Jinoyatlarning g‘ayriaxloqiy qilmishlardan farqi
Jinoyat va g‘ayriaxloqiy qilmishlarning o‘zaro munosabati quyidagicha:
“Har bir jinoyat g‘ayriaxloqiydir, lekin aksincha emas.”, ya’ni har bir jinoyat g‘ayriaxloqiy hisoblansa ham, g‘ayriaxloqiy qilmish-larning barchasi ham jinoyat hisoblanmaydi.
Axloq normalari ayrim hollarda qonunlarni sharhlashda, huquqni qo‘llash amaliyotida va qonun chiqaruvchi tomonidan qilmishlarning jinoyat yoki jinoyat emasligini belgilash uchun qo‘llaniladi. Masalan, haqorat qaysi vaqtda jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik yoxud g‘ayriaxloqiy qilmish hisoblanishini axloq normalari orqali bilib olish mumkin. Jinoyatlar bilan g‘ayriaxloqiy qilmishlar bir-biridan obyekti, huquqqa xilofliligi, ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra farqlanadi.
G‘ayriaxloqiy qilmishlarning obyekti jinoyatlarga nisbatan keng-roqdir. Insonlar o‘rtasida shunday munosabatlar mavjudki, ular faqat axloq normalari bilan tartibga solinadi. Masalan, do‘stlik, sevgi-muhabbat.
Jinoyat faqat qilmishlarda ifodalanadi, shaxsning xulq-atvoridan tashqari, uning fikri, xayoli ham g‘ayriaxloqiy hisoblanishi mumkin.
G‘ayriaxloqiy qilmishlarning ijtimoiy xavflilik darajasi jinoyat-larga nisbatan pastroq hisoblanadi, undan kelib chiqqan zarar esa ijtimoiy-ruhiy xususiyatga ega: inson sha’ni va qadr-qimmatining kamsitilishi, xudbinlik va hokazolar.
Jinoyatdan g‘ayriaxloqiy qilmishlarni farqlovchi eng muhim belgi “g‘ayrihuquqiylik” hisoblanadi. Jinoyatlar jinoyat qonuni bilan taqiqlab qo‘yilgan bo‘lsa, g‘ayriaxloqiy qilmishlar huquqiy normalar bilan umuman tartibga solinmaydi. Axloq normalari yozma va og‘zaki shakllari bo‘lishi mumkin. Masalan, Gippokrat qasamyodi – shifokor-larning axloq kodeksi, ofitserlik vijdoni kodeksi, jurnalistlarning axloq kodeksi va hokazolar.
Jinoyat kodeksidagi “insonparvarlik prinsipi” ni belgilashda qonun chiqaruvchi axloq normalariga tayanadi.
Demak, jinoyat boshqa huquqbuzarliklar va g‘ayriaxloqiy qil-mishlardan quyidagi belgilar bilan farq qiladi:
umumiy obyektiga ko‘ra (jinoyatning obyekti faqat umumin-soniy qadriyatlar bo‘lsa, boshqa huquqbuzarliklarning obyekti ancha kengroqdir);
ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyatiga ko‘ra (jinoyat tufayli boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan jamiyatga ko‘proq, og‘ir-roq zarar yetkaziladi);
g‘ayrihuquqiyligiga ko‘ra (jinoyatlar faqat Jinoyat kodeksi bilan taqiqlansa, boshqa huquqbuzarliklar qonun osti me’yoriy hujjatlari bilan ham tartibga solinadi, g‘ayriaxloqiy qilmishlar esa axloq normalarida belgilangan bo‘ladi);
yetkazilgan zararning miqdoriga ko‘ra (jinoyatlar tufayli boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan jamiyatga ko‘proq zarar yetka-ziladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |