Йилларда франция


  “Kol  davri”:  nemis  neokonservatizmi  (yangi  konservatizmi)  va  Germaniyaning



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/82
Sana30.08.2021
Hajmi2,42 Mb.
#160089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   82
Bog'liq
eng yangi tarix

3.  “Kol  davri”:  nemis  neokonservatizmi  (yangi  konservatizmi)  va  Germaniyaning 
birlashishi. 
  
 G.Kol va nemis neokonservatizmi 
 
Hokimiyat  tepasiga  kelganida  Gelmut  Kolning  obro‘si  yetarlicha  yuqori  emas  edi.  Uning 
qiyofasi  (imiji)  o‘tgan  o‘n  yilliklar  davomida  shakllangan  G‘arbiy  Germaniya  siyosiy  elitasi 
yetakchilari  to‘g‘risidagi  tasavvurlardan  keskin  farq  qilar  edi.  Bo‘yi  193  sm,  og‘irligi  100 
kilogrammdan  ancha  oshiq  bo‘lgan  og‘ir  vaznli,  ko‘ngilchan  va  mehribon  ko‘rishuvchi,  ammo 
vaqti-vaqti  bilan  qat’iyatli  va  cho‘rtkesar  bo‘ladigan  Kol  ataylab  tushunarli,  oddiy,  o‘z  xalqining 
barcha  kamchilik  va  fazilatlarini  o‘zida  mujassamlashtirgan  “oddiy  nemis”  obrazini  yarata  bordi. 
Ammo  XDIda  Kol  siyosiy  intrigalar,  nozik  boshqaruv  o‘yinlari  ustasi,  kerakli  odamlar  bilan 
“do‘stlasha oluvchi” va sodiq tarafdorlarni qadrlaydigan odam sifatida ma’lum edi. Kol 1930 yilda 
tug‘ilgan  bo‘lib,  urushni  ko‘rgan,  ammo  aybdorlik  va  g‘am  ruhiyatidan  xoli  bo‘lgan  avlodga 
mansub  edi.  Tarbiya  va  qarashlari  bo‘yicha  katolik  va  konservator  bo‘lgan,  XDI  safiga  talabalik 
davridayoq kelgan Kol uchun dunyoning qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilish o‘zgarishlarga 
javob berish va ularga mos ravishda o‘zgarish qiyin emas edi.  
 
Gelmut  Kol  ruhiyati  va  asoslariga  ko‘ra  neokonservativ  mafkuraga  yaqin  bo‘lgan  xristian-
demokratiyaning  yangi  konsepsiyasini  ishlab  chiqayotgan  siyosatchilarga  rahbar  edi.  Uning  eng 
yaqin  hamkasblari  partiya  bosh  kotibi  Kurt  Bedinkorf,  uning  o‘rinbosari  Xayner  Goysler,  hamda 
ijtimoiy  qo‘mitalar  rahbari  Narbert  Blyumlar  bo‘lishdi.  Germaniyaning  neokonservatorlar, 
amerikalik  va  ingliz  hamkasblari  kabi  GMK  (?)  davriga  xos  bo‘lgan  etatizm  (davlatni  ijtimoiy 
taraqqiyotning  asosiy  maqsadi  va  eng  yuksak  yutug‘i  deb  hisoblovchi  siyosiy  oqim),  “faravonlik 
davlati”  g‘oyasi,  ijtimoiy  IJDIVENCHESTVO  va  mas’uliyatsizlik  psixologiyasi,  ijtimoiy 
qurilishning  “ideal  modelini”  izlovchilarga  xos  bo‘lgan  projektchilikni  (amalda  erishib 
bo‘lmaydigan  loyihalar  bilan  qiziqish)  tanqid  qilar  edilar.  Ular  jamiyatning  an’anaviy  asoslarini 
tiklash,  ma’naviy  sog‘lomlashish,  ijtimoiy  tuzilmaning  asosiy  elementlari  -  oila,  cherkov,  mulk, 
davlatni  kuchaytirishga  da’vat  qilishar  edi.  Shu  bilan  bir  vaqtda  “neokonservativ  inqilob”  haqida 
ko‘zlashishdan  o‘zinib  tiyar,  o‘z  dasturini  urushdan  keyingi  demokratik-xristian  an’analariga 
qarama-qarshi qo‘yishni zarur deb hisoblamas edi. Agar 1978 yildagi XDIning “tamoyillar dasturi” 
xristian  demokratlar  yangi  avlodining  yangilanish  da’volarini  aks  ettirgan  bo‘lsa,  keyinchalik  Kol 
davlat  boshqaruvini  siyosiylashtirishdan,  agressiv  fraksiyalararo  va  partiyalararo  qarama-
qarshilikdan  voz  kechib,  pragmatik  vazifalar  va  katta  ta’sirga  ega  ijtimoiy  kuchlarga  tayanishga 
e’tibor berishga harakat qildi.  
 
Germaniyaning  yangi  konservatorlari  Erxard  tomonidan  ishlab  chiqilgan  ijtimoiy  bozor 
xo‘jaligining  klassik  tamoyillariga  tayanar  edilar.  Industrial  iqtisodiy  modelning  strukturaviy 
inqirozi  sharoitida  dirijizmni  liberalizmga,  boshqaruvchi  va  rejali  iqtisodiyotni  raqobatga 
asoslangan  bozor  iqtisodiyotiga  qarama-qarshi  qo‘yishdan  voz  kechish  hamda  amaldagi  bozor 
mexanizmining o‘zi eng ijtimoiy iqtisodiy tuzum ekanligi va o‘z mehnati bilan qo‘lga kiritilgan va 
shaxsiy  javobgarlikka asoslangan  moddiy  faravonlik  insonning  ma’naviy, axloqiy  rivojlanishining 


 
50 
muhim  omili  bo‘lishi  to‘g‘risidagi  g‘oyalarning  o‘ta  dolzarbligi  namoyon  bo‘lardi.  Nemis  yangi 
konservatizmi  konsepsiyasiga  urushdan  keyingi  xristian  demokratiyaning  asoslari,  ya’ni  individ 
erkinligi  o‘z  yo‘lini  mustaqil  tanlash  huquqi  va  unga  javobgarlikning  birligi  sifatida  siyosiy 
plyuralizm  (xilma-xillik)  va  siyosiy  jarayonning  kurashga  asoslanganligi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
iqtisodiy  faoliyatning  raqobatga  asoslanganligi,  xo‘jalik,  ijtimoiy,  siyosiy,  madaniy  sohalarni 
ketma-ket  subsidlar  tarzda  (mablag‘  qo‘yib)  qo‘llab-quvvatlash  prinsipining  amalga  oshirilishi 
bilan  qo‘lga  kiritiladigan  ijtimoiy  barqarorlik;  individning  iqtisodiy  va  siyosiy  tazyiqdan 
himoyalanganligi  va  faol  hamda  puxta  siyosat  yurita  olishga  qadar  bo‘lgan  kuchli  mamlakat 
mavjudligining birligi kabi asosiy prinsiplar kiritildi.  
 
G.Kol  so‘l  sotsial-demokratlarning  iqtisodiyotning  rejaviy  asosini  kuchaytirishga  ijtimoiy 
ta’minot  tuzimini  kengaytirishga,  budjet  tanqisligi  hamda  soliqlarni  oshirishdan  sotsial  mamlakat 
barpo etuvchi vositalar sifatida foydalanishga bo‘lgan urinishlarini qattiq tanqid ostiga oldi. Ammo 
shu bilan birgalikda u sotsial-liberal kaolitsiyaning inqirozga qarshi  siyosiy tajribasiga tayana oldi. 
Allaqachon  Shmidt  ham  boshqa  mamlakatlardagi  “yangi  konservatizm  inqirozi”  asosini  tashkil 
etuvchi  quyidagi  ko‘pgina  usullarni  qo‘llagan  edi:  monetar  siyosat,  aholining  barcha  qatlamlarini 
qamrab  oluvchi  ijtimoiy  ta’minotdan  tanlab  qo‘llab-quvvatlash  dasturlariga  o‘tish,  budjetni  tejash 
siyosati, kichik biznes va NIOKR (?)ning zamonaviy yo‘nalishlarini rag‘batlantirish. Shunday qilib, 
nemis  neokonservatizmi  mafkuraviy  qarama-qarshilik  ruhi  va  pafosi(?)dan  xoli  bo‘lib  chiqdi. 
G.Kol o‘z strategik  maqsadlarini  yaqqol fahmlagan holda barcha siyosiy kuchlar bilan konstruktiv 
(samarali)  muloqot  olib  borishga  e’tiborini  qaratdi.  qaror  qabul  qilishda  “shoshilmaslik”, 
konyukturaviy  (mansabdorlar  shtatini  o‘zgartirish)  shoshma-shosharlikka  yo‘l  qo‘ymaslik  va 
muammoni “pishib yetishigacha kutish”ga harakat qilish, ko‘rilayotgan chora natijasi eng yaxshi va 
boshqa iloj qolmaganligi yaqqol bo‘lib qolganligini  voqealar rivojiga ta’sir ko‘rsatish G.Kolga xos 
bo‘lib  qoldi.  Shu  bilan  birga  G.Kol  o‘zining  g‘ayratli  va  nostandart  usullardan  foydalanish  ustasi 
ekanligi  tufayli  sustkashlikda  ayblashga  o‘rin  qoldirmas  edi.  Bunday  siyosiy  uslub  tufayli  G.Kol 
nemis  jamiyatining  turli qatlamlari  vakillari  ishonchini qozongan. Germaniyaning  eng  mashhur va 
obro‘li siyosatchilaridan biriga aylantirdi.  
 
G.Kol  parlamentda  o‘z  mavqeini  mustahkamlashga  harakat  qilib,  Bundestagni  tarqatib 
yuborish  va  navbatdagi  saylovlar  o‘tkazishni  amalga  oshirdi.  Saylovlar  1983  yil  6  martda  bo‘lib 
o‘tdi va hokimiyat tepasidagi yangi koalitsiyaning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. XDI 38,2% 
ovoz  va  192  mandatga,  XSI  -  10,6%  ovoz  va  52  mandat,  EDP  -  7%  ovoz  va  34  mandatga  ega 
bo‘ldi. GSDP 38,2% ovozga ega bo‘lib, rasman eng yirik fraksiya (193 mandat)ga aylandi, ammo 
ta’sir bo‘yicha parlamentdagi ilg‘or koalitsiyadan ortda qolayotgan edi.  
 
1983 yil saylovlaridagi asosiy kutilmagan hodisa  “yashillar”  muvaffaqiyati  bo‘ldi. Ular 5,6 
%  ovozga  ega  bo‘lib,  ilk  bor  Bundestagda  o‘z  fraksiyalariga  ega  bo‘lishdi.  Saylovda  “yashillar” 
1983  yil  yanvarida  partiya  U  syezdida  qabul  qilingan  yangi  dastur  bilan  chiqishdi.  Uning  shiori 
quyidagicha edi:”Maqsadli  mehnat qilish-yakdillik bilan  yashash. Ishsizlik  va  ijtimoiy  huquqlarni 
cheklashga  qarshi”.  O‘z  harakatlarining  eng  muhim  tamoyillarini  saqlab  qolgan  holda  “yashillar” 
o‘z  dasturlariga  energetika,  transport,  uy-joy  qurilishi,  ishsizlik,  inflyatsiya,  ijtimoiy  va  sotsial 
xizmatlar  faoliyatini  to‘xtatishga  qarshi  kurashga  qaratilgan  bir  qator  dolzarb  ijtimoiy-iqtisodiy 
vazifalarni  kiritishdi. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan  ishlab  chiqarish  vositalarini  keng o‘z-o‘zini 
boshqarishni  ko‘zda  tutuvchi  “yangi  ijtimoiy  mulk  shakli”ga  o‘tkazish  taklif  qilingan  edi. 
“Yashillar”  strategik  maqsad  sifatida  ham  inson,  ham  tabiatni  ekspluatatsiya  qilishga  yo‘l 
qo‘ymaydigan totuv va demokratik jamiyat, yangi “ekologik tuzum”ni barpo etishni qarashardi.  
 
“Yashillar”ning  partiyaviy  spektrning  doimiy  elementiga  aylanishi  GFRdagi  butun  siyosiy 
tizimini barqarorlashuvi uchun katta ahamiyatga ega edi. “Yashillar” partiyasi rahbarlari “parlament 
tashqarisidagi  muxolifot”ni  (ya’ni  xalqaro  GrinPIs  tashkilotiga  intiluvchi  radikal-ekologlarni, 
qonun  chiqarish  jarayonida  qatnashishga  harakat  qiluvchi  mo‘tadil  “parlament  qanoti”,  urush  va 
fashizmga  qarshi  kurashuvchi  guruhlar,  talaba  faollarni)  birlashtirishga  muvaffaq  bo‘lishdi.  shu 
bilan  “yangi  ijtimoiy  harakat”larni  mamlakat  siyosiy  tizimiga  qo‘shishni  o‘ziga  xos  mexanizmi 
shakllandi. Bundan faqatgina o‘ng radikal guruhlar mustasno edi. Bu guruhlarning eng yirigi 1983 
yilda  tashkil  qilingan  Respublikachilar  partiyasi  edi.  Uning  dasturidan  ekstremistik  xarakterdagi 
millatchilik va qasoskorlik (revanshizm) o‘rin olgan edi. Terrorizm ilgarigidek barqarorlikka zarba 
beruvchi rol o‘ynardi.  


 
51 
 
Yangilangan  xristian-demokratik  harakatning  siyosiy  ustunligi  butun  o‘n  yillik  davomida 
yaqqol  edi.  1984  yil  GFR  prezidenti  etib  XDIning  eng  obro‘li  rahbarlaridan  biri  Rixard  fon 
Veytszekker  saylandi.  1987  yildagi  parlament  saylovlarida  XDIG‘XSI  blokining  mavqei 
yomonlashdi.  XDI  34,5%  ovoz  (174  mandat),  XSI  9,8%  ovoz  (49  mandat)ga  ega  bo‘ldi.  Ammo 
hukumat koalitsiyasi ustunligi 9,1% ovoz (46 mandat)ga ega bo‘lishga erishgan EDP tufayli saqlab 
qolindi.  37%  ovozga  ega  bo‘lgan  GSDP  fraksiyasi  187  mandatgacha  kamaydi.  Bu  saylovlarda 
sotsialistlar  elektorastining  bir  qismi  rivojlanayotgan  “yashillar”  partiyasi  uchun  ovoz  berdi  (8,3 
ovoz, 42 mandat). 
 
Ijtimoiy-iqtisodiy  siyosat  sohasida  G.Kol  katta  o‘zgarishlar  kiritishga  majbur  bo‘lmadi. 
Budjetni  tejash,  ta’lim  va  kasbiy  mahorat  oshirishdan  boshqa  ijtimoiy  dasturlarga  qaratilgan 
xarajatlarni  qisqartirishga  yo‘naltirilgan  siyosat  davom  ettirildi.  Bu  budjet  kamomadini  tezda 
pasaytirishda  yordam  berdi.  1983  yildayoq  kamomad  darajasi  30  milliard  markaga  qisqartirildi. 
Shmidt  hukumati  tomonidan  boshlangan  mehnat  munosabatlari  tizimidagi  huquqiy  islohot  davom 
ettirildi.  Hukmron  koalitsiya  parlament  orqali  kasaba  uyushmalari  huquqlarini  cheklash,  mehnat 
shartnomalari  tuzish  jarayonida  ish  beruvchi  vakolatlarini  oshirish,  mehnatga  haq  to‘lash  tizimini 
differensiya  qilish  (turlicha  haq  to‘lash)ga  qaratilgan  qonunchilikka  250  ta  tuzatishlar  kiritdi.  Bu 
choralar  yollanma  mehnat  unumdorligini  oshirish  va  mahsulot  tonnarxini  pasaytirishga  qaratilgan 
edi.  Saylovoldi  va’dalarga  qaramasdan  ishsizlikka  qaratilgan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  xarakatlar 
oshirilmaganligicha  siyosiy  qoldi.  Yangi  konservatorlarning  fikricha  faqatgina  tabiiy  iqtisodiy 
mexanizmlar samarali mehnat bozorini tiklashi mumkin edi.  
 
Tuzilmaviy  siyosatning  yangi  elementi  xususiylashtirish  dasturlarini  amalga  oshirishdan 
iborat  bo‘ldi.  Ammo  g‘arbning  boshqa  ilg‘or  mamlakatlaridan  farqli  o‘laroq  nemis 
neokonservatorlari  bu sohani  ustivor deb hisoblamadilar. Xususiylashtirishning  birinchi o‘n  yilligi 
davomida  G.Kol  hukumati  (1982-1992)  budjeti  atigi  10  milliard  marka  jalb  qila  oldi,  xolos.  Shu 
bilan birga xalq xo‘jaligi faoliyatida katta rol o‘ynamaydigan unchalik katta bo‘lmagan korxonalar 
xususiylashtirildi.  Kichik  va  o‘rta  biznesga  nisbatan  yuritilgan  rag‘batlantirish  siyosati  muhimroq 
rol  o‘ynadi.  Bu  siyosatning  asosiy  usuli  korporativ  mablag‘ga  cheksiz  imtiyozlar  beruvchi  soliq-
moliya  islohotini  amalga  oshirishdan  iborat  bo‘ldi.  E’tibor  o‘rta  tadbirkor  qatlamlarga  qaratildi. 
Tiklanayotgan  iqtisodiyot  skeletini  biznes  bilan  shug‘ullanuvchi  (bozor  konyukturasi  yuqori 
investitsion  xatarga  ega,  innovatsion  texnologiyalarning  faol  jalb  qiluvchi  20  dan  200  million 
marka  aylanma  kapitalga  ega  bo‘lgan  15  mingta  kompaniya  tashkil  etdi.  Jismoniy  shaxslarning 
aloqalari esa, aksincha oshirildi.  
 
qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishi  sohasida  asosiy  e’tibor  yirik  ishlab  chiqaruvchilarga 
qaratildi. Kol hukumati qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan sonini qisqarishi ( u 80-yillarning oxiriga 
kelib,  iqtisodiy  faol  aholining  4,5%  gacha  tushib  qoldi)  va  yer  mulklarni  birlashtirishni 
rag‘batlantirdi.  qishloq  xo‘jaligida  foydalaniladigan  yerlar  maydoni  qisqardi.  Bu  davrda  qishloq 
xo‘jaligi  mahsulotlari  hajmining  o‘sishi  o‘simliklarning  yangi  serhosil  navlarini  yaratish  va 
hayvonlar  zotlarini  seleksiya  qilish,  ekinlarni  kimyoviy  himoya  qilish  vositalarini  yangilash  va 
ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish hisobidan ta’minlandi. GFR agrar sektorda daromad olish 
bo‘yicha  hali  ham  Fransiya,  Gretsiya,  Ispaniya,  Portugaliyadan  ortda  edi,  ammo  bu  sektor 
mamlakatning oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojining 75:ini qondira olardi.  
 
Kol hukumati ichki siyosatining omadli ekanligi ko‘p jihatdan iqtisodiy sikl doirasida o‘sish 
fazasi  boshlanganligiga  bog‘liq  edi.  Takror  ishlab  chiqarish  inqirozdan  chiqish  1983  yildan 
boshlandi  va keyingi  8  yil davomida  ishlab chiqarish  hajmi  barqaror o‘sib  bordi. O‘sish  cho‘qqisi 
1980  yilga  to‘g‘ri  keldi,  YAIM  o‘sishi  o‘sha  yili  4,5%ni  tashkil  etdi.  Ayniqsa,  mashinasozlik, 
avtomobil,  kimyo,  elektron-texnik  sohalar  yuqori  sur’atlar  bilan  rivojlandi.  Fan  yutuqlarini  jalb 
qilingan  tovarlar  bozorida  GFR  Yaponiyani  ortda  qoldirib,  dunyoda  ikkinchi  o‘ringa  chiqib  oldi 
(20%). Eksport operatsiyalari umumiy hajmi bo‘yicha ham GFR AQSHDan keyin  ikkinchi o‘rinni 
egalladi.  Sanoat  ishlab  chiqarishi  o‘sishi  natijasida  eksportning  tez  o‘sib  borishi  tashqi  savdo 
musbat  saldosini  barqaror  oshirib  borishga  imkon  berdi.  1990  yilda  u  allaqachon  148,5  milliard 
markani  tashkil  etdi  (ikki  yil  oldin  128  mlrd.marka).  Ishsizlik  muammosiga  ham  asta-sekin  hal 
qilina bordi. Ishsizlik darajasi sekin, ammo bir maromda pasaya bordi. 1990 yilda u o‘n yil ichida 
ilk  bor  2  mln.  kishidan  (iqtisodiy  faol  ahamiyatining  7%i)  kamroqni  tashkil  etdi.  O‘sish  yillarida 


 
52 
GFR  moliyaviy  tizimining  barqarorligi,  markaning  xalqaro  hisob-kitoblarda  ishlatiladigan  pul 
birligi sifatidagi rolini saqlab qolishga imkon berdi.  
 
 Tashqi  siyosatdagi  ustivor  yo‘nalishlar  G.Kol  tomonidan  kansler  lavozimi  uchun  kurash 
davridayoq e’lon qilingan edi. U GFRning demokratiya va xalqaro-huquq tizimini mustahkamlash, 
Atlantik  yakdillik  prinsipiga  rioya  qilish,  ammo  NATO  a’zolari  o‘rtasida  teng  huquqli 
munosabatlarga  intilgan  holda  Yevropa  integratsiyasida  Fransiya-G‘arbiy  Germaniya  ittifoqining 
asosiy  rolini  tan  olgan  holda  integratsiyaga  faol  yordam  berishga  harakat  qiluvchi  dunyo  ham 
jamiyati  a’zosi  sifatida  rolini  mustahkamlash  zarur  deb  hisoblar  edi.  G.Kol  GDR  suverenitetini 
so‘zsiz tan olar, ammo ikkita nemis davlati o‘zaro munosabatlarning (“ichki Germaniya masalasi”) 
xalqaro-huquqiy xarakterga ega bo‘lishi noto‘g‘ri deb hisoblardi.  
 
G.Kol hokimiyat tepasida bo‘lishining ilk yillarida NATO bo‘yicha strategik sheriklar bilan 
munosabatlarni  mustahkamlashga  e’tibor  qaratdi.  Urushga  qarshi  harakatning  keng  yoyilishiga 
qaramasdan uning hukumati GFR hududida o‘rta va kichik uchar raketalarni joylashtirish bo‘yicha 
barcha shartnomalarga qat’iy rioya qilardi. G‘arbiy Germaniya diplomatiyasi Buyuk Britaniyaning 
Folklend  (malvin)  orollari  uchun  kurashi  va  AQShning  Grenadagi  botirib  kirishini  ma’qulladi. 
Hukumat  darajasida  GFR  SOI  dasturiga  qo‘shildi.  1986  yil  Reysyevikdagi  R.Reygan  va  sovet 
rahbari  muzokoralarida  Reyganning  qat’iy  pozitsiyasini  qo‘llab-quvvatladi.  Shu  bilan  bir  vaqtda 
ittifoqchilar  bilan  tenglarcha  munosabatda  bo‘lishga  eirshdi.  1984  yilda  1954  yildagi  Parij 
kelishuvlaridagi  harbiy  ishlab  chiqarish  va  qurolli  kuchlarni  rivojlantirishdagi  eng  oxirgi 
cheklashlar bekor qilindi.  
 
G.Kol  tashqi  ishlar  vaziri  lavozimini  o‘zida  saqlab  qolgan  Gensherning  faol  qo‘llab-
quvvatlashiga  tayanib,  Yevropadagi  integratsion  jarayonning  yangi  bosqichini  boshlashga  katta 
hissa  qo‘shdi.  “Gensher-Kolombo  rejasi”ni  amalga  oshirish  doirasida  G.Kol  1989  yildagi 
Shtutgartda  bo‘lib  o‘tgan  Yevropa  hamjamiyati  rahbarlari  uchrashuvida  va  “Yevropa  Ittifoqi 
to‘g‘risidagi tantanali deklaratsiyasi”ning imzolanishida ishtirok etdi. 1984 yildan Fransiya G‘arbiy 
Germaniya  aloqalari  faollasha  bordi. Ularning tez-tez ro‘y  berishi  va  strategik  xarakteri  Adenauer 
va  de  Goll  davrini  eslatardi.  Shu  narsa  diqqatga  sazovorki  agar  80-yillarning  birinchi  yarmida 
Reygan  va  Tetcher  bilan  uchrashuvlarda  Gol  ko‘pincha  G‘arbdagi  o‘sha  davr  konservativ 
kuchlarining  umumiyligi  (ularga  G‘arbiy  Germaniya  xristian  demokratiyasini  ham  qo‘shib, 
to‘g‘risida  fikr  yuritgan  bo‘lsa,  Mitteran  bilan  yaqinlashgandan  so‘ng  bunday  o‘xshatishlar  unga 
xos  bo‘lmay  qoldi.  Fransiya-G‘arbiy  Germaniya  hamkorligi,  “Yagona  Yevropa  Akti”ning  ishlab 
chiqilishi va 1986 yilda qabul qilinishiga sabab bo‘lgan eng muhim omillardan biri bo‘ldi.  
 
80-yillar  o‘rtalaridagi  xalqaro  munosabatlar  xarakterining  o‘zgarishi  bilan  GFRning  global 
siyosatiga  tuzatishlar  kiritildi.  G.Kol  oliy  darajadagi  Sovet-Amerika  muloqotini  faol  qo‘llab-
quvvatladi.  U  o‘rta  va  kichik  masofalarga  uchuvchi  raketalar  masalasining  hal  etilishida  (qurolli 
kuchlarni qisqartirish bilan Amerika yadro kollaklari bilan jihozlangan nemis raketa tashuvchilarini 
hisobga  olish  (ro‘yxatga  olish)ga  rozi  bo‘lish  bilan)  hal  etuvchi  rol  uynadi.  1988  yil  oktabrida 
G.Kolning  Moskvaga  safari  va  1989  yil  iyunidagi  M.Gorbachevning  javoban  tashrifi  ikkala 
mamlakat  rahbariyati  o‘rtasidagi  samarali  va  intensiv  muloqotga  zamin  yaratdi.  Sovet-G‘arbiy 
Germaniya hamkorligining asosiy yo‘nalishlaridan biri SSSRda yashovchi nemis millatiga mansub 
fuqarolar  taqdiri,  ularning  tarixiy  vataniga  ketishlarini  qonuniylashtirish  va  ta’minlash  muammosi 
bo‘ldi. Keyinchalik, SSSR hududida bo‘lgan siyosiy o‘zgarishlarga qaramasdan Sovet-Germaniya 
aloqalarining  ijobiy  va  barqarorligi  saqlanib  qoldi.  Bu  samarali  hamkorlik  G‘arbiy  Germaniya 
diplomatiyasining  asosiy  vazifasi-  Germaniya  birlashishi  muammosining  hal  etilishini  ancha 
yengillashtirdi.  
 
 Sharqiy Germaniyada sotsializmning tanazzulga yuz tutishi va Germaniyaning birlashishi. 
 
80-yillarda  ikkala  nemis  davlatlari  munosabatlarida  yangi  xususiyatlar  namoyon  bo‘la 
boshladi. GDRdagi rasmiy targ‘ibotda kutilmaganda umumgermaniya  motivi faollashdi. “Umumiy 
madaniy  meros”  to‘g‘risidagi  tez-tez  qo‘llana  boshlandi,  Fridrix  11  va  Bismark  kabi  shaxslar 
“tiklandi”.  Xonekkerning  GFRda  “demokratik  kuchlar”  g‘alabasidan  keyin  Germaniyaning 
birlashish  imkoniyati to‘g‘risidagi  bayonoti shov-shuvli  bo‘ldi. 1981  yildagi Xonekker  va Shmidt 
uchrashuvida ilk bor Yevropa qit’asida xavfsizlik uchun GFR va GDR ning “umumiy javobgarligi” 
tushunchasi tilga olindi. Bu qadamlar 80-yillar boshidagi “sovuq urush”ning yana avj olish davrida, 


 
53 
ayniqsa, ko‘proq ko‘zga tashlandi. Faqatgina SSSRda hokimiyat tepasiga M.Gorbachyov kelgandan 
so‘ng  Xonekkerning  “o‘ziga  xos  mavqei”  OVD  bo‘yicha  ittifoqchilar  harakatlariga  moslashib 
bordi.  
 
Sharqiy  Germaniya  rahbariyatining  yangi  yo‘li  Bonnda  qo‘llab-quvvatlandi.  Voqealar 
rivojini  tezlashtirmasdan  va  o‘z  qadamlari  to‘g‘risida  jar  solmasdan  G.Kol  hukumati  GDRni 
iqtisodiy  qo‘llab-quvvatlash  bo‘yicha  choralar  ko‘rdi.  1983-1984  yillarda  umumiy  qiymati  1,9 
milliard  markadan  iborat  kredit  berish  to‘g‘risida  shartnoma  tuzildi.  Ikkala  hukumatning  so‘zsiz 
(jim)  roziligi  bilan  ikkala  mamlakat  universitetlari,  shahar  jamoalari,  ijodkor  ziyolilar  guruhlari 
o‘rtasida  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  aloqalar  o‘rnatildi.  1987  yilda  tarixda  ilk  bor  GDR  rahbari  Bonnga 
tashrif buyurdi. Uning “ishchi  xarakteri”ga qaramasdan, GFR rahbarlari xorijiy davlat rahbarlarini 
qabul  qilishdagi  barcha  tantanaviy  normalarga  rioya  qilishga  harakat  qilishdi.  Ammo  Xonekker 
hech qanday liberal-islohotchi emas edi. GFR bilan munosabatlarni yumshatishga harakat qilish o‘z 
hokimiyatini  mustahkamlashga  bo‘lgan pragmatik  intilishdan  iborat  edi.  GDR  hukumatining  ichki 
siyosatida,  aksincha  konservativ  kayfiyatlar  kuchaydi.  Xonekker  va  uning  atrofidagilarining 
hokimiyati  yaqqol avtoritar xarakterga ega bo‘la  boshladi.  O‘zgacha  fikrlovchilarni  qatag‘on bilan 
yo‘q qilish usullari ko‘proq qo‘llanila boshlandi.  
 
SSSRda  qayta  qurish  boshlanganidan  so‘ng  GDR  rahbariyati  Gorbachevning  islohoti 
yo‘lidan borishdan voz kechdi. Bu haqda 1987 yilda “Shtern”ga bergan  intervyusida GYASpning 
asosiy  mafkurasi  K.Xaker  ochiqchasiga  shunday  dedi:”Agar  qo‘shinsiz  devoriy  bezaklarni 
almashtirsa,  bu  siz  ham  ta’mirni  boshlashingiz  kerak  degani,  emas-ku?!”.  60-yillardagi  islohot 
natijalari  o‘z  kuchini  yo‘qota  boshladi.  Sharqiy  Germaniya  iqtisodiyoti  tez  sur’atlar  bilan 
rentabellik  va  dunyo  bozorida  raqobatbardoshlik  boshladi.  Tashqi  zayomlarning  asosiy  qismi 
G‘arbdan umumiste’mol mollari, oziq-ovqat va shaxsiy foydalanish uchun avtomobil sotib olishga 
sarflanar  edi.  80-yillarning  oxirida  GDRning  barcha  fuqarolari  “Intershop”  (sovet  “Berezka” 
tizimiga  o‘xshash)  savdo  tizimi  xizmatlaridan  foydalanish  huquqini  qo‘lga  kiritishdi.  Faravonlik 
davlat  qarzlarining  keskin  o‘sib  borish  hisobidan  saqlanib  turdi.  Agar  1971  yil  GDRning  g‘arbiy 
davlatlardan  qarzi  3,5  mlrd  markidan  iborat  bo‘lgan  bo‘lsa,  1989  yilga  kelib  u  10  baravar  oshdi. 
Moliyaviy  inqiroz  xavfi  real  bo‘lib  qoldi.  GDR  aholisi  o‘rtasida  APATIYA  ijtimoiy 
IJDITENIYESTVO  kayfiyatlari  paydo  bo‘lishi  bilan  birga  talabchanlik  oshishi  G‘arb  iste’mol 
standartlariga  moslashish  kuzatila  boshlandi.  Barcha  muammolarni  Germaniyaning  qo‘shilishi 
orqali hal qilish g‘oyasi tobora ommaviylashib bordi. 
 
O‘sib borayotgan ichki siyosat inqirozi Xonekker hukumatini ochiq demogogiya va terrorni 
qo‘llashga  majbur  etdi.  GDR  fuqarolarining  G‘arbga  qochib  o‘tishga  urinishlari  berahmlik  bilan 
jazolanar  edi.  “Shtazi”  maxsus  xizmati  keng  qamrovli  josuslik  tizimini  yaratdi.  GDR  aholisi  atigi 
8,4 mln. kishini tashkil etgani holda davlat xavfsizligi vazirligi shaxsiy tarkibi bu yillarda 100 ming 
kishidan  ortiq bo‘lib,  yana shuncha kishi  “Shtazi”  agentlik  tarmog‘iga  jalb qilingan edi (shu  bilan 
birga,  shuni  hisobga  olish  kerakki,  2  mln.  kishidan  ortiq  BYASp  a’zolari  ham  bor  edi).  Ammo 
baribir  sotsialistik  tuzum  tanazzulga  uchrayotgan  edi.  Uning  darakchisi  1989  yil  kuzidagi 
Chexoslovakiya bilan ochiq chegara orqali Avstriya va GDRga yo‘nalgan qochoqlar oqimi bo‘ldi.  
 
Muammo  yechimi  GDRning  40-yilligini  nishonlash  kunlarida  qo‘lga  kiritildi. 
M.Gorbachevning  6  oktabr  1989  yildagi  safari  sirtdan  “do‘stona”  vaziyatda  o‘tgan  bo‘lsada 
GYASPdagi  ichki  partiyaviy  muxolifotga  ishonch  bag‘ishladi,  7-8  oktabrda  bo‘lib  o‘tgan  va 
politsiya bilan to‘qnashuvlarga olib kelgan ommaviy chiqishlar davlat rahbarlarini siyosiy xatolarda 
ayblashga  asos  bo‘ldi.  1989  yil  18  oktabrda  GYASPning  1X  plenumida  Xonekker  egallagan 
lavozimlaridan chetlashtirildi. Uning o‘rnini Egon Krens egalladi.  
 
Hukumat  yuqori  eshelonlarida  tozalash  boshlandi.  Ammo  GYASPning  yangi  rahbariyati 
mamlakat  boshqaruvini  tezda  qo‘ldan  bera  boshladi.  Deyarli  har  kuni  GDRning  turli  shaharlarida 
ommaviy  mitinglar  va  namoyoishlarga  bo‘lib  o‘tirdi.  7  noyabrda  Vazirlar  Kengashining  butun 
tarkibi  Villi  Inter  rahbarligida  iste’foga  ketdi.  8  noyabrda  esa  GYASP  Mqning  tarkibi  tubdan 
o‘zgartirildi.  13  noyabrda  Xalq  palatasi  Vazirlar  Kengashining  yangi  raisi  lavozimiga  mashhur 
partiyaviy  muxolifoti  GYASPning  Drezdendagi  okrug  qo‘mitasi  birinchi  kotibi  Xans  Madrovni 
sayladi.  Madrov  tezda  GFR  bilan  “shartnomaviy  hamjamiyat”  tuzish  rejasini  ma’lum  qildi.  Unda 
bosqichma-bosqich  ikkala  Germaniya  davlatlarining  iqtisodiy,  valyuta  va  transport  ittifoqini 


 
54 
shakllantirish,  konferensiya  tuzish  va  kelgusida  federatsiya  tuzish  ko‘zda  tutilgan  edi.  Bu  reja 
G.Kol tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.  
 
1989 yil dekabridagi tez ro‘y bergan “Sharqiy Germaniyacha qayta qurish” GYASP siyosiy 
monopoliyasining  barham topishiga olib keldi. 1 dekabrdayoq GDR konstitutsiyasidan partiyaning 
rahbarlik  roli  to‘g‘risidagi  modda  chiqarib  tashlandi.  Ikkikun  o‘tgach  GYASP  Mq  X11  plenumi 
partiya safidan Xonekker rahbarligidagi sobiq yetakchilarni chetlatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 
8 dekabrda GYASP Favqulodda syezdida E.Klens ham o‘z vazifasidan ozod qilindi. Syezd partiya 
rahbari  etib  sobiq  GYASP  faollari  tomonidan  partiya  ustavini  buzilishi  va  uning  qonuniyligini 
tergov qiluvchi maxsus guruh rahbari Gregor Gizini sayladi (Bosh kotib lavozimi va siyosiy byuro 
bekor qilindi). Partiyaning o‘zi Demokratiya sotsializm partiyasi (DSP)ga aylantirildi.  
 
1989  yil  noyabridan  boshlab  GDRda  mavjud  partiyalarning  o‘zgarib  borishi  va 
yangilarining  shakllanish  jarayoni  ro‘y  berayotgan  edi.  Yangi  fuqarolik  harakatlari  ichida  eng 
obro‘lilari  “Yangi  forum”,  “Demokratik  PRORO‘V”,  “Yashil  partiya”,  “Demokratiya  hozir”, 
“Tinchlik  va  inson  huquqlari  uchun  tashabbus”.  G‘arbiy  Germaniyadagi  GSDPning  faol  yordami 
bilan  sotsial-demokratik  partiya  (SDP)  tashkil  qilingan  edi.  1990  yil  yanvarida  o‘z  dasturiy 
asoslariga ko‘ra Bovariyadagi XSIga juda yaqin bo‘lgan Nemis Sotsial Ittifoqi (NSI) ta’sis etilgan 
edi. Tez orada NSI va XSI o‘rtasida o‘ta mustahkam aloqalar o‘rnatildi, axir NSI asosan GDRning 
janubiy  rayonlarida  faoliyat  ko‘rsatardi.  G‘arbiy  Germaniyadagi  XDI  esa,  aksincha,  o‘zining 
Sharqiy Germaniyadagi sherigi  bilan  yaqinlashishga  shoshilmas edi.  Faqatgina GDRdagi  ilk  erkin 
saylovlar  arafasida  G.Kol  Sharqiy  Germaniya  xristian  demokratlari  rahbari  Lotar  de  Mezyeni 
ochiqchasiga  qo‘llab-quvvatlashga  botindi.  EDP  ham  uzoq  muddat  o‘zining  “tarixiy  ittifoqchisi”-
Germaniya  liberal  demokratik  partiyasi  bilan  aloqa  qilishdan  bosh  tortib  turdi.  Rahbariyati 
o‘zgarishiga  qaramasdan  ko‘pgina  nemislar  GLDPniilgarigi  siyosiy  yo‘l  bilan  rivojlanish  uchun 
javobgarlardan biri deb hisoblashardi. GYASPning Demokratik blokka kiruvchi boshqa sheriklari - 
Milliy-demokratik  partiya  va  dehqonlar  demokratik  partiyasi  FRGga  o‘z  sheriklariga  ega 
bo‘lishmadi va murakkab ahvolda qolishdi.  
 
1990 yil 18 martdagi saylovlar arafasida GDRda siyosiy kuchlarning birlashuvi ro‘y berdi. 5 
fevralda  G.  Kol  taklifi  bilan  Sharqiy  Germaniyadagi  XDI,  NSI  va  Demokratik  PRORIV 
“Germaniya  uchun  Alyans”ga  birlashishdi.  Bu  koalitsiya  amalda  GFR  rahbariyati  tomonidan 
rasman qo‘llab-quvvatlandi va ikkala Germaniyani birlashish bo‘yicha yanada radikal dastur bilan 
chiqdi. “Yangi forum”, “Demokratiya hozir”, va “Tinchlik va inson huquqlari uchun tashabbus” esa 
“Ittifoq-90”ga  birlashishdi.  “Erkin  demokratik  ittifoqi”  blokini  GLDP,  “Germaniya  forumi 
partiyasi”  va GDRda paydo bo‘lgan EDP  bo‘limlari tashkil etishdi. Sharqiy Germaniya ekologik, 
fashistik va nokommunistik so‘l guruhlar yagona ro‘yxatga tushish haqida kelishib olishdi.  
 
18  martdagi  saylovlar  kutilgan  natija  berdi.  XDI  40,9%  ovozga  ega  bo‘ldi,  NSI-6,32%, 
“Demokratik  PRORIV”-0,92%  (shunday  qilib,  “Germaniya  Alyansi”  48,14%)  ovozga  ega 
bo‘lishdi. SDP-21,64%, DSP-16,38%, “Erkin demokratlar ittifoqi” 
-5,28%,  “Ittifoq-90”-2,9%,  Dehqonlar  demokratik  partiyasi-2,18%,  Milliy  demokratik  partiya-
0,39%  ovozga  ega  bo‘ldi.  “Yashillar”,  “Demokratik  xotin-qizlar  ittifoqi”  va  “Birlashgan  so‘l 
kuchlar”  ro‘yxati  uchun  2,47%  ovozga  ega  bo‘lishdi.  Shunday  qilib,  GFR  tomonidan  to‘g‘ridan-
to‘g‘ri  qo‘llab-quvvatlangan  partiyalarning  siyosiy  ustunligi  shubhasiz  edi.  Ammo  Xalq  palatasi 
tarkibi juda turli-tuman bo‘lib, NSI rahbariyati “Alyans”dagi sheriklari bilan parlamentar koalitsiya 
tuzishdan  bosh  tortdi.  Hukumat  tuzish  uchun  G.Kolning  shaxsan  aralashuvi  bilan  murakkab 
muzokaralar o‘tkazish kerak bo‘lib qoldi. 23 martda barcha uch partiya “Germaniya Alyansi”, SDP 
va  “Erkin demokratlar  Erkin demokratlar  ittifoqi” (unga Milliy-demokratik  partiya  ham  qo‘shildi) 
ishtiroki bilan  “yirik koalitsiya” tuzish bo‘yicha qaror qabul qildi.  Murosaga keluvchi  muxolifotni 
fuqarolik  harakatining  birlashgan  fraksiyasi  tashkil  etgan  bo‘lsa,  DSP  esa  “murosasiz”  fraksiyani 
tashkil  etdi.  “Katta  koalitsiyani”  L.de  Mezyer  boshqardi.  Germaniya  birlashishi  uchun  yo‘l  ochiq 
edi, ammo bu masalani xalqaro jihati ham bor edi.  
 
Germaniya  birlashishining  xalqaro-huquqiy  formulasi  “2q4”  birlashma  (FRG,  GDR  va 
ikkinchi  jahon  urushlari  g‘oliblari-  AQSH,  SSSR,  Buyuk  Britaniya,  Fransiya)ning  muzokoralari 
mavzusiga  aylandi.  Bu  muzokoralar  1990  yil  mayida  boshlandi.  Britaniya  va  Fransiya 
rahbarlarining  shoshilmaslik  pozitsiyasiga  qaramasdan,  bu  muzokoralar  ishtirokchilari  nemis 
xalqining  o‘z  taqdirini  o‘zi  hal  qilish  huquqini  tan  olishdi.  SSSR  prezidenti  Gorbachevning 


 
55 
birlashgan Germaniya rahbariyatiga mamlakatning harbiy va iqtisodiy blokiga kirish masalasini o‘z 
ixtiyoriga  berish  va  GDRdan  sovet  harbiylari  guruhini  chiqarish  to‘g‘risidagi  qarori  muhim  rol 
uynadi.  Umuman,  GDRni  GFRga  qo‘shib  olish  bilan  Germaniyani  birlashtirishga  rozi  ekanligini 
Gorbachev G.Kolga 1990 yilning 10 fevralidayoq aytgan edi.  
 
12  sentabr  1990  yilda  “2q4”  ishtirokchilari  tomonidan  “Germaniya  masalasini”  uzil-kesil 
hal  etish  to‘g‘risidagi  shartnoma  imzolandi.  Bu  xujjat  imzolanishi  bilan  Germaniyaning  urushdan 
keyingi  huquqiy  reabilitatsiyasi  yakunlandi.  Shartnomada  Germaniyaning  urushdan  keyingi 
chegaralari  daxlsizligi  FRGning  ommaviy  qirg‘in  quroliga  ega  bo‘lishi,  foydalanishi  yoki  ishlab 
chiqarishi  mumkin  emasligi  qat’iy  belgilangan  edi.  Shartnomaga  ko‘ra  Germaniya  o‘z  qurolli 
kuchlarini kerakli darajada qisqartirishi va uning yeridan “faqat tinchlik tarqalishi” uchun talablarga 
qat’iy rioya qilishi kerak edi. Sharqiy Germaniyada Sovet qo‘shinlarining 1994 yilgacha bo‘lishi va 
ularni chiqarish tartibi ham tartibga solindi.  
 
Ikki  nemis  davlati  integratsiyasi  qo‘shilishning  xalqaro  jihatlari  tartibga  solinmasdan 
boshlangan edi. 1990 yilning may oyidayoq GDR va GFR hukumatlari tomonidan 1 iyulga kuchga 
kirgan ikki mamlakatning iqtisodiy, valyuta va ijtimoiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan 
edi. 22 avgustda GDR Xalq palatasi GFRning  saylov huquqi asosida (besh foizlik cheklanish  ham 
hisobga olingan holda) umumgermaniya saylovlari o‘tkazish to‘g‘risida qonun qabul qildi. GDRNi 
GFR asosiy qonuni 23-moddasiga ko‘ra, bu qonun amal qilish doirasiga qo‘shish to‘g‘risida qaror 
qabul qilindi. Bu esa GDRning davlatchiligi barham topishi va uning hududida G‘arbiy Germaniya 
qonunchiligi joriy etilganligini bildirardi. Bu voqea sanasi sifatida 1990 yil 3 oktabri belgilandi. 24 
avgustda  Bundestagga  Xalq  palatasining  GDRni  GFRga  qo‘shish  to‘g‘risidagi  qarorini  qo‘llab-
quvvatladi  va  umumgermaniya  saylovlari  1990  yil  2  dekabrda  belgilangan  edi.  Bu  qarorlar  31 
avgustda  imzolangan  va  1990  yil  3  oktabrda  kuchga  kirgan  “Germaniyaning  birlashishi 
to‘g‘risidagi  Shartnomada”  kiritilgan  edi.  3  oktabrdan  boshlab  GDR  dunyo  xaritasidan  yo‘qoldi. 
Oktabrning  o‘rtalarida  Sharqiy  Germaniyadagi  ma’muriy  tizim  G‘arbiy  Germaniyadagi  bilan 
birlashtirilgan  edi:  okruglarga  bo‘lish  o‘rniga  oldingi  beshta  yerlarga  bo‘lish  tiklandi.  Yerlardagi 
landtaglarga  (mahalliy  parlament)  saylovlar  14  oktabrda  bo‘lib  o‘tdi.  Brandenburgda  sotsial-
demokratlar,  qolgan  to‘rtta  yer-xristian  demokratlarning  qo‘li  baland  keldi.  2  dekabrda  butun 
Germaniya  hududida  Bundestag  uchun  saylovlar  o‘tkazildi.  Bu  saylovlar  hukmron  koalitsiyaning 
ishonchli  g‘alabasi  bilan  yakunlandi.  XDI  36,7%  ovoz  va  268  mandat,  XSI-7,1%  ovoz  va  51 
mandat,  EDP-11%  ovoz  va  79  mandatga  ega  bo‘lishdi.  33,5%  ovoz  va  23  mandatga  ega  bo‘lgan 
GSDP  o‘z  pozitsiyalarini  ancha  mustahkamlab  oldi.  DSPni  atigi  2,4%  saylovchilar  qo‘llab-
quvvatlashdi, ammo parlament tarkibiga  bir  mandatni okruglarda g‘alaba qozongan 17 ta deputati 
kirishga  muvaffaq  bo‘ldi.  Shunday  yo‘l  bilan  atigi  12%  ovozga  ega  bo‘lgan  “yashillar”  ham  8 
deputatdan  iborat  kichik  fraksiyani  saqlab  qolishga  muvaffaq  bo‘lishdi.  Bundestagning  20  dekabr 
1990 yildagi Ta’sis majlisida kansler G.Kol rahbarligida birinchi umumgermaniya hukumati tuzildi. 
GDRning  oxirgi  rahbari  L.  de  Madyer  bu  jarayonda  allaqachon  yo‘q  edi,  chunki  17  dekabrda  uni 
qo‘yilgan  GDR  MXV  (Milliy  Xavfsizlik  Vazirligi)  bilan  hamkorlik  haqidagi  ayblov  tufayli  o‘z 
vakolatlarini topshirishiga majbur bo‘lgan edi.  
Birlashgan Germaniyaning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti. 
 
Germaniyaning  birlashishi  mamlakatning  xalqaro  mavqeini  ancha  mustahkamladi.  Ammo 
dunyo siyosati tizimidagi yangi mavqe’ nafaqat imtiyozlar, balki buyuk davlatga xos yangi siyosiy, 
moliyaviy  va  axloqiy  majburiyatlarni  olib  keldi.  1990  yilning  yanvaridayoq  G.Kol  GFR  boshqa 
xalqaro  muammolarni  hal qilish,  mojarolarni  bartaraf  etishdan  chetga  qola  olmasligini  ta’kidlagan 
edi. Bu juda ramziy bayonot edi, chunki uning vaqti BMT bayrog‘i ostida Fors ko‘rfazi mintaqasida 
harbiy  harakatlarning  boshlanishi  bilan  mos  tushdi.  Gap  GFR  harbiy  doktrinasini  tubdan 
o‘zgartirish  to‘g‘risida  borayotgan  edi.  Uzoq  davom  etgan  bahs-munozaralardan  so‘ng  federal 
Konstitutsiyaviy  sud  “Germaniya  barqarorligi  va  birligiga zarar  keltirishi  mumkin  bo‘lgan  mojaro 
va  krizislarni  bartaraf  etish  uchun”  Bundesverni  GFR  va  NATO  a’zolari  hududlaridan  tashqarida 
ham  ishga solish qonuniyligi to‘g‘risida qaror qabul qildi. qurolli kuchlar tarkibi ham qayta tuzildi 
Bundesver  tarkibida  54  ming  kishidan  iborat  “keskin  vaziyatlarga  javob  berish  (REAKSIYA) 
kuchlari”  paydo  bo‘ldi.  Keyingi  yillarda  GFR  NATOning  xalqaro  xavfsizlikni  ta’minlash, 
strategiyasi  jumladan  bu  blokni  Yevropa  sharqiga  kengaytirish  rejalarini  qo‘llab-quvvatlab  keldi. 


 
56 
Bundesver  uchun  birinchi  sinov  Bosniya  va  Gersogovinadagi  tinchlikparvarlik  operatsiyasida 
qatnashishdan iborat bo‘ldi.  
 
GFRning  Natodagi  siyosiy  mavqeining  o‘zgarishi  uning  ittifoqchilari  tomonidan  har 
tomonlama  qo‘llab-quvvatlandi.  AQSH  prezidenti  Katta  J.Bush  Shimoliy  Atlantika  blokida 
rahbariyatida  GFRning  ishtirokini  ko‘zda  tutgan  holda  “teng  huquqli  rahbarlik”  g‘oyasini  ilgari 
surdi. Ammo G.Kol shu bilan birga Rossiya ham mustahkam aloqalarni saqlab qolishga urindi. Bu 
yo‘nalishda  hal  qiluvchi  qadam  uning  1992  yil  dekabrida  Moskvaga  tashrifi  davomida  qo‘yildi. 
Yelsin va Kolning 1992 yil 16 dekabridagi  birgalikdagi bayonoti o‘zaro da’volardagi (NULEVOD 
RESHENIYE  (?))ni  mustahkamladi:  Rossiya  tomoni  Rossiya  (sobiq  sovet)  G‘arbiy  guruh 
qo‘shinlarining  kuchmas  mulkiga  da’vosida  Germaniya  esa  Rossiya  qo‘shinlari  joylashtirilgan 
joylarda  atrof-muhitga  yetkazilgan  zararni  qoplash  bo‘yicha  da’vosidan  voz  kechdi.  Rossiya 
qo‘shinlarining  shoshilmaslik  tarzda  olib  chiqilishiga  vatanga  qaytgan  harbiylarni  ish  va  yashash 
joyi  bilan  ta’minlash  uchun  to‘langan  qo‘shimcha  550  million  marka  sabab  bo‘ldi.  Rossiya 
qo‘shinlarining Germaniyadan chiqarilishi 1994 yil 31 avgustda yakunlangan edi. Keyinchalik, Kol 
va Yelsin  o‘rtasidagi  munosabat do‘stona xarakterga ega bo‘ldi.  90-yillarning  o‘rtalarida  Rossiya-
Germaniya  siyosiy  muloqotining  xalqaro  munosabatlar  tizimi  rivojlanishidagi  ahamiyati  80-
yillardagi Sovet-Amerika munosabatlari kabi edi.  
 
G.Kol  rahbarligi  davrida  Germaniya  tashqi  siyosatidagi  eng  ustivor  yo‘nalish  G‘arbiy 
Yevropadagi  integratsiya  jarayoni  bo‘lib  qoldi.  Mamlakat  birlashuvi  keltirib  chiqargan  ulkan 
iqtisodiy  qiyinchiliklarga  qaramasdan,  GFR  Maastrixt  kelishuvlari  asosida  integratsiyani 
chuqurlashtirishning faol tarafdorlari bo‘lib qoldi. 1995-1996 yillarda Fransiyaning yangi prezidenti 
J.Shirak  bu  masalada  shoshilmasligi  davrida,  G.Kol  Yevropa  integratsiyasi  jarayonida  yetakchilik 
rolini  o‘z  qo‘liga  oldi.  1996  yilda  Parij  va  Bonn  Yevropa  Hamjamiyatlari  ta’sis  hujjatlaridagi  bir 
qator nizomlarni o‘zgartirish va Maastrixtda bayon qilingan integratsiya dasturlarga aniqlik kiritish 
bo‘yicha  tashabbus  bilan  chiqishdi.  Gap  eng  avvalo  valyuta  ittifoqiga  o‘tish  mexanizmlari  va 
Yeining  kelgusida  kengayishi  muammosini  hal  etish  to‘g‘risida  borardi.  G.Kol  sanab  o‘tilgan 
barcha  masalalarni  muhokama  qilishda  va  Yeining  XX1  asr  boshida  rivojlanish  strategiyasini 
belgilab  bergan  1997  yildagi  Amsterdam  shartnomasini  imzolashga  tayyorlashda  hal  qiluvchi  rol 
o‘ynadi.  
 
Birlashgan  Germaniyaning  Yevropa  ittifoqida  yetakchilik  qilish  da’volari  faqatgina  uning 
rahbariyati da’volaridan emas, balki yangi geopolitik vaziyatdan ham ko‘rinardi. Germaniya u bilan 
hamkorlik  qilishni  mo‘ljallagan  qo‘shnilar  va  bozorlar  qurshovida  qolgan  edi.  Benilyuks 
mamlakatlari, Avstriya va Yeiga kirgan Skandinaviya mamlakatlarining ko‘pchiligi bilan birgalikda 
Germaniya norasmiy, ammo yaqqol ko‘zga tashlanuvchi Markaziy Yevropa yadrosini - Germaniya 
diplomatiyasining ko‘p yillik orzusini tashkil etdi. Germaniya, Vengriya, Chexiya, Polsha, Baltika 
mamlakatlari  uchun  jalb  etuvchi  strategik  ittifoqchiga  aylangan  holda  Sharqiy  Yevropada  ham 
faollashib bormoqda edi. 1991 yildagi Germaniyaning qat’iy diplomatik harakati keskin oqibatlarga 
olib keldi. Unda Germaniya  hukumati Yugoslaviyadan ajralib chiqqan birinchi  ikkita respublikalar 
suverenitetini tan olgan edi. Bu federatsiyaga qattiq zarba berish, ammo Sloveniya va Xorvatiyada 
Germaniya ta’sirini kuchaytirdi.  
 
Germaniya birlashishining  ichki oqibatlari ancha  murakkab bo‘lib chiqdi. Turlicha  ijtimoiy 
tuzumda  o‘nlab  yil  yashash  qo‘shni  mamlakatdan  dushman  obrazini  yaratishga  qaratilgan  rasmiy 
tashviqotning  faolligi,  ijtimoiy  hatti-harakat  va  hayotiy  qadriyatlarni  turlicha  qabul  qilish,  tarixan 
shakllangan  psixologik  xususiyatlar  -  buning  hammasi  haqiqiy  yagona  nemis  millatini 
shakllanishini qiyinlashtirardi. Birlashish  lazzati  izidan o‘zaro  qarama-qarshilik,  jirkanish,  G‘arbiy 
Germaniyadagi  ishbilarmon  va  siyosiy  doiralar  tomonidan  sharqiy  nemislarni  yashirincha 
kamsitishlar  ro‘y  berdi.  GDR  aholisining  ilgarigi  elitar  guruhi-harbiy  xizmatchilar,  sportchilar, 
madaniyat  xodimlari,  o‘qituvchilardan  sanoqli  kishilargina  yarasha  (arzigulik)  ish  joyiga  ega 
bo‘lishdi. Va aksincha, Sharqiy yerlardagi yangi va ishbilarmon va ma’muriy elita GFRning oldingi 
hududi  yashaganlardan  iborat  bo‘lib  qoldi.  Germaniya  birlashishining  mo‘jizaviy  iqtisodiy  sanasi 
haqidagi  umidlar  xom-xayol  bo‘lib  chiqdi.  Ijtimoiy-iqtisodiy  tizimlarni  birlashtirish  strategik 
rejalashtirishsiz,  sinovlar  va  xatolar  yo‘li  bilan  amalga  oshirildi.  Oldingi  ishlab  chiqaruvchi  va 
savdo infratuzilmasining barbod bo‘lishi, tuzilmaviy qayta-qurishning boshlanishi “yangi yerlar”da 
ishlab  chiqarishning  keskin  pasayib  ketishiga  olib  keldi.  Bu  yerda  ishchi  o‘rinlarning  50%dan 


 
57 
ko‘prog‘i yo‘q qilingan edi. Ishsizlik, ichki shakllarini hisobga olgan holda 30%ni tashkil etdi. 1990 
yil  iyulida  pul  islohotining  o‘tkazilishi  Sharqiy  Germaniya  uchun  “SHOKOVAYA  TERAPIYA” 
bo‘ldi. GDV markalari doychmarkalarga almashtirildi. O‘tish davrida oylik  maoshi, stipendiyalar, 
nafaqalar,  yashash  joyi  uchun  ijara  to‘lovlarining  oldingi  hajmi  saqlab  qolindi  va  aholi  uchun 
almashtirish  1:1  koeffitsent  bilan  bolalarga 2  ming  markagacha, kattalarga 4  ming  markagacha va 
nafaqaxo‘rlarga  6  ming  markagacha  summada  amalga  oshirildi.  Bundan  ortiq  mablag‘lar  1:2 
nisbatda almashtirildi. Ammo tez orada Sharqiy Germaniyadagi mahsulot bozori izdan chiqdi va bu 
yerlarda aholi turmush darajasi nihoyatda pasayib ketdi.  
 
1990 yil avgustida GDR va GFR o‘rtasida  imzolangan shartnoma GSHM tomonidan 1945-
1949  yillarda  uning  ilgarigi  egalari  foydasiga  musodara  qilingan  mulkni  qayta  taqsimlashdan  voz 
kechishni qat’iy belgiladi. Bu yer mulkiga ham tegishli edi. Sharqiy Germaniya iqtisodiyotini isloh 
qilishning  asosiy  usullari  odatdagi  KOMMERCHESKAYA  asosda  xususiylashtirish  dasturlarini 
amalga  oshirish  va  bozor  menejmentini  joriy  etishdan  iborat  bo‘ldi.  Eng  yirik  xoldinglardan 
birining  bazasida  xususiylashtirishni  amalga  oshirish  uchun  Berlin  homiylik  boshqarmasi  tuzilgan 
edi.  Uning  ixtiyoriga  (ishonchli  shaxs  sifatida)  sobiq  GDRning  14  mingta  davlat  korxonalari 
topshirilgan  edi.  Ammo  xususiylashtirish  rejasi  amalda  barbod  qilindi.  Sotuvga  qo‘yilgan 
korxonalarning past rentabelligi investorlarni jalb qilishga to‘sqinlik qilardi. Bir yil ichida homiylik 
boshqarmasi  eng rentabel  korxonalarning  1 mingtasini  xususiylashtirishga  muvaffaq bo‘ldi, ammo 
bunda  budjet  4  mlrd.  markaga  ega  bo‘ldi.  Shu  bilan  birga  sharqiy  yerlarga  mablag‘  qo‘yish  ham 
allaqachon o‘nlab milliard markani tashkil etdi.  
 
Sharqiy  Germaniya  sanoatini  ma’muriy  qayta  qurishga  urinish  ham  xuddi  shunday 
samarasiz  bo‘ldi.  G‘arbiy  germaniyalik  mutaxassislar  hisobiga  ma’muriy  personalni  yoppasiga 
yangilash,  menejmentning  eng  yangi  tamoyillarini  joriy  etish,  butunlay  boshqa  ishlab  chiqarish 
madaniyati,  asbob-uskunalarning  texnologik  qoloqligi,  an’anaviy  bozorlarning  izdan  chiqishi 
sharoitida kam samara berardi. Buning hammasi GFR hukumatini sharqiy yerlarni yangilash federal 
dasturlarini  uzoq  muddat  ichida  saqlab  turishga  majbur  qildi.  Yerlarga  moliyaviy  mablag‘ 
qo‘yishlar 1991 yilda 140-mlrd markani, 1992 yilda - 152 mlrd. markani, 1993 yilda esa 182 mlrd. 
markani tashkil etdi. GFR esa bu davrda yangi iqtisodiy krizisni boshdan kechirayotgan edi.  
 
 90-yillarning  boshida  G‘arbdagi  yetakchi  mamlakatlar  iqtisodiy  taraqqiyotida  retsessiya 
(tanazzul)  sezildi.  Ammo  Germaniya  iqtisodiyoti  ahvoli  eng  og‘ir  edi.  Inqirozning  eng  yuqori 
nuqtasi  1993  yilga  to‘g‘ri  keldi,  unda  YAIM  1,2%  ga  pasaydi.  Mashinasozlikning  yetakchi 
tarmoqlarida  ishlab  chiqarishning  pasayishi  20-25%ni  tashkil  etdi.  Ishsizlikning  turg‘un  o‘sishi 
boshlandi,  u  1991  yilda  5,5%ni,  1993  yilga  kelib  esa  8,9%ni  tashkil  etdi.  Bunday  jiddiy  iqtisodiy 
inqiroz  sabablari  qisman  birlashish  muammolari  bilan  bog‘liq  edi.  Sharqiy  Germaniya 
iqtisodiyotini  yangilash  dasturlarini  amalga  oshirish  o‘nlab  yillar  davomida  G‘arbiy  Germaniya 
iqtisodiyoti  barqarorligi  poydevori  bo‘lgan  moliyaviy  tizim  zo‘riqishiga  sabab  bo‘ldi.  Budjet 
muvozanati  uzoq  muddat  ichida  izdan  chiqqan  edi.  Allaqachon  1991  yilda  hukumat  xarajatlari 
balansi  salbiy  bo‘lib  qoldi.  Bu  holat  keyinchalik  ham,  butun  90-yillar  davomida  saqlanib  qoldi. 
Davlat  qarzlari  o‘sa  bordi,  inflyatsiya  belgilari  paydo  bo‘la  boshladi.  Hukumat  soliqlarni  va 
banklardagi  protsent  stavkalarini  oshirishga  majbur  bo‘ldi.  Ammo  bu  tadbirlar,  moliyaviy 
yo‘qotishlarni juda kam miqdorda qoplab, ishbilarmonlik faoliyatini pasaytirdi va ishlab chiqarish 
qisqarishini yanada chuqurlashtirdi.  
 
 Germaniyaning  G‘arbiy  yerlarida  sanoat  ishlab  chiqarishining  pasayishiga  o‘ziga  xos 
sabablarga  ega  edi.  Hal  qiluvchi  omil  ishchi  kuchining  nihoyatda  qimmatligidan  iborat  bo‘ldi. 
Sotsial  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  to‘g‘ri  va  bilvosita  to‘lovlar,  bonuslar  va  rag‘batlantirishlar 
murakkab tizimi asosida shakllanuvchi mehnatga haq to‘lash hajmi o‘ziga xos bo‘ldi. 90-yillarning 
boshlarida  GFRDa  bir  soatlik  ish  45  marka  turardi,  vaholanki  bu  ko‘rsatkich  Yaponiyada-30, 
AQShda-24,8,  Buyuk  Britaniyada-22,8  markani  tashkil  etdi.  Liberallarning  ijtimoiy  fondlarga 
to‘lovlari bilan birgalikda bu holat mahsulot tonnarxining oshishi va xorijiy investitsiyalarni nemis 
korxonalari jalb etishini ta’minladi. 90-yillarning boshlarida nemis kapitalining xorijga qarab oqishi 
ham ro‘y berdi. 1994 yilda iqtisodiy konyukturaning jonlanishi ko‘zga tashlandi. YAIMning o‘sishi 
2,8%ni  tashkil  etdi.  Ammo  1995-1996  yildayoq  yangi  inqiroz  boshlandi.  Ishlab  chiqarishning 
chuqur  pasayishi  ro‘y  bermagan  bo‘lsa-da,  barcha  makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlar  jiddiy  tizim 
nomutanosibliklari saqlanib qolishidan guvohlik berardi. Ishsizlik turg‘un o‘sib borardi, uning eng 


 
58 
yuqori  cho‘qqisi  1997  yil  bo‘ldi,  o‘shanda  ishsizlar  iqtisodiy  faol  aholining  11,3%ini  tashkil  etdi. 
O‘n yillik boshida YAIM 40%ini tashkil etgan davlat qarzlari ham muntazam o‘sib bordi va 1996 
yilga  kelib  YAIMning  60%dan  oshib  ketdi.  YAIM  o‘sishi  bilan  birga  yo‘l  bergan  1997  yildagi 
inqirozni yengish asosan eksportning oshishi bilan bog‘liq edi. Ammo investitsion faollik, to‘lovga 
qodir  bo‘lgan  ichki  talab  stagnatsiyasi  GFR  iqtisodiyotining  butun  inqirozdan  chiqishiga  umid 
bog‘lashga xalaqit berardi. Bunday sharoitda hukumat o‘z siyosatiga tuzatishlar kiritishi kerak edi. 
Asosiy  shior  har  tomonlama  iqtisod  qilish  bo‘lib  qoldi.  G.Kol  hukumati  umumiy  ish  haqining 
yarmidan  ko‘proq  darajasigacha  soliqlarni  oshirishga,  davlat  xajaratlarini,  jumladan  sharqiy 
yerlarni  iqtisodiy  qo‘llab-quvvatlash  uchun  xarajatlarni  keskin  kamaytirishga  majbur  bo‘ldi. 
“Mehnatga  ko‘maklashish  to‘g‘risdagi  qonun”ga  muvofiq  (1986  y)  malaka  oshirish,  qayta 
tayyorlash uchun  mablag‘lar (assignotsiyalar), ishsizlik nafaqasi ancha qisqartirilgan edi. Sog‘liqni 
saqlash  va  nafaqa  bilan  ta’minlash  bo‘yicha  xarajatlar  kamaytirildi.  Bunday  noommaviy 
choralarning qo‘llanilishi hukumat obro‘sining tezda tushib ketishiga sabab bo‘ldi.  
 
 Germaniyada 90-yillarning birinchi yarmi davomida siyosiy vaziyat barqaror edi. Jada ro‘y 
bergan  mamlakatning  birlashishi  uning  tashkilotchisi  -  xristian  demokratlar  ustunligini 
mustahkamlashga  xizmat  qildi.  1994  yil  G.Kol  partiyasiga  navbatdagi  tantanani  tuhfa  etdi.  May 
oyida  mamlakat  prezidenti  etib,  XDI  vakili,  1987  yildan  GFR  konstitutsion  sudi  raisi  bo‘lgan,  60 
yoshli  huquqshunos  R.Xersog  tanlandi.  Kuzda  Bundestagga  navbatdagi  saylovlar  bo‘lib  o‘tdi. 
Muxolifot  o‘z  mavqeini  ancha  mustahkamlashga  muvaffaq  bo‘ldi.  GSDP  36,4%  ovoz  va  252 
mandatga ega bo‘ldi. DSP deyarli 5%li cheklanishgacha yetib bordi - 4,4% ovoz, sharqiy yerlardagi 
saylovchilarning  qo‘llab-quvvatlashi  DSP  fraksiyaning  30  deputatgacha  oshirishga  imkon  berdi. 
Sharqiy yerlardagi o‘z sheriklari va “Ittifoq 90” blokidagi huquqni himoya qiluvchi partiyalar bilan 
koalitsiyaga birlashgan “yashillar” yana muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Bu koalitsiya 7,3% ovoz va 
49 mandatga ega bo‘ldi.  
 
Shunga  qaramasdan  hukumat  koalitsiyasi  parlamentda  ko‘pchilikni  saqlab  qoldi.  XDI 
34,2%  ovozga  (244  mandat),  XSI  -  7,3%  ovozga  (50  mandatga)  ega  bo‘ldi.  Yomon  iqtisodiy 
ahvolni hisobga olgan holda, bu yutuq G.Kolning katta shaxsiy muvaffaqiyati, nemis xalqining uni 
Germaniyani  birlashtirishdagi  xizmatlarini  qadrlashi  e’tirof  etildi.  Eng  ko‘p  zarar  ko‘rgan 
XDIG‘XSI  ittifoqchisi-erkin  demokratlar  partiyasi  bo‘ldi,  u  atigi  6,9%  ovoz  va  47  mandatga  ega 
bo‘lgan  edi.  EDP  rahbariyati  yangi  vaziyatga  mos  keluvchi  jiddiy  dasturni  taqdim  eta  olmadi. 
Natijada  partiya  rahbari  K.Kinkel  o‘z  lavozimidan  mahrum  bo‘ldi,  Genner  ham  faol  siyosiy 
faoliyatdan chetlashdi.  
 
Navbatdagi  1998  yildagi  parlament  saylovlarigacha  qolgan  to‘rt  yil  mobaynida  xristian 
demokratlar  na  o‘z  obro‘larini  oshirishga,  na  dasturlarini  yangilashga  muvaffaq  bo‘lishmadi. 
Faqatgina  1918  yil  davomida  iqtisodiy  ko‘rsatkichlarning  oshishi  saylov  kompaniyasi  omadli 
bo‘lishiga umid qilishga mos bo‘lishi mumkin edi. YAIMning o‘sishi dastlabki 8 oy ichida 2,2% ni 
tashkil etdi, Osiyo moliyaviy inqirozi Germaniyaga unchalik ta’sir ko‘rsatmagan edi. XDI saflarida 
yangi  ko‘zga  tashlanuvchi  rahbar  paydo  bo‘ldi-  Volfgan  Shoyble  -  Bundestagdagi  XDIG‘XSI 
birlashgan  fraksiyasi  raisi.  Saylovlarda  xristian  demokratlarni  Kol-Shoyble  juftligi  boshqarardi  va 
Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish