarak-atrofidagiharakatni ijro etish, sharoitni idrok etish qobiliyati qanchalik ekanligiga, shuningdek, shug‘ullanuv-chining tashabbuskorligiga bog‘liq. Buharakat sifati murakkabharakat reaksiyalarining tezligi va aniqligini namoyon qilish-da juda muhim rolp o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |