Ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyatiga ko‘ra jinoyat ma’lum bir darajada ijtimoiy xavfli bo‘lgan boshqa huquqbuzarliklardan ko‘ra jamiyatga ko‘proq zarar yetkazishi bilan ajralib turadi.
Ijtimoiy xavflilik darajasi – jinoyat va huquqbuzarlik bir xil bo‘lib qolganida (ularni ajratish imkoni bo‘lmaganida) jinoyatlarni boshqa huquqbuzarliklardan farqlovchi asosiy mezon hisoblanadi. Aynan ijtimoiy xavflilik barcha huquqbuzarliklarning moddiy-ijtimoiy tarkibi va belgisi hisoblanadi. Masalan, yo‘l harakati qoidalarini buzish ham jinoyat (Jinoyat kodeksi, 266-modda), ham ma’muriy huquqbuzarlik (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, 125, 128-moddalar) hisoblanadi.
Qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini belgilovchi subyektiv holatlar –aybning shakli, motivi va maqsadi hisoblanadi.
Ijtimoiy xavflilik xususiyati – tajovo‘z obyektini belgilab berib, jinoiy huquqbuzarliklar sirasiga kiruvchi qilmishlarni aniqlash imkonini beradi.
Ijtimoiy munosabatlar tizimiga asoslangan kishilik jamiyatiga jinoiy qilmishlar bilan birga boshqa huquqbuzarliklar ham zarar yetka-zadi. Shuning uchun jinoyatlar, shuningdek, boshqa huquqbuzarliklar ham ijtimoiy xavfli hisoblanadi, lekin ular natijasida yetkazilgan zararning miqdori har xil bo‘lishi mumkin. Shu sababdan ham ijtimoiy xavflilik faqat jinoyatga taalluqli belgi emas.
Demak, jinoyatlar boshqa huquqbuzarliklardan ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyati bilan farq qilib, jinoyat tufayli boshqa huquq-buzarliklarga nisbatan ko‘proq zarar yetkaziladi (ayb g‘ayriijtimoiy, motivizatsiya o‘zgarmas, sodir etish usuli esa o‘ta shafqatsizlik bilan amalga oshiriladi). Jinoyatlarni boshqa huquqbuzarlikdan farqlashda ijtimoiy xavflilikning asosiy elementi shaxs, jamiyat va davlat man-faatlariga yetkazilgan zararning miqdori hisoblanadi. Masalan, harbiy sohadagi huquqbuzarliklarni jinoyatlardan ajratish qiyin bo‘lib, bunda Jinoyat kodeksi Maxsus qismi muayyan moddasining dispozitsiyasida jinoyatlarning sodir etilgan vaqt, joy va vaziyat asosiy mezon sifatida ko‘rsatiladi. Masalan, harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan bir kecha-kundo‘zdan o‘n kecha-kundo‘zgacha tashlab ketilgan bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksi 287-moddasi 1-qismi bilan kvalifika-tsiya qilinadi, agar bunday muddat bir kecha-kundo‘zgacha bo‘lsa, u intizomiy huquqbuzarlik hisoblanadi.
Qonunda jinoyatlarni huquqbuzarliklardan farqlovchi subyektiv belgilar: aybning shakli, maqsad va motivining o‘zgarmasligi kabi holatlari belgilab qo‘yilgan. Masalan, qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyat bo‘lsa, (Jinoyat kodeksi, 109-modda), ehtiyotsizlik orqasida badanga yengil shikast yetkazish fuqaroviy huquqbuzarlik hisoblanadi (Fuqarolik kodeksi, 1003-, 1004-moddalar).
Jinoyatlarni boshqa huquqbuzarliklardan farqlovchi yana bir belgi – ularning huquqqa xiloflilik xususiyati hisoblanadi.
Jinoyatlar uchun javobgarlik ham jinoyat qonuni bilan tartibga solinadi. Bu uni boshqa huquqbuzarliklardan farqlaydi. Boshqa hu-quqbuzarliklar sodir etilganida, o‘sha huquq sohasiga tegishli norma-lar, ya’ni qonunlar emas, balki qonun osti normativ hujjatlardagi qoidalar ham buziladi.
Faqat jinoyat sodir etilganida sudlanganlikni vujudga keltiruvchi jinoiy jazoni qo‘llash mumkin, boshqa huquqbuzarliklarning huquqiy sanksiyalari esa hech qachon “sudlanganlik”ni keltirib chiqarmaydi. Bundan tashqari, jinoiy jazo davlatning majburlov choralarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Barcha qilmishlar ham huquqbuzarlik deb tan olinmaydi. Qonun chiqaruvchi bu borada shaxs, jamiyat va davlat uchun ko‘proq xavfli bo‘lgan xatti-harakatlarni huquqbuzarlik sifatida baholanadi. Shaxs tomonidan sodir qilingan qilmish uchun javobgarlik Jinoyat kodeksida ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bunday qilmish jinoyat deb hisoblanmaydi.
Qilmish jinoyat qonunida huquqqa xilof deb e’lon qilinganidan boshlab jinoyatga aylanadi, davlat esa o‘z navbatida bunday qilmish-larga qarshi jinoyat huquqiy vositalar bilan kurashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Demak, jinoyatlar faqat jinoyat qonuni bilan taqiqlanadi va jazo qo‘llash tahdidini keltirib chiqaradi. Shuningdek, boshqa huquqbu-zarliklar (ma’muriy, intizomiy, fuqaroviy) uchun belgilangan sank-siyalar jinoyat qonuni sanksiyalari kabi og‘ir emas. Masalan, O‘zbe-kiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ko‘ra, fuqarolarga solinadigan jarima miqdori eng kam oylik ish haqining besh baravaridan oshmasligi kerak, Jinoyat kodeksida esa jarima eng kam ish haqining besh baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorida belgilangan.
Jinoyatlarni boshqa huquqbuzarliklardan farqlashning moddiy mezoni huquqbuzarlik oqibatida yuzaga kelgan zarar hajmi hisoblanadi.
Jinoyatlar hamma vaqt ham boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan jamiyatga ko‘proq zarar yetkazadi, jinoyatchilarning aybi xavfliroq, motivi o‘zgarmas, qilmish (harakat yoki harakatsizlik)ni sodir etish usuli esa qo‘polroq, ya’ni xavfliroq hisoblanadi.
Jinoiy oqibatlarni belgilashda qonun chiqaruvchi tomonidan har xil atama va tushunchalar ishlatilgan. Masalan, Jinoyat kodeksining “sog‘liqqa qarshi jinoyatlar” bobida – “ziyon”, “hayot va sog‘liq uchun xavfli jinoyatlar” bobida – “shikast”, “boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar” bobida esa – “ko‘p miqdorda zarar, jiddiy ziyon” kabilar.
Zarar murakkab xususiyatga ega bo‘lgan holatlarda, masalan, odil sudlovga qarshi, davlat va ekologiya xavfsizligiga tahdid soluvchi jinoyatlarda “og‘ir oqibatlar” atamasi bilan izohlanadi. Boshqa huquq sohalarida esa bunday atama va so‘zlarni uchratish qiyin yoki ular mavjud emas.
Aynan yetkazilgan zararga qarab huquqbuzarlik jinoyat deb topi-lishi mumkin. Bunday zarar bo‘lmaganida shaxsni jinoiy javobgarlik-ka tortish uchun asos mavjud bo‘lmaydi.
Sodir etilgan jinoyatlarning yarmidan ko‘pida yetkazilgan mod-diy zarar moliyaviy va jismoniy zarar miqdori bilan o‘lchanadi. Ayrim hollarda zararning miqdori Jinoyat kodeksi normalarida aniq ko‘rsa-tilgan bo‘ladi. Masalan, Jinoyat kodeksining 175, 180-182, 185, 205-209-moddalarida sodir etilgan qilmishni jinoyat deb hioblash uchun ko‘p miqdorda yoki jiddiy zarar yetkazilishi talab qilinadi.
Obyekti bir xil bo‘lgan jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik-larning har ikkisida ham – shaxs, ularning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, mulk obyekti hisoblanadi, ularning bir-biridan farqini ko‘rsatuvchi asosiy belgi “yetkazilgan zarar” miqdori hisoblanadi.
Fuqaroviy huquqbuzarlik jarima va zararni qoplash ko‘rinishi-dagi jazo qo‘llash tahdidi bilan taqiqlangan, shaxsiy va shaxsiy nomulkiy huquqlar bilan bog‘liq mulkiy munosabatlarning buzilishi-dir. Jinoyatlarni fuqaroviy huquqbuzarliklardan turli shakldagi mulkka yetkazilgan zarar bilan bog‘liq mulkka qarshi va iqtisodiyot sohasi-dagi jinoyatlar ajratib turadi.
Jinoyatlarni huquqbuzarliklardan farqlashga misol sifatida oila-nikoh munosabatlari sohasida ota-onalar va bolalarning majburiyat-larini keltirish mumkin. Oila kodeksiga ko‘ra ota-onalar o‘zlarining voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz voyaga yetgan, ammo yordamga muhtoj farzandlarini boqishga majbur. Mehnatga layoqatli voyaga yetgan farzandlar ham o‘zlarining mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj ota-onalariga g‘amxo‘rlik qilishlari shart. Bunday majburiyatlarning buzilishi Jinoyat kodeksi 122, 123-moddalarida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Mansabdor shaxs tomonidan o‘z mansab vakolatidan foydalan-gan holda sodir etilgan g‘ayriqonuniy qilmish shaxsning huquq va manfaatlari, jamiyat va davlat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, bunday qilmish jinoyat deb, agar bunday oqibat mavjud bo‘lmasa, unda bunday qilmish intizomiy huquqbuzarlik deb hisoblanadi.
O‘zboshimchalik shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, jinoyat deb (Jinoyat kodeksi, 229-modda), bunday oqibat mavjud bo‘lmasa, ma’muriy huquqbuzarlik deb (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 200-moddasi) topiladi.
Soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash ancha miq-dorda sodir etilsa, jinoyat (Jinoyat kodeksi, 184-modda), ancha miq-dordan kam bo‘lgan miqdorda sodir etilsa, soliqqa oid huquqbuzarlik hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |