Jinoyat qonunining vaqt bo‘yicha amal qilishi deganda nima tushuniladi? Moddiy tarkibli, formal tarkibli jinoyatlarni ta’riflab bering



Download 279,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/31
Sana09.03.2023
Hajmi279,68 Kb.
#917534
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
jinoyat huquqi javoblar



 
1.
Jinoyat qonunining vaqt bo‘yicha amal qilishi deganda nima 
tushuniladi? Moddiy tarkibli, formal tarkibli jinoyatlarni ta’riflab bering. 
Qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi ana shu qilmish sodir etilgan vaqtda 
amalda bo‘lgan qonun bilan belgilanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar agar ularning 
o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ular rasmiy e’lon qilingan kundan 
e’tiboran kuchga kiradi. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksi 
1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan bo‘lib, shu kunda rasman e’lon qilingan. 
Chunki, rasmiy e’lon qilinmagan qonun asosida hech kim hukm qilinishi, jazoga 
tortilishi yoki biron-bir huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas. E’tiborli 
tomoni Shundaki, Jinoyat kodeksi 1994-yil 22-sentabrda qabul qilinishiga 
qaramasdan, 1995-yil 1-apreldan kuchga kirgan. Demak, 1995-yil 1-apreldan 
boshlab sodir etilgan jinoyatlar faqatgina yangi tahrirdagi O‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat kodeksi bilan tartibga solinadi. Jinoyat huquqida ijtimoiy 
xavfli qilmish sodir etilgan vaqtni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki 
jinoyat sodir etilgan vaqt tamom bo‘lgan jinoyat sifatida e’tirof etiladi va amaldagi 
Jinoyat kodeksi bo‘yicha tartibga solinadi. Jinoyat huquqida jinoyat sodir etilgan 
vaqt formal yoki moddiy tarkibli jinoyatlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Formal 
tarkibli jinoyatlarda Jinoyat kodeksi Maxsus qismida nazarda tutilgan aybli 
ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) sodir etilishi tamom bo‘lgan 
jinoyat deb, topilishi mumkin. Bunda, Jinoyat kodeksi 13-moddasida belgilangan: 
“Agar ushbu Kodeks moddasida harakat yoki harakatsizlik sodir qilish payti 
jinoyat tamomlangan payt deb hisoblangan bo‘lsa, ijtimoiy xavfli qilmish 
bajarilgan payt jinoyat sodir qilingan vaqt deb topiladi”, 22 degan qoidasi amal 
qiladi. Masalan, shaxsiy hayot daxlsizligini buzish jinoyati (1411 -modda). Moddiy 
tarkibli jinoyatlarda esa Jinoyat kodeksi Maxsus qismida nazarda tutilgan aybli 
ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) sodir etilishi natijasida ijtimoiy 
xavfli oqibat yuzaga kelishi tamom bo‘lgan jinoyat deb topilishi mumkin. Bunda 
Jinoyat kodeksi 13-moddasida belgilangan: “agarda ushbu Kodeks moddasida 
jinoiy oqibat yuz berishi bilan jinoyat tamom bo‘lgan deb hisoblangan bo‘lsa, 
jinoiy oqibat yuz bergan payt jinoyat sodir etish vaqti deb topiladi” degan qoida 
amal qiladi. Masalan, qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyati (109-
modda). Qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki 
shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga 
ega, ya’ni Jinoyat kodeksi kuchga kirguniga qadar muayyan jinoyatni sodir etgan 
shaxslarga, shu jumladan jazoni o‘tayotgan yoki o‘tab bo‘lgan shaxslarga nisbatan, 
agar ular hali sudlangan hisoblansa tatbiq etiladi. Jinoyat qonuni amal qilish doirasi 
va kuchi quyidagi holatlarda bekor bo‘lishi mumkin: 1) Jinoyat kodeksi bekor 
qilinib, uning o‘rniga yangi tahrirda qonun qabul qilinsa; 2) Jinoyat kodeksining u 
yoki bu normasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsa. Jinoyat qonunining orqaga 
qaytish kuchi deyilganda yangi qabul qilingan qonun kuchga kirgunga qadar sodir 


etilgan jinoyatlarga eski qonundan farqli ravishda qilmishning jinoiyligini bekor 
qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda 
yaxshilaydigan bo‘lsa, tatbiq etilishiga aytiladi. 
2.

Download 279,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish