1.2 Jinoyat ishtirokchilarining turlari va shakllari. Jinoyatga daxldorlik
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 28- moddasi jinoyat ishtirokchilarini to’rt turga bo’lib ko’rsatadi: bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi.
A.S.Yakubov “mazkur turlarni ajratish asosiga obektiv mezon qo’yilgan bo’lib, u har bir ishtirokchining jinoyat sodir yetishda ishtirok yetish darajasi va xususiyati bilan bog’liq” ligini ko’rsasa,1 M.X. Rustamboyev jinoyat ishtiokchilarini turlarga bo’lishda ulardan har birining birgalikda sodir yetadigan qilmishidagi funksional rol asos qilib olinganligini ko’rsatib o’tadi.1
Ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatlarni kvalifikasiya qilish va unga jazo tayinlishda biz yuqorida qarab chiqqan ishtirokchilik turlari muhim ahamiyatga yega.
Yuridik adabiyotlarda va jinoyat qonunchiligida jinoyat sodir yetishda qatnashgan shaxslarni funksiyalariga ko’ra klassifikasiya qilishga keng ye’tibor berib kelinmoqda.
O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 28 –moddasi 1- qismida “Jinoyatni bajaruvchi bilan bir qatorda tashkilotchi, dalolatchi, va yordamchilar ham jinoyat ishtirokchilari, deb topiladi,” – deyilgan. M.I.Kovalevning yozishicha ishtirokchilikning turlari bir-biridan o’z darajasiga va ishtirokining xarakteriga ko’ra farqlanadi.2
Amaldagi jinoyat qonunchiligini tahlil yetib, shunday xulosaga kelish mumkin: Ishtirokchilikning turlari bajarilayotgan funksiyalarning xarakteriga ko’ra bir-biridan farq qiladi. “Jinoyatda ishtirok yetganlik darajasi aybdorning faollik darajasini ko’rsatib beradi, u birgalikdagi faoliyatda shaxs rolining miqdoriy tavsifidir.” – deb yozadi P.F. Telnov.3
Jinoyat huquqi nazariyasida ishtirokchilikni yangi bir ko’rinishi – jinoyat tashabuskorini ajratib ko’rsatishga urinishlar ham uchramoqda. “Jinoyatning tashabbuskori, yordamchidan tashqari barcha ishtirokchilar bo’lishi mumkin, - deb yozadi F.G.Burchak. ... Tashkilotchiga qolganda yesa, - deydi, u, - jinoyatni sodir yetish tashabbusi undan ham, boshqa ishtirokchilar – dalolatchi, bajaruvchilardan ham chiqishi mumkin.”
Jinoyatni sodir yetish tashabbuschisi masalasi ilmiy adabiyotlarda va amaldagi qonunchilikda yetarli darajada ishlanmagan. Respublikamiz huquqshunoslari bu masalani chetlab o’tishni afzal deb bilishadi. Bizni fikrimizcha, jinoyat ishtirokchilari qatoriga bugungi kunda tashabbuschini ham qo’shishi lozim. Buning asosiy sabablaridan biri – bugungi rivojlanib borayotgan jamiyatda sodir yetilayotgan juda ko’plab jinoyatlarni ortida ularning buyurtmachilari turishganligini yoddan chiqarmaslik kerak. Hozirgi amaldagi tajribada jinoyatning tashabbuskori (buyurtmachisi) ishtirokchilar safiga tashkilotchi sifatida jalb qilinmoqda.
Ishtirokchilik turlarini tahlil yetish, tashqaridan qaraganda unchalik muammoli yemasdek tuyuladi, chunki jinoyat huquqi nazariyasi ishtirokchilikni rollar taqsimlangan holda bajarilishini ko’rsatib beradi. Ammo shunga qaramay, nazariyotchilar ham, amaliyotchilar ham, qonun chiqaruvchi ham bu masalani ham terminologik nuqtai-nazardan, ham mohiyatan shunchalik murakkablashtirib yuborishdiki, uning oddiyligidan darak ham qolmagan. Terminologik nuqtai-nazardan ishtirokchilik turlicha rasmiylashtiriladi: hamaybdorlar, hamkor bajaruvchilar, oddiy, murakkab ishtirokchilik.1
Ishtirokchilikda sodir yetiladigan jinoyatlarda bajaruvchi asosiy figuralardan biri sifatida maydonga chiqadi. Bajaruvchi faqatgina u ilan birga o’z funksional rolini amalga oshiradigan boshqa shaxslar – tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar bilan birga harakt qilgandagina mavjud bo’ladi.2
A.S. Yakubov agarda jinoyatning obektiv tomonini bir necha shaxs birgalikda bajarsa hamkor bajaruvchilar hisoblanishini ko’rsatib o’tadi. Shu o’rinda A.S.Yakubov bajaruvchilar qatoriga jinoyat tarkibining obektiv tomonini bevosita o’zi bajarmagan, ammo, bunda jinoyat subekti bo’la olmaydigan shaxslardan foydalangan kishilarni ham kiritadi.3 Biz yuqorida ta’kidlab o’tkanimizdek, jinoyat tashabbuschisi (buyurtmachisi) ni ishtirokchilar qatoriga kiritish A.S.Yakubov tomonidan ko’rsatilgan shaxslarni bevosita bajaruvchi yoki hamkor bajaruvchi sifatida yemas, balki, aynan buyurtmachi sifatida javobgarlikka tortishga asos bo’lar yedi. Bugungi davr talablaridan kelib chiqqan holda Jinoyat kodeksi 28-moddasi 1- qismini “Jinoyatni bajaruvchi bilan bir qatorda buyurtmachi, tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham jinoyat ishtirokchilari deb topiladi,” – degan tahririda, shu modda 2-qismini “Jinoyat sodir yetilishiga bevosita turtki bergan va jinoyat ishtirokchilarini to’plagan hamda ularni jinoyat sodir yetilishidan manfaatdor bo’lgan shaxs buyurtmachi deb topiladi,” – deb belgilash, hamda tegishincha 2,3,4,5 qismlarini 3.4,5,6 qismlar sifatida ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiq.
Buyurtmachi (jinoyat tashabbuschisi)ning faoliyati juda xavfli sanaladi. U yangi-yangi jinoyatlarni sodir yetish uchun turli shaxslardan, ba’zida yesa o’z qo’l ostidagilardan ham foydalanishi mumkin. U o’zi uyushtirayotgan jinoyatni jamiyat uchun xavfli yekanligini anglaydi, biladi va o’zi uchun ma’qul bo’lgan jinoiy oqibat kelib chiqishini hohlaydi. Buyurtmachi (jinoyat tashabbuschisi) – avvalo jinoyat tashkilotchisi yoki dalolatchisini tanlaydi, ular faoliyatini moddiy va moliyaviy jihatdan qo’llab – quvvatlaydi.
Jinoyat kodeksining 28 – moddasi uchinchi qismi tashkilotchini “jinoyatga tayyorgarlik ko’rilishiga yoki jinoyat sodir yetilishiga rahbarlik qilgan shaxs” sifatida ko’rsatib o’tadi.
M.X. Rustamboyev jinoyat tashkilotchsini jinoyat ishtirokchilari ichida yeng xavfli shaxs yekanligini ko’rsatib o’tadi. Tashkilotchi jinoyat rahbari bo’lib, ishtirokchilarni birlashtirishga, jinoiy niyatni amalga oshirish maqsadida ularning tartibli hatti-harakatlarini ta’minlashga intiladi.1
Amaldagi qonunchilik jinoyat tashkilotchisini jinoyat sodir yetish tashabbuskori sifatida qaraydi. Tashkilotchini qonunchilik ishtirokchilarni uyushtiradi va ular faoliyatiga rahbarlik qiladi, deb ko’rsatib o’tadi.
Shu o’rinda jinoyat sodir yetish haqidagi fikrning yuzaga kelishi faqatgina tashkilotchining o’zigagina yemasligini ta’kidlab o’tish lozim.2 Shu sababli jinoyatni sodir yetish g’oyasi ba’zi hollada buyurtmachiga tegishli bo’lishini yodda tutishimiz kerak.
Shunday qilib, tashkilotchi – bu jinoyatni amalga oshishini tashkil yetuvchi yoki uni ijrosiga rahbarlik qiluvchi, shuningdek uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma (jinoiy tashkilot)ni tuzgan yoxud unga rahbarlik qilgan shaxs. AQSh va Fransiya jinoyat qonunchiligida jinoyatni sodir yetish rahbari va rahnamosi ko’zda tutilgan. Germaniya Federativ Respublikasi va Ispaniya jinoyat kodekslarining Umumiy qismida tashkilotchi ishtirokchilar sirasiga kiritilmaydi, ammo Maxsus qismining ba’zi joylarida bu termin uchraydi. Bundan xulosa qilish mumkinki, bu mamlakatlarning jinoyat qonunchiligida ham tashkilotchi tushunchasi mavjud. M.X. Rustamboyev va bir qator rossiyalik olimlar tashkilotchini ishtirokchilar ichida yeng xavfli shaxs sifatida ta’riflashadi.1 Tashkilotchi jinoyatni faol tashabbuschisi, uni rejasini tuzuvchi shaxs bo’lib, jinoyatga tayyorgarlik ko’rish undan boshlanadi. Aynan, u boshqa ishtirokchilarni tanlaydi, ular harakatlarini jinoiy niyatni amalga oshirish jarayonida uyg’un va hamjihat bo’lishini ta’minlaydi. Tashkilotchi o’z vazifalarini boshqa ishtirokchilar bilan birgalikda, mustaqil tarzda yoki bir vaqtning o’zida hamijrochi sifatida qatnashishi mumkin, masalan tashkilotchi A. shaxsni o’ldirish uchun haq yevaziga B.ni yollaydi. Bunda tashkiliy harakatlar uchun javobgarlik Jinoyat kodeksining Umumiy qismi me’yorlariga binoan yuzaga keladi. Agarda shaxs birvaqtning o’zida ham ijrochi sifatida, ham uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma safida harakat qiladigan bo’lsa, uning javobgarligi Jinoyat kodeksining Maxsus qismi tegishli moddalari bilan yuzaga keladi, masalan, 165 – moddaning 2 – qismi “v” , uchinchi qismi “v”, 166 – moddaning 2 – qismi “v”, 4 – qismi “v”, 205 – modda 2 – qismi “v” bandlari bilan malakalanadi va bunda Umumiy qism me’yorlariga havola yetish shart yemas. Qonun chiqaruvchi tashkiliy faoliyatning to’rt turini ajratib ko’rsatadi:
a) jinoyatni sodir yetishni tashkil yetish;
b) jinoyatni sodir yetishga rahbarlik qilish;
v) uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma (jinoiy tashkilot)ni tuzish;
g) Uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmaga rahbarlik qilish.
Tashkiliy faoliyatning jinoyatni sodir yetishga rahbarlik qilish va uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmaga rahbarlik qilish kabi ko’rinishlari bevosita jinoyatni sodir yetish paytida ko’zga tashlanadi, bunda guruh a’zolari o’rtasida vazifalar taqsimlanadi, harakatlarni bajarishni ketma-ketligiga ye’tibor beriladi, ishtirokchilarning bir-biri bilan aloqasi shakli ishlab chiqiladi. Jinoiy niyat tashkilotchining o’ziga bog’liq bo’lmagan sabablar bilan oxiriga yetkazilmaganida qilmish tayyorgarlik ko’rish yoki suiqasd sifatida malakalanishi lozim.
Uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tuzgan yoki unga rahbarlik qiluvchi tashkilotchi shaxsi juda xavfli hisoblanadi. Bunday guruhlar uyushgan jinoyatchilikning jinoiy-huquqiy shakli bo’lib, odatda, og’ir va o’ta og’ir jinoyatlarni sodir yetish bilan shug’ullanadi (qotillik, talonchilik, tovlamachilik, narkotik va psixotrop vositalar, qurol-yarog’ va o’q-dorilarni noqonuniy savdosi kabilar). Qonun chiqaruvchi tashkilotchilik faoliyatining bu shakllarini xavflilik darajasini yuqori yekanligini inobatga olib Jinoyat kodeksi Maxsus qismining bir qator moddalarida bunday uyushma, guruhlarnitashkil yetganlikning o’zi tugallangan jinoyat tarkibini tashkil yetishini ko’rsatib o’tadi.
Tashkilotchi Jinoyat kodeksining 28-moddasi 3-qismida ko’rsatilgan barcha harakatlarni bajarishi shart yemas. Shaxs jinoyat tashkilotchisi deb topilishi uchun jinoyatga tayyorgarlik ko’rilishiga rahbarlik qilishining o’zi yetarli, bunda u jinoyatni sodir yetilishiga bevosita rahbarlik qilishi shart yemas. Bunda asosiy ye’tibor boshqa ishtirokchilarni birgalikda jinoyat sodir yetishga bo’lgan sa’y-harakatlarini birlashtirishga bo’lgan harakat ye’tiborga olinadi. Ba’zi hollarda tashkilotchi boshqa ishtirokchilarni shaxsan tanimasligi va alohida jinoyatlarning sodir yetilishini aniq tafsilotlarini bilmasligi ham mumkin.
Dalolatchi – jinoyat sodir yetilishiga qiziqtiruvchi shaxsdir. M.X. Rustamboyev dalolatchilik vosita va shakllarining to’la ro’yxatini qonunda mustahkamlab qo’yish mumkin yemas, - deb hisoblaydi. Bu yerda dalolatchi qanday vosita va shakllarni ishga solgani yemas, balki, bu vositalar qanchalik samara bergani muhimdir.1
Dalolatchi o’z faoliyatini og’dirib olish, pul taklif qilish, qo’rqitish va boshqa vositalardan foydalanib amalga oshirishi mumkin. Dalolatchi shaxsiga xuddi shunday munosobatni Rossiya Federasiyasi, Tojikiston Respublikasi Jinoyat kodekslarida uchratish mumkin. O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksida dalolatchi faoliyati nimalarda ifodalanishi mumkinligi aniq belgilab qo’yilmagan. Bizni fikrimizcha Jinoyat kodeksi 28-moddasi 4-qismini quyidagicha tahriri yetish maqsadga muvofiq: “Boshqa shaxsni og’dirib olish, qo’rqitish, aldash va boshqa yo’llar bilan jinoyat sodir yetishga qiziqtirgan shaxs dalolatchi deb topiladi.”
Dalolatchi amalda jinoyatning aqliy ishtirokchisi sanaladi, negaki, u jinoyatni sodir yetishda bevosita ishtirok yetmaydi. Uni asosiy vazifasi jinoyat bajaruvchisini jinoyatni sodir yetish zarurligiga qiziqtirish. Bunda bajaruvchini aqliy yo’l bilan, masalan aldash, pul taklif qilish, qo’rqitish va boshqa vositalardan foydalanib jinoyatni sodir yetishga targ’ib yetadi.
Dalolatchilikning mohiyati shundaki, u bajaruvchini jinoyatni sodir yetishiga qiziqtirish maqsadida ongi va yerkiga ta’sir o’tkazadi. Bu ta’sirning alohida xususiyati shundaki, u bajaruvchi (jumladan, boshqa ishtirokchilar)ni yerkini izdan chiqarmaydi, balki ularda shu harakatni ixtiyoriy tanlash ruhiyati yuzaga keladi. Dalolat qilinayotgan shaxslarga nisbatan turli usul va vositalardan foydalangan holda, dalolatchi ularni adashtirishni hohlamaydi, balki boshqa ishtirokchilarda jinoyat sodir yetishga nisbatan ishonch tuyg’ularini shakllantiradi.
Agar shaxs yolg’on ma’lumotlar berish yo’li bilan boshqa shaxslarni jinoyatga jalb yesa, (jumladan voyaga yetmagan yoki aqli noraso shaxslarni ham) bu dalolatchilik yemas, balki bu to’g’ridan-to’g’ri harakat deb baholanishi zarur.
A.S.Yakubov “Undash dalolatchining boshqa shaxslarda jinoyat sodir yetishda ishtirok yetish yoki jinoiy faoliyat bilan shuhullanish ishtiyoqini shakllantirishga qaratilgan faol va tashabbuskor hatti-harakadan iborat”, - yekanligini ko’rsatib o’tadi. U undashni quyidagilarda aks yetishini ko’rsatib o’tadi:
1) ruhiy ta’sir;
2) jismoniy ta’sir.1
Dalolatchining harakatlari har doim qasddan bo’ladi. U jalb qilinayotgan shaxsning harakatlari natijasida ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqishini ongli ravishda his yetadi.
Dalolatchi haqida shuni aytish lozimki, u boshqa shaxslarni jinoyat sodir yetishga undaydi, shu sababli uni harakatlari boshqa ishtiokchilarni harakatlaridan xavfliroq sanaladi, chunki u ham boshqa dalolatchi (lar)ni jinoiy xulq-atvorga chorlaydi. Aynan shu yo’l bilan dalolatchini boshqa ishtirokchilar o’rtasidagi funksional aloqa amalga oshadi.2
Ma’lumki, dalolatchi bajaruvchi yemas, shu sababli jinoyatni o’zi sodir yetishiga yehtiyoj yo’q. Ammo, ilmiy-nazariy adabiyotlarda dalolatchining o’zi jinoyat sodir yetganida ham jinoyatga undagan, ham jinoyatni sodir yetgan shaxsni dalolatchi deb topish kerakmi yoki bajaruvchimi degan bahsga duch kelamiz. Bizni fikrimizcha, dalolatchini o’zi jinoyat sodir yetganida, uni faqatgina bajaruvchi sifatida javobgarlikka tortish maqsadga muvofiq bo’ladi.
M.X.Rustamboyev to’g’ri ta’kidlab o’tganidek, “Dalolatchi ishtirokchi – bajaruvchi tomonidan sodir yetilgan muayyan jinoyat obektiv tomonini tashkil yetuvchi harakatlarni amalga oshirishda bevosita ishtirok yetmaydi, dalolatchining harakatlari Jinoyat kodeksining “Maxsus qism”i bajaruvchi tomonidan sodir yetilgan jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi bo’yicha Jinoyat kodeksining 28-moddasi to’rtinchi qismiga tayangan holda kvalifikasiya qilinadi.”3
Jinoyat sodir yetilishiga o’z maslahatlari, ko’rsatmalari bilan, vositalar berish yoki to’siqlarni yo’qotish bilan ko’maklashgan, shuningdek jinoyatchini, jinoyat sodir yetish quroli, izlar va vositalar yoxud jinoiy yo’l bilan qo’lga kiritilgan narsalarni yashirishga, shuningdek bunday narsalarni olish va o’tkazish to’g’risida oldindan va’da bergan shaxs yordamchi deb topiladi. (O’z.R.JKning 28-m.5-q). ko’ra “Jinoyat sodir yetilishiga ko’maklashgan shaxs yordamchi deb topiladi.”
Yordamchini jinoyatni bajaruvchisidan farqi shundaki, u jinoyatni obektiv tomonini o’zi sodir yetmasdan, jinoyatga tayyorgarlik ko’rish yoki jinoyatnisodir yetish jarayonida, yoxud jinoyat sodir yetib bo’linganidan keyin, jinoyat bajaruvchisiga jinoyatni real sodir yetilishi yo’lida ko’maklashadi.
“Jinoyatni sodir yetilishidagi o’zining obektiv roli bo’yicha yordamchi (ba’zi istisnolar bilan) boshqa ishtirokchilarga qaraganda kamroq xavf tug’diruvchi shaxsdir: jinoyatni sodir yetish tashabbusi unga tegishli bo’lmaydi, u boshqa shaxslarning jinoiy faoliyatiga rahbarlik qilmaydi.” 1 Yordamchilik faol harakatlar bilan sodir yetiladi, ba’zi maxsus adabiyotlarda yordamchilikni harakasizlikda ifodalanishi haqida ham gapirib o’tiladi. Masalan qorovul boshqa ishtirokchilar bilan oldindan til biriktirib, o’ziga biriktirilgan moddiy boyliklarni qo’riqlamaydi.2
Jinoyat sodir yetilishi tugallanguniga qadar, uning har qanday bosqichida yordamchilik yuzaga kelishi mumkin. Jinoyat sodir yetish tugallangandan keyingi harakatlar sodir yetilgan jinoyat bilan sababiy bog’lanishda bo’lmaganligi uchun ishtirokchilik deb topilishi mumkin yemas. Jinoyat sodir yetilganidan keyingi harakat, Jinoyat kodeksining 241-moddasi 2- qismi bilan kvalifikasiya qilinishi kerak. Jinoyatda yordamchi tariqasida ishtirokchilik jinoyatni yashirishdan aynan shunisi bilan farq qiladi. Jinoyat kodeksining 241-moddasi 2- qismida og’ir va o’ta og’ir jinoyatlarni oldindan va’da bermasdan yashirganlik uchun javobgarlik ko’zda tutilgan. Agarda aynan shu harakatlar jinoyat sodir yetilmasidan oldin va’da berib, so’ngra bu va’da bajarilsa, ishtirokchilik sifatida kvalifikasiya qilinishi kerak.
Maxsus adabiyotlarda yordamchilik, an’anaviy ravishda intellektual va jismoniy yordamchilikka bo’linadi.3
Intellektual yordamchilik, bajaruvchining ongi va yerkiga jinoyat sodir yetish maqsadini mustahkamlash uchun ruhiy ta’sir o’tkazishda o’z ifodasini topadi. Yordamchilikning intellektual usullarigaquyidagilar kiritiladi:
1) Maslahatlar, ya’ni jinoyatni samarali va xavfsiz amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar;
2) ko’rsatmalar – bajaruvchiga konkret holatlarda qanday harakat qilish bo’yicha yo’llanmalar berish;
3) Ma’lumot (axborot) berish – bajaruvchi uchun jinoyatni sodir yetishni yengillashtiradigan ma’lumotlarni berish;
4) jinoyatchini, jinoyatni sodir yetish quroli va vositalarini yoxud jinoiy yo’l bilan qo’lga kiritilgan narsalarni, jinoyat izini yashirishga oldindan va’da berish;
5) jinoiy yo’l bilan topilgan buyumlarni olish yoki sotib berishga oldindan va’da berish.
To’rtinchi va beshinchi usullar Jinoyatni yashirish (241 modda 2- qismi) va jinoiy yo’l bilan topilgpn mulkni olish yoki o’tkazish (171 modda) kabi mustaqil tarkibli jinoyatlardan oldindan va’da berilganligi bilan farq qiladi.
Jismoniy yordamchilik deyilganda, jinoyat sodir yetilayotganida to’siqlarni olib tashlash uchun vositalar va qurollar bilan yordam berish, ya’ni jinoyatning obektiv tomonini amalga oshirishda bajaruvchiga ko’maklashishi tushuniladi. ... jismoniy yordamchilik jinoyat vositalarini yetkazib berish yoki shart-sharoit yaratib berishdan iboratdir.1 Jismoniy sherikchilik faol harakatlarda ham, harakasizlikda ham namoyon bo’ladi.2 Subektiv tomondan yordamchilik intellektual yoki jismoniy ko’rinishda bo’lishidan qat’iy nazar to’g’ri qasd bilan sodir yetiladi.
Yordamchi jinoyatni amalga oshirish bilan bog’liq biror-bir harakatni sodir yetmagan bo’lishi lozim, “aks holda yordamchining harakatlari jinoyatning obektiv tomoni belgilari bilan mos kelsa, u jinoyatni bajaruvchisiga aylanib qoladi.”3
Jinoyat sodir yetilishiga obektiv ko’maklashayotgan shaxs bajaruvchining jinoiy niyatlarini bilmasa, yordamchilik mavjud bo’lmaydi.
Yordamchi konkret jinoyatni sodir yetishda Jinoyat kodeksining 28- moddasi 5 – qismida ko’rsatilgan usullar bilan bajaruvchiga yordam berar yekan, ular uchun uchun umumiy bo’lgan jinoiy natijani kelib chiqishini biladi yoki sodir bo’lishini hohlaydi.
Ishtirokchilikning turlari va shakllari hamda uni ishlanganlik darajasi to’g’risida so’z ketganda jinoyat huquqi nazariyasida quyidagi ikki muammo ustida to’xtalib o’tishga to’g’ri keladi:
1) ishtirokchilik shakl va turlarini ajratib olish zarurati;
2) ishtirokchilikning shakl va turlarini terminologik umumiyligi.
Ishtirokchilikning turlari va shakllari masalasi mamlakatimizning 1994- yilgi Jinoyat kodeksi qabul qilinganiga qadar ancha murakkab va bahsli masala sifatida qarab kelinar yedi. Sababi, hozirgi kunga qadar ham ko’pchilik mamlakatlarning jinoyat qonunchiligida ishtirokchilik shakllari to’g’risida hyech narsa deyilmasa-da, Jinoyat kodeksining maxsus qismida bir guruh shaxslar, jinoiy tashkilot, banda (GFR), olti darajali til biriktirish, noqonuniy uyushma (AQSh), banda, til biriktirish, uyushma, jangovar guruh, jinoyatchilar birlashmasi (Fransiya), qurolli banda, uyushgan guruh (Ispaniya), banda, jinoiy tashkilot (Shveysariya) to’g’risida ko’rsatib o’tiladi. Xitoy Xalq Respublikasining Jinoyat Kodeksi umumiy qismida jinoiy guruh va jinoiy uyushma to’g’risida so’z borsa-da, Maxsus qismida qurolli qo’zg’olon (104- modda), terroristik tashkilot (120-modda), terroristik guruh (228-modda)larni tuzganlik uchun javobgarlik o’rnatilgan.
Jinoyat huquqi nazariyasi bilan bog’liq adabiyotlarda ishtirokchilik shakllari to’g’risidagi masala ancha keng va batafsil qarab chiqilgan.
Jinoyatdagi ishtirokchilikni shakllarga bo’lish amaldagi qonundan kelib chiqadi (JK 29- modda). Ishtirokchilik shakli ishtirokchilarni jinoyatga tayyorgarlik ko’rish va konkret biror-bir jinoyatni sodir yetishining tashqi ko’rinishini ifodalaydi. Ishtirokchilar o’z faoliyatini qanchalik oldindan kelishib olsalar, bu jinoiy kelishuvchilik shunchalik ko’p xavf tug’diradi. Ishtirokchilarning kelishib olganlik darajasi yeng avvalo kelishuv va uning mazmuniga bog’liq, ammo bu ishtirokchilikning barcha shakllarini majburiy yelementi sifatida qaralmaydi.
“Shubhasiz, - deydi, M.X. Rustamboyev, - ishtirokchilar hatti-harakatlarining hamjihatligi va uyushganligi darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, istalgan natijaga yerishish shunchalik oson bo’ladi.
Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilish mumkinki, ishtirokchilik shakllarini ularning uyushganlik darajasi bilan aniqlash lozim. Ishtirokchilik ishtirokchilarning (bajaruvchi, tashkilotchi, dalodatchi, yordamchi) harakatlaridan, ularning funksional va subektiv aloqalaridan tashkil topadi. Aynan shunday aloqalar uyushganlik darajasini ko’rsatib beradi.
Ishtirokchilikni shakllarga bo’lish uchun asos bo’ladigan uyushganlik darajasi turli asoslarga ko’ra o’rganilib chiqilishi mumkin. Yeng avvalo, ular jinoyat sodir yetish uchun o’zaro kelishuvga yerishgan vaqt muhim ahamiyatga yega. Jinoyat huquqi bilan bog’liq adabiyotlarda oldindan til biriktirmasdan jinoyat sodir yetishdagi ishtirokchilik va oldindan til biriktirib jinoyat sodir yetishdagi ishtirokchilik ajratib ko’rsatiladi va bu holat O’zbekiton Respublikasining Jinoyat kodeksi 29-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida qonuniy mustahkamlab qo’yilgan.
Ishtirokchilik shakli ishtirokchilarni konkret jinoyatga tayyorgarlik ko’rish va uni sodir yetishdagi tashqi ko’rinishni ifodalaydi. Ishtirokchilarning o’zaro kelishuvi darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, bu birgalikdagi jinoiy faoliyat shunchalik xavfli bo’ladi. Bu yerda uyushganlik darajasiga to’g’ri baho berish muhim ahamiyatga yega, bunda kelishuv va jinoyat sodir yetish vaqti o’rtasidagi oraliq vaqt qanchalik uzoq bo’lsa, jinoyatni sodir yetishning vosita va usullari samaraligi yuqori bo’ladi, jinoiy faoliyat ishtirokchilarining tashkiliy birlashuvi darajasi yuqori bo’ladi. Ammo, bu oldindan til biriktirgan holdagi ishtirokchilik oldindan til biriktirmasdan sodir yetiladigan jinoyatga nisbatan xavfli degan ma’noni anglatmaydi. Ishtirokchilikda sodir yetiladigan har qanday jinoyat albatta jamiyat uchun katta xavf tug’diradi, ammo bu yerda so’z boshqa narsa to’g’risida bormoqda. Agarda oldindan til biriktirib sodir yetiladigan jinoyatlarda ishtirokchilar maqbul jinoiy oqibat to’g’risida o’ylashadi va qonun bilan yuzaga keladigan ziddiyatli oqibat uchun zarur bo’lgan doira bilan cheklashadi, oldindan til biriktirmasdan ishtirokchilikda sodir yetiladigan jinoyatlarda ishtirokchilar stixiyali harakat qilishadi, jinoyatni sodir yetish usuli va vositalarini o’ylab olishning imkoni bo’lmaydi, qonun bilan yuzaga keladigan to’qnashuv, jinoiy oqibat uchun zarur bo’lgan doiradan chiqib ketishi mumkin. Shu sababli bunday ishtirokchilik ham jamiyat uchun ancha xavfli sanaladi.
Ilmiy adabiyotlarda va mamlakatimizning Jinoyat kodeksida ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyat sodir yetishda qatnashishi oddiy ishtirokchilik, ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirib jinoyat sodir yetishda ishtirok yetishi murakkab ishtirokchilik deb baholanadi.
Ishtirokchilikning dastlabki ikki shakli (oddiy va murakkab ishtirokchilik) bir necha shaxsning turli darajadagi hamkorligidan iborat sa’y-harakatini muayyan jinoyatlarni sodir yetish uchun birlashtirishni nazarda tutadi. Ishtirokchilikning mazkur ikki shakli “yeng oddiy” jinoiy tashkilotga xosdir. Zero, ularning turg’unlik darajasi alohida jinoyatni sodir yetish uchun ajratilgan vaqt doirasi bilan chegaralanadi. Shubilan birgalikda, bir necha shaxs sa’y-harakatining muayyan jinoyat sodir yetish uchun, oz bo’lsa-da birlashtirilishi ijtimoiy munosobatlar uchun bitta shaxs tomonidan shunga o’xshash jinoyat sodir qilinganlikka qaraganda, doimo xavfliroq hisoblanadi.1
Shu sababli oldindan til biriktirishni jinoiy ahamiyatga yega hodisa sifatida baholashning o’zi yetarli yemas.
Oldindan til biriktirib sodir yetiladigan ishtirokchilikda ishtirokchilar o’rtasidagi kelishuv jinoyatning obektiv tomoni bajaruvchi tomonidan amalga oshirilguniga qadar yuzaga kelgan bo’lishi kerak. Oldindan til biriktirmasdan yuzaga keladigan ishtirokchilikda kelishuv u yoki bu shaklda jinoyatni obektiv tomoni sodir yetilayotgan paytda paydo bo’ladi. Ishtirokchilikni yuqorida qayd yetilgan ikki shaklini ajratib olishdagi yeng muhim omil – bu jinoyatni sodir yetishning boshlanish vaqti bo’lib hisoblanadi, aynan unga qarab ishtirokchilikda kelishuv bor yoki yo’qligi aniqlanadi.
“Ishtirokchilikning obektiv mezoni sodir yetilayotgan jinoyat yuzasidan ishtirokchilar o’rtasidagi jinoyat sodir yetishdagi aloqadorlikni ifodalaydi, ya’ni rollarning taqsimlanishi, kim qaysi vazifani bajarishini belgilab qo’yilishi va boshqalar”1ni mujassam yetishini professor M.X. Rustamboyev ko’rsatib o’tadi.
Oddiy va murakkab ishtirokchilikning qay birini xavfligi masalasida jinoyat huquqi nazariyasi bilan shug’ullanuvchi olimlar o’rtasida yagona bir fikrga kelinmagan. A.P.Kozlovning fikricha, oddiy ishtirokchilik, oldindan til biriktirmasdan sodir yetiladigan ishtirokchilik murakkab ishtirokchilikka qaraganda ancha xavfli sanaladi. Muallif, buning sababi sifatida murakkab ishtirokchilikning qatnashchilari jinoiy oqibatning optimal variantlarini o’ylashlarini va o’zlari uchun zarur bo’lgan doirada harakat qilishlarini, oddiy ishtirokchilik qatnashchilarida yesa bunga vaqt ham, imkoniyat ham yo’qligini ko’rsatib o’tadi.2 Bunga qarama-qarshi bo’lga fikrni M.X.Rustamboyev. A.S.Yakubov va boshqa ba’zi rus olimlari bildirishadi. M.X. Rustamboyevning aytishicha – “Ishtirokchilar o’rtasidagi aloqalar qanchalik yaqin bo’lsa, ularning harakatlari shunchalik uyushganroq bo’ladi va tegishincha, qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi shunchalik yuqori bo’ladi.”3
A.S.Yakubovning fikricha, oddiy ishtirokchilikni ishtirokchilikning yeng xavfsizi deb hisoblash mumkin. Bunda, ishtirokchilar orasidagi subektiv bog’liqlik kam bo’lib, bir shaxs boshqa shaxsning jinoyat sodir yetishda qatnashishi haqida bilishi bilan chegaralanadi.
Murakkab ishtirokchilikda, jinoyatni amalga oshirishda hamkorlik yoxud ishtirokchilikda avvaldan til biriktirish, ya’ni jinoyat sodir yetishda vazifalarning taqsimlanishi nafaqat aybdorlik darajasini, balki, umuman, butun jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini sezilarli ravishda oshiradi.1 Xuddi shunday fikrlarni rossiyalik mutaxassislarning asarlarida ham uchratish mumkin.2 O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 29- moddasi ham ishtirokchilik shakllariga ta’rif berar yekan, aynan ularning xavflilik darajasiga qarab, ketma-ketlikka ye’tibor qaratadi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyat sodir yetishda ishtirok yetishda qatnashishi, ya’ni Jinoyat kodeksining bir qator moddalarida ko’rsatilganidek, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirmay sodir yetishi – ishtirokchilikning bir muncha xavfsiz va odatda, kam uchraydigan shaklidir. Ishtirokchilikni bu shaklini o’ziga xos xususiyati shundaki, bu yerda sodir yetiladigan jinoyat to’g’risida oldindan kelishuv bo’lmaydi, yoki bu uncha ahamiyatga yega yemas va noaniqlikka ko’proq moyil bo’ladi, bundan xulosa shuki, ishtirokchilar o’rtasidagi subektiv aloqadorlik minimal darajada bo’ladi. Bunda subektiv aloqadorlik jinoyat bolanishi vaqtida yoxud jinoyat sodir yetish paytida yuzaga keladi, hamda, jinoyatni sodir yetishga boshqa shaxsni qo’shilganligi bilan cheklanadi.
Bir guruh shaxslarning ishtiroki har qanday qasddan sodir yetiladigan jinoyatlarda uchrashi mumkin. Ammo, qilmishga huquqiy baho berish turlicha bo’lishi mumkin.
Murakkab ishtirokchilik, ya’ni ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirib jinoyat sodir yetishda ishtirok yetishi ishtirokchilikning ancha xavfli shakli, chunki unda jinoyatni sodir yetish maqsadida oldindan til biriktiriladi. Ammo bunda hamtil biriktirish natijasida kelishuv past bo’ladi.
Ishtirokchilikning bu shakli oddiy ishtirokchilikdan kelishuvning mavjudligi va bu kelishuvga kelingan vaqt, ya’ni jinoyat sodir yetilishidan ilgari kelishuvga kelinganligi bilan farq qiladi. Oldindan til biriktirish, ya’ni jinoiy kelishuvga birgalikdagi jinoiy faoliyat, ya’ni jinoyatni sodir yetish paytida funksiyalarni taqsimlanishi va jinoyat sodir yetishning o’zi kiradi. Ko’pchilik hollarda, bunday til biriktirishda asosiy ye’tibor jinoyat tarkibining yelementlariga qaratiladi: jinoyatni sodir yetish vaqti, joyi, usuli kabilar.
Birgalikda til biriktirib jinoyat sodir yetishda kelishuv jinoyat sodir yetilgunga qadar bo’lishi kerak.
Jinoyat huquqi nazariyasida va amaliyotida jinoyatning boshlanishi deganda, uning obektiv tomonini bajarish vaqti tushuniladi.
Jinoyatga suiqasd boshlanguniga qadar yuz bergan har qanday kelishuv oldindan til biriktirish deb topilmog’i kerak. Bunda til biriktirish va jinoyat sodir yetish paytidagi oraliq turlicha bo’lishi mumkin va bu hal qiluvchi ahamiyatga yega yemas.
Qonun chiqaruvchi Jinoyat kodeksining faqatgina 29- moddasigina oddiy va murakkab ishtirokchilik to’g’risida so’z yuritadi. Jinoyat kodeksining Maxsus qismini biror bir moddasida ishtirokchilikning bu ikki shakli jinoyatni malakalashga o’z ta’sirini o’tkazmaydi. Qonun chiqaruvchi bu yerda faqatgina “Bir guruh shaxslar” to’g’risida gapirib o’tishni ma’qul deb topadi. Shu sababli, “Jinoyat qonunini to’g’ri qo’llash uchun quyidagilarni nazarda tutish kerak.” Agar Jinoyat kodeksi Maxsus qismida jinoyat tarkibining belgisi “bir guruh shaxslar” deb berilgan bo’lsa, u holda unga ishtirokchilikning oddiy hamda murakkab shakllari kiradi, ya’ni mazkur jinoyatning xavflilik darajasi qonun chiqaruvchi tomonidan, yeng avvalo, jinoyat ikki va undan ortiq shaxs tomonidan avvaldan til biriktirish yoki biriktirmaslikdan qat’iy nazar, sodir yetilish faktiga bog’liq bo’ladi,1” – degan A.S.Yakubov tomonidan berilgan fikrni ma’qullaymiz.
Jinoyat kodeksi maxsus qismining ba’zi moddalari bevosita murakkab ishtirokchilikni kvalifikasiyalashning muhim yelementi sifatida talab yetadi: Mas: O’zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog’liq jinoyatlar (Jinoyat kodeksining 164-169)da, iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar (Jk 175-178, 186, 188-190) va boshqa bir qator me’yorlarida murakkab ishtirokchilik qonun chiqaruvchi tomonidan kvalifikasiyalash uchun majburiy yelement sifatida ko’rsatib o’tiladi.
Ma’lumki, oddiy ishtirokchilikda jinoiy guruh a’zolari o’rtasida rollar taqsimlanmagan bo’ladi, bunda, yuqorida ta’kidlanganidek, ishtirokchilik jinoyat sodir bo’lish paytida yuzaga kelganligi uchun, odatda, hamkor bajaruvchilik to’g’risida so’z boradi. Ya’ni ishtirokchilik qatnashchilarining barchasi bajaruvchi sifatida ishtirok yetadi. Bundan farqli ravishda, murakkab ishtirokchilikda ba’zi rollar funksional tarzda taqsimlangan bo’ladi.
Jinoyat huquqi nazariyasi va amaliyotida bir guruh shaxslarni oldindan til biriktirgan deb topish yuzasidan yagona bir fikrga kelinmagan. Bir guruh olimlarning fikricha, oldindan til biriktirib sodir yetiladigan ishtirok ham hamkor bajaruvchilik asosida, ham rollar taqsimlangan holda bo’lishi mumkin.1 Boshqa bir guruh mualliflarning fikricha, ishtirokchilikning bu shakli faqatgina hamkor bajaruvchilikda sodir yetilishi mumkin.2
Yuqorida aytib o’tganimizdek, Jinoyat kodeksining bir qator moddalarida “bir guruh shaxslarning oldindan til biriktirib” jinoyat sodir yetishi jinoyatni kvalifikasiya qiluvchi belgi sifatida qaralar yekan, bu ishtirokchilik faqatgina hamkor bajaruvchilardan tashkil topgan bo’lishi kerak. Bunday shaklda jinoyat sodir yetishning xavflilik darajasi shu darajaga yetib boradiki, qonun chiqaruvchi tomonidan bu belgini kvalifikasiyalash uchun zaruriy belgi sifatida mustahkamlab qo’yiladi. Buning sababi yesa, ishtirokchilikda sodir yetiladigan jinoyatda ishtirokchilarning harakat vaqti va joyi yagona bo’ladi. Bunday jinoyatni sodir yetishga bir kishi qodir yemas, ya’ni jinoyat ishtirokchilikda sodir yetilib, rollar taqsimlangan bo’lsa, bu jinoyatni bajaruvchining yakka o’zi bajara olmaydi, boshqa ishtirokchilar ham jinoyatni bajarishga jalb yetiladi. Bunda jinoyatni sodir yetish ancha yengillashadi, ya’ni yuqori samaraga yerishiladi, jinoiy oqibat tez yuzaga keladi, yetkazilayotgan zarar ko’proq bo’ladi.
Uyushgan holda jinoyat sodir yetishni xavfligi to’g’risida A.S.Yakubov quyidagilarni yozadi: “Jinoyat qonunida ishtirokchiilk shakli sifatida uyushgan guruh va jinoiy uyushmaning ajratilishi uyushgan jinoyatchilik kabi jamiyatga qarshi favqulodda hodisa bilan bog’liqki, u, o’z navbatidja, jinoyatchilik shakllaridan biri bo’lib, yuqori darajadagi ijtimoiy xavfliligi bilan ajralib turadi, hamda ma’lum davr ichida mazkur mintaqadagi barcha jinoiy uyushmalar faoliyati tizimida o’z aksini topadi.”1
Qonunchilikda uyushgan guruhning o’ziga xos belgisi sifatida shaxslarning oldindan birlashganligi ko’rsatib o’tiladi va o’z navbatida ko’rib chiqilayotgan ishtirokchilik shaklini yuqori darajada tashkil yetilganligidan darak beradi.
M.X.Rustamboyev uyushgan guruhni oddiy va murakkab ishtirokchilikka nisbatan xavfli ishtirokchilik shakli yekanligini ta’kidlab o’tadi va bunday guruh jinoiy faoliyat bilan shug’ullanish uchun oldindan birlashgan shaxslarning yuqori uyushganlik darajasi, faoliyat olib borish vaqtining davomiyligi, ishtirokchilarning har biri unga yuklangan vazifaga muvofiq harakatlarining yuqori darajada tashkillashtirilganligi, jinoyatga tayyorgarlik va uni sodir yetish jarayonida ular o’rtasidagi aloqaning barqarorligi, jinoyat izlarini yashirish, guruhdagi intizom va tashkilotchining bir necha bor jinoyat sodir yetishga yo’naltirilgan ko’rsatmalariga bo’ysunishi va shu kabilar bilan tavsiflanishini ko’rsatib o’tadi.2
Tahlil yetilgan ishlarda ko’rsatib o’tilgan fikrlar shuni ko’rsatadiki, uyushgan guruh tarkibida jinoyat sodir yetish ancha xavfli jinoyat sanaladi. Amaldagi qonunchilik va ilmiy-nazariy adabiyotlarni tahlil yetish natijasida uyushgan guruhning quyidagi belgilarini ajratib ko’rsatish mumkin:
guruh barqarorligi.
Uyushgan guruh barqarorligi deganda, guruh ishtirokchilari o’rtasidagi doimiy aloqadorlik va jinoyat sodir yetishga tayyorgarlik ko’rish yoxud bir yoki bir necha marotaba jinoyat sodir yetishning maxsus usullaridan foydalanish tushuniladi.3
Biz bu yerda uyushgan guruhning belgilari ro’yxatidan bir necha marta jinoyat sodir yetishga qaratilgan barqarorlik belgisini chiqarish to’g’risidagi A.P.Kozlovning fikriga qo’shila olmaymiz. A.P.Kozlovning fikricha, uyushgan guruh jiddiy tayyorgarlik va tegishli yuqori tashkilllashtirilganlikni talab yetuvchi bitta jinoyatni sodir yetishga intiladi.1 Bizning fikrimizcha, uyushgan guruh jiddiy jinoyatga tayyorgarlik ko’rish va (yoki) bunday jinoyatni sodir yetish jarayonida bir yoki bir nechta kichikroq jinoyatlarni sodir yetishdan qaytmasligini inobatga olish zarur. Shu nuqtai-nazardan, barqarorlik M.X. Rustamboyev va V.Bыkov ta’kidlab o’tganidek, uyushgan guruhning asosiy belgilaridan biri sifatida qaralishi lozim.
Jinoiy faoliyat.
Guruhni uyushgan jinoiy guruh sirasiga kiritishdan avval, - deb yozadi, - A.S.Yakubov, uning jinoiy faoliyat bilan shug’ullanish maqsadida tarkib topganini aniqlash lozim. Jinoiy faoliyat alohida jinoyat tarkiblari majmuidan iborat izchil birlikni tashkil qilib, bir qancha jinoyatlarni uyushgan holda sodir yetishni nazarda tutadi.2
Xuddi shunday fikrni M.X.Rustamboyev ham ko’rsatib o’tadi: “Uyushgan guruhning jinoiy faoliyati tizimli xarakterga yega. U jinoyat sodir yetish hisobiga mavjud bo’ladi va bu uyushgan guruh alohida a’zolarining va butun guruhning malakasidan guvohlik beradi.”3
Vazifalarning taqsimlanishi.
Jinoiy guruhda qat’iy intizomning mavjudligi.
Uyushgan guruhning xarakterli belgilaridan biri shundaki, uni tarkibidagi a’zolar soni ko’pchilikni tashkil yetadi. Shu joyda M.X.Rustamboyev tomonidan “Jinoiy uyushma yokm uyushgan guruh birlashmasi ikki shaxsdan iborat bo’lishi mumkin yemas, u ishtirokchilarning ko’proq sonini talab yetadi,”4 – degan fikrini ma’qullagan holda, Jinoyat kodeksining 29- moddasi 4- qismidagi “Ikki va undan ortiq” jumlasini “Uch va undan ortiq” jumlasi bilan almashtirish maqsadga muvofiq bo’lar yedi. Xuddi shunday me’yorni biz boshqa mamlakatlar qonunchiligida, jumladan, Ukraina Respublikasi Jinoyat kodeksi 28- moddasi 3 – qismida ko’rishimiz mumkin.
Jinoiy uyushma – ishtirokchilikning davlat va jamiyat uchun yeng xavfli va uyushgan jinoyatchilikning ravshan ko’zga tashlanadigan jinoiy-huquqiy shaklidir.
Amaldagi qonunchilikning talabiga ko’ra, jinoiy guruhni jinoiy uyushma deb tanish uchun u bir necha uyushgan guruhlardan tashkil topgan bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |