O‘rgatish bosqichlari va ularnnng nomi
|
O‘rgatish uslublari
|
O‘rgatish vositalari
|
1-bosqich:
O‘rgatilayotgan (harakat) haqida tushuncha hosil qilish
|
Tushuntirish-tahlil qilish, ko‘rsatish-izoh berish
|
So‘z, suhbat, muloqot, munozara, rasmlar, andozalar, videofilmlar
|
2-bosqich:
Oddiy sharoitda o‘rgatish (yakka tartibda qo‘shimcha vazifalarsiz)
|
Qismlarga bo‘lib, element va fazalarga bo‘lib o‘rgatish, malakani to‘liq holda o‘rgatish, xatolarni tuzatish, rag‘batlantirish, qaytarish
|
Tayyorlov-yondoshtiruvchi¸ yo‘naltiruvchi turdosh taqlidiy va asosiy texnik mashqlar
|
3-bosqich:
Murakkablashtirilgan sharoitda o‘rgatish (vaziyatli vazifalar berish, juftlikda,
uchlikda va h.k.)
|
Malakalarni to‘liq holda o‘rgatish, tezlik va aniqlikni kuchaytirib o‘rgatish, turli yo‘nalishdagi harakatlardan so‘ng ijro etish, reproduktiv qaytarish asosida o‘rgatish, o‘zaro tahlil va baholash asosida o‘rgatish.
|
1-2-bosqichlardagi barcha vositalar, umumiy va maxsus mashqlar katta tezlik va aniqlikda qo‘llaniladi, juftlik, uchlikda qo‘llaniladigan mashqlar, trenajyor va texnik vositalar
|
4-bosqich:
O‘rgatishni davom ettirish, takomillashtirish va mukammallashtirish
|
Barcha uslublar
|
Barcha vositalar va
jamoa o‘yinlari
|
Ikkinchi guruh o‘rgatish uslublariga quyidagilar kiradi:
- yaxlit mashq uslubi, u o‘rganilayotgan harakatni bir butun tarzda bajarishni nazarda tutadi. Bunda ijro etish sharoitini yengillashtirish, yordam ko‘rsatish va ehtiyojlashning qo‘shimcha vositalarini qo‘llash, dastlabki yoki pirovard holatni soddalashtirish hisobiga bo‘lishi mumkin;
- yordamchi mashqlar uslubi (yaxlit mashq uslubining variantlaridan biri), u tuzilishi jihatidan asosiy mashqqa o‘xshash, lekin yaxlit bajarishni nazarda tutadi;
- bo‘lingan mashq uslubi bu butun harakat texnikasini ayrim qism va elementlarga ajratib olish va ularning har birini o‘zlashtirib olgandan keyin uni qayta yaxlit bajarishdan iboratdir. Mashqni qismlarga bunday suniy bo‘lish asosiy harakat faoliyatini o‘rganish sharoitini osonlashtirish maqsadida qilinadi;
- xususiy harakat vazifalarini hal qilish uslubi bo‘lingan mashq uslubining varianti bo‘lib, harakat texnikasining muayyan elementilari bo‘lgan mashg‘ulot vazifalarini tanlash bilan harakterlanadi.
Mazkur o‘rgatish uslublari bolalarga mashq haqida axborot olish va o‘rganilayotgan harakat texnikasi asoslarini bilib olish imkonini beradi. Bundan tashqari, ular harakat tuzilishi to‘g‘risidagi tasavvur aniqlashuvi va konkretlashuviga, shuningdek ro‘y berishi mumkin bo‘lgan xatolarni tuzatishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |