Jinoyat va jazo


II. 2. Roman qahramonlarining ruhiyatini yoritishda



Download 174,65 Kb.
bet10/15
Sana02.08.2021
Hajmi174,65 Kb.
#136534
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
“jinoyat va jazo” romanida psixologizm

II. 2. Roman qahramonlarining ruhiyatini yoritishda

muallif mahorati
«Jinoyat va jazo» romanida asar qahramonlarining xatti-harakati, fe’l-atvori, ruhiy olami, dunyoqarashi, o’y-kechinmalari, nutqiy va aqliy faoliyati bilan bog`liq qahr-u g`azab, nafrat, sabrsizlik, azoblashga moyillik istaklari, shahvatparastlik, jinoyatchilik, qotillik, xudbinlik, telbalik, gunohkorlik, aybdorlik, iztirob chekish, ruhiy zo’riqish, yolg`izlikka intilish, tush ko’rish, alahsirash, hardamxayollik, chechanlik, so’zni iqtisod qilish, ya’ni zichlash, ongsizlik, komizm, mazaxizm kabi va boshqa ruhiy holatlar ochib berilgani kuzatiladi.

Roman universitetning sobiq talabasi Raskolnikovning qarzdorligi sabab aybdorlarcha hujrasidan yashirincha chiqishga urinishi, shu tarzda uy bekasiga chap berib, uning ko’ziga ko’rinmaslikka urinishi, lekin bundan o’zining ham iztirob chekishi tasviri bilan ibtido topgan. Jumladan, romanda bu haqda shunday deyiladi: “Va har safar ochiq eshik oldidan o`tar ekan, yigitning yuragi allaqanday sirqirab ketar, po`killab ura boshlar, bundan o`zi ham uyalar, g`ashi kelib yuzini burishtirar edi. U bekadan boshdan-oyoq qarzga botib yashar, shuning uchun ham unga duch kelishdan o`zini olib qochardi”.

Ko’rinyaptiki, yosh yigit o’z vaziyatidan nihoyatda xijolat chekadi. Bu uyalish holati uni jismoniy azobga qo’yadi. Ruhiy azobdan yigitning yuragi sirqirab og`riydi. Uy bekasiga ro’para kelganda nima deyishini bilmaganidan qo’rquvga tushadi. Qo’rquv sabab uning yuragi po’killab , tez-tez ura boshlaydi. Nochor holati g`ashlanishiga, hatto o’z-o’zidan nafratlanishiga olib keladi. Alam qiladigan tomoni shunda ediki, yigit uy bekasidan qarzdor bo’lsa-da, haligacha uning eyish-ichishi, kiyim-kechagiga qarab turishgandi. Umuman aytganda, birovning, yanada aniq qilib aytganda, ayol kishining hisobidan yashayotgani yigitga alam etkazayotgan edi. Yuragi tubida yashiringan mardona or-nomus hissi uni ayolga duch kelishdan qochishga undardi. Yigit o’zini uy bekasining oldida aybdor hisoblagani uchun ham ruhiy iztirobga tushgandi.

Xullas, yosh yigitchaning o’z nochor holatidan uyalishi, ruhiy azoblanishi, g`am-g`ussaga berilishi, iztirob chekishi, vijdonan qiynalishi, boshpanasiz va ovqatsiz qolishdan qo’rqishi, bularning baridan qochish yo’li bilan qutulishga intilishi, aybdor bo’lib yashashdan charchashi uni yangi rejalar tuzishga, qiynayotgan muammolarini bartaraf etishga chog`lantiradi. Shu alfozda u qotillik qilib bo’lsa-da, mazkur tang ahvolini yaxshilash haqida xayol sura boshlaydi. Uning bu o’y-xayollari bora-bora dasturiy ahamiyat kasb eta boshlaydi. Shu haqda o’ylash, o’ylaganlarini amalga oshirish ishtiyoqi asta-sekin yigitchaga betakror kuch hadya qilayotganday tuyuladi. Qo’rquv hissi ham uni tark etayotganday bo’ladi. Endi romanda ta’kidlanganidek: “Yo`q, uni qo`rqoq va bechoravash kimsa deb bo`lmasdi, balki hatto buning aksi deyish mumkin edi”.

Lekin yigitchaning o’ylaganlari mohiyatan insoniylikka zid bo’lgani sababli “keyingi paytlarda u asabiy bo`g`ilib yurar, ichi chiroq yoqsa o`yorishmasdi. U o`z xayollariga g`arq bo`lib ketar, chuqur o`yga tolar, uy bekasinigina emas, umuman, hech bir kimsani ko`rgisi kelmasdi, birov bilan yuzma-yuz uchrashib qolishdan cho`chir edi”.

Darhaqiqat, kuchli asabiy zo’riqish, ruhiy iztirob chekish, tizginsiz o’y-xayollarga berilish holatida inson yolg`izlikka intiladi, hech kimni ko’rgisi, hech kim bilan muloqotga kirishgisi kelmay qoladi.

Raskolnikov ruhiy iztiroblarining bosh sababi yo`qchilik edi. Aynan “yo’qchilik uni abgor qilib tashlagandi, biroq keyingi paytlarda u o`z abgorligini ham o`ylamay qo`ygandi”. (3-bet).

Raskolnikov o’zini abgor qilgan yo`qchilik vaziyatidan qotillik qilishdek og`ir jinoyatga qo’l urish orqali bo’lsa-da qutulmoqchi bo’ladi. Lekin u hali o’zi uchun o’zlashtirilmagan soha bo’lgan qotillikni tasavvur qilishi qiyinligidan azob chekardi. Shuning uchun asarda uning tilidan bu haqda shunday deyiladi: “Qanday ishga qo`l urmoqchiman-u yana mana bunaqa arzimagan narsalardan qo`rqib o`tiribman!” – deb o`yladi u g`alati ishshayib. – Hm... ha... hammasi odamning o`z qo`lida, yuraging dov bermagandan keyin burningning tagidagi narsadan quruq qolasan... bu kunday ravshan gap... Ha, aytganday, juda ko`p valdirayapman. Og`zim gapdan tinmaydi – qo`lim ishga bormaydi”. (4-bet).

Qotillik qilish xayoli Raskolnikovning o’y-kechinmasini shunchalik band etadiki, lekin u “bu ishda iloji boricha boshqalardan ajralib turmaslik kerak... Eng ko`zga ko`rinmaydigan mayda narsalarni ham esda tutish kerak!.. Bo`lmasa, xuddi mana shu mayda-chuyda narsalar doimo hamma ishni barbod qiladi, halokatga olib boradi... (6-bet)”, – deydi.

Qotillik qilish bilan bog`liq tizginsiz o’ylar Raskolnikovni xuddi telba ko’rinishiga solib qo’yadi. U hatto o’zi bilan o’zi gapiradigan, hech kimga qo’shilmay, yolg`izlikka intiladigan bo’lib qoladi. Ammo bir orada, aniqrog`i, shu xayolga kelganidan “bir oy keyin uning fikri o`zgardi, u o`ziga o`zi, kuching yetmaydi, yuraging dov bermaydi, deb qutqu solar, ayni zamonda bu “rasvo” orzusini amalga oshiriladigan ish deb qaraydigan bo`lib qolgan, garchi hamon o`z kuchiga o`zi ishonmasa ham, lekin bu fikridan butkul voz kechib ketolmasdi”.

U, hatto ko`zlagan bu ishini bir sinab ko`rish uchun bir necha bor ko’chaga chiqadi. O’sha ko’zlagan uyiga borib, o’ldirmoqchi bo’lgan ayoliga ro’para bo’ladi. Shunda uni har tashlagan yangi qadami battarroq hayajonga solganini chuqur his etadi. (7-bet).

Yigitning qotillik sari tashlagan qadami jarayonidagi his-kechinmalari, ruhiy holati yozuvchi tomonidan shunday tasvirlanadi: “U yuragini hovuchlagan, titrab-qaltiragan holda bahaybat bir binoning oldiga keldi, uyning bir tomoni jarga, ikkinchi tomoni V-y ko`chasiga qarab tushgan edi. ... U bu uy qo`ng`irog`ining qanday jiringlashini unutayozgan ekan, mana hozir uning o`zgacha ovozi unga nimanidir eslatganday bo`ldi va uning tasavvurida allanarsalar aniq-tiniq jonlanib ketdi... U birdan asablari qaqshab, seskanib tushdi. (8-7-betlar).

Asardan keltirilgan ushbu parchadagi “yuragini hovuchlagan, titrab-qaltiragan, unutayozgan, nimanidir eslatganday, tasavvurida allanarsalar aniq-tiniq jonlanib ketdi, birdan asablari qaqshab, seskanib tushdi” singari ta’kidlar inson ruhiy holatini bildiruvchi ibora va jumlalar bo’lib, ular orqali roman qahramonining nihoyatda og`ir iztiroblar girdobiga tushib qolganligini his etish mumkin.

Shunday og`ir iztiroblar ichida qolgan Raskolnikov tuni bilan bezovta bo`lib uxlab, kech uyg`onardi, horg`in ko`zini ochardi. Uyqudan tajang, darg`azab, asabiy holda turardi va hujrasiga nafrat bilan ko`z yugurtirib chiqardi. U kosasining tagiga biqinib olgan toshbaqaday hammadan butkul yuz o`gira boshlaydi. Hatto o`z yumushlarini qilib turishi kerak bo`lgan uy xodimasini ham ko`rarga ko`zi yo`q edi. Xodima yumush bilan xonaga kirib qolgan kezlari uning basharasiga qarab qoni qaynab ketar, yuzlarini asabiy burishtirardi”. (42-bet).

Adib yigitning bu ruhiy holatini uning azaliy odamovilik sajiyasi bilan bog`laydi. “Biron narsaga qattiq berilib ketgan odamovi kishilarda shunday bo`lib turadi”, – deydi yozuvchi.

Kundan-kunga asabiyligi ortib borayotgan Raskolnikov oddiy gaplarni ham tish g`ijirlatib gapiradigan bo’lib qoladi. U o’ziga xizmat ko’rsatadigan xodimaning ish yuzasidan xonasiga kirib kelishini bilsa-da, yoqtirmaygina: “E, shunisi yetmay turuvdi o`zi”, – deya to`ng`illaydi tishlarini g`ichirlatib. (43-bet).

O’rni kelganda Raskolnikov bema’ni rejasidan voz ketmoqchi ham bo’ladi. Shunda u o’z-o’ziga: “Tuf-ey, qanchalar pastkashtlik bularning bari!..” – deydi-yu nafratomuz ijirg`anib qo`yadi, lekin shunga qaramasdan u xuddi og`ir bir yukdan xalos bo`lgan odamday tetiklashadi”.

Raskolnikov qotillik qilish to’g`risidagi xayolidan voz kechgan onlarida tevarak-atrofida o`tirganlarga do`stona ko`z yugurtirib chiqardi. Biroq, mana sh tobda ham u, hatto yaxshilik o`z yuragiga qandaydir og`ir yo`llar bilan kirib kelayotganligini his qilib turardi. (14-bet).

Romanda nafaqat bosh qahramonlarning, balki boshqa personajlarning ruhiy olamini yoritishga ham e’tibor qaratilgan. Shunday personajlardan biri qovoqxona xizmatchisidir. Xizmatchi qovoqxonadagi boshqa kishilarga, shu jumladan, qovoqxona egasiga ham shunchaki bir nazar tashlab o`tirar, uning bu qarashidan loqaydlik, shu bilan birga mensimaslik ma'nolarini uqish mumkin edi, bu yerdagilar go`yo uning nazarida past, omi, gaplashib o`tirishga arzimaydigan abgor kishilar edi. (16-bet).

Shuningdek, romanda yana bir xizmatchi amaldorning dunyoqarashi va ruhiy kechinmalariga munosabat bildirilgan. Uning hatti-harakatlarida xizmatchi amaldorlarga xos allanima bor edi. U unvonli maslahatchi edi. Lekin u besaranjom, bezovta bo`lib, tinmay sochlarini g`ijimlar, ba'zan titilib ketgan tirsaklarini iflos va irqit stol ustiga tirab, alam bilan boshini changallab olardi. (17-bet).

Bu xizmatchi amaldorning qovoqxona xizmatchisidan farqi shunda ediki, u doimo ilm ahliga yuksak ehtiromda bolib kelgandi. U ilm bilan yurakning nozik hissiyotlari qo`shilib ketsa, nimalarga qodir bo’lishini yaxshi anglardi.

Romanda ayrim kishilarning ruhiy qiynoqlarga chidolmasdan bilib turib ichkilikbozlikka berilishi, “shayton suvi”ning o’tkinchi daldasiga tayanishi ham ko’rsatib o’tilgan. Bu haqda asarda janob Marmeladov tomonidan shunday deyiladi: “Men ichkilikbozlik ham ezgulikdan emasligini bilaman, bu haminqadar. ... Qancha ko`p ichsam, shunchalar qattiq kuyaman. Ichsam, ichkilik yuragimga malham bo`larmikin, dardimni yengillatarmikin, deb ichaman... Azob ichida kuyib ketish uchun ichaman! ... Ichganimda esa, o`zimdan-o`zim xafa bo`lib ketaman, vaholanki, ichkilikdan boshqa hech ko`ngil ochadigan narsa qolmayotir. (436-bet).

... Biroq yo`qchilik, marhamatli afandim, yo`qchilik bu – illat, ha. Siz kambag`alchilikda hali o`zingizning tug`ma olijanob fazilatlaringizni saqlab qolgan bo`lasiz, yo`qchilikda esa ularni hech qachon va hech kim saqlab qola bilmaydi”. (18-23-betlar).

Ko’rinyaptiki, adib ichkilikbozlikni emas, yo`qchilikni haqiqiy illat sifatida baholaydi. Uning fikricha, odam kambag`alchilikda hali o`z tug`ma olijanob fazilatlarini saqlab qola oladi-yu, lekin yo`qchilikda ularni hech qachon va hech kim saqlab qololmaydi”. Aytmoqchi, aynan ana shu haqiqat Raskolnikovni ham bevosita qotillik sari undagan bosh sababdir. Shundan kelib chiqib, adib o’z qahramonini ayblamaydi.

Romanda insonga mag`rurlik holati araqxo’r amaldor xizmatchi janob Marmeladovning xotini timsolida shunday ta’riflanadi: “Ha, ha, juda qiziqqon, mag`rur va ahdi qattiq ayol. Polni o`zi yuvadi, yegani qora non-u, lekin o`zini hech qachon yerga urishiga yo`l qo`ymaydi”. (23-bet).

Janob Marmeladov ichgan vaqtida uyiga yaqinlashgani sari mag`rur va zahmatkash ayolining oldida o’zini uyatli sanab, qilmishidan iztirob o`tida battarroq qovurila boshlardi. U xotinining ko`zlaridan qo`rqardi... Yana... uning nafasidan cho`chirdi. Chunki ayolining ko’zlari nihoyatda mungli va dardli edi. U sil kasaliga chalinganligidan og`ir-og`ir nafas olardi.

Ayniqsa, mushtipar ayolning eriga ta’na ko’zlari bilan boqib, indamay ketishi eriga juda og`ir botardi. “Ta’na qilmasalar, indamasalar, shundan og`iri yo`q!..” – deydi janob Marmeladov (33-bet).

Romanda Raskolnikov ijarada yashaydigan uyda xodima bo’lib ishlaydigan ayol “toshi yengilginalardan bo`lib, kulgusi qistaganda ovozini chiqarmasdan butun badani bilan silkinib-silkinib kular, kulganda ham ko`ngli ozib qolgunga qadar kulardi”, – deya ta’riflangan. (43-bet).

“Jinoyat va jazo” romanida tush motivi alohida o’rin tutadi. Chunki, romanda ta’kidlanganidek, “kishi besar-u somon bo`lib ezilib yurgan chog`larda uning ko`radigan tushlari ham behad qavargan, tiniqlashgan va xuddi o`ngida ko`rganga o`xshagan bo`ladi. Gohida odamning tushida ko`rgan narsalari favqulodda juda dahshatli bo`lib tuyuladi, lekin tushdagi muhit va kechayotgan jarayonlar shu qadar ishonsa bo`ladigan, umumiy manzaraga mos, uni badiiy jihatdan to`ldiradigan nozik tafsilotlarga ega bo`ladiki, ularni o`ngida shu tush ko`rgan odamning o`zi ham, u boringki, Pushkin yoki Turgenev singari san’atkor bo`lgan chog`ida ham to`qib chiqara bilmasdi. Shunday tushlar, silvaram tushlar juda uzoq vaqtlar esda qoladi va jismi uryon o`zi bir holi sar bo`lib yuradigan odamga juda qattiq ta’sir qiladi. (83-bet).

Romanda keltirilgan tush motivlarining aksariyati bosh qahramon Raskolnikovga tegishli. Lekin asarda boshqa personajlarning tushlari ham keltirilgan. Ulardan biri Raskolnikovning onasi o’z yaqin dugonasi bo’lgan marhuma Marfa Petrovna haqida ko’rgan tushidir. “Bilasanmi, Danechka, ertalab salgina ko`zim ilinib qolgan ekan, tushimga marhum Marfa Petrovna kirib chiqsa bo`ladimi... Oppoq kiyingan emish... Oldimga kelib, qo`limdan ushlarmish-da, menga qarab nuqul bosh chayqarmish, menga xo`mrayib, xo`mrayib, xuddi bir ishimni yoqtirmaganday qararmish... Yaxshilikka bo`lsin-da, a? Voy, Xudoyim-ey, Dmitriy Prokofevich, siz hali eshitganingiz yo`q; Marfa Petrovna o`ldi!.. Meni kechiring, Dmitriy Prokofevich, shu kunlarda kalavamning uchini yo`qotib qo`ydim o`zi”. (336-337-betlar).

Tushga marhumlarning bezovta ko’rinishda kirishi biror jiddiy voqelikdan ogohlantirish sifatida ta’birlanadi. Shunda tush ko’ruvchi “albatta, bunday tushni “Yaxshilikka bo`lsin-da. Voy, Xudoyim-ey” deya niyat qilib, yaratgandan so’raydi. Adib asarda mana shu hayotiy holatga ishora qilayotir.

Tush uyqu holati bilan bog`liq hodisa bo’lgani sababli bezovta uxlagan odam bezovta tushlar ko’radi. Buni yozuvchi fohisha qiz Sonyaning tuni bilan bezgak tutganday qaltirab, alahsib chiqishi, uxlaganida ba'zan o`rnidan sakrab turib ketishi, yig`lashi, qo`llarini sindirar holatda qarsillatishi va yana bosinqi, og`ir uyquga cho`mishi misolida tasvirlab beradi. Qiz Polechkani, Katerina Ivanovnani, Lizavetani, Injil o`qiganlarini va uni... uning oqarib ketgan yuzini, yonib turgan ko`zlarini tushida ko`rardi... U oyoqlarini o`pardi, yig`lardi... Yo Rabbim!” (508-bet).

Bir gal asar bosh qahramoni Raskolnikov qo`rqinchli tush ko`radi. U bolalik paytlarini: o`zi tug`ilgan shaharchani tush ko`rdi. U yetti yoshlik bola emish-u bayram kuni otasi bilan kechqurun shahar chekkasida sayr qilib yurishgan emish. Nursizgina odmi, havosi dim bir kun ekan, u joylar bolaligida qanday xotirasida qolgan bo`lsa shundayicha tushiga kiribdi: u yerlarni u o`ngida xuddi tushida ko`rganchalik aniq eslolmaydi. (84-bet).

Mozorning o`rtasida ko`k gumbazli tosh cherkov bo`lib, bu cherkovga bir yili ikki marotaba otasi va onasi bilan birga borgan, o`shanda o`zi hech qachon ko`rmagan, o`lganiga ancha bo`lib ketgan buvisining motam marosimlari bo`lib o`tgandi. Ular bu marosimga shirguruch pishirib, shirguruchning ustiga mayiz botirib but tasviri tushirishgan va uni oq lagan, oq dasturxonga solib olib borishgan edi. (85-bet). Shunday desangiz, tush ko`ribdi emish: otasi bilan mozorga olib boradigan yo`ldan ketishyapti, qovoqxonaning yonginasidan o`tishdi; u otasining qo`lidan ushlab olgan, qovoqxonaga qo`rqa -pisa qarab qo`yadi. (85-bet).

Hamma mast, hammaning og`zida ashula, qovoqxona eshigi oldida esa bir arava turibdi, arava bo`lganda ham juda g`alatisi. (85-bet). U yig`laydi. Yuragi qinidan chiqib ketguday bo`ladi, ko`z yoshlari quyilib keladi. Otni qamchilayotganlardan birining qamchisi uning yuziga tegib ketadi: lekin u buni sezmaydi, u qo`llarini qarsillatib sindiradi, baqiradi, soch-soqollari oppoq oqarib ketgan choldan najot istab chopadi, qariya boshini chayqaydi, bularning bari unga yoqmaydi, uni dilgir qiladi. (90-bet).

– Dadajon! Nimaga ular... bechora otni... o`ldirishdi! – xo`rligi kelib g`ingshiydi u, lekin nafasi tiqilib qolib so`zlar qisilgan yuragidan faryod yanglig` otilib chiqadi.

– Mast odamlar to`polon qilishyapti, bizga nima, yur kettik! – deydi otasi. U otasiga ikki qo`llab yopishib oladi, ammo ko`kragi siqilgandan siqilib boradi. U nafasini rostlab olishga urinadi, baqirmoqchi bo`ladi va uyg`onib ketadi...

Raskolnikov ko’rgan tushi ta’sirida terga g`arq botgan holda uyg`onadi. Uning sochlari terlab ho`l bo`lib ketgan edi, hansirab nafas olgancha, dahshat ichida o`rnidan turadi. “Xudoga shukr, tush ekan! – deydi u daraxt tagiga o`tirarkan chuqur nafas olib. – Nima gap o`zi? Isitmalab qoldimmikan: juda yomon tush ko`ripman! (92-bet).

Raskolnikov oxirgi paytlarda juda irimchi bo`lib qolgandi. Uning xurofotchiligi yana uzoq vaqtlar, deyarli yo`qolmasdan saqlanib qoladi. (98-bet).

Bularning bir-biriga to`g`ri kelib qolgani juda g`alati bo`lib ko`rinardi. (103-bet).

U odatdan tashqari uzoq uxladi, tush ko`rmay uxladi. (104-bet). U g`alati xayollarga g`arq bo`lgan, ko`z o`ngida ajib bir ro`yo gavdalanardi: u ko`pincha o`zini Afrikada deb tasavvur qilardi. Misrda, allaqanday vohada yurgan bo`lardi. (105-bet).

Avval, darvoqe ancha ilgarilardan beri, u bir masala bilan qiziqib qolgandi: nima sababdan barcha jinoyatlar juda tez va oson qidirib topiladi-yu va nega barcha jinoyatchilarning izlari aniq ko`rinib turadi?

U keyinchalik har turli e’tiborga loyiq xulosalarga keldi va uning nazarida eng asosiy sabab jinoyatni moddiy jihatdan yashirib ketishning iloji yo`qligida emas, balki jinoyatchining o`zida edi; jinoyatchining o`zi va umuman, jinoyat paytida deyarli har qanday odam irodasizlikka yo`l qo`yadi, aqlida zaiflik alomatlari zuhur qiladi, so`ng bu narsalar aksincha bolalarcha favqulodda yengiltaklik bilan almashadi, yana bu aql ishlatish va ehtiyotkorlik qilish g`oyat zarur bo`lib qolgan damlarda ro`y beradi. U shunga ishonch hosil qilgan ediki, aql-idrokning xiralashuvi va irodaning zaiflashuvi odamga xuddi bir kasallikday yopishib oladi, asta-sekin rivojlanadi, maddalab-maddalab so`ng jinoyat sodir bo`lishidan salcha ilgari o`zining eng yuqori xuruj nuqtasiga ko`tariladi. (111-bet).

Bu tushlarni Raskolnikov qotillikka qo’l urguniga qadar ko’radi. Tushiga marhum otasi-yu o’lgan buvisi marosimining kirishi o’ziga xos ogohlantirish bo’lsa-da, yigit tanlagan qaltis yo’lidan qaytmaydi.

Qotillik qilish sari yo’l olgan Raskolnikov nafasini rostlab, qinidan chiqib ketay deb urayotgan yuragini qo`li bilan bosgancha, bu orada boltani dam yana bir karra paypaslab, dam-badam atrofga quloq solib ehtiyotkorlik bilan ohista yuqoriga ko`tarila boshlaydi. (115-bet). U qo`lini beixtiyor qimirlatib qo`yadi, shunda kaftida tanga turganligini sezadi. U kaftini yozadi, tangaga diqqat bilan tikilib turadi, keyin uni qulochkashlab uloqtirib yuboradi. Keyin burilib uyga qarab yo`l oladi. Shu tobda unga o`zini o`zi hammadan, dunyogagi bor narsadan qaychi bilan qirqib tashlaganday bo`lib ko`rinadi.

Raskolnikov uyga kech bo`lganda qaytadi, hammasi bo`lib olti soatlar chamasi kezinib yuradi. Qaytishda qanday, qayerdan kelgan, qayerlarda yurgan, hech esiga qolmagandi. U yechinadi, xuddi holdan toygan otday qaltirab divanga yotadi, ustiga shinelini tortadi va shu zahoti hamma narsani unutadi... (176-bet).

Qotillikka qo’l urib, bundan vijdonan qiynalib yurgan Raskolnikov go’yo bemor ahvoliga tushib qoladi. Undagi bu ruhiy o’zgarishlarni, avvalo, yaqinlari: onasi, singlisi, do’sti Razumixin sezib, uning iztiroblar otashida qolganini payqaydilar.

Asarda Raskolnikovning qotillik qilguniga qadar va bu mudhish jinoyatga qo’l urganidan so’ng ruhiy tabiatida yuz bergan o’zgarishlar shunday izohlanadi: “Bir yarim yil bo`ldi, Rodion xafakezik, qovog`idan qor yog`ib, ochilmay, kibr bilan hech kimni nazar-pisand qilmay yuradi; keyingi paytlarda (balki bunga ko`proq vaqt ham bo`lib qolgandir) har narsadan shubhalanib, o`z hayoli o`zida bo`lib, hech kimga yorilmaydi. Olijanob va qo`li ochiq. Hislarini yashiradi, birovga rahmsizlik qilsa qiladiki, lekin ichidagini birovga aytmaydi. Ba'zan qarasangiz, qora xayollardan quturganday bo`lib ko`rinadi, lekim muomalasi juda sovuq, barahm, dahshatli sur'atda tosh bag`ir bo`lib ketadi, xuddi ikkita bir-biriga tamomila yot bo`lgan tabiat unda muttasil o`rin almashib turganga o`xshaydi. Ba'zan tumtayib oladi, sira gapirmay qo`yadi! Doim vaqti ziq, hamma go`yo halal berayotganday, vaholanki, o`zi hech narsa qilmasdan cho`zilib yotgani-yotgan. Kulgan vaqtini ko`rmaysiz, kulishga gap topolmaganidan emas, xuddi bunaqa mayda-chuyda bekorchi narsalarga vaqti bo`lmaganidan kulmaydi. Gapirsangiz, oxirigacha eshitmaydi. Bugun hammani juda ham qiziqtirayotgan narsalarga u sira ham qiziqmaydi. O`ziga juda qattiq bino qo`ygan, bir tomondan bunday qilishga haqqi ham yo`q emas”. (327-bet).

Qotillikka qo’l urib, jinoyat sodir qilguniga qadar Raskolnikov jinoyatchining jinoyat qilish jarayonidagi ruhiy holati haqida maqola yozib, ko’pchilikning e’tiboriga tushgan edi. U o’z maqolasida jinoyatning sodir bölishi jinoyatchida bironta kasallikning boshlanishi bilan birga ro’y beradi, dgan xulosaga kelgan edi. (395-bet).

Qotillik sodir etgan Raskolnikovga begunoh qoni to’kilgan arvohlar yodi tinchlik bermay qo’yadi. Ular qotil yigitchaning tushiga kirib, uni ta’qib qila boshlaydilar. Shu-shu u arvohlar haqida tez-tez o’ylaydigan va gapiradigan bo’lib qoladi. Shu ruhiy vaziyatdan kelib chiqib, romanda arvohlar obrazi tilga olinadi: “Men sizdan: arvohlar borligiga ishonasizmi deb so`radim” (441-bet). Ular: “Sen kasalsan, shuning uchun ham nazaringda shunday bo`lganga o`xshab tuyuladi, aslida esa bu alahsirashdan boshqa narsa emas”, deyishadi. Vaholanki, bunda sira ham mantiq yo`q. Arvohlar faqat betob odamlarning ko`ziga ko`rinadi, degan gapga qo`shialam, lekin bu deganimiz arvohlar kasal kishilarning ko`ziga ko`rinsa, demak, ularni butunlay yo`q, deb aytib bo`lmaydi (441-bet).




Download 174,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish