Jinoyat qonunining vaqt bo‘yicha amal qilishi deganda nima tushuniladi? Moddiy tarkibli, formal tarkibli jinoyatlarni ta’riflab bering



Download 279,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/31
Sana09.03.2023
Hajmi279,68 Kb.
#917534
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Bog'liq
jinoyat huquqi javoblar

25.
 
Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarning 
mazmun mohiyatini bayon eting va har biriga alohida to’xtalib 
o’ting. 


O‘zbekiston Respublikasi JKda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan 
jazolarga: jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, 
axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash, ozodlikni cheklash, harbiy yoki 
maxsus unvondan mahrum qilish kiradi. Jarima jazosi. Jarima aybdordan davlat 
daromadiga pul undirish tarzidagi jinoiy jazo bo‘lib, u eng kam oylik ish haqining 
besh baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda belgilanadi. Jarima jazosining 
mazkur miqdori voyaga yetgan shaxslarga nisbatan tayinlanadi. Tayinlangan 
jazoning ijro etilishi jazoning muqarrarligi prinsipini amalga oshirishga hamda 
mahkumni axloqan tarbiyalashga xizmat qiladi. Biroq, Jazolarni asosiy va 
qo‘shimchaga ajratish jazolash va tarbiyalash yo‘nalishi har xil bo‘lgan jazolarni 
to‘g‘ri uyg’unlashtirish imkonini beradi. Asosiy jazoni tayinlar ekan, sud uni 
mahkumning tuzalishi uchun zarur deb hisoblaydi. Asosiy jazo mahkumning 
tuzalishi uchun yetarli bo‘lmagan holda, unga qo‘shimcha jazo tayinlaydi. 159 
tayinlangan jazoning o‘talmasligi yoki uni o‘tashdan bo‘yin tovlash boqa huquqiy 
oqibatlarni keltirib chiqaradi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-
protsessual kodeksining hukmning ijrosini kechiktirishga oid 533-moddasida 
sudya ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga nisbatan hukmning jarima tariqasidagi 
jazo ijro etilishini olti oygacha kechiktirish yoki to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash 
masalasini ishning muayyan holatlarini va mahkumning moddiy ahvolini e’tiborga 
olib kechiktirishi mumkinligi belgilangan. Muayyan huquqdan mahrum qilish 
jazosi. Mazkur jazo ham asosiy, ham qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanishi 
mumkinligi bilan boshqa jinoiy jazolardan farq qiladi. Jinoiy jazo sifatida muayyan 
huquqdan mahrum qilish sud tayinlagan muddat davomida aybdorning korxona, 
muassasa yoki tashkilotda u yoki bu mansabni egallashini yoxud u yoki bu faoliyat 
bilan shug’ullanishini 160 taqiqlash hisoblanadi. Sudning mazkur turdagi jazoni 
tayinlash to‘g‘risidagi hukmida aybdor shug’ullanishi taqiqlangan mansab yoki 
faoliyatning turi aniq ko‘rsatiladi. Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi 
jinoiy jazo: – asosiy jazo tariqasida tayinlanganda – bir yildan besh yilgacha; – 
qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanganda – bir yildan uch yilgacha muddatga 
tayinlanadi. Majburiy jamoat ishlari jazosi. Mazkur jazo O‘zbekiston 
Respublikasining 2017 yil 29 martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuniga asosan 
penalizatsiya qilingan, ya’ni jinoyat qonunchiligiga jinoiy jazo sifatida kiritilgan. 
Ushbu jazo mahkumni pul, maosh to‘lanmaydigan foydali jamoat ishlarini 
bajarishga majburiy tarzda jalb qilishda ifodalanadi. Agar mahkum biror joyda 
ishlasa yoki ta’lim olsa majburiy jamoat ishlari uning ishdan yoki o‘qishdan bo‘sh 
vaqtida o‘taladi. Mahkumlar majburiy jamoat ishlarini o‘tashi mumkin bo‘lgan 
joylar (ob’ektlar) va majburiy jamoat ishlarining turi mazkur jazoning ijrosini 
nazorat qiluvchi organlar tomonidan belgilanadi. 161 Majburiy jamoat ishlari 
tariqasidagi jinoiy jazo: – bir yuz yigirma soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha 
bo‘lgan muddatga; – olti oy davomida kuniga to‘rt soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtda 
ijro etish sharti bilan tayinlanadi. Biroq, jazoning ijrosini ta’minlashda mahkum 


bilan bog’liq bo‘lmagan uzilishlar yuz bersa jazoni ijro etish kuniga to‘rt soatdan 
ko‘p bo‘lmagan vaqtda bir yilgacha bo‘lgan muddatda o‘taladi. Quyidagi 
shaxslarga nisbatan majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jinoiy jazoni qo‘llashga 
yo‘l qo‘yilmaydi: – pensiya yoshiga yetganlar; – o‘n olti yoshga to‘lmaganlar; – 
homilador ayollar; – uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollar; – birinchi va 
ikkinchi guruh nogironlari; – harbiy xizmatchilar; – chet el fuqarolari; – 
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydiganlar. Axloq tuzatish ishlari 
jazosi. Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo sud tomonidan shaxs axloqini uni 
ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo‘lmagan jazo tayinlab ham tuzatish 
mumkin degan xulosa kelingan hollarda tayinlanadigan jinoiy jazo sanaladi. Bu 
turdagi jazo mahkumning o‘z ish joyi yoki mazkur jazo ijrosini nazorat qiluvchi 
organlar belgilab beradigan boshqa joylarda o‘taladi. Axloq tuzatish ishlari 
tariqasidagi jazo olti oydan uch yilgacha muddatga aybdor ish haqining o‘n 
foizidan o‘ttiz foizigacha miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 
uni mehnatga majburan jalb qilish yo‘li bilan tayinlanadi. Quyidagi shaxslarga 
nisbatan axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jinoiy jazoni qo‘llashga yo‘l 
qo‘yilmaydi: – pensiya yoshiga yetganlar; – mehnatga qobiliyatsizlar; – homilador 
ayollar; – uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollar; – harbiy xizmatchilar. Xizmat 
bo‘yicha cheklash jazosi. Jinoyat qonunida harbiy xizmatchilarga nisbatan nisbatan 
tayinlanishi mumkin bo‘lgan jazolar sifatida xizmat bo‘yicha cheklash va 
intizomiy qismga jo‘natish jazolarini keltirish mumkin. Xizmat bo‘yicha cheklash 
tariqasidagi jazo harbiy xizmatni kontrakt bo‘yicha o‘tayotgan harbiy xizmatchiga 
nisbatan tayinlanadi. Xizmat bo‘yicha cheklash tariqasidagi jazo ikki oydan uch 
yilgacha muddatga muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum qilib, pul 
ta’minotining o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha bo‘lgan miqdorini davlat daromadi 
hisobiga ushlab qolishda ifodalanadi. Ozodlikni cheklash jazosi. Mazkur jazo 
O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 10 avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuniga 
asosan penalizatsiya qilingan. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazo mahkumga 
nisbatan bir oydan besh yilgacha muddat davomida: – yashash joyini u yoki bu 
sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlanishi; – yoki sutkaning muayyan vaqtida 
yashash joyidan chiqishning cheklanishida ifodalanadi. Shuningdek, mazkur jazo 
tayinlanganda sud mahkumga quyidagi qo‘shimcha taqiqlarni (cheklashlarni) 
yuklashi mumkin: – muayyan joylarga bormaslik; – ommaviy va boshqa tadbirlar 
o‘tkazishda ishtirok etmaslik; – muayyan faoliyat bilan shug’ullanmaslik; – 
muayyan buyumlarga ega bo‘lmaslik yoki ularni o‘zida saqlamaslik; – transport 
vositasini boshqarmaslik; – mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz 
yashash joyini, ish va (yoki) o‘qish joyini o‘zgartirmaslik, tegishli ma’muriy 
hududdan tashqariga chiqmaslik; – muayyan shaxslar bilan aloqa o‘rnatmaslik; – 
aloqa vositalaridan, shu jumladan Internetdan foydalanmaslik; – alkogolli 
ichimliklar iste’mol qilmaslik. Quyidagi shaxslarga nisbatan ozodlikni cheklash 
tariqasidagi jinoiy jazoni qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi: – harbiy xizmatchilar; – chet 


el fuqarolari; – O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan 
shaxslar Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish jazosi. Asosiy jazolardan 
tashqari harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish hamda muayyan huquqdan 
mahrum qilish tariqasidagi jazolar qo‘shimcha tariqasida tayinlanishi mumkin. 
Shunday qo‘shimcha jazolardan biri harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish 
tariqasidagi jazo hisoblanadi. Mazkur qo‘shimcha jazo harbiy yoki maxsus 
unvonga ega bo‘lgan shaxs og’ir yoki o‘ta og’ir jinoyat uchun hukm qilinganida 
sud hukmi bilan mazkur unvondan mahrum qilinishida ifodalanadi. Oliy harbiy 
yoki maxsus unvonga yoxud O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotiga ega 
bo‘lgan shaxs og’ir yoki o‘ta og’ir jinoyati uchun hukm qilinganida sudning hukm 
asosida kiritadigan taqdimnomasiga binoan mazkur unvon yoki mukofotdan 
mahrum qilinishi mumkin.

Download 279,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish