Jismlarning harakati. Fazo va vaqt darsning maqsadi a



Download 7,6 Mb.
bet6/12
Sana13.02.2017
Hajmi7,6 Mb.
#2427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

2-xulosa:

O'zgarmas kuch ta'sirida jismning olgan tezlanishi jism massasiga teskari proporsional, ya'ni:



a~ 1/m.

4. Mustahkamlash: Bajarilgan ish haqida xulosa yoziladi va nazorat savollariga javob beriladi.

5. Uyga vazifa: O’tilgan mavzularni o’qib kelish.

29-dars Sana: 7-sinf

Mavzu: Nyutonning uchinchi qonuni

Darsning maqsadi.

a) O'quvchilarda Nyutonning uchinchi qonuni — aks ta'sir qonuni haqida tasavvurlar hosil qilish, bu qonun natijalarini amalda qo'llay olish malakasini shakllantirish.

b) O’quchilarda o’zaro hurmat va do’stlik tuyg’ularini shakllantirish

d) O’quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish


Darsning turi: yangi bilim eruvchi

Dars uslubi: suhbat, savol – javob, tushuntirish

Dars jihozlari: darslik, jadvallar.

Dars rejasi:

1. Tashkiliy qism (2 minut).

2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).

3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).

4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).

5. O’quvchilarni baholash (2 minut)

6. Uyga vazifa berish (1 minut).

Darsning borishi

a) Tashkiliy qism

b) O’tilgan mavzuni so’rash

1) Jism massasi o’zgarmas bo’lganda uning olgan tezlanishi bilan ta’sir qiluvchi kuch orasida qanday munosabatlar namoyon bo’ladi?

2) O’zgarmas kuch ta’sirida jismning olgan tezlanishi bilan massasi orasida qanday munosabat namoyon bo’ladi?

3) Nyutonning ikkinchi qonuni qanday ifodalanadi?

4) Kuch birligi qilib qanday birlik olingan?

5) Kuchning asosiy va hosilaviy birliklari orasidagi munosabatlarni aytib bering



3. Yangi mavzu bayoni:

Tajribalar va ularning tahlili

Tabiatda hech qachon bir jismning ikkinchi jismga ta'siri bir tomonlama bo'lmaydi. Bir jism ikkinchi jismga ta'sir etsa, ikkinchi jism ham birinchi jismga ta'sir ko'rsatadi.

18-§ da o'tkazilgan tajribani yana bir bor tahlil qilib ko'raylik. 49-rasmda tasvirlangan aravachalarning massalari o'zaro teng, ya'ni m, = m2. Birinchi aravachadagi elastik plastinkani egib turgan ip kuydirib yuborilsa, ikkala aravacha ikki tomonga bir xil tezlanish (<7, = a2) bilan harakat qila boshlagan. Bu demakki, ikkala aravachaga bir xil kattalikda, lekin qarama-qarshi yo'nalgan /•", va F2 kuchlar ta'sir etadi.

O'zaro ta'sir etuvchi jismlarning massalari turlicha bo'lganda ham bu kuchlar miqdor jihatdan bir-biriga teng bo'ladi. Bunga ishonch hosil qilish uchun 50-rasmda tasvirlangan tajribani yana bir bor ko'rib chiqaylik. Unda ikkinchi aravacha ustiga yuk qo'yish bilan uning massasi oshirilgan va m2 > mx qilib oiingan. Birinchi aravachadagi ip kuydirib yuborilganda ikkala aravacha ikki tomonga harakatlana boshlagan. Lekin bu gal birinchi aravachaning tezlanishi ikkinchi aravachaning tezlanishidan katta, ya'ni at > a2bo'lgan. Ikkinchi aravachaning massasi birinchisinikidan qancha marta katta bo'lsa, uning tezlanishi birinchi aravachanikidan shuncha marta kichik bo'ladi. Lekin har bir aravacha massasining olgan tezlanishiga ko'paytmasi o'zaro teng bo'laveradi, ya'ni m1a] = m2a2. Bu demakki, massalari turlicha bo'lishidan qat'iy nazar, aravachalarning bir-biriga ta'sir kuchlari kattalik jihatdan bir xil bo'laverar ekan, ya'ni:

F = F2.

Nyutonning uchinchi qonuni formula! va ta'rifi



4. Mavzuni mustahkamlash:

1. 52 – rasmda tasvirlangan tajribani tushuntirib bering

2. Agar 52 – rasmdagi ikkala bolaning massasi bir xil bo’lib, arqonni faqat birinchi bola tortsa, ikkinchi bola esa arqonni ushlab turgan bo’lsa, ularga ta’sir etayotgan kuchlar va olgan tezliklar qanday bo’ladi?

3. Nyutonning uchinchi qonuni massa va tezliklar orqali qanday ifodalanadi va ta’riflanadi?



5. O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.

6. Uyga vazifa: Mavzu yuzasidan masala yechish, savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish

30- dars Sana: 7-sinf

Mavzu: Harakat qonunlarining aylanma harakatga tatbiqi

Darsning maqsadi.

a) Aylanma harakatda namoyon bo'ladigan markazga intilma kuch va markazdan qochma kuch haqida tasavvurlar hosil qilish, ularni amalaliyotga tatbiq qilish ko'nikmasini shakllantirish.

b) O’quvchilarga estetik va ekologik tarbiya berishda hamkorlik qilish

d) O’quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini kengaytirish, dunyoqarashini rivojlantirish


Darsning turi: yangi bilim beruvchi

Dars uslubi: suhbat, savol – javob, tushuntirish

Dars jihozlari: darslik, jadvallar, rasmlar

Dars rejasi:

1. Tashkiliy qism (2 minut).

2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).

3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).

4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).

5. O’quvchilarni baholash (2 minut)

6. Uyga vazifa berish (1 minut).

Darsning borishi

a) Tashkiliy qism

b) O’tilgan mavzuni so’rash

1) Nyutonning uchinchi qonuni formulasi qanday ifodalanadi?

2) Nyutonning uchinchi qonuni qanday ta’riflanadi?

3) Nyutonning uchinchi qonuni nima sababdan aks ta’sir qonuni deb ham ataladi?

4) Nyutonning uchinchi qonuni massa va tezlanishar orqali qanday ifodalanadi va ta’riflanadi?
3. Yangi mavzu bayoni:

Markazga intilma kuch

Ma'lumki, jismlarning harakatidagi tezlanishni kuch yuzaga keltiradi. Aniqroq aytganda, jismga kuch ta'sir etgandan keyin jism tezlanish oladi. Aylanma harakatda tezlanishni qanday kuch sodir qiladi?

Aylanma harakatda tezlanish jismning aylanish markaziga yo'nalganligini b.lasiz. Aylanma harakatda jismga ta'sir etayotgan kuch ham tezlanish yo'nalishida, ya'ni aylanish markaziga intilgan bo'ladi. Shuning uchun bu kuch markazga intilma kuch deb ataladi va uni Fm i bilan belgilaymiz. Nyutonning ikkinchi qonuniga binoan Fm; = rnam i lfodani yozish mumkin.



Markazdan qochma kuch

Nyutonning uchinchi qonuni aylanma harakat uchun ham o'rinlidir. Aylanma harakat qilayotgan sharchaga ta'sir etayotgan markazga intilma kuchga miqdor jihatdan teng va unga qarama-qarshi yo'nal¬gan kuch mavjud (54-rasm). Bu kuch markazdan qochma kuch deb ataladi.


Markazdan qochma kuch aylanish markazidan radius bo'ylab aylana tashqarisi tomon yo'naladi.

Ipga bog'langan sharchani aylantirganimizda u aylanish trayektoriyasidan chiqib ketishga harakat qiladi. Agar ip uzilib ketsa, sharcha v tezlik bilan aylana yoyiga urinma bo'ylab uchib ketadi. Bu tezlikning yo'nalishi aylana radiusiga perpendikular bo'ladi.

Chelakchaning yarmigacha suv solib, uni boshimiz uzra aylantirganimizda suv to'kilmax di. Chelakchada aylanayotgan suv aylana markazidan qochishga harakat qiladi.

Markazdan qochma kuchning namoyon bo'lishini kundalik hayotimizda ham ko'p uchratamiz. Muyulishda avtobus yo'l bo'yicha chap tomonga burilayotganda, unda tik turgan yo'lovchilai o'ng tomonga mukkayib ketadilar.

Markazdan qochma kuchning mavjudligidan turmushda va texnikada keng foydalaniladi. Masalan, yuvilgan kiyim maxsus quritish barabaniga solinadi. Baraban katta tezlik bilan aylanganda, uning to'r shaklidagi devorlaridan markazdan qochma kuch ta'sirida kiyimdagi suv zarrachahri otilib chiqadi. Shu tariqa kiyimdan suv ajratib olinadi va kiyim quriydi.

Sut separatori yordamida sutdan qaymog'i ajratib olinadi. Bunda separator barabani katta tezlikda aylanishi natijasida uning ichidagi sut ikki qismga ajraladi. Markazdan qochma kuch ta'sirida yog'siz sut chiqib ketadi va maxsus idishga yig'iladi. Baraban markazida esa yog'li yengil sut (qaymoq) qoladi.



4. Mavzuni mustahkamlash:

Tajriba:

1. Agar ipga bog’langan jismni aylantirayotib, ipni qo’yib yuborsangiz jism qaysi tomonga uchib ketadi? Sababini tushuntiring

2. Ipga biroz kichik jismni bog’lab uni aylantiring. Bunda markazga intilma va markazdan qochma kuchlarning namoyon bo’lishini aytib bering

5. O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.

6. Uyga vazifa: Mavzu yuzasidan masala yechish, savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish

31-dars Sana: 7-sinf

Mavzu: Masalalar yechish

Darsning maqsadi.

a) O’quvchilarga masala yechish usullari yuzasidan nazariy bilim va tushunchalar berish, masalalarni yecha bilishga o’rgatish.

b) O’quvchilarga estetik va axloqiy tarbiya berishda hamkorlik qilish, mustaqil ishlashga o’rgatish

d) O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini oshirish, tasavvur ko’lamini kengaytirish


Darsning turi: bilimlarni mustahkamlovchi

Dars uslubi: suhbat, savol – javob, masalalar yechish

Dars jihozlari: darslik, jadvallar.

Darsning borishi

a) Tashkiliy qism

b) O’tilgan mavzuni so’rash

X” va “O” o’yini

Bu o’yinda sinfni 2 guruhga ajaratmiz. Katakda yozilgan tushunchani to’g’ri ifodalagan 1 – guruhga “0”, 2 – guruhga “X’ belgisi qo’yib ketiladi. Qaysi guruh birinchi tugatsa, ya’ni diagonal qatorlarda bir xil “X” yoki “O” bo’lsa, g’olib o’sha guruh hisoblanadi. Bu bilan o’tilgan mavzular mustahkamlanadi:

Nyutonning birinchi

Qonuni


Massa. Jism massasi

Kuch birliklari

Kuch

Inersiya


Nyutonning uchinchi

qonuni


Inertlik

Nyutonning ikkinchi

qonuni


Markazga intilma kuch

Masala yechish namunasi.





Qo'shimcha masalalar.



O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.

Uyga vazifa: Masalalarni yechish, savollarga javob topish

32-dars Sana: 7-sinf

Mavzu: 4 –nazorat ishi

Darsning maqsadi.

a) Darslikning IV bobida o'tilgan mavzularni takrorlash hamda 19—25-darslarda o'quvchilarning egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish.

b) O’quvchilarga mehnat tarbiyasini berishd ahamkorlik qilish

d) O’quvchilarning nazariy bilimlarini tadbir etishga o’rgatish, xotirasini mustahkamlash



Dars tipi: bilimlarni sinash

Dars uslubi: test

Dars jihozlari: darslik, jadvallar.
Darsning borishi

a) Tashkiliy qism

O’quvchilar davomatini aniqlash

Dars jarayonini tashkil etish rejasi.


        1. 19—24-darslarda o'tilgan mavzular bo'yicha suhbatlashish. Suhbatlashish jarayonida faol ishtirok etgan o'quvchilarni baholash.

        2. Suhbatlashish chog'ida o'quvchilar noaniq fikr yuritgan savol-javoblarga aniqlik kiritish, o'quvchilarga tushunarsizroq bo'lgan mavzularning eng muhim joylarini takrorlash.

  1. Darslikning IV bobi yakunida berilgan test topshiriqlari bo'yicha o'quvchilarning javoblarini eshitish. Noto'g'ri javob berilgan topshiriqlarning to'g'ri javobini aytib berish va tushuntirish.

  2. Test topshiriqlariga javob berishda faol ishtirok etgan o'quvchilarni baholash (bunda o'quvchining test topshirig'i javobini tushungan holda yoki taxminan javob berganligiga e'tibor berilishi lozim).

  3. O'qituvchi o'zi tuzgan test topshiriqlari bo'yicha qisqa muddatli (10—15 minutli) test sinovini o'tkazish.

Test sinovi

    1. Jismning vaqt birligidagi aylanishlar soni... deb ataladi?

A) tezlik B) aylanish chastotasi C) kuch D) trayektoriya

2.Markazga intilma tezlanish formulasini ko'rsating?

A) υ = ώR B) a=F/m C) a=m/F D) a=u2/R



3. 7 – sinf fizika kitobi muallifi kim?

A) P.Habibullayev B) A.Boydedayev C) A.Bahromov D) hamma javolar to’g’ri



4. Moddiy nuqta 10 s davomida 2 marta aylangan. Aylanish chastotasini toping.

A) 2 B0 10 C0 0,2 D) 0,5



5. Jismga 200 N kuch 5 p tezlanish beradi Jismning massasi qancha?

A) 40 N B) 1000 N C) 40 kg D)0,04N


6. Kuchni o'lchovchi asbob ?

A) tarozi B) dinamometr C) Ampermetr D) menzurka



7. Jismga ta'sir etuvchi kuch bo'lmaganda uning tinchlikdagi yoki harakatdagi o'z holatini saqlash xossasi nima deyiladi?

A) inertlik B) zichlik C) massa D) uzunlik


8. Kuchning birligini aniqlang?

A) A B) N C) Pa D)kg



9. Markazdan qochma kuch formulasini aniqlang?

A) Fm.j = 

B) υ = ώR

C) ώ = Δφ/t

D) V = q∙t

10.Jism o'zaro ta'sirining o'lchovi nima?

A) massa B) tezlik C) kuch D) tezlanish.



O’quvchilarni baholash. Nazorat daftarlari terib olinadi

Uyga vazifa: O’tilganlarni takrorlash, yangi mavzuga tayyorlanib kelish

33-dars Sana: 7-sinf

Mavzu: Elastiklik kuchi

Darsning maqsadi.

a) O'quvchilarda elastiklik kuchi, uning namoyon bo'lishi haqida tasavvurlar hosil qilish, Guk qonunidan foydalanib, masalalar yechish ko'nikmasini shakllantirish.

b) O’quvchilarga axloqiy tarbiya berish, o’z –o’zini anglash salohiyatini shakllantirish

d) O’quvchilarda mantiqiy fikrlash va ijodiy salohiyatini rivojlantirish


Dars tipi: yangi bilim beruvchi

Dars uslubi: suhbat, savol – javob, tushuntirish

Dars jihozlari: darslik, jadvallar.

Dars rejasi:

1. Tashkiliy qism (2 minut).

2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).

3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).

4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).

5. O’quvchilarni baholash (2 minut)

6. Uyga vazifa berish (1 minut).

Darsning borishi

a) Tashkiliy qism

b) O’tilgan mavzuni so’rash

1) Markazga intilma kuch ta’sirida qanday hodisa ro’y beradi?

2) Markazga intilma kuch formulasi qanday ifodalanadi?

3) Markazdan qochma kuch deb qanday kuchga aytiladi?

4) Markazdan qochma kuchning formulasi nima sababdan markazga intilma kuch formulasi bilan bir xil?

3. Yangi mavzu bayoni:

Jismlarga kuch bilan ta’sir etilsa,ular cho’zilishi,siljishi,egilishi yoki buralishi mumkin.Ba’zi jismlarga bunday xususiyat yaqqol kuzatiladi.Masalan,tashqi kuch ta’sirida rezina yoki prujina cho’ziladi,siqiladi va buraladi,yog’och yoki plastmassa egiladi.



Tashqi kuch ta’sirida jismlarning shakli va hajmi o’zgarishi deformatsiya deb ataladi.

Deformatsiyalar elastic va plastic deformatsiyalarga bo’linadi.Tashqi kuch ta’sirida to’ztaganda jismning o’zgargan shakli va hajmi avvalgi holatiga qaytsa, elastik deformatsiya bo’ladi. Masalan, cho’zilgan rezina yoki prujina tashqi ta’sir to’ztatilgandan keyin o’z holatiga qaytadi. Chizg’ichni biroz egib qo’yib yuborlisa,u yana to’g’irlanib qoladi Bu jismlar elastik jismlar deyiladi.

Ta’sir etayotgan tashqi kuch to’xtaganda jismning shakli va hajmi tiklanmasa,bu plastik deformatsiyaga bo’linadi.Masalan plastilin ezilsa yoki cho’zilsa,u avvalgi holatga qaytmaydi.Bunday jismlar plastik jismlar deyiladi.

Elastik kuchning namoyon bo’lishi.

Ikki tayanchga gorizontal holatda qo’yilgan yupqa taxta bor.Agar taxtaning o’rtasiga bola o’tirsa,taxta egilib pastga harakatlanadi va so’ngra to’xtaydi.

Taxtaning egilishini nima nima to’xtatib qoladi ? Bolaning og’irlik kuchi ta’sirida taxta egiladi,ya’ni deformatsiyalanadi.Agar taxtani pastga egayotgan bolaning og’irlik kuchini Ft tashqi kuch desak,taxtaning egilishiga qarshilik qilayotgan kuch Fel elastic kuchi bo’ladi. Fel elastik kuchi Ft tashqi kuchga tenglashgandataxta egilishdan to’xtaydi.Shuning uchun Fel elastik kuchi miqdor jihatidan Ft tashqi kuchga teng va qarama-qarshi yo’nalgan.Bunda Nyutonning uchinchi qonuni o’rinli bo’ladi: Ft = Fel

Jism deformatsiyalanganda tashqi kuchga qarshilik ko’rsatgan va unga qarama – qarshi yo’nalgan kuch elastik kuchi deb ataladi.

Kamon ip tarrang tortilganda , rezina va prujina cho’zilganda yoki siqlganda Ft tashqi kuchga qarshi Fel elastik kuchi namoyon bo’ladi.



Guk qonuni. Tayanchga mahkamlangan prujina ilgariga Ft tashqi kuch bilan ta’sir etuvchi yuk osaylik.Bunda prujina deformatsiyalanib, uzunlikga cho’ziladi,ya’ni siljiydi.Bunda Ft tashqi kuchga miqdor jihatidan teng va qarama-qarshi yo’nalgan Fel elastik kuch namoyon bo’ladi.

Jismning elastik deformatsiyasi unga qo’yilgan tashqi kuchga to’gri proportsional.

Bu qonunni 1660 – yilda ingliz olimi Robert Guk kash qilgan.

Jismning birligi k qancha katta bo’lsa,uni cho’zish yoki siqish ya’ni deformatsiyalash shuncha qiyin bo’ladi. Guk qonunidagi birlik k turi jismlar uchun turlichadir. Masalan sterjenning uzunligi l, ko’ndalang kesimi S bo’lsa,birligi k quyidagicha ifodalanadi: K = E,S/l

Bunda E – har xil jismlar uchun turlicha bo’lgan elastik moduli.



4. Mavzuni mustahkamlash

Masalalar yechish



5. O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.

6. Uyga vazifa: Mavzu yuzasidan masala yechish, savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish

34-dars Sana: 7-sinf

Mavzu: Laboratoriya ishi: Prujina bikrligini aniqlash

Darsning maqsadi.

a) Eng oddiy dinamometr prujinasining bikirligini aniqlash orqali jismlarning deformatsiyasi va bikirligi haqida tasavvurlarni kengaytirish, elastiklik kuchi haqida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash.

b) O’quvchilarning darsda olgan bilimlarni amaliyotda sinashga o’rgatish, axloqiy tarbiya berish

d) O’quvchilarning dunyoqarashini rivojlantirish, o’lgan bilimlarini hayotda tadbiq etish ko’nikmasini rivojlantirish


Dars turi: Malakalarni shakllantirish darsi

Dars jihozlari: darslik, shtativ, dinamometr, yuklar to’plami
Darsning borishi

1) Tashkiliy qism

2. Ish haqida tushuncha berish

3. .Laboratoriya ishining borishi





Uyga vazifa: Darslikning 72 – betidagi savollarga javob berish

35-dars Sana: 7-sinf

Mavzu: Butun olam tortishish qonuni

Darsning maqsadi.

a) Olamdagi jismlarning o'zaro ta'siri haqida tasavvurlar hosil qilish, butun olam toritishish qonunini o'rganish orqali o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish.

b) O’quvchilarda o’z – o’ziga ishonch tuyg’ularini shakllantirish

d) O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish, fikrlahs qobiliyatini kengytirish


Dars tipi: yangi bilim beruvchi

Dars uslubi: suhbat, savol – javob, tushuntirish

Dars jihozlari: darslik, jadvallar.

Dars rejasi:

1. Tashkiliy qism (2 minut).

2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).

3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).

4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).

5. O’quvchilarni baholash (2 minut)

6. Uyga vazifa berish (1 minut).

Darsning borishi

a) Tashkiliy qism

b) O’tilgan mavzuni so’rash

1) Deformatsiya deb nimaga aytiladi?

2) Elastik va plastik deformatsiyalar bir – biridan qanday farq qiladi?

3) Elastiklik kuchi nima va u qanday vujudga keladi?

4) Elastiklik kuchi va tashqi ta’sir kuchi orasida qanday munosabat mavjud?
3. Yangi mavzu bayoni:

Nyuton 1687 yilda o’zigacha o’rgangan olimlarning fikrlariga va o’zining kuzatishlariga asoslanib quyidagi xulosaga keldi:

Yerning Quyosh bilan o’zaro tortishish kuchi ular massalari ko’paytmasiga to’g’ri proporsional, oralaridagi masofaning kvadratiga teskari proporsional

Bu formula butun olamdagi jismlarning tortishish kuchini ifodalagani uchun u butun olam tortishish qonuni deb ataladi. Butun olam tortishish qonuni quyidagicha ta’riflanadi:

Ikki jismning o’zaro tortishish kuchi ularning massalari ko’paytmasiga to’g’ri proporsional va ular orasidagi masofa kvadratiga teskari proporsional

4. 4. Mavzuni mustahkamlash


Download 7,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish