Minerallarning sinishi. Minerallarni sindirganda hosil bo’lgan tekis yoki notekis yuza minerallarning sinish xossasi deb ataladi va qo’yidagi sinish turlariga bo’linadi chig’anaqsimon-kvarts, zirapchasimon - tolali gips, asbest; tuproqsimon - kaolin, limonit.
Minerallarning ulanish tekisligi. Minerallarning ma’lum yo’nalish bo’yicha ulanish joyidan ajralish natijasida hosil bo’lgan tekis yuzalarga ulanish tekisligi deyiladi.
Ulanish tekisligi turlari
Ulanish tekisligi
tiplari
|
Hosil bo’lishi
|
Misollar
|
O’ta mukammal
|
Mineral juda osonlik bilan ayrim
plastinkalarga ajraladi
|
Slyuda, talk, xloritlar
|
Mukammal
|
Mineral ulanish tekisligi va boshqa
tomonlar bo’ylab ajraladi
|
Kalsit, galit, dala
shpatlari
|
O’rtacha
|
Mineral kamdan-kam ulanish yuzasi bo’ylab
parchalanadi
|
Avgit, rogovaya
obmanka
|
Nomukkal
|
|
Kvarts, nefelin, apatit
|
Minerallarning solishtirma og'irligiga qarab og'ir va yengil minerallarga bo'linadi. Solishtirma og'irligi 2,9 g/sm3dan ortiq bo'lganlari og'ir minerallar, kam bo'lgani yengil minerallarga kiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |