Jismlarning harakati. Fazo va vaqt darsning maqsadi a



Download 7,6 Mb.
bet4/12
Sana13.02.2017
Hajmi7,6 Mb.
#2427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

4. Mavzuni mustahkamlash

Darslikning 41 – betidagi 35, 36, 37 – rasmlar bilan ishlash





5. O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.

6.Uyga vazifa: darslikning 42 – betidagi 1 - 3 – masalani yechib kelish, yangi mavzuga tayyorlanish

17-dars Sana: 7-sinf

Mavzu: Masalalar yechish

Darsning maqsadi.

a) O’quvchilarga masala yechish usullari yuzasidan nazariy bilim va tushunchalar berish, masalalarni yecha bilishga o’rgatish.

b) O’quvchilarga estetik va axloqiy tarbiya berishda hamkorlik qilish, mustaqil ishlashga o’rgatish

d) O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini oshirish, tasavvur ko’lamini kengaytirish


Darsning turi: bilimlarni mustahkamlovchi

Dars uslubi: suhbat, savol – javob, masalalar yechish

Dars jihozlari: darslik, jadvallar.

Darsning borishi

a) Tashkiliy qism

b) O’tilgan mavzuni so’rash

1) Aylanma tekis harakat deb qanday harakatga aytiladi?

2) Harakatlanayotgan velosiped g’ildiragi o’qidan ma’lum uzoqlikdagi nuqta velosiped korpusiga nisbatan qanday harakat qiladi? Yerga nisbatan – chi?

3) Chiziqli tezlik qanday aniqlanadi?

4) Bir radian nimaga teng?

5) Burchak tezligi deb nimaga aytiladi?



Testlar bilan ishlash

1. Mexanik harakat deb qanday harakatga aytiladi?

A) jismlarning harakatiga B) jismning boshlang’ich va oxirgi vaziyatini tutashtiruvchi to’g’ri chiziqqa

C) vaqt o’tishi bilan jism vaziyatining boshqa jismlarga nisbatan o’zgarishiga

D) jismning harakatiga qaysi jismga nisbatan qaralayotgan bo’lsa



2. Tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jismning tezlanish formulasi qaysi ifodada to’g’ri ko’rsatilgan? A) a=v/t B) a=v2/R C) a=(v-v0)/(t-t0) D) a=v+v0/t E) a=v0-v/t

3. Jism tekis tezlanuvchan harakat qilib 5 s ichida o’z tezligini 0,2 m/s dan 0,5 m/s gacha oshirdi. Jism qanday tezlanish bilan harakatlangan?

A) 5 m/s B) 3 m/s C) 6 m/s D) 0,6 m/s E) 60 m/s



4. Harakatlanayotgan holda o’lchamlari va shaklini hisobga olmasa ham bo’ladigan darajadagi kichik jism…………deyiladi?

A) moddiy nuqta B) trayektoriya C) tezlik D) ilgarilanma harakat E) tezlanish



5. Boshlang’ich tezligi (v0=0) bo’lganda to’g’ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakatda ko’chish formulasi qaysi ifoda orqali aniqlanadi?

A) s=v*t B) s=v0t+at2/2 C) s=at2/2 D) s=s0+v0t+at2/2 E) s=2h/g



6. Materiyaning asosiy xossasi nimadan iborat?

A) vaqt B) fazo C ) harakat D) to’g’ri javob yo’q E) C javob to’g’ri



7. Jismning tezlanish olishning sababi nima?

A) jismlarning harakati B) jismga boshqa jismning ta’siri

C) yer sababchi D) to’g’ri javob yo’q E) A,C to’g’ri

8. Aylanish davri formulasidagi N kattaligining ma’nosini aniqlang: T=t/N

A) N mexanik quvvat B) N aylanish chastotasi

C) N – t vaqtda bosib o’tilgan aylanishlar soni D) N aylanishlar chastorasi E) aylanish burchagi

9. Tosh daraning tubiga 4 s davomida tushdi. Daraning chuqurligi qancha?

A) 78,4 m B) 784 m C) 80 m D) 160 m E) 16 m



10. Burchakli ko’chishning vaqtga nisbati qanday fizik kattalik?

A) chastota B) davr C) burchakli tezlik D) tezlanish E) ko’chish



11. Radiusi 50 m bo’lgan aylana yo’lda jism 5 m/s tezlikda harakatlanmoqda. Markazga intilma tezlanishni toping?

A) 0,5 m/s B) 0,1 m/s C) 250 m/s D) 45 m/s E) 5,6 m/s



12. Markazga intilma tezlanish formulasi qaysi ifodada to’g’ri ko’rsatilgan?

A) a=v/R B) a=v2/R C) a= (v-v0)/t D) a=v/t E) a=R/v



13. Velosipedchi bir shahardan boshqa shaharga bordi. U yo’lning birinchi yarmini 12 km/soat tezlik bilan bosib o’tdi. Ikkinchi yarmini piyoda 4 km/soat tezlik bilan yurdi. Uning harakatning o’rtacha tezligini toping?

A) 16 km/soat B) 8 km/soat C) 6 km/soat

D) 48 km/soat E) to’g’ri javob yo’q

14. Jismlarning erkin tushish tezlanishning son qiymati nechaga teng?

A) 10 m/s B) 98 m/s C) 9,8 m/s2 D) 9,8 m2/s E) 980 m/s2



15. Xalqaro birliklar sistemasida chastota birligi qilib nima qabul qilingan?

A) gers B) sekund C) joul D) paskal E) amper



O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.

Uyga vazifa: darslikning 39 –betida berilgan masalalardan ishlash

18-dars Sana: 7-sinf

Mavzu: Takrorlash va nazorat ishi

Darsning maqsadi.

a) bob mavzularini takrorlash hamda o'quvchilarning egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish.

b) O’quvchilarga estetik tarbiya berish, mustaqil ishlashga o’rgatish

d) O’quvchilarning xotirasini mustahkamlash, fanga qiziqtirish



Darsning turi: bilimlarni mustahkamlash darsi

Darsda foydalaniladigan metod: savol-javob, test sinovi.

Dars rejasi.

              1. Tashkiliy qism - 2 minut.

              2. O'tilgan mavzularni takrorlash - 15 minut.

              3. Test sinovini o'tkazish - 20 minut.

              4. Uyga vazifalar berish - 3 minut.

Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, takrorlash uchun savollar tayyorlab qo'yiladi, test sinovini o'tkazishga tayyorgarlik ko'riladi.

  2. O'tilgan mavzularni takrorlash. O’quvchilarga bob mavzulari bo’yicha uchtadan masala beradi. 30 minut davomida o’quvchilar bu masalalarni yechib topshirishlari kerak.

  3. Test sinovini o'tkazish. Test topshiriqlari o’quvchilarga beriladi va qisqa muddatli test sinovi o’tkaziladi.

1.Mexanika bo’limi necha qismdan iborat?

a. 2 b. 3 c. 4

2. Mexanik harakatga misol.

a. qushning uchishi b. mashinaning harakati c. ikkalasi ham

3. Vektor kattaliklarni ko’rsating.

a. kuch, tezlik, ko’chish b. massa, hajm, vaqt c. massa, kuch, vaqt

4. Tezlikni topish formulasi.

a. s= v* t b. v=s\t c. t=s \v

5. Tezlanishning o’lchov birligi.

a. m\s b. m\s2 c. km \soat

6. Tinch turgan jism tekis tezlanuvchan harakat qilib 8s da 20 m\s tezlikka erishdi. Jism tezlanishi qancha bo’lgan?

a. 1,5m\s2 b. 2m\s2 c. 2,5 m\s2

7. 72 km\soat necha m\s ga teng?

a. 20m\s b. 16m\s c. 22m\s

8. Joyidan qo’zg’algan jism 0,2 m\s2 tezlanish bilan harakat qilganda 1 minutda qanday tezlikka erishadi?

a. 10m\s b. 12m\s c. 15m\s

9. V0=0 bo’lganda jism tekis tezlanuvchan harakat qilganda yo’l formulasi qanday bo’ladi?

a. s= v*t b. s= at\v c. s= at2\2

10. Jism ma’lum balandlikdan qo’yib yuborildi.10s dan keyin erkin tushayotgan jism tezligi qanday bo’ladi?

a. 100m\s b. 120m\s c. 60m\s

11. Yuqoridan tashlangan jism 3sda yerga tushdi. U qancha balandlikdan tashlangan?

a. 60m b. 50m c. 45m

12. Qarshisidagi yoyning uzunligi radiusga teng bo’lgan markaziy burchak qanchaga teng?

a. 1 radian b. 3,14 radian c. 450

13. Chiziqlik tezlik bilan burchak tezlik orasidagi munosabat formulasi?

a. s= UR b. v=WR c.V=n\ t

14. V= 5 ga teng bo’lsa aylanish davri qanchaga teng?

a. 0,1s b. 0,2 s c. 0,5s

15. Harakat qonunlarining asoschisi kim?

a. Arximed b. Aristotel c. Nyuton

16. Jismlarning o’zaro ta’sirini tavsiflaydigan fizik kattalik nima?

a. kuch b. massa c. tezlik

17. Qarama – qarshi yo’nalishda jismga 3N va 5N kuch ta’sir etmoqda natijaviy kuch qanchaga teng?

a. 10 N b. 2N c. 8.N

18. Jimning o’z holatini saqlab qolish xossasi nima?

a. kuch b. massa c. inertlik

19. Molekula so’zining ma’nosi..

a.kichik massa. b.kuchga oid. c.harakat.

20. Nyutonning ikkinchi qonuni formulasi qanday?

a.a=F|m b.F=m*a c.F=m*g


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20


B

c

a

b

b

A

a

B

c

a

c

a

b

b

c

a

c

c

a

a




  1. Uy vazifalari.

1. Bobni takrorlash uchun savol va masalalardan kamida 4 ta masalani yechish. Qiziquvchi o'quvchilarga ixtiyoriy ravishda boshqa masalalarni ham yechishlari uqtiriladi.

19-dars Sana: 7-sinf

Mavzu: Aylana bo’ylab harakatni tavsiflaydigan kattaliklar orasidagi munosabatlar

Darsning maqsadi.

a) O'quvchilarda aylanma tekis harakat, chiziqli va burchak tezlik haqida tasavvurlar hosil qilish, ularga doir masalalar yechish ko'nikmasini shakllantirish.

b) O’quvchilarga axloqiy va mehnat tarbiyasini berishda hamkorlik qilish

d) O’quvchilarning dunyoqarashini rivojlantirish, ijodkorlik va izlanuvchanlikka undash.



Darsning turi: yangi bilim beruvchi

Dars uslubi: suhbat, savol – javob, tushuntirish

Dars jihozlari: darslik, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, rasmlar.

Dars rejasi:

1. Tashkiliy qism (2 minut).

2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).

3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).

4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).

5. O’quvchilarni baholash (2 minut)

6. Uyga vazifa berish (1 minut).
Darsning borishi

a) Tashkiliy qism

b) O’tilgan mavzuni so’rash:

1) Nima uchun aylanma harakatda chiziqli tezlik o’rniga ko’proq burchak tezlik qo’llaniladi?

2) Burchak tezlik qanday ifodalanadi?

3) Uning birligi qilib qanday birlik olingan?



3. Yangi mavzu bayoni:

Chiziqli tezlik bilan burchak tezlik orasidagi munosabat

Aylanma tekis harakat qilayotgan jismning burilish burchagi formulasidan yoi formulasini topish mumkin:

s=∆φR

Bu formulani chiziqli tezlik formulasiga qo'yib. quyidagi ifodani hosil qilamiz:

V=∆s/∆t=∆φR/∆t=wR
Demak, aylanma tekis harakatda chiziqli tezlik bilan burchak tezlik orasidagi munosabat quyidagicha ifodalanadi:

v = wR

Aylanish davri va chastotasi

Jismning aylanma tekis harakati yana ikkita kattalik — aylanish davri va aylanish

chastotasi bilan tavsiflanadi.



4. Yangi mavzuni mustahkamlash:

Berilganlar orasidan mavzuga oid formulalarni keltirib chiqaring



∆s

T



ν

R

∆ϕ

Ω

ν

n

∆t

5. O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.

6. Uyga vazifa: mavzudagi formulalarni o’rganib kelish, savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish

20-dars Sana: 7-sinf

Mavzu: Aylanma harakatdagi tezlanish

Darsning maqsadi.

a) O'quvchilarda aylanma harakat qilayotgan moddiy nuqtaning tezlanishi — markazga intilma tezlanish haqida tasavvurlar hosil qilish.

b) O’quvchilarga estetik va ekologik tarbiya berishda hamkorlik qilish, o’zgalar fikrini va bir – birini hurmat qilish ruhida tarbiyalash

d) O’quvchilarning ijodkorligini oshirish, tasavvur ko’lamini kengaytirish


Darsning turi: yangi bilim beruvchi

Dars uslubi: suhbat, savol – javob, tushuntirish

Dars jihozlari: darslik, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, rasmlar.

Dars rejasi:

1. Tashkiliy qism (2 minut).

2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).

3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).

4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).

5. O’quvchilarni baholash (2 minut)

6. Uyga vazifa berish (1 minut).
Darsning borishi

a) Tashkiliy qism

b) O’tilgan mavzuni so’rash:

1) Aylanish davri deb nimaga aytiladi?

2) Aylanish chastotasi deb qanday fizik kattalikka aytiladi?

3) Chastota qanday birlikda o’lchanadi?

4) Aylanish chastotasi bilan chiziqli tezlik va burchak tezlik orasidagi munosabatlarni ifodalang
3. Yangi mavzu bayoni:



4. Mavzuni mustahkamlash

1. Atamalarni izohlang:


  • Tezlikning yo’nalishi

  • Markazga intilma tezlanish

  • Aylanma harakatda tezlanish

2. Masalani yechish:

Radiusi 0,5 m bo’lgan charxpalak chelagi 1,5 m/s chiziqli tezlik bilan aylanmoqda. Charxpalakning burchak tezligini toping



5. O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.

6. Uyga vazifa: mavzudagi formulalarni o’rganib kelish, savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish

21-dars Sana: 7-sinf

Mavzu: Masalalar yechish

Darsning maqsadi.

a) O’quvchilarga masala yechish usullari yuzasidan nazariy bilim va tushunchalar berish, masalalarni yecha bilishga o’rgatish.

b) O’quvchilarga estetik va axloqiy tarbiya berishda hamkorlik qilish, mustaqil ishlashga o’rgatish

d) O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini oshirish, tasavvur ko’lamini kengaytirish


Darsning turi: bilimlarni mustahkamlovchi

Dars uslubi: suhbat, savol – javob, masalalar yechish

Dars jihozlari: darslik, jadvallar.

Darsning borishi

a) Tashkiliy qism

b) O’tilgan mavzuni so’rash

1) Aylanma tekis harakatda nima sababdan aylanish markazidan bir xil uzoqlikdagi turli nuqtalarda tezliklar miqdor jihatdan bir xil, yo’nalishi esa har xil bo’ladi?

2) Nima uchun jism to’g’ri chiziqli tekis harakatda tezlanishga ega emas, aylanma harakatda esa tezlanishga ega?

3) Markazga intilma tezlanish formulasi qanday ifodalanadi?


O’quvchilar diqqatini jalb etish va o’tilgan mavzularni yodga tushirish uchun “Zinapoya” o’yini o’tkaziladi

Zinapoya o’yini

Bu o’yinda 2 o’quvchi chiqib berilgan savollarga bir boshdan javob bera boshlaydi va zinalardan yuqoriga qarab harakatlanadi. Kim birinchi piramidaga chiqsa, g’olib hisoblanadi.














3.Aylanish davri formulasi-?




3.Aylanish chastotasi formulasi-?







2. Aylanish davri nima?




2.Aylanish chastotasi nima?







1.Jismning chiziqli tezligi formulasi-?




1.Jismning burchak tezligi formulasi-?






2-masala:

Qo’shimcha masalal



5. O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.

6. Uyga vazifa: mavzudagi formulalarni o’rganib kelish, savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish

22-dars Sana: 7-sinf

Mavzu: Nyutonning birinchi qonuni – inersiya qonuni

Darsning maqsadi:

a) O’quvchilarda jism inersiyasi haqida tasavvur hosil qilish, Nyutonning birinchi qonuni — inersiya qonuni haqida bilim va ko'nikmalarni shakllantirish.

b) O’quvchilarda o’z – o’zini anglash salohiyatini tarkib toptirish

d) O’quvchilarning mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyatini oshirish, ilmiy salohiyatini kengaytirish



Darsning turi: yangi bilim beruvchi

Dars uslubi: suhbat, savol – javob, tushuntirish

Dars jihozlari: darslik, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, rasmlar.

Dars rejasi:

1. Tashkiliy qism (2 minut).

2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).

3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).

4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).

5. O’quvchilarni baholash (2 minut)

6. Uyga vazifa berish (1 minut).

Darsning borishi

a) Tashkiliy qism

b) O’tilgan mavzuni so’rash:

1) Aylanish davri deb nimaga aytiladi?

2) Aylanish chastotasi nima?

3) Aylanish chastotasi formulalarini ayting



3. Yangi mavzu bayoni:

Jismning inersiyasi

Jismning inersiyasi haqidagi dastlabki fikr XVII asr boshlarida italyan olimi Galileo Galiley tomonidan aytilgan. Inersiyaning namoyon boiishiga har doim duch kelamiz. Masalan, avtobus to'satdan yunb ketsa, uning ichida turgan odam orqaga mukkayib ketadi. Chunki bu odam o'zining tinch holatini saqkshga intiladi.

Agar harakatdagi avtobus to'satdan tormoz bersa, uning ichida turgan odam oldinga qalqib ketadi. Chunki bu holda odam o'zining harakatdagi holatini saqlashga intiladi.

Jismlarning o'z holatini saqlashga intilishi inersiyaning namoyon bo'lishidir. Barcha jismlar inersiyaga ega.

Inersiya tufayli jismning tezligini to'satdan (bir onda) oshirib yoki kamaytirib bo'lmaydi. Jism holatini o'zgartirish uchun ma'lum vaqt kerak.

Nyutonning birinchi qonuni

Nyuton o'zidan oldin yashab ijod etgan olimlarning xulosalariga, o'zining kuzatish va tajribalari natijalariga asoslanib, inersiya qonunini quyidagicha ta'rifladi:

Har qanday jism unga boshqa jismlar ta'sir qilmaguncha, o'zining tinch holatini yoki to'g'ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi.



4. Yangi mavzuni mustahkamlash:

Tajribani tushuntirish

Jism inersiyasini tushuntirishda tajribadan foydalanish tavsiya etiladi. Masalan, o'qituvchi aravacha ustiga parallelepiped shaklidagi jismni qo'yib, aravacha turtib yuborish orqali to'satdan harakatga keltiradi va jismning orqaga yiqilishini ko'rsatadi. Tajribani davom ettirib, o'qituvchi tekis harakat- lanayotgan aravachani to'satdan to'xtatadi va jismning oldinga yiqilishini ko'rsatadi. O'quvchilardan tajribada jismning birinchi galda nima sababdan orqaga yiqilganini, ikkinchi galda esa nima sababdan oldinga yiqilganini so'raydi. Shu tarzda inersiya qonuni o'quvchilarga singdiriladi.

5. O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.

6. Uyga vazifa: mavzudagi formulalarni o’rganib kelish, savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish

23-dars Sana: 7-sinf

Mavzu: Jismlarning o’zaro ta’siri. Kuch

Darsning maqsadi.

a) Jismlarning o'zaro ta'siri va kuch haqida o'quvchilarning tasawurlarini kengaytirish, kuchlarni qo'shish ko'nikmasini shakllantirish.

b) O’quvchilarda o’ziga ishonch hissini uyg’otish, axloqiy tarbiya berish

d) Mantiqiy tafakkur qilish qobiliyatini rivojlantirish. Olgan bilimlarini amaliyotga qo’llay olish.



Darsning turi: yangi bilim beruvchi

Dars uslubi: suhbat, savol – javob, tushuntirish

Dars jihozlari: darslik, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, rasmlar.
Download 7,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish