Жиноятда иштирокчиликнинг объектив белгилари билан боѓлиќ айрим муаммолар


-bob.Ishtrokchilikda sodir yetilgan jinoyatlarga qarshi kurash



Download 0,56 Mb.
bet8/13
Sana01.01.2022
Hajmi0,56 Mb.
#296714
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Malakaviy bitiruv

3-bob.Ishtrokchilikda sodir yetilgan jinoyatlarga qarshi kurash

3.1. Uyushgan jinoyatchilikni yuzaga keltiruvchi sabab va sharoitlar.
Uyushgan jinoyatchilik o’ziga xos harakatchan aloqalar bilan bog’langan shakli va turlariga, ichki «oila rishtalariga yega bo’lish» va ushbu tizimning rivojlanishi uchun o’ziga xos tijorat (biznes) hamda turli faoliyat yo’nalishlarining o’zaro bog’liqligini ta’minlash asosida jinoiy faoliyat yuritadi. Uyushgan jinoyatchilikning jinoiy yo’l bilan olgan foydasi ayni paytda yangi daromadlar olishga sarf qilinadi. Uyushgan jinoyatchilik aynan shu tariqa o’zining xavfsizligini ta’minlashga qodir va jamiyatni parokandalikka olib keluvchi hamda moddiy jihatdan katta zarar keltiruvchi tizimga yega.

Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil yetish uchun yesa birinchi galda uning sabab va sharoitlarini bilish katta ahamiyatga yega. Mavjud huquqiy va maxsus adabiyotlar hamda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash amaliyotidan ma’lum bo’ldiki, uyushgan jinoyatchilikning kelib chiqishida muayyan sabab va sharoitlar mavjud. Ijtimoiy munosabatlarda jinoiy bo’lmagan munosabatlarning jinoyatga sabab bo’lishi mumkinligini oldindan ko’ra bilmaslik va ilmiy bashorat yetilmasliga, ijtimoiy hayot talablaridan chetga chiqishlarni avvaldan aniqlashga chora ko’rmaslik va qarshi kurash olib bormaslik uyushgan jinoyatchilikka yo’l ochadi.

Ta’kidlash joizki, jinoyatchilik jamiyatda yuzaga keladigan salbiy ijtimoiy holatdir, shu bois, uning o’ziga xos jihati, qonuniyatlari, shakllanish mantig’i mavjud. Jinoyatchilikka qarshi o’z vaqtida kurash olib borilmas yekan, u o’zini keltirib chiqargan sharoitga, jumladan iqtisodiyot-ga, ijtimoiy vaziyatlarga, siyosatga, jamiyatning ma’naviy yashash tarziga moslashadi, yeng xavflisi, jinoyatchilik ijtimoiy chekinishlarga ta’sir yetadi va ularning yanada kengayishiga imkon beradi.

Uyushgan jinoyatchilik jinoyatchilikning ijtimoiy sharoitdagi nomaqbul vaziyatlar bilan o’zaro bog’lanish oqibatidir. Ushbu holat uyushgan jinoyatchilikni atroflicha tahlil yetish uchun olib boriladigan tadqiqot ishlarida ye’tiborga olinishni taqozo yetadi.

Mulk bilan bog’liq munosabatlarda yuzaga keladigan ayrim holatlar, jumladan mulk bilan bog’liq masalalarning yetarlicha hal yetilmaganligi, davlat mulkini tasarruf qilishda beriladigan vakolatlarning aniq belgilanmaganligi (masalan, davlat vakolatlari va mulkka yegalik qiluvchi turli yuridik shaxslar faoliyatida) kabilar ham uyushgan jinoyatchilikning shakllanishiga ta’sir yetadi.

Uyushgan jinoyatchilikning yuzaga kelishi bilan bog’liq yana bir holat, moliya va aholining pul daromadlari hamda shunga yarasha tovar mahsulotlarining o’zaro muvofiqlashtirilmaganligi, tovar va xizmat ko’rsatish sohalarida pul taqchilligining yuzaga kelishi va avj olishi; bir xil bajarilgan ish uchun ishlab chiqarish va tijorat sohalarida haq to’lashdagi farqning mavjudligidir.

Umuman olganda, uyushgan jinoyatchilikning yuzaga kelishida ijtimoiy yo’nalishdagi salbiy omillar alohida o’rin tutadi. Bular ijtimoiy va iqgisodiy rivojlanish o’rtasidagi farqning yuzaga kelishi, daromadlarning taqsimlanishida jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy qatlamlarning yuzaga kelishi va buning oqibatida bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan, yetarlicha va kam ta’minlangan guruhlarning shakllanishi kabilar. Jamiyatda yuzaga keladigan bu kabi guruhlarning mavjudligi, birinchidan, o’ziga xos daromad olish va kam miqdorda xarajat qilish bilan uzviy bog’liqligida bo’lsa, ikkinchidan, iqtisodiyotda adolatli taqsimot prinsipining buzilishi bilan aloqadordir.

Ba’zi shaxslarning moddiy jihatdan yetarlicha ta’minlanganligiga sabab ularning ish joylarida turli moddiy boyliklarga yaqindan bog’liqliklaridir. Hyech shubha yo’qki, moddiy boyliklarning aholining muayyan qismi ixtiyoriga o’tib qolishi juda xavfli holatlarga olib keladi, chunki bu adolat mezonining buzilishi bo’lib, shu orqali ijtimoiy mehnat faoliyatining mohiyati va mehnat faoliyatiga nisbatan jamiyatdagi ijobiy qarashlarga salbiy ta’sir yetadi. Ya’ni, «yaxshi yashash uchun faqat qonunni buzish lozim» degan fikrni keltirib chiqaradi hamda aynan moddiy boyliklarga yega bo’lish uchun ayrim mansabdor shaxslarga pora berishga intilish, qonun ustunligining buzilishi va davlat siyosatiga ishonchsizlikni, umuman jamiyatda ijtimoiy vaziyatni og’irlashtirishga olib keladi.

Aholining kam ta’minlangan toifasining moddiy jihatdan kam ta’minlanganligi yesa, ularning ijtimoiy muhofazasi yo’qligi va ish haqining kamligi bilan uzviy bog’liqligidir. Bu kabi fuqarolarning ko’pchiligini doimiy ishga yega bo’lmaganlar tashkil yetadi. Yeng achinarli tomoni, bu kabi shaxslarning ba’zilari ichkilikbozlik yo’liga kiradilar va ijtimoiy foydali mehnatga bo’yin yegmaydilar. Bu shaxslarning o’ziga xos salbiy muhitga tushib qolishlarini aslo oqlab bo’lmaydi, ammo jamiyat ularning qaramog’ida bo’lgan oila a’zolari, voyaga yetmagan go’daklarning sog’lom kamol topishlari va yashashlari uchun imkon yaratishi hamda ularning kriminogen muhitga bog’lanib qolishlarining oldini olish choralarini ta’minlamog’i lozimligini unutmaslik zarur. Uyushgan jinoyatchilik o’z jinoiy faoliyatlari chegarasini giyohvandlik vositalari, qurol-yarog’lar kontrabandasi hisobiga kengaytirishini ham ko’rish mumkin va bunda ular chet mamlakatlarda faoliyat ko’rsatayotgan uyushgan guruxlar tajribalariga tayanadi.

Bayon yetilganlarga asosan, jinoiy tarzda shakllanadigan jinoyatchilik shakllarining yuzaga kelishiga olib keluvchi quyidagi ijtimoiy salbiy sharoitlarning mavjudligini ko’rish mumkin:

— ta’minot va taqsimot munosabatlaridagi qarama-qarshiliklarning mavjudligi;

-- jamiyatdagi mavjud ijtimoiy va ma’naviy qarashlarning susayishi;

— uyushgan jinoyatchilikning jamiyat uchun xavfliligi va uning oqibatlariga to’g’ri baho berilmasligi;

— huquqni muhofaza qilish organlarining jinoyatchilikning sifat o’zgarishini inobatga olmagan holda faoliyat ko’rsatishlari kabilar.

Ta’minot va taqsimot munosabatlaridagi mavjud qarama-qarshiliklar asosan o’ziga xos tengsizlik kabi xavfli ko’rinishlar orqali shakllanadi va bunda ayrim fuqarolar turli yo’llar bilan jamiyat ne’matlariga yerishadilar va haqiqiy mehnatkash fuqarolar hisobiga kun ko’radilar.

Binobarin, adolasiz tarzda va sun’iy ravishda yuzaga keladigan moddiy jihatdan tengsizlik bir qator ijtimoiy salbiy holatlarni keltirib chiqarishdagi asosiy sababdir. Jamiyatdagi mavjud ijtimoiy va ma’naviy qarashlarning susayishi yesa jamiyat a’zolari shakllanadigan oiladagi tarbiyani susaytiradi va ma’naviy qadriyatlarga nisbatan qarashlarga zid xulqni yuzaga keltiradi. Bu yesa ayni paytda jinoyat olamining jisman yasharishiga imkon yaratadi.

Ta’kidlash joizki, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning uyushgan jinoyatchilikni yetarlicha baholamasligi oqibatida jinoyatchilikka qarshi kurashda yuzakichilik kabi illat shakllanishi mumkin, natijada talab darajasidagi boshqaruv jarayonini tashkil yetishda noto’g’ri xulosa chiqariladi.

Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida jinoyatchilikning sifat o’zgarishini inobatga olmagan holda yeskicha usullar asosida ishning tashkil yetilishi birinchi galda quyidagilar orqali namoyon bo’ladi:

— yuqori malakali xodimlar safining kamayishi, huquqni muhofaza qilish organlarida, shu jumladan ichki ishlar organlarida ham jinoyatchilikka qarshi kurash tajribalarining yangi avlodga o’tib borishi prinsipini ta’minlashdagi uzilishlar;

— jinoyatchilikni o’ziga kasb qilib olganlar yuzaga keltirgan kriminogen holatlarni to’g’ri baholash uchun zarur bo’lgan axborot-tahlil bazalarining yo’qligi;

— operativ xizmat sohasini haddan tashqari markazlashtirishga ye’tibor qaratish va natijada ichki ishlar organlarining turli xizmat sohalari faoliyatlari o’rtasidagi o’zaro hamkorlikning buzilishiga olib kelishi.

Sanab o’tilganlar asosan tashkiliy-boshqaruv ishlarida yo’l qo’yilmasligini talab yesa, siyosiy jihatdan jamiyatda yuzaga keladigan byurokratizm, mahalliychilik, ma’muriyatchilik va nozarur hollarda oshkoralikni cheklash kabilar uyushgan jinoyatchilikning rivojlanishiga yo’l ochadi. Yeng achinarlisi, uyushgan jinoyatchilik faoliyatini siyosiy jihatdan qo’llash, ya’ni jinoyatchilarga madad berish, moliyaviy ta’minlash, shuningdek sobiq Ittifoq davlatlariga kirgan va hozirgi kunda mustaqil ayrim davlatlar va boshqa chet davlatlarning xududlarida faoliyat ko’rsatayotgan millatchilik ruhidagi jinoiy oqimlarga atroflicha yordam berish kabi siyosiy o’yinlar ham kuzatilmoqda.

Uyushgan jinoyatchilik bilan bog’liq ma’naviy muhit faqat o’z manfaatlarini o’ylash, xususiy mulkchilikka o’ta berilish, davlat boshqaruvi tizimiga kiruvchi rasmiy organlar faoliyatiga ishonchsizlik bilan qarash, ularning zarur yehtiyojlarni ta’minlashdagi tutgan o’rnini ye’tirof yetmas-lik kabilar ham o’ziga xos ravishda jamiyatga o’ta salbiy ta’sir yetadi.

Shu bilan birga, jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil yetishdagi taktika va strategiya yo’nalishlaridagi kamchiliklarga alohida ye’tibor qaratilishi lozim. Chunki uyushgan jinoyatchilik yuzaga kelishining ilk davrlarida quyidagi holatlar ye’tibordan chetda qolganligini unutmaslik zarur:

birinchidan, jinoyatchilikning umumiy tashkiliy jihatlari, ya’ni: u bilan bog’liq o’ziga xos holatlar, jinoyatchilikka qarshi kurashda ye’tibor qaratilishi lozim bo’lgan asosiy yo’nalishlar, zarur maqsad sari yo’naltirilgan dasturiy reja yaratish, ushbu dasturiy rejaning amalga oshirilishi uchun zarur mablag’ bilan ta’minlash kabilarga o’z vaqgida ye’ti-bor qaratilmaganligi va amaliyotga joriy yetilmaganligi;

ikkinchidan, aynan uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil ztish va bunda asosiy ye’tibor jinoyatchilikni o’ziga «kasb» qilib olganlarga qaratilgani holda zarur bo’lgan huquqiy asoslarning yo’qligi. Chunki uyushgan jinoyatchilik bilan bog’liq kriminal holatlar muntazam o’zgarib turishini ye’tibordan chetda qoldirib bo’lmaydi;

uchinchidan, jinoyatchilikning oldini olishning jinoyatchilikka qarshi kurashdagi yeng zarur yo’nalish deb topilishi bilan birga, huquqni muhofaza qilish faoliyati bilan chalkashtirilishi. Shu bilan birga, oldini olish va huquqni muhofaza qilish faoliyati bir-birining o’rnini almashtirishi bilan yemas, balki bir-birini to’ldirib turishining ye’tiborga olinmaganligi;

to’rtinchidan, jinoyatchilikning oldini olishning ilmiy asoslangan sabab ia sharoitlariga yuzaki qarash orqali faqat umumiy suhbat va shu kabi rasmiy ogohlantirishlar bilan kifoyalanildi hamda jinoyatchilikni yuzaga keltiruvchi va ta’sir yetuvchi salbiy omillar ye’tiborga olinmadi. Uyushgan jinryatchilikka qarshi kurashni olib boruvchi shaxsiy tarkibni kasbiy va ruhiy jihatdan toblash zamon talablari asosida bo’lishiga ahamiyat berilmadi.

Binobarin, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash faqat shiorlar orqali amalga oshirildi va unga qarshi kurashning tashkiliy asoslari yo’lga qo’yilmadi va yeng muhimi, quyidagilarni ye’tiborga olmagan holda zarur moddiy resurslar ajratilmadi:

—uyushgan jinoyatchilik muammosi va uning xavfi talab darajasida baholanmadi. Bunda, birinchi navbatda, jinoyatchilikka qarshi kurash amaliyotida faoliyat ko’rsatayotgan xodimlarning bilimlari ushbu jinoyatchilik xususidagi zarur ma’lumotlarni bilish asosida boyitilmaganligi, shuningdek jinoyatchilikning o’zaro uyushayotganligi, kasbiy tus olayotganligiiing ye’tibordan chetda qoldirilganligi;

—daxldorlar soni, jinoiy guruh va uyushmalarning a’zolarini, shu qatori jazoni ijro yetish muassasalarida jazoni o’tayotgailar ichidagi sheriklarini operativ yo’llar bilan tezda topishning yo’lga qo’yilmaganligi;

—jinoiy unsurlarning faollashgan holatlarini ichki ishlar organlarining avvalroq bilishining yo’lga quyilmaganligi;

—aynan jazoni ijro yetish muassasalarida jazoni o’tayotgan jinoiy guruhlarning faoliyati ustidan nazoratning sustligi;

—shuningdek, alohida xavfli yo’lboshchilar faoliyatining ochiqda va jazoni o’tash joylarida qanday kechayotganligining hisobga olinmasligi kabilar.

To’g’ri, bir necha yillar davomida va asosan sobiq Ittifoqning oxirgi damlarida yuzaga kelgan bu kabi kamchiliklar hozirgi paytda qo’p jihatdan o’z yechimini topmoqda. Biroq, shunday bo’lsada, uyushgan jinoyatchilikka xos bunday sabab va sharoitlarni nazariy jihatdan doimiy taxlil yetib borish kriminologiya fanida alohida ye’tiborga loyiq bo’lib qolmoqda. Uyushgan jinoyatchilikning hozirgi kunda mavjudligining sabab va sharoitlari yesa quyidagilarni o’z ichiga oladi:

—o’zgalar hisobiga kun ko’ruvchi (parazit) va g’ayriqonuniy ravishda «moddiy ta’minlangan» ayrim shaxslarning javobgarlikka tortilmasliklari. Bunday kimsalar o’ziga xos manmanlik ruhiyatini yuzaga keltiradilar («Biz alohida toifadagilarmiz va shunday shohona yashashga haqlimiz») va shu kabi hayot tarzini targ’ib qiladilar;

— xufiyona va g’ayriqonuniy ravishda topilgan mulkka yega bo’lish. O’z-o’zidan savol tug’iladi, jinoyatchilar to’plagan bu kabi katta mablag’lar nimalarga sarflanadi? Bu borada olib borilgan tadqiqotlardan ma’lum bo’ldiki, bu mulk asosan to’rtta ulushga bo’linadi. Birinchi va ikkinchi ulush-lar xufiyona iqtisodiyotni (xom ashyo, fondlarni saqlovchilar, tovarshunoslar, yuk tashuvchilar kabi va turli kutilmagan «mehmonlar» (taftishchilar, soliq va bojxona idorasining xodimlari va davlatning maxsus kurashga mas’ul organlari kabilar)ga sarflanadi; uchinchi ulush yuqori ta’minotga yerishishga xizmat qiladi; to’rtinchisi yesa pulni xazinaga aylantirish. Yeng achinarlisi, xufiyona iqgisodiyot o’z manfaati uchun muomalada bo’lgan naqd pullarni muomaladan imkon boricha ko’proq olishga harakat qiladi;

—uyushgan jinoyatchilikni tuzish orqali o’z faoliyati va xavfsizligini ta’minlash. O’z vaqtida uyushgan jinoyatchilik davlatning huquqni muhofaza qilish organlariga qarshi turish uchun asosan quyidagi uch yo’nalishlarda ish olib boradi: 1) huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ularning fao-liyatlarini qasddan buzib ko’rsatish va izdan chiqarishga yerishish; 2) huquqni muhofaza qilish organlari olib borayotgan tadbirlarni muntazam kuzatib borish; 3) ayrim jinoiy faoliyatlarga huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlarini tortish va jalb qilishga yerishish.

Ta’kidlash joizki, uyushgan jinoyatchilikniig oldini olish borasida O’zbekistonda zarur huquqiy asoslar yaratilgan va yaratilmoqda. Jumladan, Uzbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat qonunchiligi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoiy guruhlarning nafaqat quyi taba-qalari, balki jinoiy uyushmalarning yo’lboshchilarini ham javobgarlikka tortishga huquqiy jihatdan imkon beradi.

Uyushgan jinoyatchilikning sabab va sharoitlarini aniqlamasdan turib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijobiy o’zgarishlarning talab darajasida bo’lishiga yerishish mumkin yemas, chunki uyushgan jinoyatchilikning mavjudligi oqibatida huquq-tartibotning buzilishi va jamiyatda jiddiy asoratlarning yuzaga kelishi mumkin.



Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish