Jinoyat oraliq 1



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/98
Sana08.02.2022
Hajmi0,73 Mb.
#435819
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   98
Bog'liq
SAVOLGA JAVOB jinoyat(1)

 
33. 
Jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlik doirasi haqida gapiring 
Jinoyat ishtirokchisi qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli 
qilmishlari uchungina javobgar bo‘ladi. JK 30-moddasiga ko‘ra, tashkilotchi, dalolatchi va 
yordamchilar ham JK Maxsus qismining bajaruvchini javobgarlikka tortishni nazarda 
tutadigan moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortiladilar. Oldindan til biriktirgan guruh 
(murakkab ishtirokchilik), jinoiy guruh va jinoiy uyushmaning tashkilotchilari hamda a’zolari 
tayyorgarlik ko‘rilishi yoki sodir etilishida o‘zlari bevosita qatnashgan barcha jinoyatlari 
uchun javobgarlikka tortiladilar. Uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tashkil etgan yoki 
ularga rahbarlik qilgan shaxslar – jinoiy uyushma yoki qurolli uyushgan guruh tashkil 


etganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortilishlari bilan birga, shu guruh yoki uyushma sodir 
etgan barcha jinoyatlar uchun, basharti, bu jinoyatlar ularning jinoiy niyati bilan qamrab 
olingan bo‘lsagina, javobgarlikka tortiladilar. Jinoiy uyushma yoki 65 uyushgan qurolli 
guruhning boshqa (jinoiy uyushmani tuzishda ishtirok etmagan yoki rahbarlik qilmaydigan) 
a’zolari faqatgina o‘zlari bevosita sodir etgan jinoyatlari uchungina javobgar bo‘ladilar. 
Bajaruvchining harakatlarida jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lsa, uni 
umumiy asoslarda jinoiy javobgarlikka tortishga va JK Maxsus qism moddasi sanksiyasida 
nazarda tutilgan doirada jazo chorasini tayinlashga sabab bo‘ladi. Tashkilotchi, dalolatchi, 
yordamchining harakatlari esa - bajaruvchining harakatlari kvalifikatsiya qilingan modda bilan 
kvalifikatsiya qilinadi. Faqatgina ushbu holatda JK Maxsus qism moddasini JK 28-moddasiga 
havola qilgan holda kvalifikatsiya qilinishi lozim bo‘ladi. Masalan: ishtirokchilikda qasddan 
odam o‘ldirish jinoyati sodir etilgan bo‘lsa, bajaruvchidan tashqari boshqa ishtirokchilarning 
harakatlari quyidagicha kvalifikatsiya qilinadi: Bajaruvchining harakatlari JK 97-moddasi 
tegishli qismi va bandlari bilan; Tashkilotchi, dalolatchi va yordamchining harakatlari esa, JK 
28, 97-moddasining tegishli qismi va bandlari bilan kvalifikatsiya qilinadi. Agarda, bajaruvchi 
jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik yoki suiqasd qilganlik bosqichida to‘xtatilgan bo‘lsa, boshqa 
ishtirokchilarning harakatlari ham ushbu jinoyatni sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish yoki 
suqasd qilish deb kvalifikatsiya qilinadi. Bu holatda ishtirokchilarning harakatlari quyidagicha 
kvalifikatsiya qilinishi lozim bo‘ladi: - bajaruvchining harakatlari JK 25, 97-moddasi tegishli 
qismi va bandlari bilan; - tashkilotchi, dalolatchi va yordamchining harakatlari esa, JK 28, 25, 
97-moddasining tegishli qismi va bandlari bilan kvalifikatsiya qilinadi. Ishtirokchilarning 
barchasi faqatgina o‘zlari ishtirok etgan va umumiy qasdi bilan qamrab olingan qilmishlari 66 
uchungina javobgar bo‘ladilar. Ishtirokchilarning umumiy qasdi bilan qamrab olinmagan 
qilmishni sodir etgan ishtirokchi (bajaruvchi) sodir etgan qilmishi uchun faqat o‘zigina 
javobgar bo‘ladi va bajaruvchi ekssessi deb ataladi. 

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish