Jismlarning harakati. Fazo va vaqt darsning maqsadi a


Fizik diktant (Nuqtalar o’rniga tegishli so’zlarni qo’ying



Download 7,6 Mb.
bet7/12
Sana13.02.2017
Hajmi7,6 Mb.
#2427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Fizik diktant (Nuqtalar o’rniga tegishli so’zlarni qo’ying

1) Yerning Quyosh bilan o’zaro tortishish kuchi ular massalari ko’paytmasiga……………………, oralaridagi masofaning kvadratiga ………………………………..

2) G – proporsionallik koeffitsienti bo’lib, ………………………………………..deb ataladi

3) Lotinchada gravitas - ……………………, ……………………………….. degan ma’noni anglatadi

4. Yerdan ……………………..gacha o’rtacha masofa - 3,8·108 m

5. O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. 6. Uyga vazifa: Mavzu yuzasidan masala yechish, savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish

36-dars Sana: 7-sinf

Mavzu: Og’irlik kuchi

Darsning maqsadi.

a) Jismlarning Yerga tortilishi, og'irlik kuchi haqida tasavvurlar hosil qilish, unga doir masalalar yechish ko'nikmasini shakllantirish.

b) O’quvchilarga mehnat va axloqiy tarbiya berishda hamkorlik qilish, o’z kuchiga ishonch hissini kuchaytirish

d) O’quvchilarning dunyoqarashi va ilmiy salohiyatini rivojlantirish


Dars tipi: yangi bilim beruvchi

Dars uslubi: suhbat, savol – javob, tushuntirish

Dars jihozlari: darslik, jadvallar.

Dars rejasi:

1. Tashkiliy qism (2 minut).

2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).

3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).

4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).

5. O’quvchilarni baholash (2 minut)

6. Uyga vazifa berish (1 minut).

Darsning borishi

a) Tashkiliy qism

b) O’tilgan mavzuni so’rash

1) Olamdagi jismlarning bir – biriga tortishish kuchi haqida Nyutonning xulosalari nimalardan iborat?

2) Butun olam tortishish qonuni formulasi qanday ifodalanadi?

3) Butun olam tortishish qonunini ta’riflab bering

4) Gravitatsion doimiylikning fizik ma’nosi va uning qiymatini aytib bering

5) Atrofimizdagi jismlarning bir – biriga tortishishini nima sababdan sezmaymiz?


3. Yangi mavzu bayoni:



Fog’ = mg

Jismning yerga tortilish kuchi og’irlik kuchi deb ataladi.

Butun olam tortishish qonuniga binoan Yer sirtida turgan m massali jismning M massali va R radiusli Yerga tortilish kuchi quyidagiga teng:



4. Mavzuni mustahkamlash:

Kim ko’p formula tuzadi?”

Berilgan harflardan foydalanib, mavzuga oid formulalar tuzing va izohlang

F

m1

m

Fog’

G

M

R

R

a

m

G

F

m

G

gh

m2

+

h

a

F 2


5. O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.

6. Uyga vazifa: Mavzu yuzasidan masala yechish, savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish

37-dars Sana: 7-sinf

Mavzu: Masalalar yechish

Darsning maqsadi.

a) O’quvchilarga masala yechish usullari yuzasidan nazariy bilim va tushunchalar berish, masalalarni yecha bilishga o’rgatish.

b) O’quvchilarga estetik va axloqiy tarbiya berishda hamkorlik qilish, mustaqil ishlashga o’rgatish

d) O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini oshirish, tasavvur ko’lamini kengaytirish


Dars tipi: bilimlarni mustahkamlovchi

Dars uslubi: suhbat, savol – javob, masalalar yechish

Dars jihozlari: darslik, jadvallar.

Darsning borishi

a) Tashkiliy qism

O’quvchilar davomati va darsga tayyorgarligini tekshirish



Masalalar yechish



Quyidagi masalalar o’quvchilarga mustaqil yechish uchun topshiriladi:





O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.

Uyga vazifa: Mavzu yuzasidan masala yechish, savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish

38-dars Sana: 7-sinf

Mavzu: Jism og’irligi

Darsning maqsadi.

a) O'quvchilarda og'irlik haqida tasavvur hosil qilish, ularga doir masalalar yechish ko'mkmasini shakllantirish.

b) O’quvchilarga axloqiy va mehnat tarbiyasini berish, hayotiy misollarni fan bilan bog’lashga o’rgatish

d) O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashi va tasavvur ko’lamini kengaytirish


Dars tipi: yangi bilim beruvchi

Dars uslubi: suhbat, savol – javob, tushuntirish

Dars jihozlari: darslik, jadvallar.

Dars rejasi:

1. Tashkiliy qism (2 minut).

2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).

3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).

4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).

5. O’quvchilarni baholash (2 minut)

6. Uyga vazifa berish (1 minut).
Darsning borishi

a) Tashkiliy qism

b) O’tilgan mavzuni so’rash

1) Og’irlik kuchi formulasi qanday ifodalanadi?

2) Og’irlik kuchi deb nimaga aytiladi?

3) Erkin tushish tezlanishi formulasi qanday ifodalanadi?

4) Yer sirtidan h balandlikda erkin tushish tezlanishi formulasi qanday ifodalanadi?
3. Yangi mavzu bayoni:

Fizikada og'irlik kuchidan tashqari og'irlik degan tushuncha ham mavjud. Jism og'irligi mohiyatini tushunib olish uchun quyidagi tajribalarni o'tkazaylik.

1- tajriba.Osmaga mahkamlangan prujinaga m massali jism osaylik. Jismga pastga yo'nalgan Fog. = mg og'irlik kuchi ta'sir qiladi. Shu kuch ta'sirida prujina cho'ziladi, ya'ni deformat- siyalanadi. Buning natijasida Fel elastiklik kuchi vujudga keladi (63-a rasm).

Elastiklik kuchi nima va u qanday namoyon bo'ladi?

Fa, og'irlik kuchi ta'sirida yuqoriga yo'nalgan Fei elastiklik kuchi orta boradi. Ma'lum muddatdan keyin Fci elastiklik kuchi miqdor jihatdan Fos og'irlik kuchiga tenglashib qoladi, ya'ni bu kuchlar muvozanatlashadi va prujinaga osilgan jism tinch holatga keladi. Jismning tinch holatida osmaga F0g. og'irlik kuchiga teng bo'lgan kuch ta'sir etadi. Bu kuch prujinaga osilgan jismning og'irligidir.

2- tajriba. Prujina ustiga o rnatilgan tayanchga muayyan m massali jismni qo'yamiz. Shu zahoti prujina qisqara boshlaydi, ya'ni deformatsiyalanadi. Natijada Fel elastiklik kuchi namoyon bo'la boshlaydi. Elastiklik kuchi ortib, jismning og'irlik kuchiga miador jihatdan tenglashganda prujinaning qisqanshi to'xtaydi va jism tinch holatga o'tadi. Jismning tinch holatida tayanchga Fos og'irlik kuchiga teng bo'lgan kuch ta'sir etadi. Bu kuch prujina ustidagi tayanchga qo'yilgan jismning og'irligidir.


Yerga tortilishi tufayli jismning tayanchga yoki osmaga ta'sir etadigan kuchi jismning og'irligi deb ataladi va P harfi bilan belgilanadi.

Yuqoridagi tajribalarda jism muvozanat holatga kelganda jismning P og'irligi Fog. og'irlik kuchiga teng bo'ladi. Tinch holatda turgan jismning og'irligi quyidagi formula bilan ifodalanadi:



P= mg.

Og'irlik tushunchasini og'irlik kuchi tushunchasi bilan chalkashtirib yubormaslik kerak. Ularning bir-biridan farq qiladigan ikki jihatini bilib olish lozim. Birinchidan, og'irlik kuchi — bu jismga ta'sir etayotgan Yerning tortish kuchi, og'irlik — bu jismning tayanchga yoki osmaga ko'rsatayotgan ta'sir kuchi. Ikkinchidan, og'irlik kuchi muayyan joyda jismning tik yo'nalishdagi tezlanishiga bog'liq emas, ya'ni o'zgarmasair. Og'irlik esa jism faqat tinch holatda turganda yoki tik tekis harakatdagina o'zgarmasdir. J ism tik yo'nalishda o'/garuvchan harakat qilganda og'irlik o'zgaradi Masalan, 1-tajribada jism prujinaga osilganda og'irlik miqdor jihatdan teng ravishda elastiklik kuchi bilan bir xil ortib boradi va tinch holatdagina og irlik kuchiga tenglashadi. Shu kabi 2-tajribada ham jism tayanchga qo'yilganda elastiklik kuchi kabi og'irlik ham ortib boradi va muvozanat holatda og'irlik kuchiga teng bo lib qoladi



4. Mavzuni mustahkamlash:

1) 63 – a rasm bo’yicha prujinaga osilgan jismning og’irligini tushuntirib bering

2) 63 – b rasm bo’yicha tayanchga qo’yilgan jismning og’irligi haqida fikr yuriting

Masalani yeching:

1) Prujina ustiga o’rnatilgan tayanchga 80 g massali jism qo’yilgan. Muvozanat holatda jismning og’irligi nimaga teng bo’ladi?

2) O’zingizning massangizni bilgan holda tinch holatda turgan paytingizdagi og’irligingizni hisoblang
5. O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.

6.Uyga vazifa: Mavzu yuzasidan masala yechish, savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish

39-dars Sana: 7-sinf

Mavzu: Yuklama va vaznsizlik

Darsning maqsadi.

a) O'quvchilarda yuklama va vaznsizlik haqida tasavvur hosil qilish, ularga doir masalalar yechish ko'nikmasini shakllantirish.

b) Olgan bilimlarini amaliyotga qo’llashga o’rgatish orqali ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash.

d) O’quvchilarni mustaqil ishlashga undash orqali ularning tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.



Dars tipi: yangi bilim beruvchi

Dars uslubi: suhbat, savol – javob, tushuntirish

Dars jihozlari: darslik, jadvallar.

Dars rejasi:

1. Tashkiliy qism (2 minut).

2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).

3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).

4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).

5. O’quvchilarni baholash (2 minut)

6. Uyga vazifa berish (1 minut).
Darsning borishi

a) Tashkiliy qism

b) O’tilgan mavzuni so’rash

1) Jismning og’irligi deb nimaga aytiladi?

2) Og’irlikning og’irlik kuchidan farqini tushuntirib bering

3) Tinch holatda turgan jismning og’irligini topish formulasini ifodalang


3. Yangi mavzu bayoni:

Dinamometrni yuqori ilgagidan ushab turib, unga massasi m=100 g bo’lgan jism osilsa, dinamometrning ko’rsatishi Fog’ = P=mg = 0,1·9,8 N ≈1 N ga teng bo’ladi. Agar dinamometrni a tezlanish bilan yuqoriga tik yo’nalishda harakatlantirsak, dinamometrning prujinasi ko’proq cho’ziladi. Prujinaning qo’shimcha cho’zilishiga va dinamometr ko’rsatishining ortishiga sabab, dinamometr a tezlanish bilan harakatlanganda jismning og’irligi ma ga ortadi. Bunda jismning og’irligi quyidagiga teng bo’ladi:

P = Fog’ +ma yoki P=mg +ma

m massali jism yuqoriga tik yo’nalishda a tezlanish bilan harakatlanganda uning og’irligi mg ga ortadi. Bu ortish yuklama deb ataladi







4. Mavzuni mustahkamlash:

Hayotimizda yuklamaning namoyon bo’lishiga misollar keltirish:



Masalan: Liftning ko’tarilishi, samolyotning Yerdan ko’tarilish

(Har bir o’quvchi misol aytishi kerak. Sinfdagi hamma o’quvchilardan 1 tadan bo’lsa ham misol so’rash.)



5. O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.

6. Uyga vazifa: Mavzu yuzasidan masala yechish, savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish

40-dars Sana: 7-sinf

Mavzu: Yerning tortishish kuchi ta’sirida jismlarning harakati

Darsning maqsadi.

a) Gorizontal otilgan jismlarning Yerning tortishish kuchi ta'siridagi harakatini o'rganish, birinchi kosmik tezlik haqida tasavvurlar hosil qilish.

b) Ta’lim mazmunini tevarak-atrofdagi mahalliy va tarixiy materiallar bilan bog’lash orqali o’quvchilarni o’z-o’zini anglash salohiyatini shakllantirish.

d) Mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyatini rivojlantirish.

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars uslubi: suhbat, savol – javob, tushuntirish

Dars jihozlari: darslik, jadvallar.

Dars rejasi:

1. Tashkiliy qism (2 minut).

2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).

3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).

4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).

5. O’quvchilarni baholash (2 minut)

6. Uyga vazifa berish (1 minut).
Darsning borishi

2) Tashkiliy qism

1) O’tilgan mavzuni so’rash

1) Yuklama deb nimaga aytiladi?

2) Vaznsizlik holati bo’lishi uchun jism tik pastga qanday tezlanish bilan harakatlanishi kerak?

3) Vaznsizlik holatini tushuntirib bering va unga misollar keltiring

4) m massali jism osilgan dinamometr a tezlanish bilan pastga tik harakatlantirilganda jism og’irligi nimaga teng bo’ladi?
3. Yangi mavzu bayoni:

Kvadrat ildiz haqida tushuncha

Ushbu mavzuni o'rganishdan oldin kvadrat ildiz nima ekanligini va undan qanday foydalanish mumkinligini bilib olaylik.

Siz sonni kvadratga ko'tarishni bilasiz. Masalan, 22 = 4, 32 = 9, 42 = 16 va hokazo. Sonni kvadrat i'dizdan chiqarish — bu sonni kvadratga ko'tarishga teskari bo'lgan amal. Masalan, kvadrat ildiz ostidagi 4 sonidan 2 chiqadi va u 2 tarzida ifodalanadi.

Ayrim sonlarning kvadrat ildizidangina qoldiqsiz butun son chiqadi. Aksariyat sonlarning kvadrat ildizi qoldiqli son bo'ladi. Bunday sonlar ildizining taqribiy qiymati olinadi.

Sonlarning kvadrat ildizini chiqarishda kalkulatordan foydalangan ma'qul.

Agar x2 = a bo'lsa, noma'lum x quyidagicha topiladi: x = √a.

Kvadrat ildiz haqidagi ma'lumotlar bilan 8-sinf «Algebra» darslarida batafsilroq tanishasiz.

Gorizontal otilgan jismning harakati

Faraz qilaylik, 80 m balandlikdagi minoradan jism yerga tashlandi. Erkin tushish tezlanishini g = 10 m/s2 deb olsak, jismning har bir sekund oxirida bosib o'tgan balandlikni h = gt2/2 formuladan topish mumkin. Tik yo'nalishda erkin tushayotgan jism 1 s da 5 m, 2 s da 20 m, 3 s da 45 m, 4 s da 80 m masofani bosib o'tadi.

Jism baland minoradan u0bosh- lang'ich tezlik bilan gorizontal yo'­nalishda otilsin. Yerning tortish kuchi ta'sirida bu jism egri chiziqli harakat qilib, minoradan s masofa uzoqlikka borib tushadi.

Balandlikdan gorizontal yo'na­lishda otilgan jismning harakatida ikki qiziq hodisaga to xtalamiz.



Birinchisi. h balandlikdan tash- langan jism yerga qancha vaqtda tushsa, u0 boshlang'ich tezlik bilan gorizontal yo'nalishda otilgan jism ham shuncha vaqtda yerga tushadi. Masalan, 68-rasmda ko'rsatilgani- dek, 80 m balandlikdan tashlangan jism 4 s da yerga tushadi. Shu balandlikdan 5 m/s, 10 m/s, 20 m/s boshlang'ich tezlik bilan gorizontal yo'nalishda otilgan jismlar ham bir xilda 4 s da yerga tushadi Hattoki, ularnmg 1 s, 2 s, 3 s oxirida yerdan balandliklari ham bir xil bo'lib, boshlang'ich tezliksiz tashlangan jismdagi kabi bo'ladi.

Ikkinchisi. Gorizontal otilgan jism ixtiyoriy teng vaqtlar orasida minoradan bir xil masofaga uzoqlashib boradi. Agar yerga jismning egri chiziqli harakatining proyeksiyasi tushirilsa, uni.ig proyeksiyasi to'g'ri chiziqli tekis harakatni ifodalaydi. Shuning uchun minora ostidan jismning tushgan joyigacha bo'lgan masofani s = v0t formula bilan hisoblash mumkin.

4. Mavzuni mustahkamlash

Darslikning 84 – betidagi 68 – rasm bilan ishlash





5. O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.

6. Uyga vazifa: Mavzu yuzasidan masala yechish, savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish

41-dars Sana: 7-sinf

Mavzu: Yerning sun’iy yo’ldoshlari

Darsning maqsadi.

a) Yerning sun'iy yo'ldoshlari haqida tasavvurlar hosil qilish, kosmosning zabt etilishi, bu borada insoniyat tomonidan erishilgan yutuqlar haqida ma'lumotlar berish.

b) O’quvchilarni olamni anglashga undash. O’z yurtdoshlari bilan faxrlanish tuyg’ularini shakllantirish

d) O’quvchialrning dunyoqarashi va fikrlash qobiliyatini rivojlantirish


Darsning turi: yangi bilim beruvchi

Dars uslubi: suhbat, savol – javob, tushuntirish

Dars jihozlari: darslik, jadvallar.

Dars rejasi:

1. Tashkiliy qism (2 minut).

2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).

3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).

4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).

5. O’quvchilarni baholash (2 minut)

6. Uyga vazifa berish (1 minut).
Darsning borishi

a) Tashkiliy qism

b) O’tilgan mavzuni so’rash

1) Kvadrat ildiz haqida nimalarni bilasiz?

2) Minoradan tashlangan va turli boshlang’ich tezliklar bilan otilgan jismlarning harakat vaqti bo’yicha qanday o’xshashliklar bor?

3) Gorizontal otilgan jism harakatini tahlil qilib bering

4) Birinchi kosmik tezlik nima? uning formulasi va qiymatini aytib bering
3. Yangi mavzu bayoni:

Yer sirtiga yaqin balandlikda, masalan, bir necha yuz, ming metr balandlikda gorizontal yo'nalishda 7,9 km/s tezlik bilan harakatlanganda jism havoning qarshiligi va ishqalanishi tufayli qizib, tezda yonib tamom bo'lishi mumkin. Havosiz bo'shliqdagina jism shunday tezlikda harakatlana oladi. Yerdan 300 km balandlikdagi muhitni deyarli havosiz deyish mumkin.

Jism h balandlikda orbita bo'ylab Yer atrofida aylanma harakat qilishi uchun birinchi kosmik tezlik qancha bo'lishi kerakligini hisoblab topish mumkin (70-rasm). Buning uchun birinchi kosmik tezlikning u, = V gR formulasidagi g o'rniga 24-§ dagi gh= GM/{ R + h)2 ifoda, R o'rniga esa R + h qo'yiladi. Chunki jism R radiusli aylana bo'ylab emas, balki Yer sirtidan h balandlikda R + h radiusli aylana bo'ylab harakat qiladi.

Siz bilasizki, Oy — bu Yerning tabiiy yo'ldoshi. Yerning sun'iy yoidoshi nima va ular qanday uchiriladi?

Inson tomonidan yaratilib, fazoga uchirilgan va sun'iy ravishda Yerning yo'Idoshiga aylantirilgan raketa. kosmik kemalai Yerning sun'iy yo'ldoshi deyiladi.

Yerning sun'iy yo'ldoshi o'z-o"zidan, ya'ni yoqilg'i sarflamasdan Yer atrofida aylanaveradi.



Kosmosning zabt etilishi

Yuqorida ko'rdikki, jism Yerning sun iy yo'Idoshiga aylanishi uchun kamida 300 km balandlikka olib chiqilishi va kamida sekundiga 7,73 km uchadigan tezlik berilishi zarur. Sun'iy yo'ldoshni uchirish uchun uni eltuvchi- raketa yordarmda kerakli balandlikka chiqariladi. Ma'lum vaqtda raketaning tezligi birinchi kosmik tezlikkacha oshira boriladi va yo'nalishi gorizontal holatga o'ta boradi. Gorizontal yo'nalishda birinchi kocnuk tezhkda harakatlana boshlagan raketa Yerning sun'iy yo'Idoshiga aylanib qoladi

Insoniyat tarixida birinchi marta 1957-yil 4-oktabrda 83 kg massali jism quwatli eltuvchi-raketa yordamida zaruriy balandlikka olib chiqilib, unga birinchi kosmik tezlik berishga erishilgan. Shar shaklidagi bu jism Yer atrofida orbita bo'ylab aylana boshlagan, ya'ni sun'iy yo'ldoshga aylangan.

1961-yil 12-aprelda birinchi marta inson kosmosga uchdi. Yerdan ko'tarilib, sun'iy yo'ldoshga aylantirilgan «Vostok-l» kosmik kemasida Yuriy Gagarin sayyoramizni bir marta aylanib, Yerga eson-omon qaytib tushdi.

Shu davrdan e'tiboran kosmosni zabt etish va keng ko'lamda o'iganish bo:>hlanib ketdi. Yuzlab kosmonavtlar va astronavtlar kosmik kemalarda Yer atrofini orbita bo'ylab aylanib, turli tadqiqotlarni o'tkazdilar. Kosmosni zabt etishda yana bir buyuk yutuq — 1969-yil 21-iyunda astronavtlar N. Armstrongs E. Oldrin boshqaigan kosmik kema Oyga ohista qo'ndi, inson ilk bor Oyga qadam qo'ydi.

4. Mavzuni mustahkamlash:


  • Yerning sun’iy yo’ldoshi

  • Yerning tabiiy yo’ldoshi

  • Yuriy Gagarin

  • Vladimir Jonibekov

  • Solijon Sharipov

  • Ikkinchi kosmik tezlik

  • Uchinchi kosmik tezlik


5. O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.

6. Uyga vazifa: Mavzu yuzasidan masala yechish, savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish


Download 7,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish