Jinoyat huquqi va kriminologiya


Shu  nuqtayi  nazardan  quyidagi  taklifni  ilgari  suramiz



Download 426,88 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/31
Sana05.01.2022
Hajmi426,88 Kb.
#317585
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
Bog'liq
Jinoyat huquqi va kriminologiya

Shu  nuqtayi  nazardan  quyidagi  taklifni  ilgari  suramiz:

  Oliy  sud 

Plenumining  “Sudlar  tomonidan  jazo  tayinlash  amaliyoti  to’g’risida”  gi  qaroriga 

qo’shimcha  kiritib,  unda  bir  necha  jinoyat  uchun  jarima  jazosi  tayinlanayotganda 

alohida-alohida  jazo  tayinlash  vaqtida  har  bir  jinoyat  sodir  qilingan  vaqtdagi  eng 

kam  oylik  ish  haqlari  miqdoridan  kelib  chiqqan  holda  jarimaning  summasini 

belgilab  olib,  uzil-kesil  jazo  tayinlashda  summalarni  qo’shish  to’g’risida 

tushuntirish  berilishi  kerak.  Yoxud  uzil-kesil  jazo  tayinlashda  alohida-alohida 

tayinlangan  jazolardan  qancha  miqdordan  olinganligini  ko’rsatib,  shu  miqdorlar 

bo’yicha  tegishli eng kam oylik  ish  haqidan kelib chiqib,  uzil-kesil jazo  tayinlash 

to’g’risida ko’rsatma berilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi, degan fikrdamiz. Zero, 

ushbu  ko’rsatmalar  jinoyat  qonunining  asl  mazmun-mohiyati  bo’yicha  qo’llanib, 

qonunning  vaqt  bo’yicha  amal  qilish  qoidasi  va  insonparvarlik  hamda  odillik 

prinsiplarining yanada to’laroq ro’yobga chiqishiga ko’maklashgan bo’lar edi.  

 

Amaliyotda  kam  bo’lsa-da,  uchrab  turadigan  muammolardan  yana  biri 



shuki,  Jinoyat    kodeksi    Maxsus    qismi    bir    qancha    moddalarida  yetkazilgan 

moddiy  zararning  o’rni  qoplangan  taqdirda  ozodlikdan  mahrum  qilish  jazosi 

qo’llanilmaydi,  degan  qism  bilan  to’ldirilganligi  munosabati  bilan  ozodlikdan 

mahrum  qilishni  tayinlashning  qonunda  cheklanganligi  bir  qator  muammolarni 

keltirib  chiqaradi.  Masalan,  shaxsning  qilmishi  Jinoyat  kodeksi  180-moddasi 

(soxta  bankrotlik)  va  228-modda  (hujjatlarni  qalbakilashtirish)  1-qismi  bilan 

jinoyatlar  majmui  tariqasida  kvalifikatsiya  qilingan  bo’lib,  jinoyatlarning  biri 

uchun ozodlikdan mahrum qilishdan boshqa, ya’ni axloq tuzatish ishlari, ikkinchisi 

uchun qamoq yoki boshqa bir jazo turi tayinlangan bo’lsa, uzil-kesil jazo tayinlash 

tartibi qanday bo’ladi. 

Bir  necha  jinoyat  sodir  etganlik  uchun  har  xil  turdagi 

jazolarni  qo’shish  yo’li  bilan  jazo  tayinlashda,  ma’lumki,  sud  O’zbekiston 

Respublikasi Jinoyat kodeksi 61-moddasida (har xil turdagi jazolarni qo’shishning 

                                                             

1

 Sh. Berdiyev // Qonunning vaqt bo’yicha amal qilish instituti. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining 



Axborotnomasi. 2015-yil 3-son. 29-bet.  


50 

 

hisoblash qoidalari) nazarda tutilgan qoidalarga amal qilib, jazoning og’irroq turini 



tayinlashi  lozim.  Unga  ko’ra,  har  xil  turdagi  asosiy  jazolarni  qo’shganda, 

ozodlikdan mahrum qilishning bir kuni:  

 

a) qamoq yoki intizomiy qismga jo’natishning bir kuniga;  



 

b)  axloq  tuzatish  ishlari  yoki  xizmat  bo’yicha  cheklashning  uch  kuniga 

to’g’ri keladi.  

 

Аmmo ushbu qoidaga ko’ra axloq tuzatish ishlari, qamoq, intizomiy qismga 



jo’natish, xizmat bo’yicha cheklash jazolarini bir-biriga qo’shish yoki alohida ijro  

etish  masalalari  tartibga  solinmagan.  Аmaliyotda  esa,  ushbu  hollarda  har  xil 

turdagi  asosiy  jazolarni  qo’shishda  bir  kunlik  qamoq  yoki  intizomiy  qismga 

jo’natishga uch kunlik axloq tuzatish ishlari, bir kunlik qamoqqa, intizomiy qismga 

jo’natishning bir kuni va uch kunlik axloq tuzatish ishlariga uch kunlik xizmat  

bo’yicha  cheklash  jazosi  muvofiq  kelishiga  asoslanadilar.  Qonunda  boshqa  jazo 

turlarini  faqat  ozodlikdan  mahrum  qilish  bilan  qo’shish  va  alohida-alohida  ijro 

etiladigan qoidalar nazarda tutilgan, xolos.  

 

Masalani, yuqoridagi tartibga ko’ra hal qilish, nazarimizda, adolatdan emas, 



chunki  Jinoyat  kodeksi  61-moddasining  1-qismi  (jazolarni  qo’shishning  hisoblash 

qoidalari)da  nazarda  tutilgan  qoidalar  asosan  ozodlikdan  mahrum  qilish  jazosiga 

tegishlidir. 

 

Аgarda  bir  necha  jinoyat  yuzasidan  tayinlangan  jazolarning  biri  axloq 



tuzatish  ishlari,  ikkinchisi  qamoq  bo’lsa,  yagona  jazo  tayinlash  masalasi  qanday 

hal  qilinishi  kerak?  Qonun  mazmuniga  ko’ra  axloq  tuzatish  ishlari,  xizmat 

bo’yicha  cheklash,  muayyan  huquqdan  mahrum  qilish  faqat  ozodlikdan  mahrum 

qilish  bilan  qo’shiladi.  Аytaylik,  sud  jinoyatlar  jami    tariqasida  jinoyatlardan  biri 

uchun  qamoq,  ikkinchisi  uchun  axloq  tuzatish  ishlari  tayinlasa  (har  ikki  jinoyati 

uchun  javobgarlikka  tortilgan  normalarning  sanksiyasida  ozodlikdan  mahrum 

qilish nazarda tutilmagan bo’lsa), yagona jazo tayinlash qanday hal qilinishi kerak? 

 

Аgarda  aybdorning  qilmishlari  kvalifikatsiya  qilingan  normalardan  birining 



sanksiyasida  ozodlikdan  mahrum  etish  nazarda  tutilgan  bo’lsa,  sud,  albatta, 

ozodlikdan maщrum qilishni tayinlaydi. Bunday jazo nazarda tutilmagan hollarda  




51 

 

sudlar ana shunday vaziyatdan chiqish uchun qanday harakatlar qiladilar? Bunday 



holda  ular  uchun  yagona  yo’l  qoladi.  Ya’ni  O’zbekiston  Respublikasi  Jinoyat 

kodeksi 61-moddasiga asoslanib, axloq tuzatish ishlarini ozodlikdan mahrum qilish  

jazosi bilan almashtirib, so’ng bu jazoga qamoq jazosini to’la yoki qisman qo’shib 

jazo tayinlashga majbur bo’ladilar. 

 

Amaliyotda  vujudga  kelayotgan  ushbu  muammolarni  bartaraf  etish 



yuzasidan  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumi  tomonidan  har  xil  turdagi 

jazolarni  qo’shish  yuzasidan  tegishli  tushuntirish  berilsa  yoxud  bu  tushuntirishni 

Jinoyat  kodeksida  norma  sifatida  belgilab  qo’yilsa,  qonundagi  ushbu  bo’shliq 

bartaraf etilgan bo’lardi, degan fikrdamiz.  

 

Tuman sudi tomonidan fuqaro S. ga nisbatan jinoyat ishi ko’rib chiqilib, JK 



188-moddasi  (noqonuniy  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug’ullanish)  va  278

5

-



moddasi  (kompyuter  sabotaji)  bilan  aybdor  deb  topilgan.  Ushbu  moddalar 

sanksiyalarida  muayyan  huquqdan  mahrum  qilish  jazosi  qo’shimcha  jazo 

tariqasida nazarda tutilgan va agar ish bo’yicha JK 57-moddasida nazarda tutilgan 

holatlar  mavjud bo’lmasa, qo’llanilishi  majburiydir. Shunga ko’ra, sud  S.  ga 188-

moddasi bo’yicha eng kam oylik  ish  haqining to’rt  yuz baravari  miqdorida jarima 

va  ikki  yil davomida tadbirkorlik  faoliyati  bilan shug’ullanish  huquqidan  mahrum 

qilish  jazosini  tayinlagan.  JK  278

5

-moddasi  bo’yicha  esa,  eng  kam  oylik  ish 



haqining uch baravari  miqdorida jarima va bir yil davomida kompyuter xizmatlari 

faoliyati  bilan  shug’ullanish  huquqidan  mahrum  etilgan.  JK  59-moddasi  yettinchi 

qismiga  asosan,  jinoyatlar  majmui  bo’yicha  tayinlangan  asosiy  jazoga  sud  ayrim 

jinoyatlar  uchun  tayinlangan  qo’shimcha  jazolarni  ham  qo’shishi  mumkin.  Bunda 

muayyan  huquqdan  mahrum  qilish  tariqasidagi  qo’shimcha  jazoning  uzil-kesil 

tayinlangan  muddati  JK  ning  45-moddasida  nazarda  tutilgan  eng  ko’p  muddatdan 

ortiq bo’lmasligi lozim. “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti 

to’g’risida”gi  qarorda  quyidagicha  tushuntirishar  berilgan:  bir  necha  jinoyat  sodir 

etganlikda  aybdor  deb  topilgan  shaxsga  nisbatan  qo’shimcha  jazo  turi  va  miqdori 

asosiy  jazo  singari  har  bir  harakat  uchun  alohida,  so’ngra  esa  jinoyatlar  majmui 

bo’yicha  uzil-kesil  tayinlanishi  lozim.  Аgar  qo’shimcha  jazo  jinoyatlar  majmuiga 



52 

 

kiruvchi  birorta  ham  jinoyat  uchun  tayinlanmagan  bo’lsa,  u  jinoyatlar  majmui 



bo’yicha qo’llanilishi mumkin emas. 

 

Аgar jinoyatlar  majmuiga kiruvchi  ikki  va  undan  ko’p jinoyat  uchun aynan 



bir  turdagi  qo’shimcha  jazo  tayinlangan  bo’lsa,  uning  uzil-kesil  miqdori  ko’proq 

qo’shimcha jazo muddatini ko’zda tutuvchi modda sanksiyasi doirasida ularni to’la 

yoki  qisman  qo’shish  orqali,  jinoyat  qonuni  moddasida  muddat  belgilanmagan 

yoki  qo’shimcha  jazo  JK  45-moddasi  asosida  qo’llanilgan  bo’lsa,  ushbu  jazo  turi 

uchun  belgilangan  maksimal  muddat  doirasida    belgilanadi  (46-band).  52-bandda 

ham  shu  qoida  takrorlangan:  ikki  yoki  undan  ortiq  jinoyatlar  majmui  bo’yicha 

qo’shimcha  jazo  belgilashda,  agar  alohida  jinoyatlar  uchun  tayinlangan  jazo  bir 

turga mansub bo’lsa, sud ushbu qo’shimcha jazo turi uchun belgilangan maksimal 

muddat  doirasida  ularning  yengilrog’ini  og’irrog’i  bilan  qoplash  yoki  ularni  to’la 

yoki qisman qo’shish qoidasi bo’yicha uzil-kesil jazo tayinlaydi. 

 

Xo’sh,  yuqoridagi  keltirilgan  misolda  qo’shimcha  jazolar  qay  tartibda 



qo’shiladi?  Bu  o’rinda  ikkita  jinoyat  yuzasidan  ham  bir  xil  qo’shimcha  jazo  – 

muayyan  huquqdan  mahrum  qilish  jazosi  tayinlanmoqda,  faqat  mahrum 

qilinayotgan huquqlar har xil.  

 

Ushbu holatda bu qo’shimcha jazolarga nisbatan to’la yoki qisman qo’shish 



qoidalari qo’llanilmaydi va ular alohida-alohida tayinlanadi

1

.   



 

Garchi bir necha jinoyatlar uchun tayinlanayotgan qo’shimcha jazo bir xil – 

muayyan  huquqdan  mahrum  qilish  bo’lsa-da,  mahrum  qilinayotgan  huquqlar  turli 

xil bo’lganligi  uchun sud  ularni alohida  tayinlaydi:  ikki  yil  davomida tadbirkorlik 

faoliyati  bilan  shug’ullanmaslik  va  bir  yil  kompyuterlarga  xizmat  ko’rsatish 

faoliyati  bilan  shug’ullanmaslik.  Mazkur  holatni  Oliy  sud  Plenumining  qarorida 

“agar bir necha jinoyatlar uchun qo’shimcha jazolar tariqasida muayyan huquqdan 

mahrum  qilish  tayinlansa  va  ular  turli  xil  huquqlarni  nazarda  tutsa,  ular  alohida 

tayinlanadi” tarzida belgilab qo’yishni maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz.  


Download 426,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish