Jinoyat huquqi 14-kazus



Download 227,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana28.07.2021
Hajmi227,59 Kb.
#130708
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
jinoyat YN

18-savol 

Maxsus  subyektning  belgilarini  aytib  bering.  Uni  umumiy  subyektdan  qanday 

farqli jihatlari mavjud. 

  

Jinoyat  qonuni  bo‘yicha  javobgarlikka  tortish  yoshiga  yetgan  shaxsgina 



jinoyatning  subyekti,  deb  hisoblanadi.  Jinoyat  huquqi  nazariyasida  jinoyatning 

maxsus  subyekti  tushunchasi  berilgan. Shaxsni  jinoyatning  maxsus  subyekti,  deb 

hisoblash  uchun  subyektning  zaruriy  belgilari  bilan  birga  (yosh,  aqli  rasolik), 

albatta,  boshqa  belgilar  ham  bo‘lishi  kerakki,  bunday  belgisiz  shaxsning  tegishli 

norma  bilan  jinoiy  javobgarlikka  tortilishi  mumkin  emas.  Ko‘p  hollarda  ushbu 



belgilar  jinoyat-huquqiy  normalar  dispozitsiyasida  ko‘rsatiladi  yoki  ularni 

sharhlash orqali aniqlanadi. Jinoyatning maxsus subyekti belgilari turlicha bo‘lib, 

ular  xizmat,  kasb,  fuqarolik  yoki  harbiy  majburiyat  bo‘yicha  bo‘lishi  mumkin. 

Masalan, boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlarning subyekti faqat mansabdor shaxs 

bo‘la  oladi  (205,  206,  207,  208,  209,  210,  211-moddalar),  harbiy  xizmatga  oid 

jinoyatlarda  faqat  harbiy  xizmatchilar  subyekt  bo‘la  oladi  (279–300-moddalar). 

Тransport harakati va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarda uning 

subyekti  faqat  transport  vositasini  boshqarayotgan  shaxs  bo‘la  oladi  (260,  266-

moddalar).  Jinoyat  qonunining  «Maxsus»  qismini  o‘rganish  shuni  ko‘rsatadiki, 

jinoyatning  maxsus  subyekti  belgilarini  quyidagicha  tasniflash  mumkin: 

1) fuqaroligi; 

2) demografik belgilari (jinsi, yoshi); 

3) mansabi; 

4) harbiy xizmatga aloqadorligi; 

5) bajarayotgan ishi; 

6) kasbiy majburiyati; 

7) shaxsiy majburiyatlari; 

8) subyektning asosiy holatlari (retsidivist, xavfli retsidivist). 

  

 Bu  tasnif,  albatta,  taxminiydir.  Har  bir  ijtimoiy  xavfli  harakat  sodir 



etilganida  sud-tergov  xodimlari  jinoyatning  maxsus  subyektining  alohida 

belgilarini aniqlashi lozimki, bularsiz harakat sodir etgan  shaxs ushbu jinoyatning 

subyekti,  deb  topilmasligi  kerak.  Umumiy  subyektning  maxsus  subyektdan 

farqlaridan  biri  bu  atamalar  qamrab  olgan  jinoyat  subyektlarining  doirasi 

hisoblanadi. Ya’ni umumiy obyekt maxsus obyektga nisbatan kengroq tushuncha 

bo‘lib,  o‘z  ichiga  maxsus  subyektlar  bilan  birgalikda  barcha  jinoyat  subyektlari 

nazarda  tutiladi.  Aniqroq  qilib  aytsak,  maxsus  subyekt  umumiy  subyekt  bo‘lishi 

mumkin,  lekin  barcha  umumiy  subyekt  ham  maxsus  subyekt  bo‘la  olmaydi. 

Masalan,  qotillikning  subyekti  harbiy  xizmatda  xizmat  qilayotgan  shaxs  ham, 

oddiy  shaxs  bo‘lishi  mumkin.  Lekin  harbiy  xizmat  bilan  bog‘liq  ba’zi 

jinoyatlarning subyekti oddiy shaxs bo‘la olmaydi.  




Download 227,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish