Жисмоний тарбия гигиенаси


Sog`lom turmush tarzi tushunchasi



Download 87 Kb.
bet4/5
Sana24.06.2022
Hajmi87 Kb.
#698218
1   2   3   4   5
Bog'liq
Жисмоний тарбия гигиенаси

Sog`lom turmush tarzi tushunchasi.
Mamlakatimizda faoliyat ko`rsatayotgan “Sog`lom avlod uchun” Xalqaro jamg`armasi hamda “EKOSAN” fondi va sog`liqni saqlash vazirligi taklifiga binoan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 3-dekabrdagi 589-sonli qarori bilan “Yosh avlodni sog`lomlashtirish muammolarini majmuali hal etishning kengaytirilgan dasturi” tasdiqlangan. Mazkur dasturda odamning sog`lig`ini mustahkamlash va umrini uzaytirishda jamiyatimizning har bir a`zosi sog`lom turmush tarziga rioya qilishi zarurligi muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida qayd etilgan. Zero, yuqorida ta`kidlanganidek, odam sog`lig`ining asosiy qismi, ya`ni 50 foizi sog`lom turmush tarziga bog`liq.
Sog`lom turmush tarzi tushunchasi odam xulq-atvorining hamma tomonlarini o`z ichiga oladi. Har kimning ma’suliyatli vazi-fasi hisoblangan o`z-o`zini bilish tushunchasi uning bir qismidir. Buning ma`nosi shuki, odam o`z organizmi hamma a`zolarining normal faoliyat ko`rsatishi uchun zarur bo`lgan gigiyena qoidalarini mukammal bilsa, ya`ni kun tartibi, ovqatlanish, aqliy va jismoniy mehnat qilish, dam olish, stol-stul (parta)da to`g`ri o`tirish, kiyinish qoidalariga amal qilish, zararli odatlar (kashandalik, giyohvandlik, spirtli ichimliklar iste`mol qilish)ga berilmaslik, o`z ruhiy holatini boshqarish, qattiq hayojon va ruhiy zarbalarga bardosh berish, tabiatga g`amxo`rlik bilan munosabatda bo`lish ahamiyatini to`g`ri idrok qiladi. Oilaviy turmush quruvchi yigit va qizlar yosh avlodni dunyoga keltiruvchi kuyov va kelinlar o`zlarining bo`lajak farzand-lari sog`lig`i, jismoniy va ruhiy barkamolligi uchun shaxsan javob-gar ekanliklarini his etib, buning uchun barvaqt g`amxo`rlik qila-dilar.
Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimovning O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 9-sessiyasida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va ta‘lim tizimida o`tkaziladigan islohotlar to`g`risida” so`zlagan nutqida (1997-yil 29-avgust) «Kelajak avlod haqida qayg`urish, sog`lom, barkamol naslni tarbiyalab yetish-tirishga intilish bizning milliy xususiyatlarimiz» deb ta`kidlangan.
Yoshlarda sog`lom turmush tarzini shakllantirishga erishish hozirgi avlod manfaatlari uchungina emas, balki kelgusi avlod-larning eng maqbul genetik dastur bilan ta‘minlash uchun ham zarur. Odam qancha sog`lom bo`lsa uning farzandlari, nevara-chevaralari, ya`ni kelgusi avlodlari ham sog`lom, jismonan va ruhan barkamol bo`ladi. Maktab, oliy va o`rta maxsus bilim yurtlarida bolalar va o`smirlarga ta‘lim-tarbiya berish jarayonida ularda sog`-lom turmush tarzini shakllantirish masalasiga ham yetarli e`tibor berilishi lozim.

Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish