31. Ishtirokchilik turlari mazmun-mohiyatini ochib bering Ishtirokchilik JK 28-moddasiga ko‘ra, jinoyatda ishtirok etuvchi shaxslarning jinoyat sodir
etishdagi o‘rni va vazifasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘ladi. Ular:
- bajaruvchi;
- tashkilotchi;
- dalolatchi;
- yordamchi.
Bajaruvchi deb - shaxs: - jinoyatning ob’ektiv tomonini bevosita o‘zi to‘liq bajargan
shaxs; - jinoyatning ob’ektiv tomonini qisman bajargan shaxs; - jinoyatning ob’ektiv tomonini
birgalikda (bir guruh shaxslar bilan) bajargan shaxs; - jinoyatning ob’ektiv tomonini
javobgarlikka tortish mumkin bo‘lmagan (sub’ekt yoshiga yetmagan shaxslar yoki aqli noraso)
shaxslardan foydalanib bajargan shaxs; - jinoyatning ob’ektiv tomonini javobgarlikka tortish
mumkin bo‘lmagan vositalar (hayvonlar yoki qurilmalar)dan foydalanib bajargan shaxs
tushuniladi.