3-dars sana: 7-sinf
Mavzu: TO’G’RI CHIZIQLI TEKIS HARAKAT HAQIDA TUSHUNCHA
Darsning maqsadi. Tekis va notekis harakat, to‘g‘ri chiziqli harakat, to‘g‘ri chiziqli tekis harakat, ularning o‘zaro farqi haqida o'quvchilarda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.
b) Aqliy tarbiya berish
c) Ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.
Darsning usuli: Suhbat. BBB.
Dars jihozlari: darslikning 5-§ matni, tomizg‘ich o‘rnatilgan aravacha, jismlarning tekis harakati, to‘g‘ri chiziqli harakati, to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini tasvirlovchi rasmlar.
Dars rejasi:
Tashkiliy qism (2 minut).
0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).
Yangi mavzuning bayoni (20 minut).
Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).
O’quvchilarni baholash (2 minut)
Uyga vazifa berish (1 minut).
1.Tashkiliy qism
2.O’tilgan mavzuni eslash: Nazorat ishi baholari o’tkaziladi va nazorat ishidagi xatolar tahlil qilinadi
3. Yangi mavzu bayonining rejasi
Tekis va notekis harakat haqida o‘quvchilar bilan suhbatlashish.
To‘g‘ri chiziqli harakat haqida o'quvchilarning fikr- mulohazalarini eshitish va to'ldirish.
To‘g‘ri chiziqli tekis harakatni misollar orqali tushuntirish.
Tekis harakat, to‘g‘ri chiziqli harakat va to‘g‘ri chiziqli tekis harakatning o'zaro farqi haqida suhbatlashish.
Yangi mavzuni bayon etish bo‘yicha metodiktavsiyalar
Tomizg'ich o‘matilgan aravachani stol ustida notekis va tekis harakatlantirib, o'quvchilarda notekis va tekis harakat haqida tushuncha hosil qilinadi. 0‘quvchilardan notekis va tekis harakatga misollar keltirish so‘raladi.
Aravacha stol ustida awal to'g'ri chiziq bo‘yla.b, so'ngra egri chiziq bo‘ylab harakatlantiriladi. Yo‘lda odamlarning, mashinalaming harakati qay holda to‘g‘ri chiziqli harakat bolishi haqida o'quvchilarning fikr-mulohazalari eshitiladi.
Jism bir vaqtning o‘zida ham to‘g‘ri chiziqli, ham tekis harakat qilsagina uning harakati to‘g‘ri chiziqli tekis harakat bolishi uqtiriladi. Atrofdagi jismlar kamdan kam bunday harakat qilishi mumkinligi, shartli ravishda ayrim jismlarning harakatini yo‘lning ma’lum bir qismida ma’lum vaqt oralig‘ida shunday to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qiladi, deb olish mumkinligi aytiladi.
Ko'rgazmali rasmlardan jismlarning to‘g‘ri chiziqli tekis harakati ko‘rsatiladi. Nima sababdan to‘g‘ri chiziqli tekis harakat eng oddiy mexanik harakat ekanligi tushuntiriladi.
3. Yangi mavzuning bayon
Tekis harakat
Do'stlaringiz bilan baham: |